Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2025 30.05.2018 yildagi PQ-3755-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-sonli “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq va boshqa sohalarda boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, yuqori malakali boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyati isloh qilindi, shuningdek, Akademiya huzurida mamlakatimizning istiqbolli yosh mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan va malakasini oshiradigan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda davlat hokimiyatini yanada demokratlashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tanlab olish va tayyorlash, ularning zaxirasini shakllantirish tizimini, jumladan bu borada zamonaviy yondashuvni ishlab chiqish orqali takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining 3 yilda bir marta istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini (keyingi o‘rinlarda — tanlov) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan (45 yosh ham qo‘shilgan holda) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika komissiyasi tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarga vazirlik va idoralar, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini, shuningdek, yetakchi olim va mutaxassislarni, jumladan xorijiy olim va mutaxassislarni jalb etish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovning xolisona va shaffof o‘tkazilishi, shuningdek, nomzodlarning sifatli va xolisona tanlab olinishi, qo‘yiladigan talablarga ularning muvofiqligi uchun javobgarlik Respublika komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov g‘oliblariga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov g‘oliblari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi va tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida uch oy muddatlik stajirovka o‘taydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli davlat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi, shuningdek ish bilan ta’minlanganidan so‘ng, tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida bir oy muddatlik stajirovka o‘taydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovka o‘tagan tanlov g‘oliblari va final bosqichining ishtirokchilari zimmasiga ularni stajirovkaga yuborgan davlat tashkilot bilan tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan muddat davomida shu tashkilotda ishlab berish majburiyati yuklatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov g‘oliblarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tayinlash, tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovka o‘tashi yuzasidan chora-tadbirlarni ko‘rish, shuningdek, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan final bosqichi ishtirokchilarining faoliyatini keyinchalik ularni xizmat bo‘yicha ko‘tarish yoki rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun monitoring qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining umumiy muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2019-y., 07/19/4200/2643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Akademiya bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ishtirokchilarning so‘rovnomalarini ko‘rib chiqish, test va boshqa tanlov sinovlarini o‘tkazish, shuningdek, ularning natijalarini taqdim etish imkoniyatlariga ega bo‘lgan tanlovning maxsus veb-portalini yaratishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimlari, resurslari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, shuningdek, Respublika komissiyasi ishchi organini tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlashni ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar tanlovni o‘tkazishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov o‘tkazishni tashkil etish qismida — Akademiyaga xarajatlar smetasi bo‘yicha ajratiladigan budjet mablag‘lari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4200-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2019-y., 07/19/4200/2643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilariga bir martalik pul mukofotini to‘lash qismida — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha stajirovka o‘tashi qismida — birinchi navbatda davlat tashkilotlari — tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarining ish beruvchilari mablag‘lari, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovning maxsus veb-portalini yaratish, axborot tizimlari, resurslari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, shuningdek, Respublika komissiyasi ishchi organini tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlash qismida — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Tashqi ishlar vazirligi va Akademiya bilan birgalikda tanlovni o‘tkazish doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov o‘tkazilishi ustidan jamoatchilik monitoringini amalga oshirish va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov yakunlariga bag‘ishlangan axborot-tahliliy sharhlarning davlat, rus va ingliz tillarida tayyorlanishi va e’lon qilinishini, shuningdek, keng tarqatilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Akademiya va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda tanlovni o‘tkazish yakunlari yuzasidan tanlov doirasida istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish tizimini takomillashtirish, jumladan talabgorlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi, Akademiya va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tashkilotlarida bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini tanlovning final bosqichi ishtirokchilari orasidan shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni, shuningdek, uning natijalarini keng yoritish, jumladan mavzuga oid maqolalar, turkum teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori R.S. Kasimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 30-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3755-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-maydagi PQ-3755-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

R.S. Qosimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, komissiya rahbari

2.

N.M. Rustambekov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari, komissiya rahbari o‘rinbosari

3.

A.D. Daminov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari, komissiya rahbari o‘rinbosari

4.

D.R. Li

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori

5.

E.M. G‘aniyev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

6.

A.A. Azizov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati raisi

7.

O.B. Murodov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori

71.

A.F. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kadrlar salohiyatini rivojlantirish shu’basi mudiri

8.

X.B. Yodgorov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari

9.

I.Yu. Abdurahmonov

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

10.

Sh.D. Kudbiyev

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

11.

R.K. Davletov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

12.

B.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

13.

Sh.M. Sodiqov

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

14.

J.I. Xidayxodjayev

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining maslahatchisi — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ijro etuvchi apparati rahbari

15.

E.S. Kanyazov

adliya vazirining o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

16.

X.T. Azizov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining birinchi prorektori

17.

E.S. Tulyakov

“Rivojlanish strategiyasi” Markazining ijrochi direktori

18.

A.B. Kalonov

Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti ekspert kengashining raisi

19.

B.B. Alimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektori, komissiya kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Komissiya a’zolari boshqa lavozimga o‘tgan taqdirda,uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish vazifasi yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-maydagi PQ-3755-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini (keyingi o‘rinlarda — tanlov) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tanlovning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning yuqori malakali kadrlarini aniqlash va rag‘batlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchilik fazilatlari va boshqaruvchilik bilimlari yuqori darajada bo‘lgan istiqbolli rahbarlarni tanlash va qo‘llab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) uchun istiqbolli boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tanlov qonuniylik, xolislik, shaffoflik, kollegiallik va teng huquqlilik tamoyillari asosida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tanlovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil qiladi va o‘tkazadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tanlov ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan nominatsiyalar bo‘yicha har 3 yilda bir marta tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tanlov mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha quyidagi to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkiliy bosqich (1-bosqich);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
onlayn saralash (2-bosqich);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bevosita tur (3-bosqich);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
final (4-bosqich).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tanlovning tashkiliy bosqichi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tomonidan qatnashchilarni saralab olish uchun har bir nominatsiya bo‘yicha tanlov komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov komissiyalari tomonidan qatnashchilarning so‘rovnomalarini o‘rganish uchun ishchi guruhlar tarkiblarini shakllantirish va tasdiqlash. Ishchi guruhlari va ularning a’zolari tarkibi hamda miqdori har bir nominatsiya bo‘yicha berilgan buyurtmalar soniga bog‘liq bo‘ladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
onlayn saralash boshlanishidan qadar kamida bir oy oldin tanlovni o‘tkazish sanasi va shartlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shuningdek, “Taraqqiyot” veb-portali (keyingi o‘rinlarda — veb-portal)da davlat tili va rus tilida e’lon berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tanlovning onlayn saralashbosqichi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qatnashchilarni veb-portalda elektron tarzda ro‘yxatga olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovda ishtirok etish uchun veb-portalda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida 3 yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan(45 yosh ham qo‘shilgan holda) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorning veb-portalda ro‘yxatdan o‘tishiuning tanlovni o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi va ularni to‘liq ma’qullashini tasdiqlaydi. Har bir tanlov qatnashchisi faqat bir marta va bitta nominatsiya bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ro‘yxatga olingan qatnashchilar tomonidan veb-portaldaonlayn buyurtmanoma berish va tanlovda ishtirok etish uchun so‘rovnomalarni to‘ldirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov qatnashchilari tomonidan taqdim etiladigan buyurtmanoma qaysi nominatsiyaga taalluqli ekanligini ular mustaqil ravishda tanlaydilar. Ishchi guruh buyurtmanomalarni ko‘rib chiqishda ishtirokchi tomonidan so‘rovnomada ko‘rsatilgan tegishli sohadagi ish tajribasiga qarab nominatsiyani o‘zgartirishni tavsiya etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov qatnashchilari so‘rovnomada belgilangan shaklga muvofiq haqqoniyma’lumotlarni ko‘rsatishi shart. So‘rovnomaga bila turib yolg‘on axborotni kiritish ishtirokchini tanlovdan chetlatish uchun asos bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorlar tomonidan tanlovda qatnashishga buyurtma berish uchun so‘rovnomaning shakli Akademiya rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) so‘rovnomalarni o‘rganish hamda intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlari uchun ishtirokchilarni saralab olish. Bunda, ishchi guruhlar a’zolari tanlov ishtirokchilaridan so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar tasdiqlanishini talab qilish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) saralab olingan qatnashchilarning ro‘yxatini veb-portalda e’lon qilish, bunda intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlari o‘tkazilgan sana ko‘rsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ishtirokchilarning intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlarini o‘tkazish. Uning yakunlari bo‘yicha olingan natijalar asosidatanlov komissiyalari o‘tish ballarini belgilaydi. O‘tish ballarini to‘plagan ishtirokchilar siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilim darajasini aniqlash bo‘yicha testlarga qo‘yiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilim darajasini aniqlash bo‘yicha testlarga qo‘yilgan ishtirokchilarning ro‘yxatini va uni o‘tkazish sanasini veb-portalda e’lon qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasida bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini o‘tkazish. Uning yakunlari bo‘yicha olingan natijalar asosida tanlov komissiyalari o‘tish ballarini belgilaydi. O‘tish ballarini to‘plagan ishtirokchilar bevosita turga qo‘yiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) bevosita turga qo‘yilgan ishtirokchilar ro‘yxatini, uni o‘tkazish sanasi va joyini veb-portalda e’lon qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ishtirokchilarning intellekt darajasi (IQ-test), psixologik barqarorlik, chet tillarni bilish hamda siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilim darajasini aniqlash test sinovlari respublika mintaqalarida markazlashtirilgan tartibda onlayn rejimida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. CEFR (Common European Framework of Reference) bo‘yicha kamida V2 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) bo‘yicha 5,5 ballga yoki TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo‘yicha 72 ballga muvofiq keladigan chet tilini egallaganlikni rasmiy ravishda tasdiqlovchi amaldagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan tanlov ishtirokchilari chet tillarni bilish bo‘yicha test sinovidan ozod qilinadi. Ushbu ishtirokchilar uchun maksimal ball qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tanlovning bevosita turi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishtirokchilar tomonidan nominatsiyaga qarab tanlangan mavzularning birida 5 ta masala bo‘yicha yozma tahliliy ma’ruza tayyorlash, unda tegishli soha (tarmoq)ning bugungi holati tahlil qilinishi va uni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov komissiyalari ishtirokchilarning tahliliy ma’ruzalarini baholash yakunlari bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan natijalar asosida tegishli nominatsiya uchun o‘tish ballarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnashchilardan uch yuz nafarini(har bir nominatsiya bo‘yicha kamida 18 kishi) saralab oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4200-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2019-y., 07/19/4200/2643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tashkilotchilik qobiliyatlari va boshqaruvchilik salohiyatini aniqlash yuzasidan ishtirokchilarni yozma test sinovidan o‘tkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov komissiyalari tashkilotchilik qobiliyatlari va boshqaruvchilik salohiyatini aniqlash yuzasidan yozma test sinovi natijalari bo‘yicha finalchilarni aniqlaydi, ularning umumiy soni 150 kishidan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tanlov finali quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guruhlarda vaziyatli vazifalar yechish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlangan nominatsiya bo‘yicha tanlov komissiyalari a’zolari bilan yakkama-yakka suhbat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qatnashchilarning guruhlarda vaziyatli vazifalar yechish va yakkama-yakka suhbat natijalarining yig‘indisi bo‘yicha 50 nafar qatnashchi tanlov g‘olibi deb topiladi, qolgan 100 nafar finalchi esa tegishli sohada boshqaruv kadrlari zaxirasiga qo‘shiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tanlov komissiyalari tanlov finali yakunlarini umumlashtiradi va ularni Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tanlov g‘oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan qolgan finalchilarga esa — eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tanlov ishtirokchilarini baholash va uning g‘oliblarini aniqlash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tanlov ishtirokchilarining boshqaruvchilik mahorati darajasi, fikrlashning tizimliligi, yetakchilik sifatlari va o‘zgarishlarga moslashuvchanligi ularni baholash mezonlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Respublika komissiyasi tanlov yakunlari chiqarilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida uning natijalarini, shuningdek, g‘oliblar hamda finalchilarni mukofotlash joyi va vaqti to‘g‘risidagi axborotni veb-portalda joylashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4200-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2019-y., 07/19/4200/2643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tanlov g‘oliblari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi va tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida uch oy muddatlik stajirovkadan o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli davlat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi, shuningdek ish bilan ta’minlanganidan so‘ng, tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida bir oy muddatlik stajirovkadan o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda davlat davlat tashkilotlari o‘z mablag‘lari hisobidan tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarini xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovkaga yuborishdan avval chet tillar bo‘yicha intensiv kurslardan o‘tishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlov g‘oliblarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tayinlash, tanlov g‘oliblari va final bosqichi ishtirokchilarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovkadan o‘tishiyuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish, shuningdek, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan final bosqichi ishtirokchilarining faoliyatini keyinchalik ularni xizmat bo‘yicha ko‘tarish yoki rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun monitoring qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining umumiy muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Respublika komissiyasi tanlov komissiyalarining taqdimnomasiga ko‘ra har bir nominatsiya bo‘yicha tanlov finali ishtirokchilari va g‘oliblari sonini, shuningdek, taqdim etilgan buyurtmanomalar soniga va tanlov qatnashchilarini saralab olish natijalariga qarab bevosita turda stajirovkadan o‘tish uchun tanlab olingan shaxslar sonini qayta ko‘rib chiqishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tanlov komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Har bir nominatsiya bo‘yicha tuziladigan tanlov komissiyalari tanlovni tashkillashtirish va o‘tkazish yuzasidan ishchi organlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tanlov komissiyasining tarkibi sohadagi vazirliklar, idoralarning mutaxassislaridan, shuningdek, mustaqil ekspertlardan iborat tarkibdashakllantiriladi va Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tanlov komissiyasi tarkibiga komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi, shuningdek, uning a’zolari kiradi. Tanlov komissiyasi a’zolarining soni toq sondan iborat bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tanlov komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilarning so‘rovnomalarini o‘rganish uchun tuzilgan ishchi guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilar tomonidan tanlov bo‘yicha sinovlar bajarilishini baholaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilarni tanlovning navbatdagi bosqichlariga qo‘yish, shuningdek, tanlov finalchilari va g‘oliblarini aniqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov ishtirokchilari tomonidan tanlovni o‘tkazish qoidalarini buzish hollari aniqlangan taqdirda, ularni tanlovdan chetlashtirish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni, shuningdek, tanlovga oid sinovlarni o‘tkazish tartib-qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Respublika komissiyasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tanlov komissiyasining yig‘ilishi uning a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tanlov komissiyasining qarorlari a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tanlov komissiyasi qarorlari ikki nusxada tuziladigan va yig‘ilishda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanadigan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tanlov komissiyalarining faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash Akademiya tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Apellyatsiya komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish uchun Respublika komissiyasining qarori bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasining shaxsiy tarkibi va ish reglamenti Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Apellyatsiya komissiyasiga ariza har bir tanlov bosqichida nazarda tutilgan sinovlarning natijalari e’lon qilingandan so‘ng uch kun ichida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Apellyatsiya komissiyasi qabul qilingan arizani uch kun mobaynida ko‘rib chiqishi va arizachining hozirligida asoslantirilgan qaror qabul qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovining nominatsiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Nominatsiya nomi

G‘oliblar soni

1.

Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

2.

Sud-huquq sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

3.

Moliya-kredit sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

4.

Sanoat sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

5.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

4

6.

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

7.

Arxitektura va qurilish sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

8.

Kommunal xo‘jalik sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

9.

Soliq va bojxona sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

10.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

11.

Ta’lim, fan va innovatsiyalar

3

12.

Sog‘liqni saqlash

3

13.

Madaniyat, san’at va sport sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

14.

Tashqi siyosat, tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

4

15.

Makroiqtisodiyot va hududiy rivojlanish sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

16.

Transport va logistika sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

Jami:

50

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Tadbirlar

Muddat

I bosqich.

Tashkiliy bosqich

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish respublika komissiyasi tomonidan qatnashchilarni saralab olish uchun har bir nominatsiya bo‘yicha tanlov komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash

1-sentabrga qadar

Tanlov komissiyalari tomonidan qatnashchilarning so‘rovnomalarini o‘rganish uchun ishchi guruhlar tarkiblarini shakllantirish va tasdiqlash

onlayn saralash boshlanishidan qadar kamida bir oy oldin tanlovni o‘tkazish sanasi va shartlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shuningdek, veb-portalda davlat tili va rus tilida e’lon berish

II bosqich.

Onlayn saralash

Qatnashchilarni veb-portalda elektron tarzda ro‘yxatga olish

30-oktabrga qadar

Ro‘yxatga olingan qatnashchilar tomonidan veb-portalda onlayn buyurtmanoma berish va tanlovda ishtirok etish uchun so‘rovnomalarni to‘ldirish

So‘rovnomalarni o‘rganish hamda intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlari uchun ishtirokchilarni saralab olish

10 — 20-noyabr

Saralab olingan qatnashchilarning ro‘yxatini veb-portalda e’lon qilish, bunda intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlari o‘tkazilgan sana ko‘rsatiladi

20-noyabr

Ishtirokchilarning intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlarini onlayn tarzda o‘tkazish

25 — 30-noyabr

Siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilim darajasini aniqlash bo‘yicha testlarga qo‘yilgan ishtirokchilarning ro‘yxatini va uni o‘tkazish sanasini veb-portalda e’lon qilish

30-noyabr

Siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasida bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini o‘tkazish

1 — 5-dekabr

Bevosita turga qo‘yilgan ishtirokchilar ro‘yxatini, uni o‘tkazish sanasi va joyini veb-portalda e’lon qilish

5-dekabr

III bosqich.

Bevosita tur

Ishtirokchilar tomonidan nominatsiyaga qarab tanlangan mavzularning birida 5 ta masala bo‘yicha yozma tahliliy ma’ruza tayyorlash. 300 ishtirokchi saralab olinadi

15 — 25-dekabr

Tashkilotchilik qobiliyatlari va boshqaruvchilik salohiyatini aniqlash yuzasidan ishtirokchilarni yozma test sinovidan o‘tkazish. 300 ishtirokchidan ko‘pi bilan 150 nafar final ishtirokchisi aniqlab olinadi

25-fevral — 2-mart

IV bosqich.

Final

Final ishtirokchilari tomonidan guruhlarda vaziyatli vazifalar yechish

5 — 10-mart

Tanlangan nominatsiya bo‘yicha tanlov komissiyalari a’zolari bilan yakkama-yakka suhbat

15 — 20-mart

Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash (jami 50 nafar). Respublika komissiyasi tomonidan tanlov natijalarini veb-portalda e’lon qilish

25-martga qadar

Tanlov g‘oliblarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha rahbar lavozimlariga tayinlash

1-iyunga qadar

Tanlov g‘oliblarining dastlab chet tillar bo‘yicha intensiv kurslarda o‘qishi va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovkadan o‘tishi

1-dekabrga qadar

Tanlov final bosqichi qolgan ishtirokchilarining dastlab chet tillar bo‘yicha intensiv kurslarda o‘qishi va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovkadan o‘tishi

Belgilangan tartibda ishga joylashtirilgandan so‘ng

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2018-y., 07/18/3755/1285-son; 21.02.2019-y., 07/19/4200/2643-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)