Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2011 18.01.1996 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2011
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ODAMLAR VA HAYVONLARNING QUTURIShI KASALLIGIGA QARShI KURAShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-sonli “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odamlar va hayvonlarning quturishi kasalligiga qarshi kurash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish, shuningdek, aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa uy hayvonlarini saqlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa hayvonlarni saqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qarovsiz qolgan it, mushuk va boshqa hayvonlarni tutish hamda qirib tashlash va ularni tayyorlov tashkilotlariga foydalanish uchun yetkazib berish vazifasi shaharlarda, tuman markazlari hamda shahar ko‘rinishidagi shaharchalarda — O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining joylardagi korxonalariga, qishloq joylarda — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, uning veterinariya xizmati organlariga, o‘zini o‘zi boshqarishning mahalla, ovul va shaharcha organlari (fuqarolar yig‘ini)ga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi hududiy organlari qaramog‘ida bo‘lgan it tutuvchi xo‘jaliklarni tashkil etish ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan 2000-yilgacha bo‘lgan davr uchun aniq topshiriqlarni bir oy muddatda ko‘rib chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
it tutish xizmatlari va brigadalarini, xo‘jalikda kerak bo‘lmagan hayvonlarni aholidan qabul qilib olish joylarini tashkil etish va mablag‘ bilan ta’minlash, ularni ixtisoslashtirilgan transport, yonilg‘i-moylash materiallari, hayvonlarni tutish qurollari bilan ta’minlash uchun sarf-xarajatlarni har yili mahalliy budjetning xarajat qismida nazarda tutsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
egasi bo‘lgan itlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishini va har yili majburiy qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili itlarni quturishga qarshi majburiy emlashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quturish kasalligi ko‘p uchrashi xavfi bo‘lgan hududlarda mushuklar va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini quturishga qarshi profilaktik emlashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quturishga qarshi samarali emlash vaksinalari zaxirasi mavjud bo‘lishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlarning quturishi ustidan veterinariya nazorati tizimini tashkil etishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlar quturgan joylarda ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va tugatish yuzasidan veterinariya chora-tadbirlarining barcha majmuini o‘tkazishni, shuningdek, yo‘q qilingan va nobud bo‘lgan hayvonlarni ko‘mib tashlashning sanitariya-veterinariya qoidalariga rioya qilinishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda shaharlar va qishloq joylardagi it, mushuk va boshqa hayvonlarni saqlaganlik, ularni ro‘yxatdan o‘tkazganlik va qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun ularning egalaridan haq undirish tartibini, shuningdek, itlarni tutish va qirib tashlashga oid xizmatlar uchun narxlar va tariflarni bir oy muddatda qayta ko‘rib chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi it, mushuk va boshqa hayvonlarning odamlarga hamla qilganligi va tishlab olganligi uchun ularning egalarini javobgarlikka tortish haqida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni ishlab chiqsinlar hamda ularni belgilangan tartibda kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha fuqarolar tomonidan Aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa hayvonlarni saqlash qoidalariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasin, Qoidalar talablari bajarilmagan hollarda fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Ovchilar va baliqchilar sport jamiyatlari uyushmasi a’zolariga daydi va kasal hayvonlarni otish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya)lar berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quturish o‘choqlarida, shuningdek, quturish kasalligi ko‘p uchrashi xavfi bo‘lgan epizootik hududlarda daydi va quturgan hayvonlarni davlat veterinariya va sanitariya nazorati organlarining iltimosnomasiga ko‘ra uyushgan holda otishga ruxsat etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi it tutish xo‘jaliklaridan yovvoyi va uy hayvonlarining terilarini qabul qilib olishni va ulardan mo‘ynali mahsulotlar tayyorlashni tashkil etsin. Yovvoyi va o‘y hayvonlari terilarini sotishdan tushgan mablag‘lar it tutish xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, O‘zbekiston Ovchilar va baliqchilar sport jamiyatlari uyushmasi quturish o‘choqlarida va quturish kasalligi ko‘p uchrashi xavfi bo‘lgan epizootik hududlarda daydi va quturgan hayvonlarni otuvchi ixtisoslashtirilgan ovchilar brigadalarini tashkil etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlar tishlab olganda tibbiy yordamga albatta murojaat qilishlari to‘g‘risida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini faollashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davolash-profilaktika muassasalarida quturishga qarshi vaksinalar va gamma-globulin zaxiralari mavjud bo‘lishini ta’minlasin, quturishga qarshi yordam uchun murojaat qilgan barcha kishilarni zudlik bilan va to‘liq hajmda profilaktik davolasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi, O‘zbekiston Ovchilar va baliqchilar sport jamiyatlari uyushmasi ov qilinadigan yerlarda tulki, chiyabo‘ri va bo‘rilarning maqbul sonini (10 kv. kilometrga 1-2 bosh) saqlab qolishni ta’minlaydigan kompleks ovchilik xo‘jaliklari tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSRning shahar va aholi punktlarida it, mushuk va yirtqich hayvonlarni saqlashni yanada tartibga solish choralari to‘g‘risida” 1980-yil 4-iyundagi 400-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat, Agrosanoat kompleksi, Qurilish, binokorlik materiallari sanoati va kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limlariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 18-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
18-yanvardagi 32-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi yashash joylarida it, mushuk va boshqa hayvonlarni saqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qoidalar it, mushuk va yirtqich hayvonlarga ega bo‘lgan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga hamda fuqarolarga joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlarda, shaharchalarda va boshqa aholi yashash joylarida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli itlar majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi va har yili qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Itlar, zotidan qat’i nazar, 3 oyligidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazilishi va qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Yangi sotib olingan itlar bir hafta muddatda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Itlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi muassasalar ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi va ro‘yxatdan o‘tkazish belgisi berishlari, shuningdek, itlarning egalarini hayvonlarni saqlash qoidalari bilan tanishtirishlari shart, bu it egasining itga berilgan ro‘yxatga olish guvohnomasidagi imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Ro‘yxatga olish belgisi itning bo‘yinbog‘iga mahkamlab qo‘yiladi. Fuqaro it sotib olganligi va ro‘yxatdan o‘tkazganligi (qayta ro‘yxatdan o‘tkazganligi) to‘g‘risida shaharlarda uy-joylardan foydalanish tashkilotlariga va mahalla qo‘mitalariga, qishloq joylarda — mahalla va shaharcha Kengashlariga ma’lum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p qavatli uyning alohida kvartirasida yon qo‘shnilarning roziligi bilan, kommunal kvartirada esa — ushbu kvartirada yashovchilarning roziligi bilan bitta it va bitta mushuk saqlashga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida uylarda itlarni saqlashga faqat bog‘langan holda, aholi yashash joylarida erkin sayr qildirishga ajratilgan, atrofi o‘ralgan hududda yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Itlar ochiq yerlarda yoki buning uchun maxsus ajratilgan maydonlarda sayr qildiriladi, bu yerlar har doim ozoda saqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayvonlar bolalar muassasalarining zoologiya burchaklarida sanitariya-epidemiologiya va veterinariya xizmatlarining ruxsati bilan saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maktablarda, maktabgacha bolalar muassasalarida, shuningdek, davolash tibbiyot muassasalarida qo‘riqchi itlar saqlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
It, mushuk va boshqa uy hayvonlarini umumiy ovqatlanish korxonalarida saqlash va ularni oziq-ovqat do‘konlari va boshqa do‘konlarning savdo va ishlab chiqarish zallariga olib kirish ham taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘chalarda va boshqa jamoat joylarida yetovsiz yurgan itlar va mushuklar hatto bo‘yinbog‘i, jetoni va tumshuqbog‘i bo‘lgan taqdirda ham, ularning zoti va vazifasidan qat’i nazar, tutib olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tutib olingan zotli itlar 5 kun davomida it tutish xizmatlarida saqlanadi va it egasi mana shu kunlari murojaat qilgan va itning uniki ekanligi (ro‘yxatga olish guvohnomasi, veterinariya guvohnomasi) va saqlash xarajatlari to‘langanligi tasdiqlagan taqdirda egasiga qaytarilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
It, mushuk va boshqa yirtqich hayvonlarni sotib olish, sotish, olib kelish va olib ketishga ro‘yxatga olish guvohnomasi va hayvonning sog‘lig‘i to‘g‘risida veterinariya hujjatlari bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika hududidagi barcha itlar, ular kimga qarashliligidan qat’i nazar, zarur hollarda esa mushuklar ham, quturishning oldini olish uchun quturishga qarshi vaksinani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan tartibda kasallikning oldini oluvchi ana shu vaksina bilan emlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. IT, MUShUK VA BOShQA UY HAYVONLARI EGALARINING BURChLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
It, mushuk va boshqa uy hayvonlarining egalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
itlarni veterinariya muassasalarida ro‘yxatdan o‘tkazishga va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
it sotib olganda yoki yangi yashash joyiga ko‘chib kelgan hollarda itni 7 kun mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxatdan o‘tkazilganligi (qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) haqida ma’lumotnoma taqdim etishga hamda itni tekshirish va kasallikning oldini oluvchi emlash uchun hududiy veterinariya muassasasiga olib kelishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy hayvonlarining umumfoydalanishdagi joylarni (zinapoya maydonchalarini, kirish joylarini va turar joylar atrofini) iflos qilishiga yo‘l qo‘ymaslikka;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
itlarni turar joylardan va alohida ajratilgan binolar va hududlardan umumiy hovliga va ko‘chaga faqat kalta bo‘yinbog‘larda (yirik hayvonlarni tumshuqbog‘larda), fuqarolarning xavfsizligini albatta ta’minlagan holda olib chiqishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
it odamlarni yoki hayvonlarni tishlagan taqdirda uni darhol tekshirish va 10 kun muddat ajratib qo‘yish uchun veterinariya muassasasiga olib kelishga hamda birinchi va takroriy veterinariya ko‘rigi haqidagi ma’lumotnomani veterinariya muassasasidan olishga va uni tezda tishlashdan jabrlangan shaxsga topshirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasal va kerak bo‘lmagan hayvonlarni it tutish xo‘jaliklariga topshirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga oid xizmatlar haqini belgilangan tartibda to‘lashga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. DAVLAT ORGANLARI VA HUDUDIY JAMOATChILIK O‘ZINI O‘ZI BOShQARISh ORGANLARINING BURChLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar va shahar ko‘rinishidagi shaharchalarda — uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish organlari va mahalla qo‘mitalari, qishloq joylarda — veterinariya xizmati organlari, o‘zini o‘zi boshqarishning mahalla, ovul, shaharcha organlari (fuqarolar yig‘ini) ushbu qoidalarning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlar va aholi yashash joylaridagi turar joy dahalarida itlarni sayr qildirish uchun yer maydonlari ajratadilar, shuningdek, aholi yashaydigan joylarni zarur sanitariya holatida saqlash ishlarini olib boradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qoidalarni buzuvchilarga nisbatan ichki ishlar organlari ishtirokida jazo choralari qo‘llanilishini ta’minlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoidalarni buzgan fuqarolarga jarima solinadi, qoida takroran buzilgan taqdirda esa, agar ushbu qoida buzishlar jinoiy javobgarlikka olib kelmasa, ularning hayvonlari olib qo‘yiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 1-son, 3-modda)