Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
107-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 300-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ustavi 10-bandining toʻqqizinchi xatboshidagi va 16-bandining oltinchi xatboshidagi “Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 4-avgustdagi 186-son qaroriga ilovaning 3-bandidagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar” soʻzlari “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) 8-bandining birinchi xatboshidagi “Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-martdagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 14-15-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondini gʻamlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 31-bandi ikkinchi xatboshidagi “mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari” soʻzlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 14-15-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Kuzatuvchi kengashi toʻgʻrisidagi nizomning 1.5-bandidagi “mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish” soʻzlari “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori “Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 41-modda) 7-bandining birinchi xatboshidagi “Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Yengil sanoat mahsulotlarining yarmarka savdosini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 28-yanvardagi 25-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matnida oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“po doljnosti — veduщiy spetsialist Informatsionno-analiticheskogo departamenta po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov”.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
17. Vazirlar Mahkamasining “Kioto protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining kompressor stansiyalarida tabiiy gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 23-iyundagi 175-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 26-son, 298-modda) ilovaning ikkinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining” soʻzlari “Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son)
21. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi hamda ilmiy-metodik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 4-son, 48-modda):
a) 1-ilovaning 15-bandidagi “Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimiga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi”.
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini axborot-metodik taʼminlash xizmati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 14-apreldagi 91-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 16-son, 179-modda) 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-dekabrdagi 354-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 52-son, 621-modda) bilan tasdiqlangan Naslchilikni rivojlantirish boʻyicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:
a) 15-banddagi “produksii i potrebitelskix tovarov” soʻzlari “i prodovolstvennoy produksii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova “11-y etap” pozitsiyasining “Meropriyatiya” ustunidagi “produksii i potrebitelskix tovarov” soʻzlari “i prodovolstvennoy produksii” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-yil 17-son, 206-modda) 1-ilovaning yigirma toʻqqizinchi xatboshidagi “Madaniyat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
26. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomning 12-bandidagi “Yoshlar siyosati, taʼlim, madaniyat va sport” soʻzlari “Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
28. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qoidalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida” 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 45-son, 575-modda) 2-ilovada:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish axborot-tahlil departamenti mudiri, Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari”;
b) oʻn oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimiga koʻra — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining shuʼba mudiri, Jamoatchilik kengashi kotibi”.
29. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 46-son, 584-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqishga sertifikat olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 9-bandining rus tilidagi matnida “zdravooxraneniya, ekologii i oxrani okrujayuщey sredi” soʻzlari “obrazovaniya, zdravooxraneniya, ekologii, oxrani okrujayuщey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining “Har yillik “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 69-modda) 3-ilovaning yigirma toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimiga koʻra — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-maydagi 250-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda) 5-bandining uchinchi xatboshidagi “Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar” soʻzlari “Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlar uchun oʻquv kurslari tashkil qilish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi 602-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 816-modda) 11-bandining uchinchi xatboshidagi “Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish” soʻzlari “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 467-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 5-martdagi 112-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y.,3-son, 16-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 48-49-son, 494-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 18-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 31-maydagi 138-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 31-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 41-modda) 1-ilovaning 6-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 18-modda) 1-ilovaning 8-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori)” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) 1-ilovaning 24-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qarori)” 2008-yil 20-maydagi 100-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 19-modda) ilovaning 3 va 6-bandlari.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qarori)” 2008-yil 20-sentabrdagi 213-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 39-son, 394-modda) ilovaning 7-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-oktabrdagi PQ-1211-son qarori)” 2009-yil 10-noyabrdagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 11-son, 72-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 7-avgustdagi PQ-1798-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2012-yil 7-avgustdagi PQ-1799-son qarorlari)” 2012-yil 6-sentabrdagi 261-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 64-modda) ilovaning 7-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va ehm uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 6-dekabrdagi 344-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 50-son, 558-modda).
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-378-son Qonuni)” 2015-yil 31-martdagi 74-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 3-son, 22-modda) ilovaning 6-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-dekabrdagi 698-f-son farmoyishi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son; 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)