O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZBEKTELEKOM” AKSIYADORLIK KOMPANIYASINI XUSUSIYLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Telekommunikatsiya sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, telekommunikatsiya milliy tarmoqlarini rivojlantirish va uning barqaror ishlashi bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, axborot xavfsizligiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
2. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishda, unda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlariga, shu jumladan “IP-telefoniya” texnologiyasini qo‘llagan holda chiqishni tashkil etishga alohida huquqlar saqlanib qolinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Tegishli litsenziyalar asosida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi operatorlar va provayderlar, faqat “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi texnik vositalari orqali telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlariga chiqish huquqiga egadir.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qarorining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 29-sentabr,
453-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 38-39-son, 428-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)