Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2023 23.02.2018 yildagi 140-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2023
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 267-sonli “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi taʼlim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yoʻlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib boʻlish tuygʻusini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga boʻlgan ishonchni kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy armiyamizga jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda roʻy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish koʻnikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega yoshlarni tarbiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi boʻlish — bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va taʼsirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Konsepsiya asosida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning hududiy kompleks dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Dasturning bajarilishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etsinlar hamda yilning har choragi birinchi oyining beshinchi sanasigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturni bajarish yuzasidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda uning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturni bajarilishi yuzasidan yilning har choragi birinchi oyining oʻninchi sanasigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobotlarni taqdim etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri A.A. Azizov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 23-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
140-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 140-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KONSEPSIYASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari va asosiy prinsiplari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bogʻliq dolzarb vazifalar va ularni hal etish yoʻllari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, oila, mahalla, taʼlim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, oʻzaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Konsepsiyada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga jismonan va maʼnan sogʻlom avlodni tarbiyalashga oid yaxlit taʼlim-tarbiya tizimining uzviy va ajralmas qismi sifatida qaralib, Oʻzbekiston Respublikasini 2017 — 2021-yillarda rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi talablari asosida milliy va jahondagi ilgʻor tajribalar, bugungi Oʻzbekiston hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda takomillashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ona-Vatanimizni koʻz qorachigʻidek asrash, uning shuhratini dunyoga tarannum etish bilan bogʻliq eng muhim tushunchalar, hayotiy va professional koʻnikmalarni ilm-maʼrifat asosida yoshlarning qalbi va ongiga ilk bolalik davridan boshlab singdirib borish orqali Oʻzbekistonning haqiqiy vatanparvar fuqarolarini tarbiyalash Konsepsiyaning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — bu millati, tili va kasbidan qatʼi nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuygʻusini shakllantirish, ularni oʻz fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarining koʻp bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi va asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan aloqador boʻlgan davlat xizmati turlarida faollik koʻrsatish, tinch va harbiy sharoitda Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli boʻlish, ularda oʻz yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak masʼuliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yoʻlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib boʻlish tuygʻusini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga boʻlgan ishonchni kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy armiyamizga jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda roʻy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish koʻnikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega yoshlarni tarbiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi boʻlish — bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va taʼsirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi va uning asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi uzluksiz jarayon boʻlib, u bir-biriga bogʻliq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, gʻoyaviy-mafkuraviy, madaniy-maʼrifiy tadbirlar majmuasidan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qurolli Kuchlarning umumharbiy nizomlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq olib boriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari muntazam ravishda tizimli va ilmiy asosda tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim-tarbiya jarayonida ijtimoiy-maʼnaviy ahamiyatga molik qadriyatlarni, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy va harbiy-vatanparvarlik ishlarini amalga oshiradigan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek boshqa tashkilotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiylik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarixiylik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlik va tezkorlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazamlilik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faollik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim va tarbiya ishlarining uygʻunligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarbiya jarayonining izchilligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy-vatanparvarlik tarbiyasida erishilgan ijobiy natija va yutuqlarga tayanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning usul va shakllari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash usullari yoshlarda zarur hayotiy bilim, koʻnikma, mahorat va mustahkam irodani, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan, ularning ongi, ruhiyati va faoliyatiga taʼsir koʻrsatadigan omillardan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning usullari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishontirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashq qildirish va mustaqil ishlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kuzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrnak koʻrsatish va shaxsiy namuna.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash turli shakllarda, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob kechalari, kitobxonlik, oʻyinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tarzida va boshqa shakllarda tashkil etiladi. Ular maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning rang-barangligini taʼminlaydi, pirovard natijada jamiyatda sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda quyidagi shakllar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼruza oʻqish, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan harbiy xizmatchi va faxriylar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda gʻolib boʻlishgan shaxslar bilan uchrashuvlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalar, seminar-treninglar, muayyan mavzuga bagʻishlangan kechalar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻplangan ilgʻor tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik fikri va harbiy jamoalardagi maʼnaviy-ruhiy muhitni oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qoʻshiqlari, ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar va elektron oʻyinlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urush va mehnat faxriylari, jangovar harakatlar ishtirokchilari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatga chaqiriluvchilar kuni, mardlik saboqlarini oʻtkazish va ekskursiyalar uyushtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning bosqichlari va yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini tashkil etish, uning natijalari monitoringini yuritishni taʼminlaydigan asosiy institut hisoblanadi. Davlat yosh avlodning tarbiya jarayonini oilada, maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalarida, harbiy xizmat davomida, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, turli davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari doirasida tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari quyidagi toʻrt bosqichda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) birinchi bosqich (3 — 7 yoshdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabki tasavvurlar paydo boʻladigan bosqich hisoblanib, unda oila va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga turli sheʼrlar, kuy va qoʻshiqlar oʻrgatish, multfilm va turli oʻyinlar namoyish etish, rasmlar chizish orqali dunyoni anglash, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishish asosida ularda ona-yurtga muhabbatni shakllantirishni oʻz ichiga oladi. Ushbu bosqichda quyidagilarga asosiy eʼtibor qaratiladi:
(15-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish maqsadida ertak va hikoyalar aytib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ona-Vatanga muhabbat, Vatan himoyasi muqaddas burch ekani bilan bogʻliq mavzulardagi sheʼr va qoʻshiqlarni yod oldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarning tasavvurini kengaytirishga doir rasmlar chizdirish va jismoniy qobiliyatini mustahkamlash uchun turli musobaqa va tanlovlar tashkil etish, shu orqali ularni maʼnaviy ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi multfilmlar namoyish etish va turli oʻyinlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy muzeylar va harbiy-vatanparvarlik mavzusi bilan bogʻliq madaniyat va istirohat bogʻlariga ekskursiyalar uyushtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikkinchi bosqichda (7 — 16 yoshdagilar) oʻquvchilarning Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, ona-yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak masʼuliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga boʻlgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirish, harbiy xizmat nufuzini koʻtarish, yoshlarning jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish kabi ezgu ishlarga daʼvat etiladi. Bu bosqichda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonamiz qahramonlari haqidagi maqolalar, badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, mavzuli kechalar va qoʻshiq tanlovlari tashkil etish, spektakllardan lavhalar namoyish qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi yoshlar ishtirokida “Vatanimni koʻz qorachigʻidek asrayman”, “Yurt taqdiri — mening taqdirim” mavzularida insholar tanlovini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻlomlashtirish oromgohlarida “Temurbekning izdoshlari”, “Oʻzbekiston farzandlari botir boʻlur” kabi mavzularda sport musobaqalari va tadbirlar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy-vatanparvarlik mavzusida badiiy va hujjatli filmlar, multfilmlar namoyish etish va ularning muhokamasini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarga buyuk sarkardalarimizning hayoti va faoliyati haqidagi maʼlumotlarni kiritish, ularning jasorati, fidoyiligi va qahramonliklari toʻgʻrisida yorqin misollar asosida hikoya qilib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Temurbeklar maktablari, oliy harbiy taʼlim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning maxsus guruhlari va harbiy qismlarga ekskursiyalar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofotiga sazovor boʻlgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar oʻtkazish, ular erishgan yutuq va natijalarni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta taʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida “Temurbek vorislari” harbiy-sport oʻyinlarini bosqichma-bosqich tashkil etishga alohida ahamiyat berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) uchinchi bosqich (16 — 18 yoshdagilar) yoshlarda Vatanga va uning himoyasi uchun munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlikni taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Mazkur bosqichda yuqoridagi vazifalarga qoʻshimcha ravishda quyidagi masalalarga eʼtibor qaratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, harbiy xizmatga nisbatan ularning mustaqil fikri va ijobiy qarashlarini shakllantirish, vatanparvarlik tuygʻularini kuchaytirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi yoshlarning nazariy va amaliy bilim va koʻnikmalarini boyitish maqsadida mudofaa ishlari boʻlimlari va harbiy qismlar, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli sermazmun va qiziqarli tadbirlar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy armiyamiz uchun jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmatning ahamiyati, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) toʻrtinchi bosqich (18 — 30 yoshdagilar) yoshlarning jismoniy va maʼnaviy qobiliyati, yetakchilik koʻnikmalari va intellektual salohiyati, umumiy va professional malakasini oshirish, ularni oʻz ustida muntazam ishlash, sogʻlom hayot kechirishga undash va shunga erishishni nazarda tutadi. Ushbu bosqichda quyidagi jihatlarga eʼtibor qaratish talab etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yosh avlodni har tomonlama yetuk, intellektual va maʼnaviy salohiyati yuksak, ota-ona va Vataniga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashning ahamiyati toʻgʻrisidagi tasavvur va bilimlarni yanada boyitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vatan himoyasiga doimo tayyor boʻlish va Qurolli Kuchlar safida xizmat burchini oʻtayotgan yoshlar bilan faxrlanish, konstitutsion burch va Vatanga qasamyodga sodiqlik tuygʻularini shakllantirish;
(15-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmat sharoitlariga moslashish va harbiy ixtisosliklarni puxta egallash, har qanday qiyinchilikka tayyor turish, matonat va jasorat fazilatlarini mustahkamlash, qurol-aslaha, harbiy texnika, davlat va harbiy mulkni asrab-avaylash koʻnikmalarini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jangovar tayyorgarlik va harbiy mahoratni muntazam oshirib borish, harbiy jamoada qaror topgan oʻzaro yordam va doʻstona munosabatlarni qadrlash kabi fazilatlarni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarning oʻz tanlagan kasbini puxta egallashi va yetuk mutaxassis boʻlib yetishishi uchun yaqindan koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kitobxonlikni keng targʻib etish, jamiyatda yuksak maʼnaviyatni qaror toptirishda badiiy asarlarning roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy mafkuramizga zid boʻlgan yot gʻoyalarga qarshi tanqidiy qarash va mafkuraviy immunitetni, oʻziga ishonch, hushyorlik va ogohlik tuygʻularini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarda faol hayotiy pozitsiya va oʻzining mustaqil fikr-mulohazalarini aniq bayon eta olish, masʼuliyatni his etish, qatʼiy tartib va intizomga rioya qilish fazilatlarini shakllantirish, ularni qatʼiyatli boʻlishga oʻrgatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligi va mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligi ushbu jarayonning barkamol avlod tarbiyasiga, yoshlarning vatanparvarlik darajasiga qay darajada ijobiy taʼsir etgani bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasidagi samaradorlik darajasini aniqlashning muhim sharti yoshlarda vatanparvarlik, harbiy burch, jangovar anʼanalarga sodiqlik kabi xislatlarning real holatda yanada rivojlanishi va takomillashuviga ijobiy taʼsir etadigan omillarni muntazam ravishda hisobga olib, tahlil etib borishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim mezonlaridan biri oʻsib kelayotgan yosh avlod oldiga jamiyat tomonidan qoʻyilgan talablar bu borada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning maʼno-mazmuni, shakl va usullari bilan qay darajada mutanosib ekani bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur Konsepsiya yoshlar oʻrtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining samaradorligini oshirish, ularda yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, fuqarolik pozitsiyasi, Vatanni sevish va uni koʻz qorachigʻidek asrashga qaratilgan bilim va koʻnikmalarni oshirish uchun uslubiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Konsepsiyaning amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vatanparvarlik tuygʻusini yuksaltirish, milliy armiyamiz saflarini zamonaviy bilim va professional malakaga, mustahkam iroda, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan yoshlar bilan toʻldirib borish imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 140-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

1.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish hamda mazkur ishlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida masʼul vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning qoʻshma qarorini ishlab chiqish va qabul qilish.

2018-yil mart

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika M�ʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi

2.

Umumiy oʻrta taʼlim hamda kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun moʻljallangan chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik boʻyicha darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish, bunda buyuk sarkardalarning hayoti va sarkardalik mahorati, jasorati va qahramonliklari haqidagi maʼlumotlarni nazarda tutish.

2018 — 2020-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

3.

Mamlakatimizda Qurolli Kuchlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini targʻib qilish va jamiyatda harbiylik kasbiga hurmat va eʼtiborni yanada kuchaytirish maqsadida “maʼnaviyat soatlari”ni vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda tizimli tashkil etish.

2018-yil har oyda, maxsus ishlab chiqilgan reja asosida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Mudofaa vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, tegishli vazirliklar va idoralar

4.

Yozgi oromgohlar tarbiyalanuvchilari uchun “Men harbiy boʻlaman” mashgʻulotlarini tashkil etish.

iyun-avgust

Kasaba uyushmalari fedaratsiyasi, Mudofaa vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

5.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini mard va pahlavon yigit boʻlishga boʻlgan havaslarini oshirishga va ona-yurtga sodiq farzand boʻlish tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan “Jaloliddin bahodirlari nomli sport oʻyinlarini tashkil etib borish.

har yili 1-iyun arafasida

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

6.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilari ishtirokida “Temurbeklar” va “Burgutlar” harbiy sport oʻyinlarini tashkil etish.

har yili

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

7.

Oʻquvchi-yoshlarni har yili joylardagi harbiy qismlar, oliy harbiy taʼlim muassasalari va Temurbeklar maktablariga ekskursiyalarini muntazam tashkil etib borish rejasini ishlab chiqish.

har yili 1-dekabrgacha

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

8.

Umumiy oʻrta taʼlim hamda kasb-hunar taʼlimi muassasalarida harbiy tayyorgarlik sinf xonalarini tashkil etish, muassasalar sport zallarida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur sharoitlar hamda toʻsiqli yoʻlaklardan iborat sport maydonchalarini tashkil etish.

2018 — 2020-yillar davomida

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10 va 11-sinf oʻquvchilari uchun chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanini hamda fan rahbari va oʻqituvchilar shtat birliklarini kiritish.

2018-yil 1-aprel

Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

10.

Boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan harbiy xizmatchilar hamda urush qatnashchilari, boshqa jangovar harakatlar qatnashchilari ishtirokida mahallalarda aholi va yoshlar bilan rejali ravishda uchrashuvlar va davra suhbatlarini uyushtirib borish.

alohida reja asosida (har bir mahallada har chorakda kamida bir marotaba)

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

11.

Respublikamizning �archa tumanlari va chegaraoldi hududlarida, istirohat bogʻlarida aholi, ayniqsa yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishida qoʻshiqlar va harbiy orkestr musiqalarining, shuningdek, qishloq, tuman va viloyat koʻchalari boʻylab harbiy boʻlinmalarning harbiy orkestr jamoasi bilan saf qoʻshiqlarini muntazam ijro etib oʻtishlarini yoʻlga qoʻyish.

muntazam, alohida ishlab chiqilgan reja asosida

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari ansambllari va harbiy orkestr ijodiy jamoalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har yili Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning mintaqaviy boʻlinmalari aʼzolari, fan, madaniyat va sanʼat arboblari, sport vakillari ishtirokida chaqiruvga qadar yoshlar bilan “Harbiy xizmatga chaqiriluvchilar kuni” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.

har yili 1-fevralga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirlig� huzuridagi Jamoatchilik kengashi

13.

Hududlarda tarixiy va qoʻshin turiga oid qurol-yarogʻ va aslahalar, harbiy texnika koʻrgazmalari, tir va turli harbiylashtirilgan attraksionlar joylashgan harbiy-vatanparvarlik istirohat bogʻlarini tashkil qilish va faoliyatini takomillashtirib borish.

2018 — 2020-yillar davomida

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Harbiy qismlarda oʻtkaziladigan jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlariga sohibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkardalarning harbiy salohiyati va jang qilish sanʼati haqida mavzular kiritish.

2019-yildan boshlab

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya

15.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodda mardlik, jasurlik va vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan badiiy, hujjatli, xronikali filmlar, multfilmlar, shuningdek turli elektron oʻyinlar ishlab chiqilishini ichki dastur va rejalarga kiritish.

har yili, ishlab chiqilgan reja asosida

“Oʻzbekkino” milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

16.

Vatanimiz mustaqilligi yoʻlida qurbon boʻlgan harbiy xizmatchilarning xotirasini abadiylashtirish, ayni kunda oʻzining masʼuliyatli va sharafli burchini munosib ado etayotgan Vatan posbonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

har yili 1-dekabrgacha

Mudofaa vazirligi, Milliy axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

17.

Mudofaa vazirligi shtat birligi doirasida Qurolli Kuchlar media markazini tashkil etish hamda mavjud davlat va nodavlat telekanallari bilan hamkorlikda milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar, harbiy kasb mutaxassisliklari, harbiy kadrlar tayyorlash masalalari hamda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga yoʻnaltirilgan hujjatli va oʻquv filmlar, ijtimoiy videoroliklar, qoʻshiqlarga videokliplar tayyorlab borishni yoʻlga qoʻyish.

2018-yil 1-aprel

Mudofaa vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

18.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiylik kasbi nufuzini oshirish, harbiy xizmatchilar erishayotgan yutuqlar va ularning ijtimoiy himoyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar uyushtirish.

har oyda

Mudofaa vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 09/18/140/0816-son; 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)