Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining Qarori, 14.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2980
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va toʻlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 14-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2980]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-martdagi 350-son hamda Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 26-martdagi 6/7-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2980-2, 03.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-son “Pensiyalar va nafaqalar toʻlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 12-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 12-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
348-V-1-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 12-fevraldagi 20, 348-V-1-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-son “Pensiyalar va nafaqalar toʻlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki (bundan buyon matnda Xalq banki deb yuritiladi) boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar toʻlanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar — davlat pensiyalari, shuningdek zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga beriladigan nafaqalar, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar, bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar, dafn etishga nafaqalar, uy-joy-kommunal xizmatlari toʻlovlari hamda un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash va avtobenzin sotib olish xarajatlari uchun har oylik pul kompensatsiya toʻlovlari, Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga va 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya toʻlovlari, Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga va yadro poligonlari hamda boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarga yillik bir yoʻla moddiy yordam pullari, 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironligi boʻlgan shaxslarga yillik bir martalik pul mukofotlari, pensiya va nafaqalardan aliment toʻlovlari, oʻrnatilgan tartibda tugatilgan tashkilotlar xodimlariga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarar summalari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 3-iyuldagi 82, 348-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2980-1, 15.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/2980-1/3429-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazib berish (topshirish) davri — pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) amalga oshiriladigan joriy toʻlov oyining toʻrtinchidan yigirma yettinchi sanasigacha boʻlgan davr (dafn etishga nafaqa bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazib berish uchastkasi — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolari, pensiya va nafaqa oluvchilar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlarni olishi uchun qulay boʻlgan boshqa maʼmuriy binolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash joyi — turar joy, kvartira, xizmat turar joyi, ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, pansionat, yolgʻiz keksalar uchun maxsus uy, nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar uchun uy-internat va boshqalar), shuningdek pensiya oluvchi mulkdor sifatida, ijaraga olish shartnomasi (ikkilamchi ijara), ijara shartnomasi yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha doimiy yashaydigan (doimiy roʻyxatdan oʻtgan) turar joy, doimiy yashash joyi mavjud boʻlmagan (doimiy roʻyxatdan oʻtmagan) holda — vaqtincha yashash (vaqtincha roʻyxatdan oʻtish) joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pensiya va nafaqa oluvchi — pensioner, nafaqa va boshqa toʻlovlarni oluvchi, qonuniy vakil yoki qonun hujjatlariga muvofiq pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar summalarini olish huquqiga (vakolatiga) ega boshqa jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) va Xalq banki oʻrtasida axborotni toʻplash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sayyor kassa — kassa tarmogʻidan tashqarida, bankning maxsus avtomashinasi yordamida aholi yashash joyiga chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni tarqatish hamda kommunal va boshqa turdagi toʻlovlarni qabul qilish uchun tashkil qilingan Xalq banki filiali kassasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni tasdiqlovchi hujjat — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat uchun berilgan guvohnomasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Pensiya va nafaqa oluvchilarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari va Xalq banki hududiy filiallari oʻrtasida tuziladigan shartnomalar (kelishuvlar) asosida sayyor kassalar tomonidan yetkazib beriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish)ni tashkil qilishning umumiy shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) har oyda mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarning toʻlov qaydnomalariga (bundan buyon matnda qaydnomalar deb yuritiladi) asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qaydnomalar pensiya va nafaqa oluvchilarning yashash joylari boʻyicha joylashgan sayyor kassalar uchun haqiqiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar qaydnomalarga muvofiq har oyda yetkazib berish (topshirish) davri mobaynida pensiya va nafaqa oluvchining yashash joyi boʻyicha shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda naqd pul shaklida topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni qaydnomada koʻrsatilmagan shaxslarga ishonchnomasiz topshirish, shuningdek pensiya va nafaqa oluvchilarga ular yashash joylaridan roʻyxatdan chiqarilgandan keyin topshirish, pul-buyum lotereyalar va boshqa mahsulotlarni pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar pullari hisobidan sotish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan roʻyxatdan chiqqan oyning oxirigacha toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar va mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni sayyor kassalardan olish imkoniyatiga ega boʻlmagan shaxslarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar Xalq banki filiali tomonidan bevosita ularning yashash joyiga yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq banki filiali fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda har oyning yigirma yettinchi sanasiga qadar I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar va mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni sayyor kassalardan olish imkoniyatiga ega boʻlmagan shaxslar roʻyxatini shakllantirib, tegishli Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimiga (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi deb yuritiladi) elektron va yozma shaklda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari har oyda Xalq banki filiali tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar va mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni sayyor kassalardan olish imkoniyatiga ega boʻlmagan shaxslar qaydnomalariga tegishli oʻzgartirish kiritib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq banki filiallari mazkur bandda koʻrsatib oʻtilgan shaxslar uchun pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni belgilangan muddatlardan oldin yetkazib berish (topshirish) choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan qaydnomalar pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarning quyidagi turlariga muvofiq alohida tuziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat pensiyalari;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 3-iyuldagi 82, 348-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2980-1, 15.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/2980-1/3429-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dafn etishga nafaqalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy-kommunal xizmatlari toʻlovlari boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtobenzin sotib olish xarajatlari uchun pul kompensatsiya toʻlovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pensiya va nafaqalardan aliment toʻlovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatilgan tashkilotlar xodimlariga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarar summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiya toʻlovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga nafaqa toʻlovlari;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 3-iyuldagi 82, 348-V-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2980-1, 15.07.2019-y.) asosan oʻninchi-oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/2980-1/3429-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa toʻlovlar — Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolarga va 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya pul toʻlovlari, Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolarga va yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarga yillik bir yoʻla moddiy yordam pullari, 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironligi boʻlgan shaxslarga yillik bir martalik pul mukofotlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) sanasi har bir fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida belgilanadi va shu asosda pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar yetkazib berish (topshirish) jadvali tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya va nafaqa oluvchilarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar summasi har oyda ularning yashash joyi boʻyicha yoki sayyor kassalarda pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) davrida topshiriladi. Bu haqda pensiya va nafaqa oluvchiga birinchi marta pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar yetkazib berilganda (topshirilganda) maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) muddatlari dam olish va bayram kunlariga toʻgʻri kelganda, ularni toʻlash muddatidan oldin amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xalq banki filiali tomonidan pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar ularni yetkazib berish (topshirish)ning tasdiqlangan jadvaliga asosan har oyning yigirma yettinchi sanasiga qadar uzluksiz yetkazib beriladi (topshiriladi), dafn etishga nafaqa bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun mablagʻlarni Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalarining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazadi, ular koʻrsatilgan mablagʻlarni talabnomalar asosida Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimlariga oʻtkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari, oʻz navbatida, kelib tushgan mablagʻlarni Xalq banki filiallarida ochilgan maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi Xalq banki filiallari tomonidan pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarini yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmat haqi uchun mablagʻlarni Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi va Xalq banki hududiy filiallari oʻrtasida imzolangan solishtirma dalolatnoma va hisob-fakturalarga asosan oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tuman (shahar) hududida Xalq banki filiali mavjud boʻlmagan hollarda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar uchun mablagʻlar ushbu tuman (shahar) hududiga xizmat koʻrsatayotgan Xalq banki filialiga oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) ularning har bir turi boʻyicha Xalq banki filialining maxsus hisobvaragʻiga mablagʻlar kelib tushishiga qarab yetkazib berish (topshirish) davrida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Xalq banki filiallari va Pensiya jamgʻarmasining boʻlimlari oʻrtasida qaydnomalar va toʻlovlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni joʻnatish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari mustaqil ravishda yoki Xalq banki hududiy filiallari bilan birgalikda pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri yetkazib berilishini (topshirilishi) doimiy monitoring qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Qaydnomalarni rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan qaydnomalar har bir fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida shakllantiriladi va Xalq banki filiallariga toʻlov oyining toʻrtinchi sanasiga qadar axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qaydnomaning varaqlari har bir fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻyicha raqamlanadi. Qaydnomaning har bir varagʻiga qaydnoma raqami va kasr chizigʻi orqali ushbu qaydnoma varagʻining tartib raqami yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qaydnomada quyidagilar yoziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy hisobvaraq (pensiya yigʻmajildi)ning raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pensiya va nafaqa oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi va telefon raqami, pasport seriyasi va raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtgan davr uchun summa, joriy toʻlov oyi uchun summa, toʻlanishi kerak boʻlgan umumiy summa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazib berilgan (topshirilgan) sana, pensiya va nafaqa oluvchining imzosi, yetkazib bergan (topshirgan) shaxsning imzosi koʻrsatilgan holda ustunlar, bir operatsiya kunida va toʻlov oyi boshidan yetkazib berilgan (topshirilgan) summa koʻrsatilgan holda hisob setkasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻtgan toʻlov oyida olinmagan pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar summasi joriy toʻlov oyining qaydnomasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Keyingi toʻlov oyiga qaydnomalar avvalgi toʻlov oyi qaydnomalardagi barcha pensiya va nafaqa oluvchilar boʻyicha toʻlangan (toʻlanmaganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Pensiya jamgʻarmasi axborot tizimiga kelib tushganidan soʻng shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaydnomaning har bir varagʻida pensiya va nafaqalarni oluvchilarning soni, shuningdek yetkazib berilishi (topshirilishi) kerak boʻlgan umumiy summa koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Shakllantirilgan qaydnomalar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan axborot tizimi orqali Xalq banki filiallariga yuboriladi. Qabul qilingan qaydnomalar toʻgʻrisida maʼlumot Xalq banki filiali tomonidan Pensiya jamgʻarmasining boʻlimiga axborot tizimi orqali yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Xalq banki filiallari tomonidan pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) va nazoratini tashkil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Xalq banki filiallarida pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar toʻlanishini nazorat qilish Xalq banki filialining Pensiya va nafaqa toʻlovlari bilan ishlash boʻlimi (bundan buyon matnda masʼul boʻlim deb yuritiladi) va Yakuniy nazorat boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul boʻlim Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan axborot tizimi orqali yuborilgan qaydnomalarni qogʻozga chop etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy nazorat boʻlimi xodimlari quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlamaydigan pensionerlar, shuningdek nafaqa oluvchilarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlanishini tekshirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masʼul boʻlim faoliyatini nazorat qilish hamda qaydnomalar toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar toʻlanishini bank elektron bazasi maʼlumotlari asosida kunlik monitoring qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq banki filialida amaliyot kuni oxirida pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlari boʻyicha buxgalteriya va kassa hujjatlarini bajarilgan operatsiyalarga mosligini nazoratga olish hamda yigʻmajildlarga tikilgan hujjatlarni tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sayyor kassalar tomonidan pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) jarayoni ustidan oʻrganishlar oʻtkazib turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy ravishda monitoring natijalari boʻyicha Xalq banki filiali boshqaruvchisiga va Xalq banki Boshqaruviga maʼlumotlar taqdim etib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qaydnomaning har bir varagʻi Xalq banki filialining boshqaruvchisi, bosh buxgalteri va masʼul boʻlim boshligʻi tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaydnomalarni rasmiylashtirishda oʻchirishlar va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaydnomalar va ularga ilova qilingan hujjatlarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida sayyor kassalarga joʻnatishdan avval masʼul boʻlim boshligʻi qaydnomaning har bir varagʻini imzolanganini tekshirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) yetkazib berish uchastkasining joylashgan joyini hisobga olgan holda pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) jadvaliga muvofiq ularni yetkazib berish (topshirish) sanasida masʼul boʻlim qaydnomalar va ularning varaqlari raqamlarini Qaydnomalarni hisobga olish maxsus kitobiga yozadi va tegishli sayyor kassa xodimiga ushbu kitobga imzo qoʻydirgan holda topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish)da sayyor kassa xodimi pensiya va nafaqa oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqamini qaydnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan solishtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya va nafaqa oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqamining biri qaydnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan mos kelmagan holda, Xalq banki filiali tomonidan Pensiya jamgʻarmasi tegishli boʻlimiga yozma yoki axborot tizimi orqali maʼlumot beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Pensiya va nafaqa oluvchi pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni olganda qaydnomada olgan sanasini koʻrsatadi va oʻz familiyasi, ismi va otasining ismi qarshisidagi qatorga imzo qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar yetkazib berilmagan (topshirilmagan) hollarda, sayyor kassa xodimi yetkazib berilmaganlik (topshirilmaganlik) sababi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnomada pensiya va nafaqa oluvchining shaxsiy hisobvaragʻi raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar qaysi oy uchun yetkazib berilmaganligi (topshirilmaganligi), shuningdek yetkazib berilmaganlik (topshirilmaganlik) sababi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Pensiya va nafaqa oluvchi boshqa shaxsga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosida pensiya yoki nafaqani olish uchun vakolat berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ishonchnoma boʻyicha pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar birinchi marta yetkazib berilgan (topshirilgan)dan keyin, ishonchnomaning asl nusxasi Xalq banki filialida qoldiriladi va saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Xalq banki filiallari ishonchnoma bergan shaxs tomonidan ishonchnoma taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn kun muddatda Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga Xalq banki filialining asosiy muhri izi va rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan ishonchnoma nusxasini yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Pensiya va nafaqa oluvchilarga xizmat koʻrsatuvchi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi xodimi va Xalq banki filiali xodimiga ishonchnoma orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) qatʼiy taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qaydnoma yoki uning ayrim varaqlari yoʻqotilgan hollarda, sayyor kassa xodimlari tomonidan uning sababini koʻrsatgan holda ikki nusxadagi dalolatnoma tuziladi va Xalq banki filialiga yuboriladi (beriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Dalolatnoma asosida Xalq bankining filiali yoʻqotilgan qaydnoma yoki uning varagʻi oʻrniga yangi qaydnoma yoki uning tegishli varagʻini beradi, uning old tomonida “dublikat” deb yozib qoʻyadi. Qaydnoma dublikatida qaydnoma raqami va kasr chizigʻi orqali yoʻqotilgan qaydnoma varagʻining tartib raqami koʻrsatiladi. Dublikat Xalq banki filialining rahbari, masʼul boʻlimi xodimi tomonidan imzolangan, shuningdek muhr izi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Xalq banki filialida operatsiya kuni yakunlangandan soʻng masʼul boʻlim xodimi qaydnomalarning barcha varaqlarini koʻrib chiqadi, joriy operatsiya kunida yetkazib berilgan (topshirilgan) summalarni hisoblab chiqadi va qaydnoma varaqlarining hisob setkasidagi birinchi jamlama ustunini toʻldiradi. Bunda sana va operatsiya kuni davomida ushbu varaq boʻyicha yetkazib berilgan (topshirilgan) summa, shuningdek ushbu qaydnomaning varagʻi boʻyicha toʻlov oyining boshidan beri yetkazib berilgan (topshirilgan) summa yoziladi. Operatsiya kunida barcha qaydnomalar boʻyicha yetkazib berilgan (topshirilgan) umumiy summa masʼul boʻlim xodimi tomonidan kassa hujjatlariga kiritiladi. Qaydnomalar hisob setkasining toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, yetkazib berilgan (topshirilgan) summalarning hisobi va ularning kassa hujjatlaridagi yozuvlarga mos kelishi masʼul boʻlim xodimi tomonidan kunlik tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Joriy toʻlov oyi uchun pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) tugaganda, sayyor kassa xodimi qaydnomalarni toʻldirishda quyidagilarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaydnomaning har bir varagʻidagi “Yetkazib berish sanasi yoki yetkazib berilmaganlik sababi” ustunida yetkazib berilgan (topshirilgan) sana (kun, oy) yoki yetkazib berilmagan (topshirilmagan)lik sababi (kodi)ni raqamlar bilan koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazib berilmagan (topshirilmagan)lik sababi (kodi) mazkur Yoʻriqnomaning 34-bandida nazarda tutilgan tartibda toʻldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaydnomaning pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar yetkazib berilmaganligi (topshirilmaganligi) sababi (kodi) qoʻyilgan har bir varagʻida yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarning soni va ularning summasi hisoblab chiqish hamda ular sayyor kassa xodimlari imzosi va maxsus shtamp izi bilan tasdiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaydnomalar sayyor kassa xodimi tomonidan masʼul boʻlim boshligʻiga tekshirish va imzolash uchun topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar yetkazib berilmagan (topshirilmagan) sabab (kod)lari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 — vafot etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 — tuman (shahar) hududidan tashqariga doimiy yashash uchun koʻchib ketish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 — yashash joyida vaqtincha boʻlmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4 — boshqa sabablar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Yetkazib berilmaganligi (topshirilmaganligi) sababi toʻgʻrisidagi dalolatnoma qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda qaydnoma bilan birga saqlanadi va yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Xalq banki filialida qaydnomalar va hisobotlarni rasmiylashtirish masʼul boʻlim xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Xalq banki filialida masʼul boʻlim xodimi quyidagilarni tekshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaydnomadagi barcha qator va ustunlarning maʼlumotlarini hisoblash yoʻli bilan toʻgʻri tuzilganligi (hisobotga muvofiq pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar soni hamda summasi toʻgʻri hisoblanganligi, Xalq banki filiali rahbari imzosi va bank muhri izining mavjudligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobotda yozilgan yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar soni hamda summasining qaydnomalar boʻyicha yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar soni hamda summasiga mosligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Xalq banki filiallari har kuni toʻlangan (toʻlanmagan) pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar summalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga axborot tizimi orqali taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kunlik toʻlangan (toʻlanmagan) pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar summalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga axborot tizimi orqali taqdim etish ustidan nazoratni Xalq banki filiali rahbari amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov oyi uchun pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni topshirish (yetkazib berish) yakunlangandan soʻng Xalq banki filiallari toʻlangan (toʻlanmagan) pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar summalari toʻgʻrisida yakuniy maʼlumotlarni, shuningdek hisobotlarni axborot tizimi orqali Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Har bir sayyor kassa boʻyicha pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarning yetkazib berilganligi (topshirilganligi) toʻgʻrisidagi hisobot, qaydnoma kuzatuv roʻyxati hisobotining bitta nusxasi Xalq banki filialida nazorat uchun qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni solishtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Hisobot oyi uchun Xalq banki filiali tomonidan pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar (qaydnomalar komplektlarining kuzatuv roʻyxati, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish (topshirish) toʻgʻrisidagi hisobotlar) tekshirilganidan keyin Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi har oy hisobot oyidan keyingi oyning yettinchi sanasigacha hisob-kitoblarni solishtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Hisob-kitoblarni solishtirish natijalari mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan har oy toʻrt nusxada tuziladigan solishtirma dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Solishtirma dalolatnomalari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining boshligʻi va bosh buxgalteri, shuningdek Xalq banki filialining rahbari, bosh buxgalteri va masʼul boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanadi. Imzolar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi va Xalq banki filialining muhr izlari bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Solishtirma dalolatnomasining ikki nusxasi Xalq banki filialiga topshiriladi, dalolatnomaning qolgan nusxalari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi va Xalq banki filiali oʻrtasida tuzilgan hisob-kitoblarni solishtirma dalolatnomasining ikki nusxasidan birini Xalq banki hududiy filialiga har oy holati boʻyicha asosiy faoliyat hisoboti bilan birga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Hisobot oyining oxirida Xalq banki filiali Yoʻriqnomaning 34-bandida koʻrsatib oʻtilgan holatlar mavjud boʻlganida yetkazib berilmagan (topshirilmagan) pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar boʻyicha summasini Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga qaytarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Xalq banki filiallaridan olingan solishtirma dalolatnomalari Xalq banki hududiy filiali masʼul boʻlimi tomonidan har oyda tahlil qilinadi, shundan soʻng Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi va Xalq banki hududiy filiali oʻrtasida hisobot oyidan keyingi oyning yettinchi sanasiga qadar toʻrt nusxada mazkur Yoʻriqnomaga 2-ilovasidagi shakl boʻyicha umumiy solishtirma dalolatnomasi tuziladi. Umumiy solishtirma dalolatnomasi Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi va Xalq banki hududiy filiali rahbari va bosh buxgalteri hamda masʼul boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanadi, shuningdek muhr izlari bilan tasdiqlanadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 3-iyuldagi 82, 348-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2980-1, 15.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/2980-1/3429-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Xalq banki filialida qoladigan qaydnomalar, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarning yetkazib berilganligi (topshirilganligi) toʻgʻrisidagi hisobotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Ushbu Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” Boshqaruvi raisi A. ABDULLAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 12-fevral
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Sh. JAVLONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 12-fevral
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boʻlinmalari orqali ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki ________________ tomonidan barcha turdagi pensiya va nafaqalar toʻlanishi toʻgʻrisida Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi __________________ bilan ___. ___. 20___ yil holatiga tuzilgan
SOLISHTIRMA DALOLATNOMA
soʻmda
T/r
Toʻlov turi
Hisob raqam
Moliyalashgan pensiya miqdori
Naqd pulda toʻlangan mablagʻ miqdori
Bank xizmat haqi
Qaytarilgan mablagʻ miqdori
Qoldiq
1.
Davlat pensiyalari
22632%001
2.
Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar
22632%002
3.
Dafn etishga nafaqalar
22632%003
4.
Bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar
22632%004
5.
Uy-joy-kommunal xizmatlari toʻlovlari xarajatlari boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlari
22632%005
6.
Tugatilgan tashkilotlar xodimlariga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarar summalari
22632%006
7.
Avtobenzin sotib olish xarajatlari uchun pul kompensatsiya toʻlovlari
22632%007
8.
Boshqa toʻlovlar
22632%008
9.
Un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiya toʻlovlari
22632%009
10.
Pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga nafaqa toʻlovlari
22632%0010
Jami:
0,00
0,00
0,00
0,00
0,00
AT Xalq banki ______________ boshqaruvchisi:
M.Oʻ.
AT Xalq banki ______________ bosh buxgalteri:
AT Xalq banki ______________ Pensiya va nafaqa toʻlovlari boʻlimi boshligʻi:
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi___________ boshligʻi:
M.Oʻ.
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi__________ bosh buxgalteri:
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 3-iyuldagi 82, 348-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2980-1, 15.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/2980-1/3429-son)
(3.1 — 3.4-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 3-iyuldagi 82, 348-V-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2980-1, 15.07.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/2980-1/3429-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 10/18/2980/0896-son, 15.07.2019-y., 10/19/2980-1/3429-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)