20.12.1999 yildagi 532-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.11.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OBYEKTLARNI DAVLAT MABLAGʻLARI VA HUKUMAT KAFOLATI OSTIDAGI KREDITLAR HISOBIGA BARPO ETISHDA QURILISH TAVAKKALCHILIKLARINI MAJBURIY SUGʻURTA QILISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha tomonlarning manfaatlarini himoya qilish, sugʻurta hodisalari oqibatida paydo boʻladigan qurilish tavakkalchiliklari qoplanishini va zararlar toʻlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obyektlarni davlat mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomda nazarda tutilgan tavakkalchiliklarni majburiy sugʻurta qilish boʻyicha cheklangan tariflar sugʻurta pulining 0,4 foizi miqdorida tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, 2000-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar — pudratchilar davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan obyektlarni qurish uchun pudrat shartnomalarini tuzishda Obyektlarni davlat mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq tavakkalchiliklarni majburiy sugʻurta qiladilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish pudrati shartnomalari boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlash faqat shartnomalar sugʻurta polislari mavjud boʻlgan taqdirda boshlanadi. Sugʻurta polisi sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta shartnomasida belgilangan sugʻurta mukofoti toʻlangandan keyin taqim etiladi.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda; )
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirliklar va idoralar idoraviy meʼyoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 20-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
532-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
20-dekabrdagi 532-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obyektlarni davlat mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Fuqarolik kodeksining 669-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan qurilish obyektlari boʻyicha tavakkalchiliklarni majburiy sugʻurta qilish (keyingi oʻrinlarda “sugʻurta qilish” deb ataladi) tartibi va shartlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan qurilish obyektlari boʻyicha tavakkalchiliklarni sugʻurta qilish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlari va meʼyoriy hujjatlarga muvofiq, shuningdek mazkur Nizomga binoan amalga oshiriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sugʻurta tashkiloti (keyingi oʻrinlarda “sugʻurtalovchi” deb ataladi) pudratchi va yoki sugʻurtalashdan manfaatdor boshqa shaxslarning (keyingi oʻrinlarda “sugʻurtalanuvchi” deb ataladi) mulkiy manfaatlarini, shuningdek qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sugʻurtalanuvchining javobgarligini sugʻurta qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sugʻurta qilish sugʻurta shartnomasida belgilangan sugʻurtalanuvchi va yoki boshqa shaxs foydasiga amalga oshiriladi. Sugʻurtalanuvchiga va bunday shaxsga sugʻurta qilingan mol-mulk nobud boʻlishi yoki shikastlanishidan yetkazilgan zarar toʻlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mashinalar, ularga ehtiyot qismlar, materiallar va qurilish maydonida boʻlgan hamda sugʻurta shartnomasida qayd etilgan qurilish va montaj buyumini oʻzida ifodalaydigan boshqa mol-mulk, shuningdek qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sugʻurtalanuvchining javobgarligi sugʻurta qilish obyektlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Nizom boʻyicha sugʻurta qilish tavakkalchiliklarning quyidagi guruhlari qoplanishini taʼminlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin, chaqmoq, portlash, uchuvchi apparatlarning qulashi, oʻz-oʻzidan yonish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻgʻirlik va uchinchi shaxslarning qasddan sodir etgan harakatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv toshqini va suv bosishi, quvurlarning yorilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻron, dovul;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zilzila, sel, koʻchki, tuproqning choʻkishi, oʻpirilish, qulash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qisqa tutashuv, ortiqcha kuchlanish, elektr yoylari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashina va mexanizmlar, qurilish materiallari va konstruksiyalarning qulab tushishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nuqsonli materiallar va konstruksiyalarni ongsiz ravishda qoʻllashdan koʻrilgan zarar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslar oldida fuqarolik javobgarligi paydo boʻlishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Polisning yoki tavakkalchiliklarni sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish muddati sugʻurtalovchi va sugʻurtalanuvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra qurilish pudrati shartnomasining muddatiga muvofiq belgilanadi. Obyektni foydalanishga topshirish muddati uzaytirilgan taqdirda, polis tomonlarning qoʻshimcha kelishuviga koʻra belgilanadigan qoʻshimcha sugʻurta toʻlovi toʻlanishi sharti bilan amal qilishda davom etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. SUGʻURTALOVCHINING JAVOBGARLIGI CHEGARASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sugʻurtalovchining javobgarligi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurta puli bilan cheklanadi. Qurilayotgan obyekt toʻliq qiymatining 80 foizidan ortiq boʻlmagan qismi yoki ilgari bajarilgan ishlar hajmi, shu jumladan materiallar qiymati hisobga olingan holda rejalashtirilayotgan yilda barpo etilayotgan obyekt qiymatining bir qismi tomonlarning kelishuviga koʻra sugʻurta puli boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun sugʻurtalanuvchining javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tovoni sugʻurtalashning butun muddati uchun sugʻurta shartnomasida belgilangan javobgarlik limitlari doirasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchi uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga zarar yetkazilishi bilan bogʻliq xarajatlarni sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs yetkazilgan zarar uchun albatta javob bergan taqdirdagina toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sugʻurta shartnomasida bir hodisa boʻyicha javobgarlik limiti belgilangan boʻlsa, ayni bir sugʻurta hodisasi tufayli kelib chiqqan barcha zararlar boʻyicha tovon puli, shu jumladan zararning oldini olish yoki uni qisqartirish boʻyicha xarajatlar ushbu limitdan ortiq boʻlishi mumkin emas. Sugʻurtalovchi shuningdek sugʻurta hodisasidan keyin hududni tozalash bilan bogʻliq oqilona xarajatlarni ham toʻlaydi, biroq u sugʻurta pulining 2 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta hodisasidan keyin hududni tiklash ishlarini olib borish uchun yaroqli holga keltirish uchun amalga oshirilishi kerak boʻlgan xarajatlar tozalash boʻyicha xarajatlar deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sugʻurtalovchining javobgarligi sugʻurtalangan mol-mulk qurilish maydoniga tushirilgan paytdan boshlanadi, biroq sugʻurtalanuvchi tomonidan sugʻurta uchun sugʻurta toʻlovi amalda toʻlangan sanadan va sugʻurta shartnomasida qayd etilgan sanadan oldin boshlanmaydi. Sugʻurtalovchining javobgarligi qurilish, montaj qilish, asbob-uskunalarni boʻsh va ish holatida sinashning butun davri mobaynida davom etadi hamda obyektni foydalanishga topshirish paytida, biroq sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sanadan kechikmay tamom boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. UMUMIY ISTISNOLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Nizomga muvofiq tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha quyidagilar natijasida bevosita yoki bilvosita paydo boʻladigan zararlar qoplanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har xil harbiy harakatlar yoki harbiy tadbirlar va ularning oqibatlari, minalar, bombalar, boshqa urush qurollarining taʼsiri, xalq gʻalayonlari va ish tashlashlar, terrorizm, musodara qilish, rekvizitsiya, mol-mulkni xatlab qoʻyish, harbiy yoki fuqaro maʼmurlari va biror bir siyosiy tashkilotlarning farmoyishiga koʻra mol-mulkning yoʻq qilinishi yoki shikastlantirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadro portlashi, radiatsiya va radioaktiv zaharlanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalanuvchining, foydasiga sugʻurta tuzilgan shaxsning yoki ularning vakillarining qasddan qilgan harakati yoki qoʻpol ehtiyotsizligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalanuvchiga, foydasiga sugʻurta tuzilgan shaxslarga yoki ularning vakillariga sugʻurta hodisasi boshlangungacha maʼlum boʻlgan xatolar, kamchiliklar yoki nuqsonlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilmagan ishlarning qisman yoki umuman toʻxtatilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim buyumlarning korroziyaga uchrashi, chirishi, tabiiy eskirishi, oʻzidan-oʻzi yonishi yoki boshqa tabiiy xossalari, bunda ushbu hodisalar keltirib chiqargan baxtsiz hodisalar natijasida boshqa sugʻurta qilingan buyumlar shikastlanishidan koʻrilgan zararning oʻrni qoplanishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilmagan tajriba yoki tadqiqot ishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish texnikasi va transport vositalari ichki tomonining tashqi omillarga bogʻliq boʻlmagan holda sinishi natijasida shikastlanishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sugʻurtalovchi shuningdek obyektlar qurilishida foydalaniladigan nuqsonli materiallar, buyumlar yoki ularning qismlari almashtirilishi, tuzatilishi yoki sozlanishi qiymatini, shuningdek ishlarni amalga oshirishdagi xatolar qiymatini ham toʻlamaydi. Ushbu istisno daxl qilingan nuqsonli materiallar va buyumlar bilangina bevosita cheklanib qoladi, ammo materiallar yoki ishlardagi bunday nuqsonlar natijasida toʻgʻri qurilgan obyektlar va buyumlarga yetkazilgan zarar qoplanishini istisno qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yonilgʻi-moylash materiallari, kimyoviy moddalar, sovutish suyuqliklari va boshqa yordamchi materiallar, sugʻurta qilingan obyekt tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (sugʻurtalangan tavakkalchiliklar uchun zarur boʻlgan qurilish obyektlaridan tashqari), qimmatbaho metallar, toshlar, sanʼat asarlari, hujjatlar va qimmatli qogʻozlarning nobud boʻlishi yoki shikastlanishi, shuningdek faqat xatlov paytida aniqlangan zarar, boy berilgan foyda yoki shartnomaviy jarimalar singari biror-bir bilvosita zarar sugʻurta bilan qoplanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. SUGʻURTA SHARTNOMASINI TUZISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Sugʻurta shartnomasi sugʻurtalanuvchining yozma ariza-anketasi asosida tuziladi, unda tavakkalchilik darajasi toʻgʻrisida bir fikrga kelish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻladi va sugʻurtalovchi tomonidan imzolanadigan sugʻurta polisi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalanuvchi ariza-anketa bilan bir vaqtda tavakkalchilik darajasini baholash uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma tuzilgandan keyin unga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tomonlar imzolagan, sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisining uzviy qismi boʻlib qoladigan qoʻshimcha bitimlar bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sugʻurtalanuvchi sugʻurtalovchiga sugʻurta uchun sugʻurta toʻlovini toʻlashga majbur. Sugʻurta toʻlovini toʻlash boshlangungacha sugʻurta shartnomasining sugʻurtalovchining majburiyatlariga oid qismi kuchga kirmaydi. Sugʻurta toʻlovi foizdagi toʻlov stavkasini jami sugʻurta summasiga koʻpaytirgan holda hisoblab chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta toʻlovi miqdori sugʻurtalash muddatlarining davomiyligiga va tomonlarning ahdlashuvi boʻyicha sugʻurta toʻlovining umumiy miqdoriga bogʻliq holda tabaqalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sugʻurtalanuvchi sugʻurtalovchini sugʻurta summasi oʻzgarganligi, shuningdek tomonlar sugʻurta toʻgʻrisidagi shartnomani imzolashgandan keyin tavakkalchilikda boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilishi shart. Obyekt qiymatini 10 foizdan ziyod koʻpaytiruvchi oʻzgartirishlar sugʻurtalovchiga shartnoma shartlarini qayta koʻrib chiqishni talab qilish huquqini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sugʻurtalovchi sugʻurta hodisalarining oldini olishni taʼminlovchi shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan oldini olish tadbirlarini qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash uchun tushadigan mablagʻlarning ikki foizi doirasida mablagʻ bilan taʼminlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Agar sugʻurtalanuvchiga va sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxsga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra ishlar uch oydan ortiq boʻlmagan davrga toʻxtatib turilsa, sugʻurta shartnomasining amal qilishi tomonlar oʻrtasidagi qoʻshimcha bitimga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan davrga toʻxtatib turilishi mumkin va u sugʻurtalanuvchining yozma shakldagi bildirishnomasidan keyin ishlar qayta tiklanganda, sugʻurta davrini ishlar toʻxtatib turilgan davrga koʻpaytirgan holda, qoʻshimcha sugʻurta toʻlovisiz yangidan kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish obyekti sugʻurtalanuvchiga va sugʻurtalash uning foydasiga tuzilgan shaxsga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra konservatsiya qilinganda sugʻurta shartnomasi boʻyicha qolgan davr uchun mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan sugʻurta toʻlovining bir qismi sugʻurtalovchi tomonidan qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa barcha hollarda sugʻurta davri faqat tomonlarning ahdlashuvi boʻyicha, miqdori tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadigan qoʻshimcha sugʻurta toʻlovi toʻlangan holda uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ishlarni jadallashtirish natijasida qurilishning belgilangan muddati sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurta muddati tugashidan ilgari tugasa sugʻurta toʻlovi qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. SUGʻURTA HODISASI BOSHLANGANDA TOMONLARNING OʻZARO MUNOSABATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sugʻurta hodisasi boshlanganda sugʻurtalanuvchi yoki sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs, sugʻurtalovchining soʻrovnomalarini yoki talablarini kutib oʻtirmasdan, koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni kamaytirishning imkoni boʻlgan barcha choralarini koʻrishi va 7 kalendar kundan kechikmay sugʻurtalovchini sodir boʻlgan hodisadan yozma ravishda xabardor qilishi shart. Sugʻurtalovchi xabarni olgandan keyin 3 kun mobaynida obyektni koʻzdan kechirib chiqishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sugʻurtalanuvchi mazkur mol-mulk boʻyicha boshqa sugʻurta tashkilotlari bilan tuzilgan barcha sugʻurta shartnomalari toʻgʻrisida sugʻurtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalanuvchi barcha rejalar, spetsifikatsiyalar, topshiriqnomalar, dublikatlar yoki nusxalarni hamda sugʻurta hodisasi boshlanishi holatlari va sabablari toʻgʻrisida xulosa chiqarish imkonini beruvchi boshqa zarur hujjatlarni sugʻurtalovchiga taqdim etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sugʻurtalanuvchining yozma arizasi olingandan va sugʻurta tovoni toʻlash toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar olingandan keyin komissiya tuziladi, komissiya tarkibiga sugʻurtalanuvchining va sugʻurtalovchining vakillari, shuningdek, zarurat boʻlganda, manfaatdor shaxs hisobiga vakolatli tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Sugʻurtalovchining vakillari vaziyatni, zarar xarakterini va miqdorini aniqlash uchun sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan joyga erkin kira olishi hamda sugʻurtalanuvchi va sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxsning tegishli hujjatlaridan bemalol foydalana olishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchi va sugʻurtalanuvchi oʻrtasida vaziyatlar, zararning xarakteri va miqdori boʻyicha kelishmovchiliklar boʻlgan taqdirda masala ekspert komissiyasi tomonidan hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qaysi tomon oʻz ekspertini tayinlaydi va bu toʻgʻrida ikkinchi tomonni xabardor qiladi hamda oʻz eksperti xizmatiga haq toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu qoida tomonlarning kelishmovchiliklarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda hal etish boʻyicha huquqlarini cheklamaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sugʻurtalanuvchi shikastlangan mol-mulk va hodisa roʻy bergan joy sugʻurtalovchining vakillari tomonidan koʻzdan kechirilgach hamda sugʻurta hodisasi oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha xatti-harakatlar sugʻurtalovchi bilan yozma ravishda kelishib olingandan keyin, imkoniyatga qarab sugʻurta hodisasi oqibatlarini bartaraf etishga (almashtirishga, tuzatishga) kirishishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Sugʻurtalovchi yoki uning vakili sugʻurtalangan mol-mulkni qutqarishda va saqlab qolishda, buning uchun zarur choralarni koʻrgan yoki koʻrsatgan holda, qatnashish huquqiga ega. Sugʻurtalovchining yoki uning vakillarining ushbu xatti-harakatlari sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatini eʼtirof etish hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sugʻurta tovoni sugʻurta hodisasi eʼtirof etilgandan va koʻrilgan zarar miqdorini hamda toʻlanishi kerak boʻlgan sugʻurta tovoni summasini aniqlovchi dalolatnoma komissiya tomonidan imzolangandan keyin besh bank kuni mobaynida toʻlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Nobud boʻlgan mol-mulk uchun tovon summasi uni tiklash yoki sugʻurta hodisasi vaqtidagi almashtirishlar qiymati bilan, ushbu summalardan qaysi biri kamroqligidan kelib chiqqan holda, cheklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikastlangan mol-mulkni tuzatish xarajatlari uning haqiqiy qiymatidan yoki sugʻurta hodisasi vaqtidagi almashtirish qiymatidan ortib ketgan taqdirda u nobud boʻlgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mol-mulk shikastlangan taqdirda uni bevosita sugʻurta hodisasi boshlanishidan oldingi holatiga keltirish uchun zarur tuzatish xarajatlari toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Sugʻurtalovchi zararni bartaraf etish yoki kamaytirish maqsadida qilingan xarajatlarni, agar ushbu zarar sugʻurta shartlariga koʻra toʻlanishi kerak boʻlsa, toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Agar aynan bir sugʻurta hodisasi sugʻurta shartnomasi ular foydasiga tuzilgan bir nechta shaxslarga zarar yetkazgan boʻlsa, umumiy tovon summasi ushbu shaxslar oʻrtasida har qaysi shaxs koʻrgan zararning umumiy zarar summasidagi miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Agar sugʻurta hodisasi boshlangan vaqtda sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurtalangan mol-mulkka nisbatan boshqa sugʻurta shartnomalari amal qilayotgan boʻlsa, zarar tovoni har qaysi sugʻurtalovchi tomonidan mol-mulk sugʻurtalangan sugʻurta summalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi va sugʻurtalovchi zarar tovonining faqat oʻz ulushiga tushgan qisminigina toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun sugʻurtalanuvchiga toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun, toʻlanishi kerak boʻlgan sugʻurta tovoni summasining 0,15 foizi miqdorida, lekin toʻlanishi kerak boʻlgan summaning koʻpi bilan 10 foizi miqdorida neustoyka toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Agar zarar summasi zarar yetkazishda aybdor boʻlgan shaxs tomonidan toʻliq toʻlangan boʻlsa, sugʻurtalanuvchi sugʻurta tovoniga boʻlgan huquqini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar zarar qisman yoki toʻlanadigan sugʻurta tovonidan kamroq miqdorda undirilgan boʻlsa, bu holda u sugʻurtalanuvchi yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsdan olgan summani hisobga olgan holda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Sugʻurta tovoni toʻlangandan keyin sugʻurtalanuvchi yoki sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslarga nisbatan zararni toʻlatishni talab qilish huquqi, toʻlangan summa doirasida, sugʻurtalovchiga oʻtadi. Sugʻurtalanuvchi barcha hujjatlarni sugʻurtalovchiga berishga va aybdor shaxsga nisbatan talab qilish huquqini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan barcha xatti-harakatlarni qilishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Agar sugʻurta holati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalanuvchining yoki sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxsning ataylab qilingani isbotlangan, sugʻurta hodisasi boshlanishiga yoʻnaltirilgan xatti-harakatlar sodir etganligi, ularning oʻz fuqarolik burchini bajarishi yoki sugʻurtalanuvchining yoki uchinchi shaxslarning hayotini, salomatligini, shaʼni va qadr-qimmatini muhofaza qilish bilan bogʻliq xatti-harakatlar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalash obyekti, tavakkalchilik darajasi, sugʻurta hodisasi va uning oqibatlari toʻgʻrisida sugʻurtalovchiga soxta maʼlumotlarni qasddan xabar qilganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchini tavakkalchilikdagi jiddiy oʻzgarishlar, shuningdek sugʻurtalanuvchiga va sugʻurta shartnomasi ularning foydasiga tuzilgan shaxslarga maʼlum boʻlgan xatolar, kamchiliklar va nuqsonlar toʻgʻrisida xabardor qilmaganlik hamda sugʻurtalovchining yoki uning vakilining vaziyatni, zararning xarakterini va miqdorini aniqlashda qatnashishiga toʻsqinlik qilganlik;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlar oqibatida sodir boʻlganda sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlashni rad etishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchi sugʻurtalanuvchi yoki sugʻurta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs tomonidan zararni bartaraf etish va qisqartirishga doir oqilona chora-tadbirlar koʻrilmaganligi tufayli yetkazilgan zarar darajasida sugʻurta tovoni toʻlashni rad etishga ham haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 12-son, 70-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 180-modda;2003-y., 11-son, 88-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)