Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2026 22.03.2018 yildagi 211-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2026
Hujjat 26.03.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro sifat standartlari va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan temir yoʻl mahsulotini ishlab chiqarishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3221-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi 948-son qarorining ijrosi yuzasidan, temir yoʻl mahsulotining xalqaro sifat standartlari va temir yoʻlda tashishlar xavfsizligiga muvofiqligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari roʻyxatiga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, temir yoʻl mahsulotini majburiy sertifikatlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining “Temir yoʻl mahsulotini sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi va “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan idoraviy mansub sinov va sertifikatlashtirish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzbekistontemir yoʻllari” AJ “Temir yoʻl mahsulotini sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan taqdim qilinadigan buyurtmalar boʻyicha temir yoʻl mahsulotlarini sinovdan oʻtkazish maqsadlari uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning idoraviy mansub tashkilotlarining sinov laboratoriyalaridan toʻsqinliksiz foydalanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qaror 2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi D.B. Axmedov hamda “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 22-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
211-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2018-y., 09/18/211/0934-son, 06.07.2018-y., 09/18/505/1460-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son)