Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.2025 17.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2985
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 17.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2985
Дата вступления в силу
17.03.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.2025
Hujjat 07.02.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yillik mehnat taʼtili vaqtida saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2985]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 31-yanvardagi 2024/q-q-son va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi 226-sonli ““Yillik mehnat taʼtili vaqtida saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2985-1, 07.02.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5290-son “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.Yillik mehnat taʼtili vaqtida saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 28-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-q/q-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 28-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 28-fevraldagi 8-q/q, 47-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yillik mehnat taʼtili vaqtida saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5290-son “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (bundan buyon matnda Farmon deb yuritiladi) muvofiq 2018-yildan boshlab rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanganligi va yillik mehnat taʼtili muddati ushbu kunlarga kamaytirilishini hisobga olgan holda yillik mehnat taʼtili vaqtida saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash, shuningdek foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun pullik kompensatsiya toʻlovini (bundan buyon matnda pullik kompensatsiya deb yuritiladi) hisoblab chiqish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Yoʻriqnomaning talablari budjet tashkilotlari xodimlariga nisbatan qoʻllanilishi majburiy hisoblanadi, harbiy xizmatchilar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet tashkilotlari hisoblanmagan tashkilotlarning xodimlari uchun ushbu Yoʻriqnomaning talablari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Yoʻriqnomaning talablari ijtimoiy taʼtillarga (homiladorlik va tugʻish, bolalarni parvarishlash, oʻqish bilan bogʻliq va ijodiy taʼtillarga), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 135-moddasi birinchi qismiga muvofiq belgilanadigan yillik uzaytiriladigan asosiy taʼtillarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻrtacha ish haqi miqdorini hisoblab chiqishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurta badallarini (davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallarni) hisoblashdagi barcha toʻlovlar hisobga olinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Mehnat taʼtili vaqtida xodimning saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash va pullik kompensatsiyani hisoblab chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Mehnatga vaqtbay haq toʻlashda oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻrtacha ish haqi hisob-kitob kunida belgilangan tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) kelib chiqib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotda 12 oydan ortiq ishlagan xodimlar uchun — mehnat taʼtili haqi hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 12 oy uchun olingan tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) ortiq boʻlgan barcha toʻlovlarning oʻn ikkidan bir qismiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotda tegishli ravishda 6 oydan 11 oygacha ishlagan xodimlar uchun — mehnat taʼtili haqi hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 6 va undan ortiq oylar uchun olingan tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) ortiq boʻlgan barcha toʻlovlarning oltidan bir qismiga (tegishli ravishda yettidan bir qismiga, sakkizdan bir qismiga, toʻqqizdan bir qismiga, oʻndan bir qismiga, oʻn birdan bir qismiga) oshirilgan holda hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-misol. Xodimga 7 oy ishlagandan keyin mehnat taʼtili berilgan. Xodimning hisob-kitob kunidagi tarif stavkasi 850 ming soʻmni tashkil etdi. Butun ishlangan davrda u 1 mln. 500 ming soʻm miqdorda mukofotlar, ustamalar va qoʻshimcha haqlar olgan. Mehnat taʼtili haqini hisoblab chiqish uchun xodimning oʻrtacha ish haqi quyidagini tashkil etadi: 850 ming soʻm + (1 mln. 500 ming soʻm : 7) = 1 mln 64 ming soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning oʻrtacha ish haqlari ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda tarif stavkasi (lavozim maoshi) asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblash kuniga toʻgʻri keladigan ish haqi boʻlmagan xodimlar (masalan, vaqtinchalik ish boʻlmaganligi uchun ish haqi saqlanmagan holda taʼtilda boʻlganlar, bola parvarishida boʻlganlar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz boʻlganlar) yoki xodimning oʻrtacha ish haqi miqdori qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanganda, oʻrtacha daromad ushbu davrdan oldingi oʻtgan oy uchun hisoblangan ish haqi asosida hisoblanadi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻrtacha ish haqini aniqlashda mukofotlar va tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) ortiq hisoblangan boshqa toʻlovlar ular hisoblangan davrdan qatʼi nazar ular hisoblangan oy boʻyicha hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-misol. Joriy yilning iyul oyida taʼtil olgan xodimga birinchi yarim yillik uchun mukofot avgustda hisoblangan. Mazkur mukofot joriy yil uchun mehnat taʼtili haqini hisob-kitob qilishda hisobga olinmaydi, keyingi taʼtilni hisob-kitob qilishda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida”gi qarori bilan mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti belgilangan xodimlarning tarif stavkasi (lavozim maoshi) mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-misol. Xodimga u ishlagan yil (12 oy) uchun mehnat taʼtili berilgan. Xodimning tarif stavkasi (lavozim maoshi) hisob-kitob kunida 850 ming soʻmni tashkil etadi. Shuningdek, 40% miqdorda mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti belgilangan. Butun ishlagan davrida 3 mln. soʻm miqdorda mukofotlar, ustamalar va qoʻshimcha haqlar olgan. Mehnat taʼtili haqini hisob-kitob qilish uchun xodimning oʻrtacha ish haqi quyidagicha hisoblanadi: 850 ming soʻm * 1,4 + (3 mln. soʻm : 12) = 1 mln. 440 ming soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Mehnatga ishbay haq toʻlashda oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻrtacha ish haqi hisob-kitob kuni belgilangan ishlar tarifikatsiyasi boʻyicha hisoblab chiqilgan tarif stavkasidan kelib chiqib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotda 12 oydan ortiq ishlagan xodimlar uchun — mehnat taʼtili haqi hisob-kitob qilinadigan oydan oldingi 12 oy uchun olingan, ishlar tarifikatsiyasi boʻyicha hisoblab chiqilgan hisob-kitob tarif stavkasidan ortiq boʻlgan barcha toʻlovlarni, shu jumladan ishbay qoʻshimcha haqning oʻn ikkidan bir qismiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotda tegishli ravishda 6 oydan 11 oygacha ishlagan xodimlar uchun — mehnat taʼtili haqi hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 6 oy va undan ortiq oylar uchun olingan ishlar tarifikatsiyasi boʻyicha hisoblab chiqilgan hisob-kitob tarif stavkasidan ortiq boʻlgan barcha toʻlovlarning, shu jumladan ishbay qoʻshimcha haqning oltidan bir qismiga (yettidan bir qismiga, sakkizdan bir qismiga, toʻqqizdan bir qismiga, oʻndan bir qismiga, oʻn birdan bir qismiga) oshirilib hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xodimning tarif stavkasi tashkilotda qoʻllaniladigan mehnatga haq toʻlash boʻyicha tarif setkasiga muvofiq xodim tomonidan bajariladigan ishlarning belgilangan razryadidan kelib chiqib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ishbay qoʻshimcha haq xodim belgilangan mehnat normasini ortigʻi bilan bajarganda hosil boʻladi va xodim mehnat taʼtili haqini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan har oylik davrda olgan amaldagi ish haqidan (mukofotlar, ustamalar va qoʻshimcha haqlarni hisobga olmaganda) ushbu Yoʻriqnomaning 8-bandiga muvofiq belgilangan tarif stavkasini ayirib tashlash orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mukofotlar, ustamalar va qoʻshimcha haqlar ular hisoblangan davrdan qatʼi nazar hisoblangan oy boʻyicha hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-misol. 4-razryadli xodimiga 2017-yil 3-dekabrdan boshlab taʼtil berilgan. Hisob-kitob kuni tarif stavkasi 1 mln. 200 ming soʻmni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oylar

Ishbay narxlar boʻyicha oylik ish haqi (ming soʻm)

Shu jumladan:

Mukofotlar, ustamalar va qoʻshimcha haqlar, ishbay qoʻshimcha haq bundan mustasno (ming soʻm)

Tarif boʻyicha (tarif setkasi boʻyicha) (ming soʻm)

Ishbay qoʻshimcha haq (ming soʻm)

Dekabr, 2016

1200

1000

200

-

Yanvar, 2017

1200

1000

200

250

Fevral, 2017

1550

1000

550

-

Mart, 2017

1100

1000

100

-

Aprel, 2017

550

1000

-

300

May, 2017

800

1000

-

-

Iyun, 2017

1300

1000

300

-

Iyul, 2017

1350

1000

350

500

Avgust, 2017

1400

1000

400

-

Sentabr, 2017

1500

1000

500

100

Oktabr, 2017

1700

1200

500

500

Noyabr, 2017

1500

1200

300

-

Jami 12 oy uchun

15150

3400

1650

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat taʼtili haqini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan xodimning oʻrtacha ish haqi 1 mln. 200 ming soʻmni tashkil etadi: (hisob-kitob kuni tarif stavkasi) + (3 mln. 400 ming + 1 mln. 650 ming)/12 = 1 mln. 620 ming 833 soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Mehnatga haq toʻlashning tarifsiz tizimlarida oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mehnat taʼtili haqi miqdorini hisoblab chiqish uchun mehnatga haq toʻlashning tarifsiz tizimlarida (agar mehnat haqining umumiy miqdoridagi ish haqining tarif qismini aniqlash mumkin boʻlmasa, masalan, agar daromad sotiladigan mahsulotlar ulushi sifatida aniqlansa) oʻrtacha ish haqi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi boʻyicha belgilangan birinchi razryad tarif stavkasi miqdoridan kelib chiqib, hisob-kitob tarif stavkasidan ortiq boʻlgan barcha toʻlovlarning oʻn ikkidan bir qismiga (oltidan bir qismiga, yettidan bir qismiga va hokazo) oshirilgan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-misol. Xodimga 2018-yil 10-yanvardan boshlab toʻliq kalendar yili uchun taʼtil beriladi. Xodimning ish haqi mehnat shartnomasida belgilangan realizatsiya qilingan mahsulotdan ajratmalar hisobiga shakllanadi va doimiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oylar

Ishbay baholar boʻyicha ish haqi,(soʻm)

Shu jumladan:

Mukofotlar, ustamalar va qoʻshimcha haqlar, ishbay qoʻshimcha haq bundan mustasno (soʻm)

Tarif boʻyicha (tarif setkasi boʻyicha), (soʻm)

Ishbay qoʻshimcha haq (soʻm)

Yanvar, 2017

1200000

149775

1050225

250000

Fevral, 2017

1200000

149775

1050225

-

Mart, 2017

1200000

149775

1050225

-

Aprel, 2017

1200000

149775

1050225

300000

May, 2017

1200000

149775

1050225

-

Iyun, 2017

1200000

149775

1050225

-

Iyul, 2017

1200000

149775

1050225

500000

Avgust, 2017

1200000

149775

1050225

-

Sentabr, 2017

1200000

149775

1050225

100000

Oktabr, 2017

1200000

149775

1050225

500000

Noyabr, 2017

1200000

149775

1050225

-

Dekabr,2017

1500000

172240

1327760

Jami 12 oy uchun

14700000

1819765

12880235

1650000

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat taʼtili haqini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan xodimning oʻrtacha ish haqi quyidagilarni tashkil etadi: 172 ming 240 + (12 mln. 880 ming 235 + 1 mln. 650 ming) / 12 = 1 mln. 383 ming 093 soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Mehnat taʼtili berilganda uning muddatini aniqlash va pullik kompensatsiyani hisoblash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mehnat kodeksining 134-moddasiga muvofiq xodimga beriladigan yillik mehnat taʼtilining muddati 15 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak. Bunda qonunchilik hujjatlarida yoxud jamoa va/yoki mehnat shartnomalarida yillik asosiy mehnat taʼtilining muddati belgilanishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Taʼtildan foydalanish davri boshlanishi mehnat shartnomasi boʻyicha ish boshlangan kundan boshlab, oxiri esa, qonunchilik hujjatlariga va ichki lokal hujjatlarga muvofiq mehnat taʼtili muddatini aniqlash uchun ish stajiga kiritiladigan oʻn ikki oylik davrning oxirgi kalendar sanasi boʻyicha belgilanadigan ish yilidan kelib chiqib aniqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Farmonga muvofiq qonunchilik hujjatlarida yoxud jamoa va/yoki mehnat shartnomalarida belgilangan xodimlar mehnat taʼtilining (shu jumladan, har yilgi qoʻshimcha taʼtilning) muddati:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18 va undan ortiq ish kunini tashkil etsa — uch ish kuniga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17 ish kunini tashkil etsa — ikki ish kuniga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16 ish kunini tashkil etsa — bir ish kuniga kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-misol. Davlat muassasasi xodimlariga 24 ish kunidan iborat asosiy mehnat taʼtili belgilangan. Farmon qoidalarini hisobga olganda naturada beriladigan mehnat taʼtilining amaldagi muddati 21 ish kunini tashkil etadi (24 — 3).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-misol. Tashkilot xodimlariga 16 ish kunidan iborat boʻlgan mehnat taʼtili belgilangan. Farmon qoidalarini hisobga olganda naturada beriladigan mehnat taʼtilining amaldagi muddati 15 ish kunini tashkil etadi (16 — 1).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-misol. Tashkilot xodimiga 15 ish kunidan iborat mehnat taʼtili belgilangan. Farmonning 3-bandining toʻrtinchi xatboshisiga muvofiq naturada beriladigan mehnat taʼtilining amaldagi muddati 15 ish kunini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu Yoʻriqnomaning 13-bandi qoidalarini hisobga olganda 2018-yilda mehnat taʼtilining birinchi kuni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-yanvardan 21-martgacha boʻlgan davrga toʻgʻri kelsa xodimlarning mehnat taʼtili muddati — 1 ish kuniga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-martdan 1-sentabrgacha boʻlgan davrga toʻgʻri kelsa xodimlarning mehnat taʼtili muddati — 2 ish kuniga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-sentabrdan 2018-yilning oxirigacha boʻlgan davrga toʻgʻri kelsa xodimlarning mehnat taʼtili muddati — 3 ish kuniga kamayadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-misol. Xodimning taʼtillar jadvali boʻyicha 24 ish kunidan iborat boʻlgan mehnat taʼtili 2018-yil 4-yanvardan boshlanadi. Mehnat taʼtili beriladigan ish yilida Farmonda belgilangan faqat bitta qoʻshimcha ishlanmaydigan kun boʻlganligini hisobga olib, naturada berilgan uning mehnat taʼtili muddati 23 ish kunini tashkil etadi (24 — 1).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu xodimning mehnat taʼtili 2018-yil 1-apreldan berilsa, u holda uning taʼtili naturada 22 ish kunini tashkil etadi (24 — 2).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Taʼtil muddati 6 kunlik ish haftasi hisob-kitobidan (tashkilotda 5 kunlik ish haftasi belgilangan boʻlsa ham) kalendar boʻyicha ish kunlarida hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Taʼtil kunlarini hisob-kitob qilishda mehnat taʼtili davriga toʻgʻri keladigan dam olish (yakshanba), ish kuni boʻlmagan bayram kunlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqiladigan taʼtil muddati (pullik kompensatsiya miqdorini hisoblab chiqishda va mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat taʼtilidan foydalanishda) ushbu Yoʻriqnomaning 12-bandiga muvofiq belgilangan mehnat taʼtili muddatining miqdorini oʻn ikkiga boʻlish va ushbu ish yilidagi ishlangan toʻliq oylar soniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi. Bunda 15 kalendar kuniga va undan ortiqqa teng boʻlgan ortiqcha kunlar (toʻliq ishlangan oxirgi oydan ortiq kunlar) bir oygacha toʻldiriladi, 15 kalendar kunidan kam boʻlgan ortiqcha kunlar esa chiqarib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-misol. Xodim 9 oy 17 kun ishladi. Mehnat shartnomasi boʻyicha uning yillik mehnat taʼtili 15 ish kunini tashkil etadi. Ishlangan vaqtga mutanosib belgilangan mehnat taʼtili muddati 13 ish kunni tashkil etadi (15 * 10 / 12).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Mehnat taʼtili haqi va pullik kompensatsiya miqdorini belgilash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mehnat taʼtili haqi miqdorini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan (ushbu Yoʻriqnomaning 2-bobi qoidalariga muvofiq) oʻrtacha ish haqini Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda eʼlon qilinadigan har bir kalendar yilga ish vaqti kalendari (ish vaqti balansi) boʻyicha aniqlangan olti kunlik ish haftasida joriy kalendar yildagi ish kunlarining oʻrtacha oylik soniga boʻlish orqali hisoblab chiqiladigan xodimning oʻrtacha kunlik ish haqidan kelib chiqib aniqlanadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-misol. 3-misolga koʻra 2018-yil yanvarda taʼtilga chiqayotgan xodimning mehnat taʼtili haqi miqdorini hisoblab chiqish uchun belgilangan oʻrtacha oylik ish haqi 1 mln. 440 ming soʻmni tashkil etdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yilga moʻljallangan ish vaqtining tasdiqlangan kalendariga muvofiq olti kunlik ish haftasida ish vaqtining yillik fondi 301 ish kunini tashkil etadi. Tegishli ravishda ish vaqtining oʻrtacha oylik balansi 25,1 ish kunini tashkil etdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat taʼtili haqi miqdorini aniqlash uchun qabul qilingan oʻrtacha kunlik ish haqi 57 ming 370 soʻmni tashkil etadi (1 mln. 440 ming : 25,1).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Xodimga tegishli boʻlgan mehnat taʼtili haqining miqdorini hisoblash ushbu Yoʻriqnomaning 18-bandiga muvofiq hisoblab chiqilgan oʻrtacha ish haqini ushbu Yoʻriqnomaning 13, 14 va 16-bandlariga muvofiq naturada beriladigan mehnat taʼtilining ish kunlari soniga koʻpaytirish orqali amalga oshiriladi, bunda Farmonda belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlarining amalda foydalanilgan sonini oʻrtacha kunlik ish haqiga koʻpaytirish orqali aniqlangan mehnat taʼtili haqi summasi qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-misol. Jamoa yoki mehnat shartnomasiga muvofiq xodimga 24 kundan iborat boʻlgan mehnat taʼtili berilishi kerak. Farmonga muvofiq qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanishi hisobiga mehnat taʼtili uch ish kuniga qisqartiriladi. Mehnat taʼtili naturada 21 ish kunini tashkil etadi (24 — 3).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat taʼtil miqdorini aniqlash uchun oʻrtacha kunlik ish haqi 57 ming 370 soʻmni tashkil etadi (12-misolda boʻlgani kabi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblanishi kerak boʻlgan mehnat taʼtili haqi miqdori 1 mln. 376 ming 9 soʻmni tashkil etadi (21 * 57370 + 3 * 57370).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Mehnat taʼtil miqdorini qayta hisoblash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Xodim mehnat taʼtilida boʻlgan davrda tarif stavkalari (lavozim maoshlari) miqdori oshirilgan taqdirda, tashkilotning yangi mehnatga haq toʻlash shartlari asosida ishlaydigan kunlariga toʻgʻri keladigan amaldagi ish kunlari sonidan kelib chiqib, mehnat taʼtili haqi qayta hisob-kitob qilinadi, yaʼni ish haqi oshirilgan vaqtdan boshlab taʼtil tamom boʻlgan kungacha boʻlgan davr uchun oʻrtacha ish haqining bir qismiga tuzatish kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-misol. Xodimga toʻliq ish yili uchun 2018-yil 14-fevraldan boshlab (shartli ravishda) 21 ish kunidan iborat boʻlgan taʼtil naturada berildi. Uning tarif boʻyicha ish haqi (lavozim maoshi) mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda 900 ming soʻmni tashkil etdi. 2018-yil 1-martdan boshlab lavozim maoshi 15 foizga oshdi va mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olganda 1 mln. 35 ming soʻmni tashkil etdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlangan davr uchun xodimga 2 mln. soʻm miqdorda mukofot toʻlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼtilga chiqqanda (2018-yil 14-fevralgacha) xodimga quyidagi miqdorda mehnat taʼtili haqi yozildi: ((900 + 2000 / 12) / 25,1 * 21) + (900 + 2000 / 12) / 25,1 * 3)) = 1 mln. 19 ming 920 soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yilning mart oyiga toʻgʻri keladigan 8 ish kuni uchun yangi shartlar asosida toʻlov qayta hisob-kitob qilinadi: mart oyiga toʻgʻri keladigan 8 ish kuni uchun yangi lavozim maoshi boʻyicha hisob-kitob qilingan mehnat taʼtili haqi 383 ming soʻmni tashkil etadi ((1035 + 2000 / 12) / 25,1 * 8), ayni vaqtda mart oyining oʻsha 8 kuni uchun avval 340 ming soʻm miqdorda mehnat taʼtili haqi yozilgan edi ((900 + 2000 / 12) / 25,1 * 8). Demak, xodimga 43 ming 28 soʻm miqdorda qoʻshimcha mehnat taʼtili haqi yozish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xodim taʼtildan chaqirib olinsa va taʼtilning qolgan qismi boshqa muddatga koʻchirilsa, taʼtilning koʻchirilgan kunlariga toʻgʻri keladigan toʻlangan oʻrtacha ish haqi summasi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun oylik ish haqi hisobiga yoziladi. Taʼtilning foydalanilmagan qismi kunlariga haq toʻlash uchun oʻrtacha ish haqi belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼtil qismlarga boʻlinganda saqlab qolinayotgan oʻrtacha ish haqi ushbu Yoʻriqnomada belgilangan tartibda har bir qism uchun alohida hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ushbu Yoʻriqnomada belgilangan tartibga rioya etilmaganda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishiga asos boʻladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mazkur Yoʻriqnoma Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 28-fevral
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 28-fevral
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2985/0914-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)