Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017 12.08.2004 yildagi 387-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TIJORAT FAOLIYATI UChUN MO‘LJALLANGAN TOVARLARNI OLIB KELUVChI JISMONIY ShAXSLARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni import qilish va ularni sotish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar faoliyatini yanada tartibga solish, savdoning uyushgan, madaniyatli shakllarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar (“chetdan tovar olib keluvchilar”):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shart;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lganda, tegishli to‘lovlar to‘langan taqdirda savdo komplekslarida yakka tartibdagi tadbirkorning faqat o‘zi bevosita olib kelgan import tovarlar bilan chakana savdoni amalga oshirishga haqlidirlar.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2004-yil 1-sentabrdan boshlab tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar (“chetdan tovar olib keluvchilar”)ni yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jismoniy shaxsning yashash joyidagi tumanlar (shaharlar) Davlat soliq inspeksiyalarida (hozir bo‘lish tartibida) amalga oshiriladigan tartib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs bo‘lmasdan, import tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat bankida hisob raqamlari ochishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqiga ruxsatnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy banki, Adliya vazirligi yuridik shaxs bo‘lmasdan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va import operatsiyalar subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni 2004-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy soliq organlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarida ilgari davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs bo‘lmasdan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2004-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda yashash joyidagi tumanlar (shaharlar)ning Davlat soliq inspeksiyalarida qayta ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari tomonidan eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 2004-yil 1-sentabrdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs bo‘lmasdan tovarlar importi bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobga olish registri yuritilishini, unga sodir etilgan import operatsiyalari va budjetga tegishli to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki, mazkur qaror chiqqunga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan va “Vaqtincha saqlash” rejimida joylashtirilgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ilgari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 12-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
387-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 32-son, 366-modda, 34 — 36-son, 264-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 24-son, 269-modda; 2011-y., 45-46-son, 470-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; 2015-y., 29-son, 383-modda)