23.02.2018 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomototransport vositalaridan foydalanish jarayonida huquqbuzarliklarning oldini olish, avtomototransport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalariga rioya etish bo‘yicha javobgarligini oshirish, shuningdek, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishtirok etishi uchun teng sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-avgustdan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasi oshirish faoliyati davlat ta’lim muassasalari, shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash uchun qo‘shimcha litsenziya talablari hamda shartlari sifatida belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘quv jarayoniga darslar o‘zlashtirilishini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning mavjud bo‘lishi, har bir ta’lim oluvchini (tinglovchini) ushbu o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir o‘qituvchini o‘quv dasturlari, turli pedagogika texnologiyalaridan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik kartalar bilan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har biri kamida 40 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan ko‘p auditoriyalarning mavjud bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir auditoriyada videoproyektorlar, kompyuterlar, audio va video kuzatuv tizimlari, Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, shuningdek, o‘quv jarayoni va yakuniy test sinovining oshkoraligini ta’minlash uchun jarayonni yozib olish tizimining mavjud bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim oluvchilar bilimlarini yakuniy test sinovidan o‘tkazish uchun kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud bo‘lishi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilarning malaka oshirishdan o‘tishi shartligi belgilab qo‘yilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar, avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida boshqarayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa jismoniy shaxslardan tashqari — ikki yilda bir marta;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar — ma’muriy jazo muddati nihoyasiga yetgach va haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy hamda amaliy imtihonlar topshirgunigacha.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-sentabrdagi 504-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 09/23/504/0736-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Ichki ishlar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash tartibi nazarda tutilgan hukumat qarorining loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda — Xalqaro press-klubda ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda — bosma hamda elektron axborot vositalarini, shu jumladan butunjahon Internet tarmog‘ini keng jalb etgan holda, aholi o‘rtasida ushbu qarorning maqsadi va vazifalarining muntazam hamda har tomonlama yoritilishini tizimli asosda ta’minlasin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Toshkenboyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 23-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
139-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-sentabrdagi 504-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 09/23/504/0736-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-sonli qaroriga asosan 2018-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida ta’lim jarayonini takomillashtirish va o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 30-apreldagi 106-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 32-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 4-sentabrdagi 693-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 36-son, 958-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Belgilansinki, yuridik shaxslar avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish tadbirlarini moliyalashtirish ish beruvchilarning mablag‘lari hisobiga, boshqa shaxslarning esa — o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 4-band va 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu ilova 2-bandining “b” kichik bandi, 4 va 6-bandlari 2018-yil 1-avgustdan boshlab kuchga kiradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son; 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son; 30.09.2023-y., 09/23/504/0736-son)