Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024 29.03.2018 yildagi PQ-3628-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlarining ekspert-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli “Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizni rivojlantirishning bugungi bosqichida davlat organlari faoliyatini takomillashtirish va 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi maqsadlariga erishish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, davlat organlarining axborot-tahlil ishlarini tashkil etishning zamonaviy talablarga javob bermayotgani amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘liq va o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarish, mavjud muammolarni samarali hal etish va rivojlantirishning innovatsion g‘oyalarini ilgari surishga to‘sqinlik qilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur holat har bir davlat organi tizimida islohotlar ijrosini ekspertlik jihatdan ta’minlashning yangi, samarali va sifatli tizimini yaratish, ular bo‘linmalarining o‘zaro muvofiqlashgan tahliliy faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etishni taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlarining 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va topshiriqlarida belgilangan tadbirlarning kompleks va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga qaratilgan ekspert-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat boshqaruvi organlari, shuningdek respublika ahamiyatidagi davlat organlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) 20 nafargacha tashabbuskor va malakali mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat yuritadigan ekspert-tahlil guruhlari (keyingi o‘rinlarda — ekspert-tahlil guruhlari) tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, ekspert-tahlil guruhlari, birinchi navbatda, davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan davlat organlarida 1-ilovaga muvofiq reja-jadval asosida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar ekspert-tahlil guruhlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organida 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasining ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatni axborot-tahliliy va ekspert-huquqiy jihatdan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib borilayotgan islohotlarni hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalda bajarish mexanizmlarini amalga oshirishga amaliy ko‘maklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalda bajarilishini puxta tizimli tahlil qilish, ularning samarali amalga oshirilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan kamchilik va muammolarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlarining to‘liq va samarali ijrosiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish, qonunchilikni takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning tartib-taomillarini soddalashtirish hamda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, boshqaruvni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarida nazarda tutilganlarini, shuningdek, tegishli soha va tarmoqlarda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli xalqaro tajriba va xorijiy qonunchilikni doimiy o‘rganish hamda o‘rganish natijalarini O‘zbekiston Respublikasi sharoitlarida joriy etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organi faoliyatiga taalluqli sohada olib borilayotgan islohotlarning amalga oshirilishini ta’minlashdagi dolzarb masalalar bo‘yicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, simpoizumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert-tahlil guruhi davlat organi faoliyatini axborot-tahlil va ekspert-huquqiy jihatdan ta’minlashning, olib borilayotgan islohotlarni hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalda bajarish mexanizmlarini amalga oshirishga amaliy ko‘maklashishning samaradorligi va tezkorligi, shuningdek, ushbu qarorning 2-bandida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalar ijrosi uchun bevosita javobgardir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert-tahlil guruhi tarkibini tasdiqlash, shuningdek, uning tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish davlat organining birinchi rahbari tomonidan davlat organi faoliyatiga mutasaddilik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kompleksi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert-tahlil guruhi davlat organining bevosita birinchi rahbariga bo‘ysunadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert-tahlil guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga, shu jumladan boshqa davlat organlari va tashkilotlar, yuqori turuvchi va markaziy tashkilotlar mutaxassislariga boshqa belgilangan to‘lovlardan tashqari davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qo‘shimcha ravishda har oylik mehnat haqi fondi (pul ta’minoti) ikki baravargacha bo‘lgan miqdorda to‘lanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert-tahlil guruhi o‘z faoliyatini davlat organining birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalari asosida amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert-tahlil guruhi mutaxassislari davlat organining xorijiy mamlakatlarning tegishli organlari tajribasini o‘rganish va faoliyati bilan tanishish maqsadida xorijiy mamlakatlarga chiqayotgan delegatsiyalari tarkibiga kiritilishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari ekspert-tahlil guruhlari faoliyatiga shartnoma asosida boshqa tashkilotlarning, shu jumladan xorijiy tashkilotlarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert-tahlil guruhlarining faoliyati davlat organi faoliyatiga mutasaddilik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat boshqaruvi organi, shuningdek respublika ahamiyatidagi davlat organining ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tashkil etishning namunaviy sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat organlarining birinchi rahbarlariga — faoliyat yo‘nalishi va bajariladigan ishlarning hajmidan kelib chiqqan holda, davlat organi faoliyatiga mutasaddilik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kompleksi bilan kelishilgan holda ekspert-tahlil guruhlari a’zolarining ushbu qarorda belgilangan sonini ko‘paytirish;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ekspert-tahlil guruhlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organining ma’lumotlar bazalaridan (shu jumladan elektron shakldagi) axborot, statistik va boshqa materiallarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guruhga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ekspert jihatdan amaliy ko‘maklashish uchun davlat organi bo‘linmalari xodimlarini jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organi bo‘linmalaridan uning faoliyatini yanada takomillashtirish hamda tayyorlanayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha takliflarni so‘rab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organi bo‘linmalaridan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha qilingan ishlar natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni talab qilib olish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat organlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda davlat organiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ekspert-tahlil guruhi faoliyatining ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy sxema asosida tashkil etilishini ta’minlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert-tahlil guruhi uchun zamonaviy kompyuter va boshqa texnika vositalari bilan jihozlangan, keng qamrovli Internet tarmog‘i bilan ta’minlangan alohida xonalar ajratish hamda ular faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish choralarini ko‘rsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlariga ushbu qarorning talablarini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mutasaddi kompleksi bilan kelishilgan holda doimiy faoliyat yuritadigan ekspert-tahlil guruhlarini tuzish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, ekspert-tahlil guruhlarining tarkiblari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keyinchalik ularni 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va topshiriqlari ijrosini ta’minlashga jalb etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalariga tizimli ravishda taqdim etiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 29-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3628-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3628-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organlari va respublika ahamiyatidagi davlat organlarida ekspert-tahlil guruhlarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
JADVALI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Idora nomi

Ekspert-tahlil guruhi tarkibini tasdiqlash

I. RESPUBLIKA AHAMIYATIDAGI DAVLAT ORGANLARI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

2018-yil
10-aprelgacha

2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi

II. VAZIRLIKLAR

3.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

2018-yil
15 aprelgacha

4.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

6.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

7.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

2018-yil
2
0-aprelgacha

8.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

9.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

10.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

11.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

12.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

13.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

13-1.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

III. DAVLAT QO‘MITALARI

14.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

2018-yil
10-aprelgacha

15.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

16.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish varaqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

2018-yil
15 aprelgacha

17.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

19.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

 

20.

O‘zbekison Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlatqo‘mitasi

IV. AGENTLIKLAR

21.

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

2018-yil
10-aprelgacha

22.

O‘zbekiston avtomobiltransporti agentligi

23.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3628-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organi, shuningdek respublika ahamiyatidagi davlat organining ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tashkil etishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddati

I. Ekspert-tahlil guruhini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi tadbirlar

1-bosqich

Davlat organlarining birinchi rahbarlari

Ekspert-tahlil guruhlariga kiritish uchun malakali va tashabbuskor mutaxassislarni, shu jumladan boshqa davlat organlari va tashkilotlari, yuqori turuvchi va markaziy tashkilotlardan saralash.

10 kundan kechikmasdan

2-bosqich

Davlat organlarining birinchi rahbarlari

Davlat organi faoliyatiga mutasaddilik qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmati va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kompleksi bilan guruh tarkibini kelishish.

saralashdan keyin bir hafta muddatda

3-bosqich

Davlat organlarining birinchi rahbarlari

Ekspert-tahlil guruhi tarkibini tasdiqlash bo‘yicha buyruq qabul qilish.

kelishilgan kundan boshlab
1-kun ichida

4-bosqich

Davlat organlarining birinchi rahbarlari

Ekspert-tahlil guruhi ishlashi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratish (zamonaviy kompyuter va boshqa texnika vositalari bilan jihozlangan, keng qamrovli Internet tarmog‘i bilan ulangan alohida xonalar ajratish).

sharoit yaratilgan kundan boshlab
10 kun davomida

II. Ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tashkillashtirish

1-bosqich

Ekspert-tahlil guruhi rahbarlari

O‘zining faoliyatidan kelib chiqib davlat organiga yuklatilgan vazifa, ish va topshiriqlarning o‘ziga xos jihatlarigamuvofiq ekspert-tahlil guruhlarining ish rejalarini ishlab chiqish (har chorak, yarim yillik, yillik).

sharoit yaratilgan kundan boshlab
10 kun davomida

2-bosqich

Davlat organlarining birinchi rahbarlari

Faoliyatidan kelib chiqib ekspert-tahlil guruhining ish rejasini tasdiqlash (har chorak, yarim yillik, yillik).

sharoit yaratilgan kundan boshlab
10 kun davomida

3-bosqich

Ekspert-tahlil guruhi rahbari

Ekspert-tahlil guruhining mutaxassislari o‘rtasida ularning majburiyatlarini belgilagan holda vazifalarni taqsimlash, shuningdek, ularning ishlarini samarali tashkillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish.

ish rejasi tasdiqlangan kundan boshlab
1 kunlik muddatda

4-bosqich

Ekspert-tahlil guruhi

Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihasini, tarkibiy tuzilmalar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar hamda tahliliy materiallar va boshqa hujjatlarni tayyorlash.

ish rejasiga muvofiq

5-bosqich

Ekspert-tahlil guruhi

Davlat organining birinchi rahbariga qilingan ishlar bo‘yicha hisobot berish.

ish rejasiga muvofiq

6-bosqich

Davlat organlarining birinchi rahbarlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatiga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ATDga ekspert-tahlil guruhi faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot berish.

har chorakda

III. Ekspert-tahlil guruhi faoliyatini nazorat qilish

1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni xizmatining tegishli shu’basi va (yoki) Vazirlar Mahkamasining ATD

1. Ekspert-tahlil guruhi ish rejalari ijrosini tizimli monitoring qilish va o‘rganish.

har chorakda

2. Ekspert-tahlil guruhi faoliyati natijalari hamda tayyorlanayotgan takliflar va materiallar sifatining tahlili.

3. Ekspert-tahlil guruhi faoliyatini doimiy kuzatib borish.

2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni xizmati va (yoki) Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari

1. Ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tanqidiy baholash.

har chorakda kamida bir marta

2. Alohida tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq ish rejalari bajarilishi yakuniga ko‘ra eshitishlarni o‘tkazish.

3. Mutaxassislarning ish natijalaridan kelib chiqib ekspert-tahlil guruhi tarkibini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

zarurratdan kelib chiqib, har yarim yildakamida bir marta

4. O‘z majburiyatlarini samarasiz bajarayotgan mutaxassislarni ekspert-tahlil guruhi tarkibidan chiqarish bo‘yicha davlat organlariga taklif kiritish.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: ekspert-tahlil guruhi tarkibiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish davlat organi faoliyatiga mutasaddilik qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni tegishli xizmati va (yoki) Vazirlar Mahkamasi kompleksi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert-tahlil guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga qo‘shimcha to‘lov davlat organi xodimlariga belgilangan muddatlar va tartibda har oylik mehnat haqi fondi (pul ta’minoti)ning ikki barobarigacha miqdorda amalga oshiriladi. Bunda davlat organlarining faoliyat yuritayotgan kadrlar zaxirasidagi xodimlari uchun mehnat haqi fondi (pul ta’minoti) davlat organlarida yoki ular ishga yuborilgan idoraviy quyi tashkilotlarda beriladigan to‘lovlarni qo‘shgan holda hisoblab chiqariladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 07/18/3628/0978-son; 04.04.2018-y., 06/18/5395/1003-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)