08.05.2018 yildagi PF-5438-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi ustuvor yo‘nalishlari hamda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash vazifalari prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish zaruriyatini taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘tgan davr mobaynida huquqni qo‘llash holatini kompleks tahlil qilish, qonunbuzilishlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish, fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan prokuratura organlari xodimlarini zarur bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish borasida muayyan ta’lim va ilmiy salohiyat shakllantirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, 2007-yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tuzilmasida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi Oliy o‘quv kurslari faoliyat yuritmoqda. Oliy o‘quv kurslarida 2007 — 2017-yillar davomida 4 318 nafar xodimning malakasini oshirish va 186 nafar rahbar kadrlarni qayta tayyorlash ta’minlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, prokuratura organlari faoliyatining mutlaqo yangi yo‘nalishlari belgilanganligi, ularning amalga oshirilayotgan islohot va o‘zgarishlardagi o‘rni kuchaytirilganligi yuklatilgan vazifalarni samarali bajara oladigan munosib kadrlar tarkibini shakllantirishni talab etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organlari xodimlarida bilim va ko‘nikmalarni, shu jumladan, tizimli tahlil va tanqidiy fikrlashni, shaxsiy va ishchanlik sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirishni, qonunlarga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan adolat va mas’uliyat kabi yuksak tuyg‘ularini shakllantirish va mustahkamlashni ta’minlovchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirishning yagona tizimini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, masofaviy ta’limni, o‘qitish va treninglarni interfaol hamda muammoli-vaziyatli uslublarini keng joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organlari faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini qo‘riqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikni takomillashtirish va yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘qitishning amaliy xususiyatiga va prokuratura organlarining kasbiy faoliyati bilan uzviy bog‘liqlikka tayangan holda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organlari faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organlari faoliyatini psixologik jihatdan ta’minlash, nomzodlarni xizmatga qabul qilishda kasbiy-psixologik tanlov o‘tkazish, prokuratura organlaridagi ma’naviy-psixologik muhitni o‘rganish va uni yaxshilash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, normativ-huquqiy, metodik va tahliliy xususiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni almashish, o‘quv jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, pedagog, ilmiy xodimlar va tinglovchilarning stajirovkalarini tizimli ravishda tashkil etish sohalarida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv jarayonining sifatini oshirish bo‘yicha tajriba almashish, sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida yuridik kadrlarni tayyorlovchi, qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan xorijiy davlatlar muassasalari bilan samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyatlarning sodir etilishi sabab va sharoitlarini o‘rganish va diagnostika qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi holatini tahlil qilish, shu jumladan alohida turdagi jinoyatlarning oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyatchilik holati o‘zgarishini kriminologik prognoz qilish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini metodologik va konsultativ ta’minlash.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Akademiyada kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish quyidagi dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuror-tergov ishi va prokuratura organlarida ish yuritishni tashkil qilish asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan, davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlariga birinchi marotaba xizmatga qabul qilingan xodimlarni birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuror-tergov va tahliliy ishlarni yuritish, norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish yuzasidan kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga, shuningdek, ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va metodlarini hamda boshqaruv asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yetkazish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish, prokuror-tergov ishining ilg‘or yutuqlarini o‘rgatish, shuningdek, prokuratura organlari xodimlari faoliyatidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan, davomiyligi 144 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) prokuratura organlariga birinchi marotaba xizmatga qabul qilingan xodimlar prokuratura ish o‘rganuvchilari lavozimiga tayinlanishi bilanoq mazkur Farmon 3-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan kasbiy qayta tayyorlashdan o‘tadilar.
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Akademiyada 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab magistrlarni, shu jumladan, boshqa mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga va prokuratura organlarida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlari hisobidan tayyorlash haqidagi taklifi bilan kelishilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida o‘quv jarayonini ta’limning kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllari asosida tashkil etish huquqi berilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun mas’ul ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lib hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura organlari xodimlari kelgusida prokuratura organlarining o‘zlari egallab turgan lavozimiga teng bo‘lgan boshqa lavozimlarida xizmatni davom ettirishini ta’minlagan holda Akademiyada xizmat o‘tash uchun rotatsiya tartibida jalb etilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
darajali unvonga ega bo‘lgan Akademiya xodimlari prokuratura organlari tarmoqlarida stajirovka o‘tash davrida prokuratura organlari xodimlarining tegishli vakolatlaridan foydalanadilar va maqom bo‘yicha Akademiya tegishli tarmoqlari (bo‘limlari)ning prokurorlari bo‘lib hisoblanadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya xodimlariga Davlat budjeti hisobidan prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalar to‘lanadi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy ta’lim hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish va o‘qitish talablari Akademiyaga nisbatan tatbiq etilmaydi. Akademiyaga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish talablari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Akademiyaga yetakchi o‘quv muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning yuqori malakali mutaxassis va ekspertlarini shartnoma asosida o‘quv jarayoniga jalb qilishga ruxsat berilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar Akademiyaga o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, shu jumladan, tajribali mutaxassislarni jalb etish hamda ilmiy-amaliy stajirovkalarni tashkil etish borasida har tomonlama ko‘maklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Akademiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirlik va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya axborot-resurs markazini mustahkamlash uchun bosma va kitob mahsulotlari (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar)ning bepul nazorat nusxalari (bir nusxada);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi, boshqa vazirlik va idoralarning statistik axborotlari majburiy yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiya Ustavini, prokuratura organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi Nizomni, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv rejalari va dasturlarini, Akademiya magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Farmon talablariga muvofiq Akademiya shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyani o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublarini qo‘llash ko‘nikmalariga hamda amaliy ish tajribasiga ega, shuningdek, xorijiy tillarni egallagan malakali kadrlar bilan to‘ldirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademiyaning o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, videokonferensaloqa va masofaviy ta’lim usullaridan foydalangan holda “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga doimiy va uzluksiz ravishda kirishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmon talablariga muvofiq Akademiyaga zarur mablag‘larni 2018-yil uchun ajratsin, 2019-yildan boshlab esa ularni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Akademiyani joylashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binolarining yagona majmuini qurish doirasida Akademiya qurilishini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-727-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 8-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5438-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5438-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) faoliyatini samarali tashkil etish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ustav loyihasi

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura

2.

Akademiyani malakali kadrlar, shu jumladan o‘quv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish maqsadida boshqa ta’lim, tadqiqot muassasalarining mutaxassislari bilan to‘ldirish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura

3.

Akademiya faoliyatiga quyidagilarni nazarda tutuvchi zamonaviy innovatsion ta’lim tizimlarini joriy etish:
videokonferensaloqa va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali prokuratura organlari xodimlarini masofaviy (elektron) o‘qitish;
ta’lim jarayonida imitatsion modellashtirishdan foydalanish (kriminalistik poligonlar, tirlar, sud majlislari zallari).

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.

Quyidagilarni qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash:
Akademiyaning tegishli ta’lim dasturlarini yakunlagan shaxslarga qo‘yiladigan malaka talablari;
Akademiyaning yangilangan, zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan, shuningdek, ta’lim jarayonini prokuratura organlari faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari bilan bog‘liqligini ta’minlaydigan o‘quv rejalari va dasturlari.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi

5.

Quyidagilarni:
rahbarlik lavozimlarni egallash uchun zaxirada turgan prokuratura organlari xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash;
prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlarni kasbiy qayta tayyorlash;
prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish;
prokuratura organlari xodimlarini masofadan o‘qitish;
Akademiya xodimlarining prokuratura organlarida stajirovka o‘tashi;
magistraturaga qabul qilish va o‘qishni tashkil etish;
prokuratura organlari faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
prokuratura organlari xodimlarining butun mehnat faoliyati davomida kasbiy rivojlanishi monitoringi;
prokuratura organlari xodimlari hisobidan Akademiya lavozimlarini ichki idoraviy rotatsiya asosida egallash tartibini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

6.

Bosh prokuratura rahbarlari, shu jumladan, Departament va Byuro, shuningdek, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda Akademiyaning Vasiylik kengashini tashkil etish.
Akademiya Vasiylik kengashi to‘g‘risidagi Nizomni va Vasiylik kengashining Ish rejasini tasdiqlash.

Bosh prokuror buyruqlari loyihalari

2018-yil 1-avgustga qadar


2018-yil 1-sentabrga qadar

-

Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

7.

Akademiyaning Axborot-resurs markazi fondini zamonaviy o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan yangilash, shu jumladan, mahalliy va xorijiy huquqiy hamda axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obunasini ta’minlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-sentabrga qadar

Davlat budjeti, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, O‘zbekiston matbuot
va axborot agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Moliya vazirligi

8.

Akademiyani “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-iyulga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

9.

Akademiyada ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

-

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Bosh prokuratura

10.

Akademiyaning o‘quv dasturlariga (rejalariga) kiritilgan intizom bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash va nashr etish dasturini tasdiqlash.

Dastur loyihasi

2018-yil 1-iyulga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

11.

Qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat va davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini qo‘riqlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika qilishning dolzarb muammolari bo‘yicha, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Dastur loyihasi

2018-yil 1-oktabrga qadar

-

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bosh prokuratura, Fanlar Akademiyasi

12.

“Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslari Axborotnomasi” ilmiy-amaliy huquqiy nashrini “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Axborotnomasi” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yurisprudensiya sohasida asosiy ilmiy-amaliy natijalarni nashr qilish uchun tavsiya qilinadigan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-iyulga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

O‘zbekiston matbuot
va axborot agentligi,
Bosh prokuratura,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

13.

Akademiyaning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:
yetakchi ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy, huquqiy muassasalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, o‘zaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish;
Akademiya professor-o‘qituvchilarning tarkibini malakasini oshirish va tinglovchilarni o‘qitish jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish amaliyotini joriy etish;
Akademiyaning o‘qituvchilari, tinglovchilari
va prokuratura organlari xodimlarini xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tashi, shuningdek, doimiy ravishda yurisprudensiyaning dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy forumlarda ishtirok etishini tashkil etish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Muntazam

Davlat budjeti, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura,
Tashqi ishlar vazirligi,
Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

14.

Ijtimoiy tarmoqlarda Akademiyaning rasmiy internet veb-sayti va sahifasini yaratish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

II. Akademiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

15.

Belgilangan tartibda bino va inshootlar majmuasini qurish uchun, shu jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga qamrab olgan texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va tasdiqlash:
Bosh prokuratura markaziy apparati ma’muriy binolarining majmuasi (shu jumladan Departament, Byuro, Akademiyaning o‘quv korpusi va ma’muriy binosi);
mehmonxona va yotoqxona;
sport majmuasi (yopiq va ochiq maydonchalar);
kriminalistik poligon, o‘q otish tiri;
Bosh prokuraturaning xizmat uyi va bolalar bog‘chasi;
oshxona va boshqa obyektlar.

Texnik topshiriq loyihasi

Alohida grafikka muvofiq

-

Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimiyatlari

16.

Belgilangan tartibda bino va inshootlar majmuasini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Loyiha-smeta hujjatlari

Alohida grafikka muvofiq

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati
va Toshkent shahar hokimiyatlari

17.

Texnik topshiriqlar va Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bino va inshootlar majmuasi qurilishini to‘liq yakunlash, shu jumladan:
bino va inshootlar majmuasining elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, aloqa va boshqa infrastrukturalari tashqi tizimlarining qurilishini (ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan);
belgilangan narxlar bo‘yicha bosh pudratchi tashkilotga sement va metall prokat ajratilishini;
tutash hududlarni obodonlashtirilishini (mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan) ta’minlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Alohida grafikka muvofiq

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar mablag‘lari

Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimiyatlari, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbektelekom” AK, “O‘zqurilishmateriallari” AJ

18.

Akademiyaning imitatsion sud majlislarini o‘tkazish zali, tir, kriminalistik poligon, modellashtirish va simulyatsiya markazini situatsion va simulyatsiyaviy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘qitishning zamonaviy innovatsion vositalari bilan jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Alohida grafikka muvofiq

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

19.

Masofaviy (elektron) ta’limni tashkil etish va videokonferensiyalarni o‘tkazish uchun uskunalarni xarid qilish va o‘rnatish, shuningdek, masofaviy ta’lim tizimini videokonferensaloqa, onlayn testlar va so‘rovlarni o‘tkazish, tegishli dasturiy mahsulotlardan foydalangan holda ishlab chiqish va joriy etishning metodik va texnik parametrlarini.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-dekabrga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy sud

20.

Akademiya buyurtmasiga binoan Akademiyaning Axborot-resurs markazini zamonaviy texnika, zarur jihozlar va qo‘shimcha vositalar bilan jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-sentabrga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

21.

Akademiyaning mini-tipografiyasini tashkil etish va uni ilmiy-tadqiqot natijalari, broshyuralar, darsliklar, bukletlar va boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-sentabrga qadar

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, O‘zbekiston matbuot
va axborot agentligi

22.

Prokuratura organlari xodimlarining masofaviy va mustaqil ta’lim olishlari uchun elektron o‘quv materiallarini ishlab chiqish maqsadida multimedia studiyasini tashkil etish va jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Alohida grafikka muvofiq

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, MTRK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

23.

Xorijiy tajriba va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan, xususan, “West Law”, “Lexis Nexis” va boshqa xalqaro huquqiy-ma’lumotlar tizimining dasturiy mahsulotlarini (ma’lumotlar bazasini) xarid qilish va kelgusida yangilab borish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-dekabrga qadar

Davlat budjeti, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Moliya vazirligi

24.

Akademiyaga “O‘zbektelekom” AK bilan tender (tanlov) o‘tkazmasdan shartnoma tuzish va uni keyingi muddatlarga mustaqil uzaytirish huquqini berish orqali Akademiyani yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-avgustga qadar

Davlat budjeti mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi

25.

Sayyor o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirish maqsadida Akademiyani avtotransport vositalari (6 ta), shu jumladan avtobuslar (2 dona) bilan hamda Akademiya buyurtmalariga asosan xizmat va maxsus avtotransport vositalari uchun zarur hajmdagi avtobenzin va dizel yoqilg‘isini belgilangan tartibda ajratilishi va xarid qilinishini ta’minlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-oktabrga qadar

Davlat budjeti,Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari

Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zbekneftegaz” AJ

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5438-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi PF-5019-son Farmoni 1-ilovasida “Oliy o‘quv kurslari” bloki “Bosh prokuratura Akademiyasi” bloki bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “Oliy o‘quv kurslarida” so‘zlari “Akademiyasida” so‘zi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “Rahbar kadrlarni qayta tayyorlash” so‘zlari “Rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turuvchi kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 26-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fan nomzodi yoki falsafa doktori (Doctor of Philosophy), fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek, ularga tenglashtirilgan, xorijiy mamlakatlarda olingan hamda O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan tartibda tan olingan boshqa ilmiy darajalarga yoki professor yoxud dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlariga ular egallab turgan lavozimlaridan qat’iy nazar, navbatdan tashqari tartibda “adliya kichik maslahatchisi” hamda “adliya maslahatchisi” darajali unvonlari beriladi. Ilmiy unvoni mavjudligi uchun xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ustama haqlar to‘lanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 35-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“35. Navbatdagi adliya katta maslahatchisi darajali unvoni, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxiradagi kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha yoki Akademiya magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan prokuratura organlari xodimlariga beriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 62-banddagi “Oliy o‘quv kurslarida” so‘zlari “Akademiyasida” so‘zi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2065-son qarori 1-ilovasi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Lavozim nomi

Razryad

Bosh prokuror

21

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari

20

Bosh prokuror o‘rinbosari

19

boshqarma boshlig‘i, Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig‘i

18

mustaqil bo‘lim boshlig‘i, boshqarma tarkibidagi bo‘lim boshlig‘i, Bosh prokuratura Akademiyasi kafedrasi (bo‘limi, markazi) boshlig‘i, kafedra professori

17

alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchi, Bosh prokuror yordamchisi, Bosh prokuratura Akademiyasi kafedrasi dotsenti

16

alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchi, boshqarma katta prokurori, Bosh prokuratura Akademiyasi katta o‘qituvchisi

15

katta tergovchi, bo‘lim katta prokurori, boshqarma prokurori, Bosh prokuratura Akademiyasi o‘qituvchisi, bo‘limi (markazi) katta prokurori

14

bo‘lim prokurori, prokuror yordamchisi, Bosh prokuratura Akademiyasi bo‘limi (markazi) prokurori

13

bosh mutaxassis

12

yetakchi mutaxassis

11

mutaxassislar:

1-toifali mutaxassis

10

2-toifali mutaxassis

9

”.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning Ro‘yxatidagi “Oliy o‘quv kurslari” so‘zlari “Akademiyasi” so‘zi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizomning 25-bandining birinchi xatboshisidagi “rahbar kadrlarni qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha” so‘zlari “rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turuvchi kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha yoki magistraturasini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari Ro‘yxatining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari” bo‘limi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Akademiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliqning birinchi o‘rinbosari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshliqning o‘rinbosari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafedra (bo‘lim, markaz) boshlig‘i
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professor
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dotsent
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Katta o‘qituvchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘qituvchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bo‘lim (markaz) katta prokurori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bo‘lim (markaz) prokurori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh mutaxassisi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetakchi mutaxassis
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-toifali mutaxassis
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-toifali mutaxassis”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 06/18/5438/1189-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son; 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)