Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.12.2004 yildagi 574-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OʻZEKSAYD” YoPIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI QOʻShMA KORXONASIDA AKKUMULYaTOR BATAREYaLARI IShLAB ChIQARIShNI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zamonaviy akkumulyator batareyalari ishlab chiqarish boʻyicha yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishni taʼminlash, ular bilan ichki bozorni toʻldirish va ularni eksportga yetkazib berishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining “EurasiaTrans” Limited (Buyuk Britaniya) kompaniyasini “OʻzEksayd” yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasiga strategik investor sifatida jalb etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Eurasia Trans” Limited” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eksayd AB Grup Ltd” kompaniyasining 51 foiz aksiyalar paketini sotib olish yoʻli bilan “OʻzEksayd” yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi aksiyadorlari tarkibiga kirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkumulyator batareyalari ishlab chiqarishni yiliga 1,2 mln donagacha yetkazishni, ulardan kamida 80 foizini eksportga sotish majburiyatini olishni nazarda tutuvchi biznes-reja ishlab chiqqanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OʻzEksayd” yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasini 4,425 mln AQSh dollari miqdoridagi aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash va loyihani amalga oshirish uchun jalb etilgan kreditlarni 1 va 2-ilovalarga* muvofiq jadvallarga qatʼiy rioya qilgan holda qaytarishni taʼminlash majburiyatini olganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OʻzEksayd” yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasiga xomashyo, materiallar va butlovchi detallar xarid qilishda foydalanish uchun 3,675 mln AQSh dollari miqdorida aylanma mablagʻlar sifatida investitsiya berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OʻzEksayd” yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasiga ishlab chiqariladigan mahsulotga “Katod” savdo markasidan foydalanish huquqini berishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OʻzEksayd” yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi ustav kapitalidagi oʻziga tegishli 25 foiz miqdoridagi aksiyalar paketining bir qismini, “Eurasia-Trans” Limited kompaniyasi tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilgan, shu jumladan ilgari jalb etilgan kreditlar qaytarilgan taqdirda unga 3-ilovaga* muvofiq muddatlarda berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yilda ustav kapitali tarkibini 3-ilovaga* muvofiq oʻzgartirish tugallangandan keyin “OʻzEksayd” yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi ustav kapitali ulushlarini quyidagi miqdorlarda taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ulushi — 23,3 foiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“EurasiaTrans” Limited (Buyuk Britaniya) kompaniyasi ulushi — 76,0 foiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jizzaxobodonchilik” aksiyadorlik jamiyati ulushi — 0,7 foiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzikkilamchiranglimetall” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda qoʻrgʻoshin parchalarini yigʻishni, shu jumladan jismoniy shaxslardan yigʻishni tashkil etsin, 2005-yilning I yarim yilligida “OʻzEksayd” yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi bazasida uni qayta ishlash liniyasini ishga tushirishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzikkilamchiranglimetall” aksiyadorlik jamiyati “OʻzEksayd” yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasiga 4-ilovaga* muvofiq hajmlarda qoʻrgʻoshin parchalari yetkazib berilishini taʼminlasin
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining “OʻzEksayd” yopiq aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasida akkumulyator batareyalari ishlab chiqarish loyihasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Tayyor mahsulotlarning yangi turlarini, ularga qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyxatiga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 7-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
574-son
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 48-49-son, 497-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda)