Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.10.2000 yildagi 389-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999—2005 YILLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh IShLARI DASTURINI AMALGA OShIRISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlantirish bo‘yicha Milliy komissiyasi tomonidan Barqaror rivojlantirish milliy strategiyasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Bosh vazir o‘rinbosari T.X. Xoltoyevga tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “XXI asr uchun kun tartibiga” milliy dasturini ishlab chiqishni 2001-yil 1-iyulgacha tugallasin, uning amalga oshirilishi bo‘yicha aniq tadbirlarni belgilasin va ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlantirish milliy strategiyasi indikatorlarini ishlab chiqsin va uni amalga oshirish monitoringini tashkil qilsin hamda o‘tgan yildagi faoliyat yakunlari bo‘yicha har yili 1-martgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BMTning Barqaror rivojlantirish bo‘yicha komissiyasi, BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti, BMTning Rivojlantirish dasturi bilan kelishgan holda, milliy institutlarni jalb etib, BMTning atrof muhit va rivojlantirish bo‘yicha Konferensiyasining 1992-yilda Rio-de-Janeyroda qabul qilingan qarorini bajarishni ta’minlash uchun “Rio-10” xalqaro sammitiga va O‘zbekiston tomonidan erishilgan Taraqqiyot sharhiga doir tadbirlarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga va amalga oshirishga kirishsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish milliy strategiyasining Asosiy qoidalari va uni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish milliy strategiyasining bajarilishini va monitoringini tashkil etish vazifalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga yuklansin.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iqtisodiyotni rivojlantirishning qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqishda ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarga amal qilsinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 9-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
389-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 9-oktabrdagi 389-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish milliy strategiyasi
(asosiy qoidalar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi 1993-yil 20-iyundan boshlab BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Izohli konvensiyasi a’zosi hisoblanadi va Konvensiya Tomoni sifatida o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni olgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitga antropogen ta’sir natijasida yuzaga kelgan, Monreal protokoli bilan nazorat qilinmaydigan parnik gazlari antropogen chiqindilari va oqovasi milliy kadastrlarini ishlab chiqish, vaqti-vaqti bilan yangilash, e’lon qilish va Tomonlar Konferensiyasiga taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan milliy dasturni shakllantirish, amalga oshirish, chop etish va muntazam ravishda yangilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parnik gazlarining antropogen chiqindilarini cheklash, kamaytirish yoki to‘xtatishga olib keladigan texnologiyalar, usullar va jarayonlarni ishlab chiqish, qo‘llash va yoyishda yordam ko‘rsatish va hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq va suv xo‘jaligini yuritish, cho‘lga aylanish va qurg‘oqchilikdan zarar ko‘rgan tumanlarni muhofaza qilish va tiklash bo‘yicha kompleks rejalarni ishlab chiqish va rivojlantirish, barqaror rivojlantirishni ta’minlaydigan ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik siyosatni amalga oshirish natijasida iqlim o‘zgarishi mumkinligini hisobga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlar Konferensiyasiga Konvensiya majburiyatlari amalga oshirilishiga doir axborotni taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston tomonidan 1999-yil noyabr oyida ratifikatsiya qilingan iqlim o‘zgarishi haqidagi Konvensiyaga Kioto Protokoli 1-ilovaga kiritilgan Tomonlar uchun majburiyatlarning 2008-yildan 2012-yilgacha amal qilish davrida parnik gazlarining jami chiqindilarini 1990-yildagi darajaga qaraganda kamida besh foizga qisqartirish bo‘yicha miqdoriy majburiyatlarni, shuningdek qabul qilingan majburiyatlar (Kioto Mexanizmlari)ni amalga oshirish usulini belgilab berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMTning Izohli konvensiyasi (IO‘IK)ning 1-ilovasiga kirmagan mamlakat sifatida YO‘IKning Kioto protokoli bo‘yicha miqdoriy majburiyatga ega emas. Shunday bo‘lsa-da, Respublika Hukumati iqtisodiyotning muhim sohalarida aniq maqsadni ko‘zlab parnik gazlari emissiyasini kamaytirishga qaratilgan siyosatni olib bormoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konvensiya bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar doirasida parnik gazlarini xatlovdan o‘tkazish va “Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish milliy strategiyasini o‘rganish” loyihasi doirasidagi ishlanmalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldingi yillari iqtisodiy faollikning pasayganligi hisobiga emissiyaning o‘sishi ehtimoli uchun zaxiralar tugaganligi (2000-yilda emissiya 1990-yildagi darajaga yetadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotning barcha sohalarida energiyani tejash siyosatini va teng tarif siyosatini o‘tkazish zarurligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotni ehtimol tutilgan iqlim o‘zgarishlariga moslashtirish va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish dasturlarini ishlab chiqish zarurligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiy boshqarish vositalarini qo‘llash (1); tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan tuzilmalarni institutsional mustahkamlash (2); mahsulot ishlab chiqarishga energiya sarfini pasaytirishga, ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirishga, energiyani tejashga (3) va boshqalarga qaratilgan texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat olib borilgan taqdirda iqtisodiyot tarmoqlarida parnik gazlari emissiyasini kamaytirishning katta imkoniyatlari mavjudligi haqidagi xulosalarga olib keldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Parnik gazlari emissiyasini kamaytirish milliy strategiyasi olib borilayotgan milliy siyosatga va parnik gazlari emissiyasini kamaytirishga qaratilgan va emissiyani qisqartirish bo‘yicha kam xarajat bilan yuqori samarani ta’minlashga imkon beradigan aniq chora-tadbirlarga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilab beradi va o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IQTISODIY VOSITALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarif siyosatini tartibga solish. Energiyani saqlash, energiya tejash tadbirlarini o‘tkazish va energiya sarfi jihatidan samarali asbob-uskunalarni tatbiq etish bilan bog‘liq harakatlarni rag‘batlantirish maqsadida energiya manbalari uchun amaldagi to‘lov tizimini takomillashtirish. Ayni paytda tabiiy monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish va aholi daromadlarining o‘sishi bilan bir vaqtda tabiiy gaz, suv, elektr energiyasi va boshqa energetika resurslaridan foydalanganlik uchun aholi va tashkilotlarga mo‘ljallangan tariflarni ularning amaldagi qiymatiga muvofiq holga keltirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iste’molchilarni hisobga olish priborlari bilan ta’minlash. Energiya manbalarini iste’mol qilish xarajatlarini tartibga solish maqsadida kommunal xo‘jaligida tabiiy gaz, issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv iste’moli ustidan nazorat qilish tizimini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uglerod ikki oksidi va metan emissiyasiga milliy standartlarni joriy etish va ularni yillik statistika hisobotlariga kiritish tabiatni muhofaza qilish organlariga korxonalar, vazirliklar, idoralar darajasida ularning emissiyasi ustidan yanada samarali nazorat olib borish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir qancha mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aholi o‘rtasida energiyani tejash siyosatini energiyani tejash natijalari va uni amalga oshirish usullarini ko‘rgazmali namoyish qilish orqali targ‘ib qilish energiya manbalari iste’molini 10-15 foizga qisqartirish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
INSTITUTSIONAL JIHATDAN MUSTAHKAMLASh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Parnik gazlari emissiyasi va oqovalarini muntazam ravishda xatlovdan o‘tkazish. Parnik gazlari emissiyasi va oqovalari kadastri milliy darajada parnik gazlari emissiyasini qisqartirish bo‘yicha xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari faoliyatini baholash uchun negiz va parnik gazlari emissiyasini qisqartirish bo‘yicha loyihalarning bazaviy liniyalarini xalqaro organlar tomonidan tekshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida SO2 va metan chiqindilariga kvotani taqsimlash me’yoriy chiqindilarni, yillik hisobot va me’yoridan ortiq chiqindilar uchun to‘lovlarni belgilash imkonini beradi. Kioto Protokolining yanada rivojlantirilishi, parnik gazlari emissiyasi savdosining shakllanayotgan bozoriga kirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniq loyihalarni amalga oshirish negizida emissiyaning qisqartirilgan hajmlarini uzatish bo‘yicha bozor infratuzilmasini yaratish Sof rivojlantirish mexanizmini amalga oshirishning eng ilk bosqichida investorlarni jalb qilishga yordam beradi. Buning uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro va milliy darajada emissiyaning qisqartirilgan hajmlarini uzatish bilan bog‘liq huquqiy hujjatlar va tartibga soluvchi qoidalarni qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parnik gazlari emissiyasini kamaytirish yuzasidan loyihalarni amalga oshirish milliy markazi (Sof rivojlantirish mexanizmi markazi)ni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parnik gazlari emissiyasi bilan bog‘liq ma’lumotlarning elektron bazasini va loyihalarni hisobga olish bo‘yicha ro‘yxatga olish markazini tuzish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Parnik gazlari emissiyasini qisqartirish bilan bog‘liq kichik dastlabki loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan Sof rivojlantirish mexanizmi bo‘yicha Milliy jamg‘armalarni tashkil etishni rag‘batlantirish zarur. Bunday jamg‘armalarga sof rivojlantirish mexanizmi (SRM) bo‘yicha bajariladigan yirik loyihalar daromadidan ajratiladigan mablag‘lar va xususiy kompaniyalarni jalb qilish hisobiga ulush qo‘shilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kioto Protokoli bo‘yicha muzokaralar jarayonida qatnashish uchun hujjatlarni tayyorlash va parnik gazlari emissiyasini kamaytirish bilan bog‘liq loyihalarni ekspertiza qilish Barqaror rivojlantirish bo‘yicha milliy komissiya huzuridagi mustaqil ekspertlar guruhi tomonidan bajarilishi kerak. Bundan tashqari, Barqaror rivojlantirish bo‘yicha milliy komissiya milliy darajada Izohli Konvensiya va Kioto Protokoli bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish uchun hujjatlar tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TEXNIK ChORA-TADBIRLARNI AMALGA OShIRISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SO2 emissiyasini 2010-yilga borib 16,4-33,5 mln tonnaga, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz-turbina qurilmalarini joriy etish hisobiga 3,6-4,8 mln tonnaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
issiqlik va elektr energiyasini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga 1,9-3,1 mln tonnaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik va o‘rta bug‘ qozonlarini zamonaviylashtirish hisobiga 2,4-3,9 mln tonnaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik gidroenergetikani rivojlantirish hisobiga 0,9-3,0 mln tonnaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
issiqlik ta’minoti uchun yopiq tizimlardan foydalanish hisobiga 0,9-2,1 mln tonnaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud issiqlik trassalarini izolatsiya qilish hisobiga 0,9-3,0 mln tonnaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazni hisoblash priborlari va nazorat asbob-uskunalarini joriy etish hisobiga 1,8-4,5 mln tonnaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori samarali yoritish asboblarini joriy etish hisobiga 1,0-1,7 mln tonnaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konditsionerlashning samarali tizimini joriy etish hisobiga 1,5 mln tonnaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransportni suyultirilgan gazga o‘tkazish hisobiga 3,0-5,9 mln tonnaga kamaytirish maqsadida kompleks chora-tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 113-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 15-son, 179-modda)