O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoni)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Haydarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-mart,
164-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 507-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovaning 34-pozitsiyasi “Mas’ullar” ustunidagi “O‘zbekyengilsanoat” AK” so‘zlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus ko‘rsatish va amalga oshirish uchun mas’ul yirik korxonalarning tarkibiy bo‘linmalarini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 19-modda) 1-ilovaning 17-bandidagi “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida zamonaviy to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-oktabrdagi 305-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 45-son, 546-modda) 2-bandi yettinchi xatboshidagi va 8 — 10-bandlaridagi “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika yengil sanoatini rivojlantirish va boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 2-iyuldagi 240-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2002-y., 13-son, 103-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarorining 30-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-martdagi 141-son qarorining 1, 2-bandlari va 13-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 7-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 12-son, 145-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzurida to‘qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2007-yil 13-avgustdagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 33-34-son, 342-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarorining 22-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6- son, 27-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Yengilsanoatservis” unitar korxonasini qayta tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 31-yanvardagi 24-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 4-5-son, 36-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” DAK ustav fondi miqdorining o‘zgarishi to‘g‘risida” 2013-yil 30-dekabrdagi 348-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 1-son, 6-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)