19.02.2018 yildagi PF-5349-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini koʻrsatishga toʻsqinlik qilmoqda. Xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, mamlakatning olis aholi punktlari telekommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanmasdan qolmoqda, mobil aloqa va Internet tarmogʻining sifati aholi ehtiyojlarini qondirmayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, davlat boshqaruvi tizimiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etishda yagona texnologik yondashuvning samarali amalga oshirilmaganligi sababli idoraviy axborot tizimlari va resurslari alohida-alohida joriy qilinmoqda, buning oqibatida ularni yagona axborot makoniga integratsiyalash jarayoni murakkablashmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, elektron tijoratda integratsiyalashgan savdo va marketing platformalari, internet-doʻkonlar, toʻlov tizimlarini, shuningdek, logistika tizimlarini joriy etishga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti, bu iqtisodiyot va tadbirkorlik rivojlanishi, chet el investitsiyalari jalb qilinishi toʻxtatib turilishining sabablaridan biri boʻlmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, davlat axborot tizimlari va resurslarida axborot xavfsizligini va axborotni muhofaza qilishni taʼminlash ishlarining zaif tashkil etilganligi axborotdan ruxsatsiz foydalana olish, maʼlumotlar bazalarining butunligi va maxfiyligini buzish imkoniyatini oshirmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, koʻplab davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari tomonidan aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirish, byurokratik tartib-taomillarga barham berish, qogʻoz hujjat aylanishini kamaytirishga qaratilgan axborotlashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish loyihalarini amalga oshirish masalalariga yetarlicha eʼtibor berilmayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchidan, pochta aloqa xizmatlari va logistika tizimini modernizatsiya qilish, pochta aloqasi milliy operatori faoliyatining sifat jihatdan yangi uslublarini joriy etish va bozorda uning faoliyati mavqeyini oshirishga doir taʼsirchan choralar koʻrilmayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchidan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi IT-texnologiyalar rivojlanishining tezkor surʼatlarini hisobga olmayapti, shuningdek, taʼlim berishning ilgʻor uslublarini joriy etish uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari bilan samarali muloqotni tashkil qilish imkonini bermayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchidan, elektron hukumat, elektron tijorat, elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi, ularning shaffofligi va ochiqligi, shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanishida ancha ilgarilab ketgan mamlakatlarning tajribasini chuqur oʻrganish va joriy etish boʻyicha tizimli ish olib borilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, elektron davlat xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlari spektrini kengaytirish, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi) hamda Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarini Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufiga oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi” davlat muassasasini Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi tuzilmasiga berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik ikki hafta muddatda oʻtkazilayotgan tashkilotlarning shtat birliklari va binolari, shuningdek, ularga tegishli boʻlgan tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan pul mablagʻlarining Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligiga berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va qoʻllash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda munosabatlarni tartibga solish, elektron hukumatni joriy etish, axborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“oxirgi milya” tamoyili boʻyicha Internet tarmogʻidan keng polosali foydalanishni kengaytirish, multiservisli aloqa tarmoqlari texnologiyalari, mobil aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, logistika va pochta aloqasi xizmatlari orqali telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy etish, idoralararo oʻzaro elektron hamkorlikni tashkil qilish, yagona elektron reyestrlar va maʼlumotlar bazalarini, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tizimlarini shakllantirishga yagona texnologik yondashuv amalga oshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilishga koʻmaklashish, raqamli iqtisodiyot oʻsishini ragʻbatlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar va hududiy infratuzilmani, shu jumladan kelgusida integratsiyalashgan, “aqlli” va “xavfsiz” shahar yagona kompleksiga birlashtirgan holda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, transport logistikasini, shoshilinch xizmatlarni boshqarishning zamonaviy intellektual tizimlarini joriy etish va rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy raqobatbardosh va eksport uchun moʻljallangan dasturiy mahsulotlar hamda xizmatlarning mahalliy ishlab chiqarilishini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, shart-sharoitlar yaratish va investitsiyalarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi xorijiy kompaniyalar va taʼlim muassasalarining eng yaxshi amaliyoti asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida strategik va loyiha boshqaruvi, menejment, marketing boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiya va pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida axborot xavfsizligi boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilayotgan telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarining yuqori sifatini taʼminlash maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini qoʻllash va rivojlantirish masalalari boʻyicha, shu jumladan, texnik standartlar, reglamentlar joriy etilishini tashkil qilish, shuningdek, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiradigan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanishda yangi axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar, maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqishga, birinchi navbatda, aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatini va tezkorligini oshirishga, byurokratik tartib-taomillarga barham berishga, qogʻoz hujjat aylanishini kamaytirishga qaratilgan elektron davlat xizmatlarini joriy etishga ustuvor eʼtibor qaratadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan rahbarlari va boʻlinmalari xodimlari uch yilda bir marta mos ravishda Vazirlik va uning hududiy boshqarmalarida attestatsiyadan oʻtadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul tarkibiy boʻlinma rahbarlari (boʻlinma mavjud boʻlmaganda masʼul xodimlari) tegishliligi boʻyicha Vazirlik va Vazirlikning hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadilar.
(3-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi ikki oy muddatda “Oʻzbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi milliy operatoriga agent sifatida bank va sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish, shu jumladan toʻlovlarni qabul qilish va oʻtkazish, bank kartalariga xizmat koʻrsatish, aholining boʻsh pul mablagʻlarini jalb qilish, ixtiyoriy va majburiy sugʻurta qilish xizmatlari va autsorsing shartlarida boshqa xizmatlarni koʻrsatish huquqlarini taqdim etish masalasini oʻrgansin hamda ushbu bandni amalga oshirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlik Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston pochtasi” AJni, shu jumladan chet el maslahatchilarini jalb qilgan va ilgʻor xalqaro tajribani oʻrgangan holda isloh qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi operatorlari va kuryerlarining tarmogʻini rivojlantirish, xorijda xalqaro pochta joʻnatmalarining almashinuv punktlarini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2018-yil 1-iyundan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmogʻidagi elektron savdo maydonchalari orqali, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha ayrim tovarlardan tashqari, tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qatʼi nazar, chakana savdo hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarini jalb qilish, oʻz IT-infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, Vazirlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Vazirlik xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari Vazirlik hayʼati tomonidan aniqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga masʼul boʻlgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat budjetidan, davlat budjetidan ajratilmagan boʻlsa, ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi;
(7-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga masʼul boʻlgan boʻlinma rahbarlari har yil yakunlari boʻyicha Vazirlik qarori asosida axborot tizimlari, elektron davlat xizmatlari va axborotlashtirishni joriy etish rejalari va dasturlarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilganligi uchun, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda mukofotlanadi.
(7-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 1-avgustga qadar muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2018 — 2020-yillarga moʻljallangan hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturlarini va ustuvor loyihalarning manzilli roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining sifatli mobil aloqa, Internet tarmogʻidan keng doirada foydalanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, taʼlim, kommunal xizmat koʻrsatish, turizm sohasida zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalarini joriy qilish, shuningdek, “aqlli” va “xavfsiz” shaharlar hamda hududlarni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, eksportbop dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda, ayniqsa, olis joylarda elektron davlat xizmatlarini taqdim etish tizimini yanada kengaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, dasturlarni va loyihalarning manzilli roʻyxatini moliyalashtirish Fond mablagʻlari hisobidan, tegishli hudud mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadigan abonent raqamidan foydalanganlik uchun kelib tushadigan summaning 5 foizgacha boʻlgan miqdorida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Farmonning 8-bandida nazarda tutilgan dasturlarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish va idoralararo muvofiqlashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha hududiy kengashlar tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturlar qabul qilinganidan keyin hududiy kengashlar tarkiblarini tasdiqlasin, shuningdek, dasturlar ijrosining har oyda koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kompyuterlashtirish markazi” DUKni “Elektron hokimiyat” axborot tizimini yaratish va joriy etishni asosiy vazifa deb belgilagan holda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUKga aylantirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlik hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, shu jumladan uning filiallarida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda oʻquv jarayonining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish surʼatlari bilan uzluksiz aloqasini taʼminlashni hisobga olgan holda mustaqil ravishda oʻquv rejalar va dasturlar, bitiruvchilar uchun malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professor oʻqituvchilar tarkibi mehnatini oʻqitishning kredit tizimi shartlaridan kelib chiqib faqat taʼlimga xos tadbirlar asosida ish vaqti hisobga olinishiga asoslangan holda mustaqil normalashni amalga oshirish, shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini ragʻbatlantirish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda kredit tizimi boʻyicha oʻqitish tartibini belgilaydigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlik va Inspeksiya faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlari loyihalarini kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Vazirlik va Inspeksiya toʻgʻrisidagi yangilangan nizomlarni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 19-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5349-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5349/0792-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son; 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)