04.05.2018 yildagi PQ-3694-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Ko‘chirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizning bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash bo‘yicha izchil amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tijorat banklarining likvidliligi va barqarorligini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari turlarini kengaytirish xamda sifatini oshirish imkoniyatini yaratmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki (keyingi o‘rinlarda Xalq banki deb yuritiladi) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan faol ish olib borish bilan bir qatorda, hududlarda chorvachilikni rivojlantirish borasidagi faoliyatini kengaytirmoqda, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi hisobini yuritish, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni joylarga yetkazib berish kabi ijtimoiy vazifalarni amalga oshirmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki (keyingi o‘rinlarda — Mikrokreditbank) faoliyati asosan kichik biznesni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, hunarmandchilik va boshqa dolzarb biznes-tashabbuslarni rivojlantirish uchun imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib borilayotgan kredit siyosatida ijtimoiy yo‘naltirilganlikning ustuvorligi sababli Xalq banki va Mikrokreditbankning rentabellik darajasi pastligicha qolmoqda, ularning kredit portfeli yetarli darajada diversifikatsiya qilinmagan, bu esa, o‘z navbatida, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan yangi bank xizmatlarini joriy etishga to‘sqinlik qilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu banklarning filial tarmoqlari mamlakatning barcha hududlarini qamrab olganligini hisobga olib, ular faoliyatini eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish orqali samarali tashkil qilish ular tomonidan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish va xizmatlardan maksimal foydalanish imkoniyatini ta’minlashning zarur sharti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq banki va Mikrokreditbankning moliyaviy holatini yaxshilash va faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar Xalq banki va Mikrokreditbankni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi, kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, xalq hunarmandchiligi va amaliy san’at subyektlariga chakana bank xizmatlari ko‘rsatish turlari ro‘yxatini kengaytirish va hajmini oshirish, tomorqa yerlaridan, ayniqsa, qishloq joylarida samarali foydalanishni rag‘batlantirishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning moliyaviy barqarorligi va jozibadorligini ta’minlash nuqtai nazaridan filiallar va bo‘linmalarning faoliyatini, xarajatlar tarkibi va bank xizmatlariga tarif siyosatini optimallashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank xizmatlarining zamonaviy innovatsion va mijozlarga mo‘ljallangan turlarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy talablarga muvofiq banklarni faollashtirish va tizimli rivojlantirish maqsadida bank bo‘linmalarini aholiga bank xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash sohasida dolzarb vazifalarni samarali hal etishga qodir malakali, tashabbuskor rahbarlar va mutaxassislar bilan yanada to‘ldirish, shuningdek, rahbar va mutaxassislarni ularning faoliyatini baholashdan kelib chiqqan xolda rag‘batlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xalq banki va Mikrokreditbank kuzatuv kengashlariga va ijro etuvchi organlari rahbarlariga quyidagilar tavsiya etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda banklarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha, jumladan ularning filial tarmoqlari xarajatlarini va shtatlar sonini optimallashtirishni nazarda tutgan holda kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish va ularning turlarini ko‘paytirish, chakana bank xizmatlari, jumladan mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari, bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va manfaatlariga rioya etilishini hisobga olgan holda respublikaning barcha hududlarida moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining samaradorligini va zarar ko‘rmaslik darajasini oshirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlarni tezkorlik bilan taqdim qilishning yangi mexanizmlarini faol joriy etish, mijozlar bilan sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning zamonaviy yondashuvlarini qo‘llashni hisobga olgan holda kredit uchun arizalarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sun’iy to‘siqlar yaratish va ortiqcha byurokratiya yuzaga kelishi imkoniyatlariga barham berish maqsadida tizimli kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi qishloq joylarda oilaviy va kichik tadbirkorlik, hunarmandchilik, chorvachilik va quyon yetishtirishni rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kafillik berish sohasida Xalq banki va Mikrokreditbank bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xalq banki va Mikrokreditbank boshqaruv organlari, shuningdek, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-2019-yillarda Halq banki ustav kapitalini 1,245 trillion so‘mga, shundan respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 645 milliard so‘m hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ekvivalenti 75 million AQSH dollari, jumladan 2018-yilda tegishincha 250 milliard so‘m va ekvivalenti 30 million AQSH dollari miqdorida oshirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-2019-yillarda Mikrokreditbank ustav kapitalini respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 450 milliard so‘mga, shundan 2018-yilda — 100 milliard so‘mga oshirish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2016-yil 4-oktabrdagi hukmiga ko‘ra davlat daromadiga o‘tkazilgan “UzPaynet” MCHJ ustav fondidagi 37,5 foiz ulushni keyinchalik davlat ulushini oshirish hisobiga Xalq bankiga o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xalq banki va Mikrokreditbank 2023-yil 1-yanvarga qadar quyidagi to‘lovlardan ozod etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan bank jihozlari va texnikalarini olib kirish uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Barcha tijorat banklariga 2024-yil 1-yanvarga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan bank jihozlari, texnikalari va bank kartalarini olib kirishga ruxsat berilsin hamda ular bu bilan bog‘liq bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod etilsin.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-apreldagi PQ-198-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 07/22/198/0282-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xalq banki ijtimoiy to‘lovlar oluvchilarning xohishiga ko‘ra mazkur to‘lovlarni xalqaro to‘lov tizimi bazasida milliy valyutada amalga oshirish uchun xalqaro plastik kartalarni muomalaga chiqarsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-194-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir oy muddatda mikromoliyaviy xizmatlarning foiz stavkalarini Mikrokreditbankning mazkur xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi innovatsion yechimlardan foydalanish hamda filiallararo kommunikatsiyada axborot xavfsizligi darajasini sifatli oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan optik tolali axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etishda Xalq banki va Mikrokreditbank uchun imtiyozli tariflar qo‘llanishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xalq banki va Mikrokreditbankning ijtimoiy reklamali axborot bepul translyatsiya qilinishi hamda keng yoritilishini, shuningdek, tijorat faoliyati bilan bog‘liq reklama va tematik lavhalar uchun translyatsiya qilish narxidan 50 foiz miqdorida imtiyoz berilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashining yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalq banki, Mikrokreditbank hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 4-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3694-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PQ-3694-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri, Kuzatuv kengashi raisi

M.M. Mirzayev

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari, Kuzatuv kengashi raisining o‘rinbosari

Yo.E. Tursunov

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori

N.J. Xusanov

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Moliya bozori va davlat aktivlaridan daromadlar tushumi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i

D.K. Ibragimov

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2018-y., 07/18/3694/1166-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 08.04.2022-y., 07/22/198/0282-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son; 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)