08.05.2018 yildagi PF-5438-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi ustuvor yoʻnalishlari hamda qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlash vazifalari prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish zaruriyatini taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan davr mobaynida huquqni qoʻllash holatini kompleks tahlil qilish, qonunbuzilishlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrish, fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini taʼminlash, tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yuzasidan prokuratura organlari xodimlarini zarur bilim va koʻnikmalarga oʻrgatish borasida muayyan taʼlim va ilmiy salohiyat shakllantirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, 2007-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tuzilmasida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish bilan shugʻullanuvchi Oliy oʻquv kurslari faoliyat yuritmoqda. Oliy oʻquv kurslarida 2007 — 2017-yillar davomida 4 318 nafar xodimning malakasini oshirish va 186 nafar rahbar kadrlarni qayta tayyorlash taʼminlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, prokuratura organlari faoliyatining mutlaqo yangi yoʻnalishlari belgilanganligi, ularning amalga oshirilayotgan islohot va oʻzgarishlardagi oʻrni kuchaytirilganligi yuklatilgan vazifalarni samarali bajara oladigan munosib kadrlar tarkibini shakllantirishni talab etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb yuritiladi) etib qayta tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organlari xodimlarida bilim va koʻnikmalarni, shu jumladan, tizimli tahlil va tanqidiy fikrlashni, shaxsiy va ishchanlik sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirishni, qonunlarga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan adolat va masʼuliyat kabi yuksak tuygʻularini shakllantirish va mustahkamlashni taʼminlovchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirishning yagona tizimini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, masofaviy taʼlimni, oʻqitish va treninglarni interfaol hamda muammoli-vaziyatli uslublarini keng joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organlari faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish, qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini qoʻriqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikni takomillashtirish va yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish boʻyicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqitishning amaliy xususiyatiga va prokuratura organlarining kasbiy faoliyati bilan uzviy bogʻliqlikka tayangan holda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organlari faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻzaro hamkorlik masalalari yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organlari faoliyatini psixologik jihatdan taʼminlash, nomzodlarni xizmatga qabul qilishda kasbiy-psixologik tanlov oʻtkazish, prokuratura organlaridagi maʼnaviy-psixologik muhitni oʻrganish va uni yaxshilash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, normativ-huquqiy, metodik va tahliliy xususiyatga ega boʻlgan maʼlumotlarni almashish, oʻquv jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, pedagog, ilmiy xodimlar va tinglovchilarning stajirovkalarini tizimli ravishda tashkil etish sohalarida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayonining sifatini oshirish boʻyicha tajriba almashish, saʼy-harakatlarni birlashtirish maqsadida yuridik kadrlarni tayyorlovchi, qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan xorijiy davlatlar muassasalari bilan samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyatlarning sodir etilishi sabab va sharoitlarini oʻrganish va diagnostika qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi holatini tahlil qilish, shu jumladan alohida turdagi jinoyatlarning oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyatchilik holati oʻzgarishini kriminologik prognoz qilish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini metodologik va konsultativ taʼminlash.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Akademiyada kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish quyidagi dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuror-tergov ishi va prokuratura organlarida ish yuritishni tashkil qilish asoslarini oʻqitishga yoʻnaltirilgan, davomiyligi 576 soatdan kam boʻlmagan prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlarni birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuror-tergov va tahliliy ishlarni yuritish, norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish yuzasidan kasbiy bilim hamda koʻnikmalarni chuqurlashtirishga, shuningdek, ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va metodlarini hamda boshqaruv asoslarini oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan, davomiyligi 576 soatdan kam boʻlmagan prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yetkazish, kasbiy koʻnikma va malakalarni takomillashtirish, prokuror-tergov ishining ilgʻor yutuqlarini oʻrgatish, shuningdek, prokuratura organlari xodimlari faoliyatidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, davomiyligi 144 soatdan kam boʻlmagan prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlar prokuratura ish oʻrganuvchilari lavozimiga tayinlanguniga qadar mazkur Farmon 3-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan kasbiy qayta tayyorlashdan oʻtadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyada asosiy ish joyidan ajralgan yoki ajralmagan holda qisqa muddatli va boshqa kurslarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
istisno tariqasida, mazkur Farmon 3-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan kasbiy qayta tayyorlashdan oʻtmagan shaxslarni prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Akademiyada 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab magistrlarni, shu jumladan, boshqa mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga va prokuratura organlarida kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlgan prokuratura organlari xodimlari hisobidan tayyorlash haqidagi taklifi bilan kelishilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Akademiya magistraturasiga qabul qilish kvotalarini belgilasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaning tuzilmasiga belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayonini taʼlimning kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllari asosida tashkil etish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun masʼul taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi boʻlib hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organlari xodimlari kelgusida prokuratura organlarining oʻzlari egallab turgan lavozimiga teng boʻlgan boshqa lavozimlarida xizmatni davom ettirishini taʼminlagan holda Akademiyada xizmat oʻtash uchun rotatsiya tartibida jalb etilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
darajali unvonga ega boʻlgan Akademiya xodimlari prokuratura organlari tarmoqlarida stajirovka oʻtash davrida prokuratura organlari xodimlarining tegishli vakolatlaridan foydalanadilar va maqom boʻyicha Akademiya tegishli tarmoqlari (boʻlimlari)ning prokurorlari boʻlib hisoblanadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yilning 1-iyunidan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan Akademiya xodimlariga prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan oshirilgan tarif koeffitsiyenti va alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni oʻz tarkibiga oluvchi lavozim maoshiga 100 foiz miqdorda har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya faoliyati Davlat budjeti, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki, Akademiyada toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan kelib tushadigan mablagʻlar Akademiyaning oʻquv va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Akademiyaga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi oʻquv muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning yuqori malakali mutaxassis va ekspertlarini shartnoma asosida oʻquv jarayoniga jalb qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun birlamchi ixtisoslashuv shaklidagi kasbiy qayta tayyorlash dasturi boʻyicha taʼlim olayotgan nomzodlarning yashash va ovqatlanish xarajatlari uchun toʻlovlarni prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar Akademiyaga oʻquv jarayonini samarali tashkil etish, shu jumladan, tajribali mutaxassislarni jalb etish hamda ilmiy-amaliy stajirovkalarni tashkil etish borasida har tomonlama koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Akademiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirlik va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya axborot-resurs markazini mustahkamlash uchun bosma va kitob mahsulotlari (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar)ning bepul nazorat nusxalari (bir nusxada);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi, boshqa vazirlik va idoralarning statistik axborotlari majburiy yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya Ustavini, prokuratura organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari toʻgʻrisidagi Nizomni, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari oʻquv rejalari va dasturlarini, Akademiya magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Farmon talablariga muvofiq Akademiya shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyani oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublarini qoʻllash koʻnikmalariga hamda amaliy ish tajribasiga ega, shuningdek, xorijiy tillarni egallagan malakali kadrlar bilan toʻldirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaning oʻquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, videokonferensaloqa va masofaviy taʼlim usullaridan foydalangan holda “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga ulanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga doimiy va uzluksiz ravishda kirishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmon talablariga muvofiq Akademiyaga zarur mablagʻlarni 2018-yil uchun ajratsin, 2019-yildan boshlab esa ularni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Akademiyani joylashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binolarining yagona majmuini qurish doirasida Akademiya qurilishini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-727-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 8-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5438-son
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5438-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar tarkibidan tashqari) — 74 nafar, shu jumladan, professor-oʻqituvchilar 39 nafar, boshqaruv xodimlari 35 nafar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar soni oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlar asosida belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5438-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) faoliyatini samarali tashkil etish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ustav loyihasi

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura

2.

Akademiyani malakali kadrlar, shu jumladan oʻquv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish maqsadida boshqa taʼlim, tadqiqot muassasalarining mutaxassislari bilan toʻldirish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura

3.

Akademiya faoliyatiga quyidagilarni nazarda tutuvchi zamonaviy innovatsion taʼlim tizimlarini joriy etish:
videokonferensaloqa va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali prokuratura organlari xodimlarini masofaviy (elektron) oʻqitish;
taʼlim jarayonida imitatsion modellashtirishdan foydalanish (kriminalistik poligonlar, tirlar, sud majlislari zallari).

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.

Quyidagilarni qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash:
Akademiyaning tegishli taʼlim dasturlarini yakunlagan shaxslarga qoʻyiladigan malaka talablari;
Akademiyaning yangilangan, zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan, shuningdek, taʼlim jarayonini prokuratura organlari faoliyatining asosiy vazifa va yoʻnalishlari bilan bogʻliqligini taʼminlaydigan oʻquv rejalari va dasturlari.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi

5.

Quyidagilarni:
rahbarlik lavozimlarni egallash uchun zaxirada turgan prokuratura organlari xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash;
prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlarni kasbiy qayta tayyorlash;
prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish;
prokuratura organlari xodimlarini masofadan oʻqitish;
Akademiya xodimlarining prokuratura organlarida stajirovka oʻtashi;
magistraturaga qabul qilish va oʻqishni tashkil etish;
prokuratura organlari faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
prokuratura organlari xodimlarining butun mehnat faoliyati davomida kasbiy rivojlanishi monitoringi;
prokuratura organlari xodimlari hisobidan Akademiya lavozimlarini ichki idoraviy rotatsiya asosida egallash tartibini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

6.

Bosh prokuratura rahbarlari, shu jumladan, Departament va Byuro, shuningdek, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda Akademiyaning Vasiylik kengashini tashkil etish.
Akademiya Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi Nizomni va Vasiylik kengashining Ish rejasini tasdiqlash.

Bosh prokuror buyruqlari loyihalari

2018-yil 1-avgustga qadar

2018-yil 1-sentabrga qadar

-

Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

7.

Akademiyaning Axborot-resurs markazi fondini zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan yangilash, shu jumladan, mahalliy va xorijiy huquqiy hamda axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obunasini taʼminlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-sentabrga qadar

Davlat budjeti, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Bosh prokuratura, Oʻzbekiston matbuot
va axborot agentligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Moliya vazirligi

8.

Akademiyani “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-iyulga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi

9.

Akademiyada ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Bosh prokuratura

10.

Akademiyaning oʻquv dasturlariga (rejalariga) kiritilgan intizom boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar va oʻquv-uslubiy materiallarni tayyorlash va nashr etish dasturini tasdiqlash.

Dastur loyihasi

2018-yil 1-iyulga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

11.

Qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat va davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini qoʻriqlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika qilishning dolzarb muammolari boʻyicha, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Dastur loyihasi

2018-yil 1-oktabrga qadar

-

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bosh prokuratura, Fanlar Akademiyasi

12.

“Bosh prokuratura Oliy oʻquv kurslari Axborotnomasi” ilmiy-amaliy huquqiy nashrini “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Axborotnomasi” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazish hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yurisprudensiya sohasida asosiy ilmiy-amaliy natijalarni nashr qilish uchun tavsiya qilinadigan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-iyulga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Oʻzbekiston matbuot
va axborot agentligi,
Bosh prokuratura,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

13.

Akademiyaning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:
yetakchi ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy, huquqiy muassasalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, oʻzaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish;
Akademiya professor-oʻqituvchilarning tarkibini malakasini oshirish va tinglovchilarni oʻqitish jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish amaliyotini joriy etish;
Akademiyaning oʻqituvchilari, tinglovchilari
va prokuratura organlari xodimlarini xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtashi, shuningdek, doimiy ravishda yurisprudensiyaning dolzarb masalalari boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy forumlarda ishtirok etishini tashkil etish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Muntazam

Davlat budjeti, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Bosh prokuratura,
Tashqi ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

14.

Ijtimoiy tarmoqlarda Akademiyaning rasmiy internet veb-sayti va sahifasini yaratish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

II. Akademiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

15.

Belgilangan tartibda bino va inshootlar majmuasini qurish uchun, shu jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga qamrab olgan texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va tasdiqlash:
Bosh prokuratura markaziy apparati maʼmuriy binolarining majmuasi (shu jumladan Departament, Byuro, Akademiyaning oʻquv korpusi va maʼmuriy binosi);
mehmonxona va yotoqxona;
sport majmuasi (yopiq va ochiq maydonchalar);
kriminalistik poligon, oʻq otish tiri;
Bosh prokuraturaning xizmat uyi va bolalar bogʻchasi;
oshxona va boshqa obyektlar.

Texnik topshiriq loyihasi

Alohida grafikka muvofiq

-

Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimiyatlari

16.

Belgilangan tartibda bino va inshootlar majmuasini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Loyiha-smeta hujjatlari

Alohida grafikka muvofiq

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati
va Toshkent shahar hokimiyatlari

17.

Texnik topshiriqlar va Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bino va inshootlar majmuasi qurilishini toʻliq yakunlash, shu jumladan:
bino va inshootlar majmuasining elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, aloqa va boshqa infrastrukturalari tashqi tizimlarining qurilishini (ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan);
belgilangan narxlar boʻyicha bosh pudratchi tashkilotga sement va metall prokat ajratilishini;
tutash hududlarni obodonlashtirilishini (mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan) taʼminlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Alohida grafikka muvofiq

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar mablagʻlari

Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimiyatlari, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ

18.

Akademiyaning imitatsion sud majlislarini oʻtkazish zali, tir, kriminalistik poligon, modellashtirish va simulyatsiya markazini situatsion va simulyatsiyaviy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan oʻqitishning zamonaviy innovatsion vositalari bilan jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Alohida grafikka muvofiq

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

19.

Masofaviy (elektron) taʼlimni tashkil etish va videokonferensiyalarni oʻtkazish uchun uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish, shuningdek, masofaviy taʼlim tizimini videokonferensaloqa, onlayn testlar va soʻrovlarni oʻtkazish, tegishli dasturiy mahsulotlardan foydalangan holda ishlab chiqish va joriy etishning metodik va texnik parametrlarini.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-dekabrga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud

20.

Akademiya buyurtmasiga binoan Akademiyaning Axborot-resurs markazini zamonaviy texnika, zarur jihozlar va qoʻshimcha vositalar bilan jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-sentabrga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi

21.

Akademiyaning mini-tipografiyasini tashkil etish va uni ilmiy-tadqiqot natijalari, broshyuralar, darsliklar, bukletlar va boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun zarur boʻlgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-sentabrga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Bosh prokuratura, Oʻzbekiston matbuot
va axborot agentligi

22.

Prokuratura organlari xodimlarining masofaviy va mustaqil taʼlim olishlari uchun elektron oʻquv materiallarini ishlab chiqish maqsadida multimedia studiyasini tashkil etish va jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Alohida grafikka muvofiq

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, MTRK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi

23.

Xorijiy tajriba va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish uchun zarur boʻlgan, xususan, “West Law”, “Lexis Nexis” va boshqa xalqaro huquqiy-maʼlumotlar tizimining dasturiy mahsulotlarini (maʼlumotlar bazasini) xarid qilish va kelgusida yangilab borish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-dekabrga qadar

Davlat budjeti, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Bosh prokuratura, Moliya vazirligi

24.

Akademiyaga “Oʻzbektelekom” AK bilan tender (tanlov) oʻtkazmasdan shartnoma tuzish va uni keyingi muddatlarga mustaqil uzaytirish huquqini berish orqali Akademiyani yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

Davlat budjeti mablagʻlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi

25.

Sayyor oʻquv mashgʻulotlarini tashkillashtirish maqsadida Akademiyani avtotransport vositalari (6 ta), shu jumladan avtobuslar (2 dona) bilan hamda Akademiya buyurtmalariga asosan xizmat va maxsus avtotransport vositalari uchun zarur hajmdagi avtobenzin va dizel yoqilgʻisini belgilangan tartibda ajratilishi va xarid qilinishini taʼminlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-oktabrga qadar

Davlat budjeti,Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzbekneftegaz” AJ

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5438-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5019-son Farmoni 1-ilovasida “Oliy oʻquv kurslari” bloki “Bosh prokuratura Akademiyasi” bloki bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “Oliy oʻquv kurslarida” soʻzlari “Akademiyasida” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “Rahbar kadrlarni qayta tayyorlash” soʻzlari “Rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turuvchi kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 26-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fan nomzodi yoki falsafa doktori (Doctor of Philosophy), fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek, ularga tenglashtirilgan, xorijiy mamlakatlarda olingan hamda Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan tartibda tan olingan boshqa ilmiy darajalarga yoki professor yoxud dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan prokuratura organlari xodimlariga ular egallab turgan lavozimlaridan qatʼiy nazar, navbatdan tashqari tartibda “adliya kichik maslahatchisi” hamda “adliya maslahatchisi” darajali unvonlari beriladi. Ilmiy unvoni mavjudligi uchun xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ustama haqlar toʻlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 35-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“35. Navbatdagi adliya katta maslahatchisi darajali unvoni, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxiradagi kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash dasturi boʻyicha yoki Akademiya magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan prokuratura organlari xodimlariga beriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 62-banddagi “Oliy oʻquv kurslarida” soʻzlari “Akademiyasida” soʻzi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2065-son qarori 1-ilovasi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Lavozim nomi

Razryad

Bosh prokuror

21

Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari

20

Bosh prokuror oʻrinbosari

19

boshqarma boshligʻi, Bosh prokuratura Akademiyasi boshligʻi

18

mustaqil boʻlim boshligʻi, boshqarma tarkibidagi boʻlim boshligʻi, Bosh prokuratura Akademiyasi kafedrasi (boʻlimi, markazi) boshligʻi, kafedra professori

17

alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchi, Bosh prokuror yordamchisi, Bosh prokuratura Akademiyasi kafedrasi dotsenti

16

alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchi, boshqarma katta prokurori, Bosh prokuratura Akademiyasi katta oʻqituvchisi

15

katta tergovchi, boʻlim katta prokurori, boshqarma prokurori, Bosh prokuratura Akademiyasi oʻqituvchisi, boʻlimi (markazi) katta prokurori

14

boʻlim prokurori, prokuror yordamchisi, Bosh prokuratura Akademiyasi boʻlimi (markazi) prokurori

13

bosh mutaxassis

12

yetakchi mutaxassis

11

mutaxassislar:

1-toifali mutaxassis

10

2-toifali mutaxassis

9

”.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning Roʻyxatidagi “Oliy oʻquv kurslari” soʻzlari “Akademiyasi” soʻzi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizomning 25-bandining birinchi xatboshisidagi “rahbar kadrlarni qayta tayyorlash dasturi boʻyicha” soʻzlari “rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turuvchi kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash dasturi boʻyicha yoki magistraturasini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari Roʻyxatining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Akademiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliqning birinchi oʻrinbosari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliqning oʻrinbosari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafedra (boʻlim, markaz) boshligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professor
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dotsent
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Katta oʻqituvchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻqituvchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlim (markaz) katta prokurori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlim (markaz) prokurori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh mutaxassisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetakchi mutaxassis
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-toifali mutaxassis
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-toifali mutaxassis”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 06/18/5438/1189-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son; 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)