29.09.2004 yildagi 453-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.09.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

“OʻZBEKTELEKOM” AKSIYADORLIK KOMPANIYASINI XUSUSIYLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]

Telekommunikatsiya sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, telekommunikatsiya milliy tarmoqlarini rivojlantirish va uning barqaror ishlashi boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlash, axborot xavfsizligiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, shuningdek “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlarining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalar paketlarini joylashtirishni tartibga solish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalari paketlarini joylashtirishning quyidagi tartibi belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulkida saqlanadigan ulush — 45 foiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin sotishga moʻljallangan ulush — 55 foiz, shu jumladan xorijiy investorga sotish uchun — 49 foiz. Bunda kompaniya aksiyalar paketining ilgari mustaqil joylashtirilgan 6 foiz miqdoridagi ulush Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslarda saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishda, unda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlariga, shu jumladan “IP-telefoniya” texnologiyasini qoʻllagan holda chiqishni tashkil etishga alohida huquqlar saqlanib qolinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli litsenziyalar asosida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi operatorlar va provayderlar, faqat “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi texnik vositalari orqali telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlariga chiqish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 29-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
453-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 428-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)