09.02.2018 yildagi 104-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki korxonalari va mulkini sotishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalarni yanada jalb qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzmilliybank” deb ataladi) investitsiya faoliyatini kengaytirish, resurs bazasini mustahkamlash, shuningdek, bankrot korxonalar negizida raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son Farmoniga va xoʻjalik sudlarining bankrot deb eʼlon qilingan “Bolalar taomlari xolding” OAJ, “Oʻzbek qogʻozi” OAJ va “Oʻzolmonxotels” QK MChJ mulki “Oʻzmilliybank”ka berilgani, ular negizida “Kinder Fruits”, “Toshkent Qogʼozi” va “Xorazm Palace” MChJlar tashkil etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Namangan To'qimachi” MChJning ishlab chiqarishda foydalanilmayotgan umumiy yer maydoni 30,1 gektar boʻlgan mulki “Tubo Textile” MChJ UXKning xarid toʻlovlari boʻyicha “Oʻzmilliybank” oldidagi qarzini kamaytirish hisobidan ushbu bankka berilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzmilliybank”ning “Kinder Fruits”, “Toshkent Qogʼozi” va “Xorazm Palace” MChJlar ustav kapitalidagi ulushini, shuningdek, avval “Namangan To'qimachi” MChJga tegishli boʻlgan va narxni bosqichma-bosqich kamaytirish mexanizmini belgilangan tartibda qoʻllagan holda ochiq savdolarga bir necha marta qoʻyilgan mulkni yangi investorlarga sotish boʻyicha “Oʻzmilliybank” tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar ularning baholash tashkilotlari belgilagan narxi yuqoriligi tufayli boʻlajak investorlarda qiziqish uygʻotmagani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzmilliybank ning “Kinder Fruits”, “Toshkent Qogʼozi” va “Xorazm Palace” MChJlar ustav kapitalidagi oʻz ulushini, shuningdek, ilgari “Namangan To'qimachi” MChJga tegishli boʻlgan mulkni — investorlar tomonidan faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish yoki ularning negizida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mavjud kreditorlik, shu jumladan “Oʻzmilliybank” va uning investitsiya kompaniyalari kiritgan investitsiyalar hamda zayomlar boʻyicha qarzlarni qoplash majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan “Oʻzmilliybank”ning ulushi va mulk balans qiymati boʻyicha kimoshdi savdosiga qoʻyish yoʻli bilan sotiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotib olish bilan bogʻliq toʻlovlarni amalga oshirishning eng uzoq muddati, xarid qiymati qoldiqlari boʻyicha foizlar hisoblanmasdan, 7 yildan ortiq boʻlmagan muddatni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kinder Fruits”, “Toshkent Qogozi” va “Xorazm Palace” MChJlarga “Oʻzmilliybank” investitsiya kompaniyalari tomonidan berilgan qarzlar boʻyicha qarz shartnomasining foizli daromadni hisoblamaslik shartlari saqlab qolinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorning 2-bandida qayd etilgan ulushlar va mulk Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining investitsiya faoliyatini ragʻbatlantirishga va banklar tomonidan korxonalarni yangi investorlarga sotishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 27-martdagi 71-son qarorida nazarda tutilgan tartibda mazkur qaror qoidalari hisobga olingan holda sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi 71-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalar yoki ularning ustav jamgʻarmalarida tijorat banklarining ulushlari, shuningdek, tijorat banklari tomonidan qarzdorlar majburiyatlari boʻyicha undirilgan va yangi investorlarga sotiladigan mol-mulk roʻyxatining 1, 4 va 5-pozitsiyalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi A.K. Mirsoatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 9-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
104-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 09/18/104/0787-son, 07.06.2019-y., 09/19/465/3248-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)