1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TIJORAT FAOLIYATI UChUN MOʻLJALLANGAN TOVARLARNI OLIB KELUVChI YuRIDIK ShAXS BOʻLMAGAN YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARNI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh, HISOBGA QOʻYISh VA IMPORT OPERATSIYALARI SUBʼEKTLARINING HISOBGA OLISh KARTALARINI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 12-avgustdagi 387-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tijorat faoliyati uchun tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti jismoniy shaxslarning buyum bozorlaridagi tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar, jismoniy shaxslarga savdo oʻrinlari noqonuniy berilganligi uchun buyum bozorlari (savdo komplekslari)ning rahbarlari va mansabdor shaxslarini jinoiy jazolashgacha javobgarlikka tortsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 2-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
413-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni (keyingi oʻrinlarda matnda “yakka tartibdagi tadbirkor” deb yuritiladi) davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi va muddatini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizomning amal qilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyatning boshqa turlari bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularni hisobga qoʻyish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha uning oʻzi shaxsan kelgani holda davlat soliq inspeksiyasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida undiriladi, yigʻimdan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat soliq inspeksiyasiga (shaxsan kelib) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ariza taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi sabablari koʻrsatilgan qaror zarur hujjatlar ilova qilingan holda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab uch kundan kechikmay davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat soliq inspeksiyasi jismoniy shaxs tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berilgandan keyin yetti kun mobaynida unga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani yoki yozma ravishdagi sabablari koʻrsatilgan rad javobini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorning roʻyxatdan oʻtish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalardan oʻtishi kartochkasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhr va shtamp tayyorlashga ichki ishlar organining ruxsatnomasi nusxasini eskizlarning bir nusxasi bilan birgalikda beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida va bojxona organlarida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishi;
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsatnomani tuman (shahar) hokimligida belgilangan tartibda rasmiylashtirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma faqat barcha zarur roʻyxatdan oʻtish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalardan oʻtilgandan keyin olinadigan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi mavjud boʻlgan taqdirda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha davlat reyestriga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat soliq inspeksiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab uch kun mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shakl boʻyicha ariza beruvchining yashash joyidagi ichki ishlar organlariga maʼlumotlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Faoliyat turi oʻzgargan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkor tegishli davlat soliq inspeksiyasiga Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani va Import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasini topshirishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor), zarurat boʻlganda, vakolatli banklarda va foydalanish tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun obyektlar qurish, ularni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish hamda turar joylarni noturar joylar toifasiga oʻtkazish uchun zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtiradi. Ruxsat beruvchi tartib-qoidalarni rasmiylashtirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasiga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida roʻyxatdan oʻtish tartibi
(III boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Jismoniy shaxsni tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(14-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza (pasportga doir maʼlumotlar, manzillar, aloqa qilinadigan telefonlar va import qilinadigan mahsulot nomlari koʻrsatilgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor)ning pasporti nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi zarur tarzda rasmiylashtirilgan hujjatlar olingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisini tegishli roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami ostida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari reyestriga kiritadi va unga import qilinadigan mahsulotning nomlari ilova qilingan holda belgilangan namunadagi roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi (mazkur Nizomga 4-ilova) yoki sabablarini koʻrsatgan holda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Yakka tartibdagi tadbirkor tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun ariza berilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorda roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi undiriladi. Ushbu mablagʻlardan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan mustaqil foydalaniladi va tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha xarajatlarni qoplashning manbai hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi guvohnomasining asl nusxasi yoʻqotilganda yoʻqotganlik toʻgʻrisidagi ariza asosida yakka tartibdagi tadbirkorga dublikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi guvohnomasining amal qilish muddati — bir yil. Mazkur muddat tamom boʻlgandan keyin Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi guvohnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, bu hujjatlar qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni bojxona organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Yakka tartibdagi tadbirkor tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun yashash joyi boʻyicha davlat bojxona xizmatining hududiy organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy yashash joyi manzili koʻrsatilgan holda bojxona organlarida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisining guvohnomasi nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorning roʻyxatdan oʻtish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalaridan oʻtishi kartochkasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bojxona organi ikki kundan ortiq boʻlmagan muddatda (hujjatlar berilgan kun bu hisobga kirmaydi) tartib raqami va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari masʼul shaxslari imzosi qoʻyilgan tartib raqami va roʻyxatdan oʻtkazish sanasi koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorning roʻyxatdan oʻtish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalari kartochkasining bojxona belgilari qoʻyish uchun maxsus ajratilgan joyga roʻyxatdan oʻtkazish shtampini bosadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Import qilingan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuk bojxona deklaratsiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan T-6 shakl boʻyicha bojxona deklaratsiyasi (naqd xorijiy valyuta va/yoki yoʻl cheklari olib chiqilishini tasdiqlash uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan T-6 shakl boʻyicha bojxona deklaratsiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kirilgan tovar qiymati olib chiqilgan naqd xorijiy valyuta va/yoki yoʻl cheklari summasidan koʻpayish tomonga farq qilishi aniqlanganda pul mablagʻlari olish legitimligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi bilan birgalikda tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi guvohnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport va tovarga ilova qilinadigan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya (litsenziyalanishi kerak boʻlgan tovarlar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart boʻlgan tovarlar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning kelib chiqish sertifikatlari (uning zarurligi kontraktda, olib kirish mamlakatining milliy qoidalarida qayd etilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarida nazarda tutilgan hollarda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fitosanitariya va karantin (veterinariya) sertifikatlari (tegishli hollarda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan bank hisob raqami ochilishi va hisob raqami boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Bank hisob raqami ochish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Bank hisob raqami ochilgandan keyin tijorat bankining boʻlimi tomonidan roʻyxatdan oʻtish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalaridan oʻtish kartochkasiga tegishli belgi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Yakka tartibdagi tadbirkor har kuni import qilingan tovar sotilishidan olinadigan tushumni xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul tushumini inkassatsiya qilish uchun belgilangan tartibda tijorat banklarining kassasiga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tijorat banki yakka tartibdagi tadbirkor talabiga koʻra uning hisob raqamida naqd pul mablagʻi mavjud boʻlgan taqdirda belgilangan tartibda naqd pul mablagʻlari beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Yakka tartibdagi tadbirkor xorijiy valyutani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat banklarining almashtirish punktlarida sotib oladi. Xorijiy valyutani olib chiqish bojxona haqidagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat beruvchi guvohnoma yakka tartibdagi tadbirkorga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat joyi boʻyicha tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Yakka tartibdagi tadbirkor, unga berilgan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsatnomada koʻrsatilgan savdo joyi oʻzgargan taqdirda, bu haqda tegishli davlat soliq inspeksiyasiga yozma ravishda xabar berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ruxsat beruvchi guvohnomaning amal qilishi xizmat koʻrsatuvchi bankning axboroti asosida davlat soliq xizmati organining taqdimnomasi boʻyicha bir hafta mobaynida sotish boʻyicha aylanmalar mavjud boʻlmaganda yoki inkassatsiya qoidalari buzilgan taqdirda toʻxtatib turiladi. Ruxsatnomani bergan tuman (shahar) hokimligi yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tovarlar tushishini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilganda ruxsat beruvchi guvohnomaning amal qilishini tiklashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkor tovar uchun respublika tashqarisiga chiqqan taqdirda, u chet elda boʻlgan davrda ruxsat beruvchi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor tegishli davlat soliq inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Yakka tartibdagi tadbirkorga davlat soliq inspeksiyasi tomonidan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan taqdim etilgan va mazkur Nizomga muvofiq rasmiylashtirilgan roʻyxatdan oʻtish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalaridan oʻtish kartochkasi asosida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan uch kun mobaynida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beradigan ruxsatnoma hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasining foto nusxasi yakka tartibdagi tadbirkorning davlat soliq inspeksiyasidagi hujjatlar yigʻma jildida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan bir xil seriya va tartib raqamiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida, biroq Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tomonidan berilgan tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisining guvohnomasi amal qilish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatda amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan import operatsiyalarining amalga oshirilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Yakka tartibdagi tadbirkor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida tovar operatsiyalari hisobini yuritishi va har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha olib kelingan tovarlarning harakati toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi olingan kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobga olish registrini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobga olish registri davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobga olish registrida ular tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sodir etilgan import operatsiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetga tegishli toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kelingan tovarlarning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining oʻzaro munosabatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi har oʻn kunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda oʻz faoliyatini toʻxtatgan (yoki vaqtincha toʻxtatgan) tadbirkorlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hisobot oyidan keyingi oyining 15-kunigacha har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan olib kelingan va olib chiqilgan tovarlar hajmi toʻgʻrisida shaxslarga doir axborotni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XI. Mazkur Nizom buzilganligi uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Mazkur Nizom talablari buzilganligi uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor) davlat organlarining qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) norozi boʻlgan yoki roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasini berish muddatlari buzilgan taqdirda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga yoxud sudga murojaat qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Tadbirkorlik faoliyatini yuritish tartibi, soliq haqidagi qonunlar, savdo qoidalari, kassa operatsiyalari qoidalari va naqd pul mablagʻlari aylanishi qoidalari hamda mazkur Nizom talablari buzilgan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan moliyaviy jazolar qoʻllaniladi hamda ular qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsatnomalarga ega boʻlmagan jismoniy shaxslarga savdo oʻrinlari berilgan taqdirda buyum bozorlariga, savdo komplekslariga (tashkilotlarga) va boshqa yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy jazolar qoʻllaniladi, ularning mansabdor shaxslari esa qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
_____________________________________________
(roʻyxatdan oʻtkazuvchi soliq organining nomi)
tumanining davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi
________________________________________ga
(DSI boshligʻining F.I.O.)
_______________________________________dan
(ariza beruvchining F.I.O.)
ARIZA
200__yil “___”_______gacha boʻlgan muddatga tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib ke-luvchi sifatida yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazishingizni iltimos qilaman.
Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman:
Pasport: seriya ________________________ № ____________________ ____________________ tomonidan ______________________________________________ da berilgan Uy manzili ________________________________________________________________________________ __________________________________________ telefon raqami __________________________________
(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimining imzosi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida GUVOHNOMA*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorning roʻyxatdan oʻtish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalardan oʻtishi ___- son kartochkasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
__________________________ tuman (shahri) davlat soliq
Sana: __________
inspeksiyasi tomonidan ____________________________________________________________________
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami _____________________________________________________
Faoliyat turi: chakana savdo qilish huquqi bilan eksport-import operatsiyalari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan va 200 ___ “__” ____________ gacha muddatga guvohnoma berilgan
_____________________________
_____________________________
(F.I.O.)
(imzo)
№ ____________________________________ 200_ y. “___” ___________________________________ MOʻ
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan
_____________________________
_____________________________
(F.I.O.)
(imzo)
№ ____________________________________ 200_ y. “___” ___________________________________ MOʻ
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ozbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi
Agency for foreign economic relations of the Republic of Uzbekistan
G U V O H N O M A C E R T I F I C A T E
Ushbu guvohnoma This certificate was issued on 200______________ y. “_______” _______________________________________da berildi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi Ozbekiston Respublikasi Reyestriga
Participant of foreign economic relations was included into the Registry of the Republic of Uzbekistan under registered number
_____________________________ - son boyicha kiritildi.
Guvohnomani qollash muddati The certificate is valid till
200........... y. “_______”___________________________________________________ gacha haqiqiydir.
(imzo, M.O.)
Ozbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi
Agency for foreign economic relations of the Republic of Uzbekistan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Import operatsiyalari subyektining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining inentifikatsiya raqami ______________________________________
Faoliyat turi: chakana savdo qilish huquqi bilan eksport-import operatsiyalari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida 200__ yil _____________ da -son bilan tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasida 200__ yil _________ da -son bilan tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan
3. ________________________________________________ boʻlimida _____________________-son hisob
(tijorat banki nomi)
raqami ochilgan
_________________________
Kod
4.______________________________________________ da ___________________________ bilan chakana
(savdo qilinadigan joy)
(tovarlar turi)
savdo qilish huquqini beradigan ruxsatnoma _________________________________________________ tuman (shahar) hokimligi tomonidan berilgan
200___yil “___” ___________ № _______________ Hisob kartasining amal qilish muddati yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 1 yil ______________________________________________ tumanining DSI boshligʻi _____________________
(F.I.O.)
_____________________________
____________________________
(imzo)
(sana)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasiz faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi.
(5-ilovaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8-sentabr 2005-y., 206-sonli qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qarorning 2-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Belgilansinki, buyum bozorlarida import isteʼmol tovarlari bilan chakana savdo qilish tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlganda, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganda import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26 va 37-bandlar quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yakka tartibdagi tadbirkorning oʻzi tomonidan import qilingan tovarlarni sotishda ruxsat beruvchi guvohnoma faqat roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi mavjud boʻlganda haqiqiydir”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bunda tijorat maqsadida olib kelingan tovarlarni sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar kunlik tushumni belgilangan tartibda bank muassasalarining kassasiga topshirishi shart”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-bandda “hamda uning” soʻzlaridan keyin “roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalar subyektining hisobga olish kartasiga, shuningdek” soʻzlari qoʻshilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-band quyidagi mazmundagi band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“46. Buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirayotgan va yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat soliq inspeksiyasida davlat roʻyxatidan oʻtmagan, tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor sotadigan joylarda import tovarlar mavjud boʻlishi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllanilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan faoliyat sifatida qaraladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46 va 47-bandlar tegishli ravishda 47 va 48-bandlar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelish niyatidagi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi va muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida Nizom bilan tartibga solinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bandning toʻrtinchi xatboshida “viloyatlar adliya boshqarmalarida” soʻzlaridan keyin “tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarida” soʻzlari qoʻshilsin.