10.05.2018 yildagi 347-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 10-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
347-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 347-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga kiritilayotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZGARTIRISHLAR

1. 40-banddagi “kiritilishi mumkin” soʻzlari “kiritiladi” soʻzi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 41-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“41. Qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi seminarlar va “davra suhbatlari” oʻtkazish, qonun loyihalari matnlarini va ularga tahliliy materiallarni organning rasmiy veb-saytida joylashtirish yoʻli bilan, shuningdek, boshqa usullar bilan manfaatdor davlat organlari, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasining malakali muhokamasi tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoqlarning vakillari ishtirokida oʻtkaziladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 09/18/347/1217-son)