Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021 24.09.2004 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PLASTIK KARTOChKALAR ASOSIDA HISOB-KITOB QILISh TIZIMINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish, ulardan chakana savdoda, kommunal xizmatlarga va xizmatlarning boshqa turlariga haq to‘lashda foydalanish, shuningdek pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanishini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston Banklar uyushmasi va respublika tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 1-ilovaga* muvofiq 2006-yil oxirigacha tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitob qilish tarmog‘ini kengaytirishning prognoz jadvali ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Banklar uyushmasi uch oy muddatda Banklararo protsessing markazi negizida savdo va xizmatlar sohasi tashkiloti yoxud plastik kartochka egasiga qaysi bankda xizmat ko‘rsatilishidan qat’i nazar, barcha savdo shoxobchalarida bank operatsiyalarini yagona rejimda amalga oshirish imkonini beruvchi O‘zbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Yagona umumrespublika protsessing markazini tashkil etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 16-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qo‘yilsinki, plastik kartochkalardan foydalanib tovarlarni sotishda va xizmatlar ko‘rsatishda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan beriladigan terminal cheklari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish jarayonida axborot tizimlari tomonidan shakllantiriladigan, bitimlardagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar kvitansiyalar, talonlar, chiptalarga hamda tovarlar va xizmatlarga haq to‘langanligini tasdiqlovchi ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarga tenglashtiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Chakana savdo korxonalariga yuridik shaxslarning korporativ plastik kartochkalari bo‘yicha tovarlarni oylik tovar aylanishi hajmida sotuvlar ulushi cheklanmagan holda sotishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Plastik kartochkalarning emitentlari bo‘lgan tijorat banklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 1-yanvargacha barcha filiallar, minibanklar va jamg‘arma kassalarida to‘lovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish bo‘yicha terminallar o‘rnatsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son — 2020-yil 18-apreldan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
terminal tarmog‘ining uzluksiz ishlashi va plastik kartochkalardan foydalangan holda o‘z mijozlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalari va plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalardan, shuningdek dasturiy ta’minot sifatidagi mol-mulkdan 2005-yil 1-yanvardan 2014-yil 1-yanvargacha mulk solig‘i to‘lashdan;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
plastik kartochkalar, sarflanadigan materiallar, grafik va elektron shaxslashtirish qurilmalari, terminallar, bankomatlar va plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalarni import qilishda 2014-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 12-iyuldan boshlab 2014-yil 1-yanvargacha o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklariga oid qismi bo‘yicha mulk solig‘idan, shuningdek ular import qilinganda bojxona to‘lovlari to‘lashdan;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkdan soliq to‘lash bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Banklar uyushmasi Mahalliylashtirish dasturi doirasida respublikada o‘z materiallari negizida mikrochiplari bo‘lgan plastik kartochkalar va to‘lov terminallari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish yuzasidan 2004-yil oxirigacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 16-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 24-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
445-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 16-son, 124-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkdan soliq to‘lash bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan bankomatlar, to‘lov terminallari, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari, kommutatsiya uskunalaridan va to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalardan mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash, shuningdek ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-avgustdagi 177-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 345-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 1-yanvardan boshlab 2014-yil 1-yanvargacha — bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalariga va to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalarga, shuningdek dasturiy ta’minlashga oid qismi bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 12-iyuldan boshlab 2014-yil 1-yanvargacha — o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklariga oid qismi bo‘yicha mulk solig‘i to‘lashdan ozod etilgan.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Mol-mulk qiymatini va soliq summasini hisoblab chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bankomatlar, terminallar, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari, kommutatsiya uskunalari va to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalar, shuningdek dasturiy ta’minlash bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash va bo‘shab qoladigan mablag‘larni hisobga olish maqsadida tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan yilning har choragida mazkur Nizomga ilovaga muvofiq tegishli mol-mulkning qiymati hisob-kitobi tuziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-avgustdagi 177-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 345-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. To‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk tarkibiga balansda turgan quyidagi mol-mulk:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankomatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish bo‘yicha terminallar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-avgustdagi 177-sonli qarori asosida to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 345-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish va ma’lumotlar massivlarini qayta ishlash uchun foydalaniladigan kompyuter uskunalari va serverlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan dasturiy ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommutatsiya uskunalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kart-riderlar (plastik kartochkalarni o‘qish va yozish uchun qurilma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxslashtiruvchilar (plastik kartochkalarga identifikatsiya belgilari qo‘yish qurilmasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilayotgan axborotni shifrlashda foydalaniladigan uskuna kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. To‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qiymatini hisoblab chiqish tijorat banklari tomonidan banklarning barcha filiallarini hisobga olgan holda jamlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. To‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha respublika soliq xizmati organlariga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mulk solig‘ini hisoblab chiqish tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 25-son va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2002-13-son qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 11-martda 1107 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Bo‘shab qoladigan mablag‘larni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bo‘shab qoladigan mablag‘larning buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 29-son, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2005-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 01-02/8-3-son qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005-yil 2-aprelda 1463 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona to‘lovlari va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-avgustdagi 177-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 345-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkning qiymati va qo‘llanilayotgan imtiyozlar summasi to‘g‘ri aniqlanishi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan to‘lovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun foydalanuvchi mol-mulkdan soliq to‘lash bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazining to‘lovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun foydalanadigan mol-mulki ro‘yxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

№‎

Mol-mulk nomi‎

Mol-mulkning
‎qoldiq qiymati‎

1.‎

Bankomatlar‎

2.‎

To‘lovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun terminallar‎

3.‎

To‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish hamda ma’lumotlar massivlarini qayta ishlash uchun foydalaniladigan kompyuter uskunalari va serverlar‎

4.‎

To‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar‎

5.‎

Kommutatsiya uskunalari‎

6.‎

Kart-riderlar (plastik kartochkalarni o‘qish va yozish uchun qurilma)‎

7.‎

Shaxslashtiruvchilar (plastik kartochkalarga identifikatsiya belgilari qo‘yish qurilmasi)‎

8.‎

Berilayogan axborotlarni shifrlash uchun foydalanadigan uskunalar‎

9.‎

O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari‎
Hammasi:‎
‎‎
‎200___y. “_____” ____________________________‎
‎‎Rahbar _____________________________________________________________‎

(imzo)‎

‎‎Bosh buxgalter‎______________________________________________________

(imzo)‎ ‎

(ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-avgustdagi 177-sonli qarori asosida 9-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 345-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 38-39-son, 425-modda; 2006-y., 24-son, 219-modda; 2007-y., 33-34-son, 345-modda; 2008-y., 20-21-son, 177-modda; 2010-y., 16-son, 124-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)