Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1725-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 11-maydagi 28-sonli ““Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1725-3, 24.05.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 6-sentabrdagi 82-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1725, 2007-yil 10-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 423-modda) bilan tasdiqlangan Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-yanvar,
14-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 14-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq oliy taʼlim yoʻnalishlari va ixtisosliklaridan biri boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy maʼlumotga ekvivalent deb tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlish yoxud Oʻzbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda (qonun hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiyadan oʻtgan taqdirda) olingan fizika-matematika yoki iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlish;”.
2. 5-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoxud fizika-matematika, iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy daraja olganligi toʻgʻrisidagi hujjat (nusxasi olinib, asli qaytariladi), yoxud oliy maʼlumot yoki ilmiy daraja toʻgʻrisidagi xorijiy hujjatning ekvivalentligini tan olish toʻgʻrisidagi vakolatli davlat organi guvohnomasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);”.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi bosh direktori F. IMINOV
2018-yil 31-yanvar
Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va ixtisosliklari
ROʻYXATI
1. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
2. Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
3. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)
4. Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
5. Moliya
6. Bank ishi
7. Sugʻurta ishi
8. Matematika
9. Amaliy matematika va informatika.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/1725-2/0822-son)