02.07.2018 yildagi PQ-3827-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka doir huquqlarini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda, shaxsga oʻz imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun samarali mexanizmlar yaratilgan, umuman jamiyat manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlaydigan sud-huquq tizimi samarali faoliyat koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, jamiyatning poydevori sifatida oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, oila manfaatlarini himoya qilishning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini kuchaytirish, uning xavfsizligini va uygʻunligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrilgan choralar xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga shak-shubhasiz rioya qilish, maʼnaviy-axloqiy asoslarni va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash uchun poydevor yaratdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan jismoniy, axloqiy yoki mulkiy zarar yetkazish natijasida sodir etilgan huquqbuzarliklar tufayli jabr koʻrgan shaxslarga koʻmaklashish va har tomonlama yordam koʻrsatish boʻyicha infratuzilmani yaratish alohida ahamiyatga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, amaliyotda fuqarolarning, eng avvalo, yordamga muhtoj xotin-qizlarning huquqlarini qoʻshimcha ravishda taʼminlash, davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan amaliy munosabatlarini kuchaytirish, mazkur masalalarda jamoatchilik nazorati joriy etilishini davom ettirish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrishni talab qiladigan ayrim muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning, shu jumladan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi kafolatlangani, shuningdek, qiynoqqa solganlik, zulm qilganlik va boshqacha tarzda shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini tahqirlovchi muomalada boʻlganlik uchun javobgarlik belgilab qoʻyilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni hamda jamiyatdagi va oiladagi maʼnaviy-axloqiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqa holatlarni qoʻzgʻata oladigan oilaviy va shaxslararo nizolarning, depressiv vaziyatlarning erta oldini olish, shuningdek, ushbu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini yoʻlga qoʻyishda, yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni, birinchi navbatda oilaviy-maishiy nizoli vaziyatlarni hal qilishda davlat organlarining oʻzaro hamkorligini, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik tizimini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizoli vaziyatlarning erta oldini olishga, eng avvalo, “xavf ostidagi guruh”da boʻlgan shaxslar va oilalarni aniq maqsadda qoʻllab-quvvatlash orqali ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini takomillashtirishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatish sabablarini, oʻz joniga qasd qilish kayfiyatini qoʻzgʻatadigan omillarni aniqlash hamda oʻrganish, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda oilaviy-maishiy tusdagi zoʻrlik ishlatishning har qanday koʻrinishiga nisbatan, birinchi navbatda, yaqin qarindoshlar tomonidan murosasiz munosabat muhitini, shu jumladan jazo muqarrarligini taʼminlash, ogʻir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash orqali qaror toptirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, oilaviy va shaxslararo munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish jarayonlariga daxldorlik hissini kuchaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining zimmalariga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Toshkent shahar hokimligi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Respublika markazini joylashtirish uchun bepul foydalanish huquqi asosida bino ajratilishini, shuningdek, u zarur mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy-texnik resurslar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlar (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) davlat-xususiy sherikligi usullaridan keng foydalanishi, shu jumladan Markazlarning faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatilishining oldini olish tizimini takomillashtirish maqsadida nodavlat notijorat va xalqaro (xorijiy) tashkilotlarni jalb qilishlari mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining murojaatiga muvofiq Markazlarning joylashtirilishini, jihozlanishini tashkil etsin hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal qilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi fuqarolar bilan oʻzaro aloqani amalga oshirish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam koʻrsatish, qoʻshimcha yordam koʻrsatishi mumkin boʻlgan tashkilotlar toʻgʻrisida maslahat berish va axborot taqdim etish uchun moʻljallangan “ishonch telefoni”ni (respublika doirasida yagona qisqa raqam boʻyicha hamma foydalanishi mumkin boʻlgan “tezkor aloqa”ni) tashkil etish maqsadida Markazlarni, shu jumladan Respublika markazini koʻp kanalli telefon aloqasi bilan taʼminlashda koʻmak bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Belgilab qoʻyilsinki, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari quyidagi masalalar yuzasidan Markazlar bilan hamkorlik qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishni oʻz vaqtida aniqlanishini, bartaraf etilishini va oldi olinishini taʼminlash, ularning oqibatlarini, shuningdek, bunday turdagi xatti-harakatlar sodir etilishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ogʻir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarga, birinchi navbatda, oilaviy nizolarni hal qilish orqali taʼsirchan yordam koʻrsatish boʻyicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda oilaviy-maishiy sabablarga koʻra sodir etilgan zoʻrlik ishlatishning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabat muhitini shakllantirish maqsadida nizoli vaziyatlarning, shu jumladan oiladagi nizoli vaziyatlarning erta oldini olish boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirliklar va idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, xoʻjalik boshqaruvi organlari Markazlar, shu jumladan Respublika markazi bilan yaqin oʻzaro hamkorlik olib borilishini, ularda yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratilishini, oʻz vaqtida zarur yordam berilishini, aniq choralar koʻrgan holda ularning murojaatlari koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro aloqalarni amalga oshirishda, xorijda ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatishda, xalqaro (xorijiy) tashkilotlar va ularning vakolatxonalari bilan bitimlar tuzishda Respublika Markaziga va Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga har tomonlama koʻmaklashsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda “Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Qonun loyihasida quyidagi masalalar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy zoʻrlik ishlatish tushunchasini taʼriflash, zoʻrlik ishlatiladigan holat turlarini ajratib koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlarning vazifalari va funksional majburiyatlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy zoʻrlik ishlatishning erta oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni farqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan taqiqlar oʻrnatishni, shu jumladan jabrlanganlar bilan muloqot qilishga, ularning ish joyiga, oʻqish joyiga, yashash joyiga borishga taqiqlar qoʻyishni va ularni himoya qilish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni nazarda tutadigan himoyaviy koʻrsatmalar institutini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudgacha va sud tekshiruvi jarayonida maishiy zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan maxsus protsessual kafolatlarni joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy-maishiy sohada qonuniylikni va har bir oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatish, shaxsiy hayotga aralashuv holati boʻyicha javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq eʼtirozsiz va qarshiliksiz odil sudlovdan foydalanishini va toʻliq himoya qilinishini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga nizoli vaziyatlarda va oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatish aniqlangan hollarda samarali harakat qilish oʻrgatilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “xavf ostidagi guruh”da boʻlgan oila aʼzolariga nisbatan har bir zoʻrlik ishlatilgan holat haqida huquqni muhofaza qilish organlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini zudlik bilan xabardor qilishni taʼminlasin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlar, shuningdek, ularning tuzilmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi ushbu qarorning mazmun-mohiyati keng yoritilishini va aholiga yetkazilishini taʼminlasin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 2-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3827-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3827-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Nizoli vaziyatlar, maishiy zoʻrlik va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvor profilaktikasining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

1.

“Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

2018-yil
1-oktabrgacha

Adliya vazirligi (R. Davletov),
IIV
(P. Bobojonov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), Bosh prokuratura (O. Murodov),manfaatdor vazirliklar va idoralar. Xotin qizlar qoʻmitasi va BMTTD (kelishuv boʻyicha) qoʻshma loyihasi

2.

Nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy, ruhiy-jismoniy zoʻrlik va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorning oldini olish hamda ularni profilaktika qilish masalalari boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo hamkorligi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qoʻshma qaror

2018-yil
1-avgustgacha

IIV (P. Bobojonov), Xotin-qizlar qoʻmitasi
(T. Norbayeva), “Oila” Markazi (D. Toshmuhamedova), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

3

Oilada maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, ruhiy-jismoniy zoʻrlik va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorning oldini olish hamda profilaktika qilish boʻyicha Idoralararo chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoralararo reja

2018-yil
1-sentabrgacha

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), “Oila” Markazi (D. Toshmuhamedova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmanov), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev)

4.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari huzurida zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlar faoliyatini tashkillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-avgustgacha

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Xotin-qizlar qoʻmitasi va BMTTD (kelishuv boʻyicha) qoʻshma loyihasi

II. Nizoli vaziyatlar, maishiy zoʻrlik ishlatish va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorlarni profilaktika qilish borasidagi ishlarni tashkil etish

5.

Maishiy zoʻrlik ishlatish, shu jumladan:

maishiy zoʻrlik ishlatish jabrdiydalari;

maishiy zoʻrlik ishlatgan va shunga moyil shaxslar;

maishiy zoʻrlik ishlatilishi jabrdiydalari tomonidan olingan yordam va xizmatlar;

maishiy zoʻrlik ishlatilishi faktlari toʻgʻrisida huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlarga qilingan murojaatlar soni haqidagi xabarlar bayon etilgan maʼlumotlar yagona bazasini shakllantirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-avgustgacha

IIV (P. Bobojonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Oliy sud (K. Kamilov), manfaatdor vazirliklar va idoralar

6.

Oʻz joniga qasd qilishga moyil shaxslarni, shuningdek, keng kompleks koʻrsatkichlar, omillar va sabablarga koʻra oʻz joniga qasd qilishga uringan shaxslarni hisobga olishning yagona tartibini ishlab chiqish.

Idoralararo qaror

2018-yil
1-avgustgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmanov),

XTV(U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov), Davlat statistika qoʻmitasi (B.Begalov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan shaxslarga ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishni taʼminlash, shu jumladan:

ijobiy psixologik maslahatlar, shuningdek ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish muassasalarining, shu jumladan psixologik va ruhiy-tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalarning aloqa telefonlarini koʻrsatgan holda SMS orqali muntazam axborot bilan taʼminlash;

murakkab hayotiy vaziyatlardan chiqish va stressga chidamlilikni oshirish usullari toʻgʻrisida axborotlar beriladigan veb-saytlarni yaratish;

oʻz joniga qasd qilishga moyillikni uygʻotuvchi va ularni amalga oshirish usullariga oʻrgatuvchi axborotlar bayon etilgan veb-saytlar faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladigan axborotlar monitoringini oʻtkazish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-noyabrgacha

Bosh prokuratura (O. Murodov),
IIV
(P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov),Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), OʻzMAA (A. Kuchimov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shodmonov),XTV (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi(I. Majidov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva)

8.

Taʼlim muassasalarining oʻquvchilarida vaziyat taqozosi bilan ruhiy va xulq-atvor buzilishlari aniqlanganida shoshilinch psixologik va psixoterapevtik yordam koʻrsatish mexanizmini ishlab chiqish va tatbiq etish, u quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:

oʻquvchida buzilish belgilari aniqlanganida psixoterapevt tomonidan bevosita taʼlim muassasasida shoshilinch maslahat berish tartibini oʻrnatish;

“xavf-xatar guruhi”da boʻlgan oʻquvchining holatini pedagog va psixolog tomonidan kuzatish;

“xavf-xatar guruhi”dagi shaxslarni aniqlash maqsadida taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni muntazam ravishda, birinchi navbatda oʻquv yili boshlanishida test orqali tekshirish va soʻrovnomalarni toʻldirish;

“xavf-xatar guruhi”dagi shaxslarni aniqlash boʻyicha pedagoglar uchun seminarlar va treninglar tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-avgustgacha

XTV (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

9.

Taʼlim muassasalarida maishiy zoʻrlikni profilaktika qilish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

huquqni buzishga moyil oʻquvchilarni aniqlash va ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini koʻrish;

ota-onalar bilar oʻquvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar monitoringi;

ota-onalarning oʻz farzandlari tarbiyasi va taʼlim olishidagi ishtirokini oʻrganish;

oʻz farzandlarini majburiy mehnatga va gʻayriijtimoiy xulq-atvorga jalb etayotgan ota-onalarni aniqlash, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organlarga taqdim etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-avgustgacha

XTV (U. Inoyatov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), “Oila” Markazi (D. Toshmuxamedova),
IIV (P. Bobojonov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev), manfaatdor vazirliklar va idoralar

10.

Oilaviy va shaxslararo nizolarni, psixofizik zoʻrlik ishlatish va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorlarni profilaktika qilish uchun taʼlim muassasalarini malakali ruhshunoslar bilan taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-sentabrgacha

XTV (U. Inoyatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov)

11.

Taʼlim muassasalarida ruhshunosning maqomini quyidagi yoʻllar orqali oshirish:

umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining dars jadvallariga tegishli mashgʻulotlarni kiritish;

oʻquvchilar orasida “xavf-xatar guruhi”ni aniqlash maqsadida ruhshunos tomonidan test tekshiruvlari va treninglarni oʻtkazish soatlarini ajratib berish va tegishli yordam koʻrsatish;

har bir taʼlim muassasasida ruhshunosni alohida ish kabineti bilan taʼminlash;

pedagog bilan oʻquvchilar oʻrtasida nizoli vaziyatlarning oldini olish boʻyicha pedagoglar bilan psixologik treninglar oʻtkazish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-sentabrgacha

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov), XTV(U. Inoyatov)

III. Kadrlar tayyorlash, uslubiy taʼminot, shuningdek, axborot-maʼrifiy ishlar tizimini takomillashtirish

12.

“Suitsidologiya asoslari” turkumini ruhshunoslar va pedagog kadrlar malakasini oshirish kursiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil
1-sentabrgacha

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov ), XTV(U. Inoyatov)

13.

Oilaviy va shaxslararo nizolar, psixofizik zoʻrlik qilish va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni profilaktika qilish sohasida bevosita faoliyat yuritadigan shaxslarni maxsus oʻquv kurslari tashkil etish, zoʻrlik ishlatilishiga qarshi kurash shakllari va uslublariga oʻrgatish boʻyicha seminarlar, treninglar, konferensiyalar oʻtkazish, shuningdek, maishiy zoʻrlik ishlatilishidan jabr koʻrganlar bilan ish olib borish orqali tayyorlash darajasi va malakasini oshirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab

“Oila” Markazi (D. Toshmuhamedova),
IIV (P. Bobojonov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva)

14.

Suitsidologiya va krizisli holatlar psixoterapiyasi sohasidagi ilmiy-amaliy faoliyatni, jumladan, quyidagilar orqali ragʻbatlantirish:

“Krizisli holatlar psixoterapiyasi”, “Telefon orqali maslahat berish texnikasi” oʻquv dasturlarini yaratish;

suitsidologiya va psixoterapiya boʻyicha davlat tilida oʻquv adabiyotini ishlab chiqish hamda uni respublika tibbiyot va pedagogik taʼlim muassasalarining oʻquv jarayoniga tatbiq etish;

Psixiatriya, Psixoterapiya, “Tibbiy psixologiyava Psixologiya” mutaxassisliklari boʻyicha tadqiqotlar uchun mavzularni tanlashda suitsidologiya vakrizisli holatlar psixoterapiyasi boʻyicha ilmiy-tadqiqotlarga ustuvorlik berish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-oktabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shodmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), XTV(U. Inoyatov)

15.

Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish, Xotin-qizlarga nisbatan zoʻrlik ishlatishga chek qoʻyish toʻgʻrisidagi deklaratsiya (BMT Bosh Assambleyasining 1993 y. 20-dekabrdagi 48/104-Rezolyutsiyasi) qoidalarini oʻrganish masalalari boʻyicha oʻquv kurslarini oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquv dasturlariga kiritish.

Oʻquv-dasturlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev)

16.

Maishiy zoʻrlik ishlatilishi bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishda sudyalar va advokatlar uchun oʻquv kurslarini joriy etish va treninglar oʻtkazish

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab

Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oliy sud (K. Kamilov)

17.

Oilaviy va shaxslararo nizolar, psixofizik zoʻrlik ishlatish va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorning oldini olish va profilaktika qilish sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ularning natijalari va yutuqlarini amaliy faoliyatga keng tatbiq etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy asosda

“Oila” Markazi (D. Toshmuhamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), IHMM (A. Saidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

18.

“Xavf-xatar guruhi”da boʻlgan shaxslarga yordam koʻrsatish uchun “suitsidolog” va “tibbiy ruhshunos” lavozimlarini ayrim sogʻliqni saqlash muassasalarining amaldagi shtat normativlariga qoʻshimcha ravishda kiritish takliflarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumot xati

2018-yil
1-avgustgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov)

19.

Zoʻrlik ishlatishga moyil boʻlgan shaxslar bilan ishlash boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ushbu tavsiyalarni maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarda tarqatish.

Metodik tavsiyalar

2018-yil
1-oktabrgacha

OilaMarkazi (D. Toshmuxamedova), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva),IHMM (A. Saidov)

20.

Ota-onalarning farzandlarga nisbatan maishiy zoʻrlik ishlatish holatlarini, ularning gʻayriijtimoiy xulq-atvorini aniqlash, oilada zoʻrlik qilinishiga duchor boʻlgan bolalarning ijtimoiy reabilitatsiyasini tashkil etish boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Metodik tavsiyalar

2018-yil
1-oktabrgacha

MTV(A. Shin), XTV(U. Inoyatov),
IIV(P. Bobojonov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), OilaMarkazi (D. Toshmuhamedova), Mahalla jamgʻarmasi (Sh. Javlonov)

21.

Maishiy zoʻrlik ishlatilishi-ning oldini olish va unga chek qoʻyish sohasidagi vaziyatning jamoatchilik nazorati va monitoringini amalga oshirish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Metodik tavsiyalar

2018-yil
1-sentabrgacha

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva),
“Oila” Markazi (D. Toshmuxamedova), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov)

22.

Oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, diniy konfessiyalar hamda ommaviy axborot vositalari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Metodik tavsiyalar

2018-yil
1-sentabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov), Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J. Akramov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev)

23.

Nizoli vaziyatlar, maishiy zoʻrlik qilish va oʻz joniga qasd qilish harakatlari, ularning salbiy oqibatlari, maishiy zoʻrlik qilishdan jabrlanganlar hamda oʻz joniga qasd qilishga uringan shaxslar uchun ijtimoiy reabilitatsiya va moslashtirish muassasalari hamda boshqa muassasalar, shuningdek, maishiy zoʻrlik qilishni va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni profilaktika qilishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisida jamoatchilikning xabardorligini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy asosda

MTRK (A. Xodjayev), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Norbayeva), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 07/18/3827/1445-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)