ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbalari | Bajarish muddatlari | Ijrochilar |
| I. Allergologiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish | |||||
| 1. | Allergologiya sohasida allergik kasalliklar shakllanishining tizimli mexanizmlari va sabablaridagi oʻxshash va farqli jihatlarni oʻrganishga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, tashxis qoʻyish va davolashning yangi metodlarini ishlab chiqish uchun tahliliy hamda texnologik asoslarni tayyorlash | Ilmiy-tadqiqot hisobotlari | Davlat maqsadli grantlari, xalqaro moliya institutlari hamda donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari | doimiy | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov) |
| 2. | Allergologiya sohasida kompleks ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, erta tashxis qoʻyish metodikalarini ishlab chiqish, allergik kasalliklar xavfi va skriningi omillarini aniqlash | Ilmiy-tadqiqot hisobotlari va boshqa ilmiy-texnik hujjatlar | Davlat maqsadli grantlari, xalqaro moliya institutlari hamda donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari | doimiy | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov) |
| II. Ixtisoslashtirilgan allergologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish va aholining allergik kasalliklarga qarshi dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish | |||||
| 3. | Allergologiya va klinik immunologiya boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish tartibini, shu jumladan shifokor-allergolog kabineti faoliyatini tashkil etish qoidalari hamda uni jihozlash standartlarini; allergologiya boʻlimlari faoliyatini tashkil etish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash | Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi | 2018 yil | Sogʻliqni saqlash vazirligi(Shodmonov) | |
| 4. | Isbotlovchi tibbiyotga asoslangan zamonaviy usullar va texnologiyalarni joriy etishni hisobga olgan holda, respublika, viloyat va tuman (shahar) darajalarida tibbiy xizmatlar hajmi va tibbiy yordam koʻrsatish turlari, allergik kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolashning standartlari, klinik protokollarini ishlab chiqish va tasdiqlash | Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi | 2018 yil | Sogʻliqni saqlash vazirligi(Shodmonov) | |
| 5. | Allergenlar – maxsus immunoterapiyadan foydalangan holda allergik kasalliklarga ixtisoslashtirilgan tashxis qoʻyish va davolashni keng qoʻllash, uni har bir hududning sogʻliqni saqlash tizimi amaliyotiga joriy etish | Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi | 2018 yil | Sogʻliqni saqlash vazirligi(Shodmonov) | |
| 6. | Allergik kasalliklarga chalingan bemorlarning hujayra va gumoral immunitetini tadqiq qilish; ekstraksiyalangan allergenni qoʻllagan holda molekulyar allergologiyani rivojlantirish orqali tashxis qoʻyish va davolashning zamonaviy, yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan usullarini Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi amaliyotiga tatbiq etish | Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi | Har yili ajratiladigan budjet ajratmalari doirasida, xalqaro moliya institutlari hamda donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari | 2019 yildan boshlab | Sogʻliqni saqlash vazirligi(Shodmonov) |
| 7. | Allergik reaksiyalar va kasalliklarni hisobga olish va monitoring qilishning avtomatlashtirilgan, shu jumladan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha tibbiyot tashkilotlari tomonidan aniqlangan allergik reaksiyalar va kasalliklar boʻyicha maʼlumotlarni kiritish imkoniyatini nazarda tutuvchi axborot tizimini yaratish uchun texnik topshiriq ishlab chiqish va tasdiqlash, uni bosqichma-bosqich tatbiq etish choralarini koʻrish | Texnik topshiriq | Sogʻliqni saqlash sohasida zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish dasturlari doirasida | 2018 yil | Sogʻliqni saqlash vazirligi(Shodmonov), |
| 8. | Talab eng yuqori boʻlgan allergenlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish | Davlat roʻyxatidan oʻtkazish | 2018 yil | Sogʻliqni saqlash vazirligi(Shodmonov), | |
| 9. | Davlat tibbiyot muassasalarining davolash-diagnostika allergenlariga boʻlgan ehtiyojini aniqlash hamda davlat tibbiyot muassasalari ehtiyojlari uchun oʻz vaqtida va uzluksiz yetkazib berish maqsadida ularni xarid qilishni tashkillashtirish choralarini koʻrish | Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | 2018 yil | Sogʻliqni saqlash vazirligi(Shodmonov) | |
| 10. | Asosan erkin iqtisodiy zonalar hududida allergiyaga qarshi mahalliy dori vositalari va davolash-diagnostika allergenlari ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritish | Tahliliy maʼlumotnoma | 2018 yil | Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Bekenov), | |
| III. Allergologiya va immunologiya sohasida tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish | |||||
| 11. | Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent pediatriya tibbiyot institutida allergologiya va klinik immunologiya kafedrasini ochish; allergologlar va immunologlar tayyorlash boʻyicha magistratura yoʻnalishini ochish; har bir tibbiyot instituti huzurida klinik ordinatura kvotasini koʻpaytirish; | Kompleks tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | Har yili ajratiladigan budjet ajratmalari doirasida | 2018 yil oʻquv yili oʻquv yili | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), |
| 12. | Yetakchi xorijiy mutaxassislarni, ayniqsa sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinida ishlayotgan mintaqaviy mutaxassislarni jalb etgan holda klinik allergologiya va immunologiya boʻyicha seminar-treninglar, mahorat darslari, vebinarlar va telekoʻpriklar tashkil etish | Kompleks chora-tadbirlar | muntazam | Sogʻliqni saqlash vazirligi(Shodmonov), | |
| 13. | Yetakchi xorijiy tibbiyot oliy oʻquv yurtlari va klinikalarida “allergologiya va immunologiya” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtirish | Davlat maqsadli grantlari, xalqaro moliya institutlari hamda donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari, homiylik mablagʻlari | 2018 — 2020 yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi(Shodmonov), | |
| 14. | Allergologiya va immunologiya sohasida yetakchi xorijiy tashkilotlar va muassasalar bilan, shu jumladan Yevropa Allergologlari va klinik immunologlari akademiyasi bilan sheriklik munosabatlari oʻrnatish | Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar, sheriklik bitimlari tuzish | 2018 yil | Sogʻliqni saqlash vazirligi(Shodmonov), | |
| IV. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
| 15. | Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazida rekonstruksiya ishlarini olib borib, uning koyka fondini kengaytirish | Davlat rivojlanish dasturi doirasida | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari | 2019-2020 yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), |
| 16. | Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazini yuqori texnologiyali tibbiyot uskunalari va laboratoriya bilan jihozlash | Davlat rivojlanish dasturi doirasida | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari hamda donor mamlakatlarning kreditlari va grantlari | 2019-2020 yillar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Moliya vazirligi (Haydarov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov) |