Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2005 12.07.2001 yildagi 298-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2005
Hujjat 12.07.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

YUQORI LIKVIDLI MAHSULOTLARNI KIMOShDI SAVDOSIDA SOTIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tugatish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 11-yanvardagi 13-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qaroriga muvofiq hamda yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini xorijiy kompaniyalar va firmalarga erkin almashtiriladigan valyutaga kafolatli hajmlarda kimoshdi savdosi orqali sotishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tuzilmasida yuqori likvidli mahsulotlarni muqobil kimoshdi savdosida sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzauksionsavdo” tashkilotiga quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori likvidli mahsulotlarni sotishga doir muqobil kimoshdi savdolari oʻtkazilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdolari oʻtkazilishi, kimoshdi savdolariga qoʻyiladigan yuqori likvidli mahsulotlarning turlari va hajmlari toʻgʻrisida keng axborot berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdolari gʻoliblari tomonidan sotib olinadigan yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlariga oldi-sotdi shartnomalarini tayyorlash, rasmiylashtirish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosida qatnashish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzauksionsavdo” tashkiloti Oʻzbekiston respublika tovar xomashyo birjasining yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan shuʼba korxonasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori likvidli mahsulotlarni sotish boʻyicha kimoshdi savdolari “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining savdo maydonida oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzauksionsavdo” tashkilotining kimoshdi savdolari oʻtkazishga doir faoliyatini Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasini boshqarish kengashi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi vakillaridan iborat tarkibda tuziladigan Kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashi muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzauksionsavdo” tashkilotining xodimlarning cheklangan soni 10 nafar boʻlgan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi joriy faoliyat uchun boshlangʻich aylanma mablagʻlar, hisoblash texnikasi va asbob-uskunalar bilan taʼminlashda “Oʻzauksionsavdo” tashkilotiga koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.

5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini kimoshdi savdosida kafolatli hajmlarda sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini sotish boʻyicha kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashining shaxsiy tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi shakllanayotgan talabni hisobga olgan holda har chorakda Vazirlar Mahkamasiga kimoshdi savdosida sotishga moʻljallangan yuqori likvidli tovarlar hajmlari va turlarini kengaytirishga doir takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 12-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
298-son

Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 12-iyuldagi 298-son qaroriga
1-ILOVA

Yuqori likvidli mahsulotlarni kimoshdi savdosida sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkiloti apparatining tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning cheklangan soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 10 kishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 12-iyuldagi 298-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini kimoshdi savdosida kafolatlangan miqdorlarda sotish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini muqobil kimoshdi savdosi asosida xorijiy kompaniyalar hamda firmalarga erkin almashtiriladigan valyutaga kafolatlangan miqdorlarda sotish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nizom kimoshdi savdosini oʻtkazishning umumiy tartibini va unda qatnashish shartlarini tartibga soladi, kimoshdi savdolarini oʻtkazish boʻyicha maxsus organning vakolatlarini, hisob-kitoblarni oʻtkazish mexanizmini, shuningdek sotiladigan yuqori likvidli tovarlarning ayrim turlariga egalik qilish huquqini rasmiylashtirish tartibotlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kimoshdi savdolariga yuqori likvidli tovarlarning xorijiy kompaniyalar va firmalarga erkin almashtiriladigan valyutaga oldindan haq toʻlash shartlarida, ham yetkazib berish muddatini kechiktirgan holda, ham tuzilgan kontrakt boʻyicha yetkazib bergan holda, ushbu eksport kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyxatdan oʻtkazmasdan sotishga moʻljallangan ayrim turlari qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kimoshdi savdosida sotiladigan yuqori likvidli mahsulotlarning aniq turlari va miqdori Hukumat qarori bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish prognozini har yilgi tasdiqlash chogʻida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi takliflari asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yuqori likvidli mahsulotlar ayrim turlarining kimoshdi savdolarini zarur darajada tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlash uchun Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasini boshqarish kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi vakillaridan kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashi tuziladi, uning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashi yuqori likvidli mahsulotlarning belgilangan turlari boʻyicha ularning har qaysi kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan aniq miqdorlarini va lotlarning boshlangʻich narxlarini belgilaydi, ushbu Nizomga rioya etilishi, mahsulot sotishdan tushgan mablagʻlarning Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasiga toʻliq va oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining shuʼba korxonasi – “Oʻzauksionsavdo” (keyingi oʻrinlarda “Agent” deb ataladi) yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini sotish boʻyicha kimoshdi savdolarini oʻtkazuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot hisoblanadi. Agent faoliyati ustidan nazoratni kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashi amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kimoshdi savdolari Oʻzbekiston respublika tovar xomashyo birjasining savdo maydonchasida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Agentning funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agent zimmasiga quyidagi funksiyalar yuklangan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan savdo lotlari hujjatlarini qabul qilib olish va tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarni chop etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosi qatnashchilarini kimoshdi savdolariga qoʻyiladigan tovarlar turlari va miqdorlari toʻgʻrisida xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻyilayotgan lotni identifikatsiyalash uchun potensial qatnashchilarga hujjatlarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosi qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va qatnashchilarga chiptalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosida qatnashish shartlariga rioya etish ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosi qatnashchilarini kim oщdi savdolari natijalaridan xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdolarining borishi va natijalari toʻgʻrisida protokollar tuzish, keyinchalik ularni kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashiga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdolari gʻoliblari bilan oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish va ularni bojxona organlarida hisobga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agent savdolarni oʻtkazish jarayoniga bevosita aralashish, shu jumladan ushbu Nizom buzilgan, til biriktirish, fors-major holatlar aniqlangan hollarda lotni savdodan chiqarish, savdoni toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega. Agent mazkur lotni kimoshdi savdosidan chiqarish sabablarini qatnashchilarga izohlab bermaslikka haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Baʼzi lotlar yuzasidan faqat bittadan qatnashchi roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda Agent kimoshdi savdosi ochilgungacha oʻtkazilmagan savdolarning protokolini rasmiylashtirishi va qatnashchilarni xabardor qilgan holda ushbu lotlarni kimoshdi savdosidan chiqarishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Kimoshdi savdosini oʻtkazishga tayyorlanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agent kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashining qarori asosida respublika va zarurat boʻlganda, xalqaro ommaviy axborot vositalarida kimoshdi savdosi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma eʼlon qiladi hamda xabarnomalarni kimoshdi savdosi oʻtkaziladigan sanadan kamida 30 kun oldin treyder kompaniyalarga joʻnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bildirishnoma va xabarnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosining oʻtkazilish vaqti va joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdolariga qoʻyiladigan tovarlar nomi va miqdorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosini oʻtkazish, shu jumladan gʻolibni aniqlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatnashchilarning kimoshdi savdosida qatnashish uchun badali miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zakalat summasi va u oʻtkazilishi kerak boʻlgan hisob raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi omboridagi shartlarda keltirilgan boshlangʻich narx toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazib berish va toʻlov shartlari (tovar turiga koʻra), yetkazib berish muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmanomalarni qabul qilish tugaydigan muddat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizolarni hal qilish tartibi, kimoshdi savdosi qatnashchilariga qoʻyiladigan talablar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan shartlar kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni taqdim etish shakli, qoʻshimcha maʼlumotlar shartlari va roʻyxati Agent tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bildirishnoma eʼlon qilingan yoki xabarnoma olingan vaqtdan boshlab tashkilotchi kimoshdi savdosining barcha qatnashchilariga qoʻyiladigan lotni identifikatsiya qilish uchun hujjatlarni taqdim etadi. Kimoshdi savdosining potensial qatnashchilari talab qilishganda sotuvchi har qaysi lot namunasini tanishish uchun taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kimoshdi savdosida qatnashganlik uchun toʻlov, qaytarib berilmagan zakalatlar va qonunchilik bilan ruxsat etilgan boshqa mablagʻlar kimoshdi savdolarini tashkil etish uchun moliyaviy mablagʻlar manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Kimoshdi savdosida qatnashish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Agentga quyidagilarni muddatida taqdim etgan kompaniyalar va firmalar kimoshdi savdosida qatnashish uchun eksklyuziv huquqqa egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosida qatnashish uchun buyurtmanoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo reyestridan koʻchirma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosida qatnashish uchun bankning tavsiyanomasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentning hisob raqamiga erkin almashtiriladigan valyutada buyurtmanoma taqdim etilayotgan lot boshlangʻich qiymatining 0,1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda kimoshdi savdosida qatnashish uchun badal toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentning hisob raqamiga buyurtmanoma taqdim etilayotgan lot boʻyicha kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashi tomonidan belgilangan miqdorda erkin valyutada zakalat toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Agent tomonidan zarur hujjatlarni qabul qilish va roʻyxatga olish kimoshdi savdosi oʻtkazilishi eʼlon qilingan sanadan 5 ish kuni oldin toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kimoshdi savdosida qatnashishga qoʻyilgan xorijiy kompaniyalar va firmalarga xaridorning kimoshdi savdosida qatnashayotgan tartib raqami va kimoshdi savdosiga qoʻyilgan lotning tartib raqami yozilgan kimoshdi savdosi qatnashchisining chiptasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Agar buyurtmanoma taqdim etgan xorijiy kompaniya yoki firma mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan talablarni bajarmagan boʻlsa, buyurtmanoma egasining kimoshdi savdosida qatnashishi rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Kimoshdi savdosida qatnashish uchun buyurtmanoma taqdim etgan xorijiy kompaniyalar va firmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Kimoshdi savdosini oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kimoshdi savdolarini oʻtkazish maqsadida Agent auksionchini tayinlaydi, auksionchi Agentning oʻz xodimi ham, chetdan kontrakt asosida jalb etilgan shaxs ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Agent va auksionchi oʻzlari tashkil etgan kimoshdi savdosida qatnashchilarning manfaatlarini ifodalash huquqiga ega emaslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Kimoshdi savdosini oʻtkazish tartiboti quyidagilarni nazarda tutadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosi boshlangunga qadar sotilayotgan lotning tartib raqamini eʼlon qiladi, kimoshdi savdosiga qoʻyilgan tovar va savdo shartlarini tariflab beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksionchi tegishli lot boʻyicha kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan qatnashchilarning roʻyxatdan oʻtish tartibi raqamini eʼlon qiladi. Auksionchi tomonidan tartib raqami eʼlon qilingan ishtirokchi kimoshdi savdosida qatnashayotganligini tasdiqlab, qatnashchi kartochkasini koʻtarishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auksionchi lotning boshlangʻich bahosi va kimoshdi savdosining qadamini eʼlon qilgan vaqt kimoshdi savdosi boshlangan vaqt hisoblanadi. Kimoshdi savdosi qadamlari toʻgʻrisidagi qaror auksionchi tomonidan har bir lot uchun alohida qabul qilinadi. Zaruriyat boʻlganda auksionchi kimoshdi savdosi davomida qadamni oʻzgartirishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlangʻich baho eʼlon qilinganidan keyin auksionchi uning belgilangan qadamga muvofiq holda oshirilishi yuzasidan takliflarni kutadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqoriroq bahoni taklif etmoqchi boʻlgan qatnashchi oʻzining qatnashchi kartochkasini koʻtaradi, bu belgilangan qadam boʻyicha bahoni oshirishga doir taklif hisoblanadi. Auksionchi birinchi boʻlib yuqoriroq bahoni taklif etgan ishtirokchini eʼlon qilar ekan taklif etilgan baho va mazkur qatnashchining tartib raqamini eʼlon qiladi. Agar auksionchi taklif etgan bahoni uch karra eʼlon qilganidan keyin qatnashchilardan hech kim yuqoriroq baho taklif etmasa, auksionchi bolgʻachaning uchinchi zarbi bilan ayni bir vaqtda lotning mazkur bahoni taklif etgan qatnashchiga sotilganligini eʼlon qiladi. Shundan soʻng mazkur lotga doir kimoshdi savdosi yopilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Lotning boshlangʻich bahosi eʼlon qilinganidan keyin uni xarid qilishni xohlovchilar boʻlmasa, lot kimoshdi savdosidan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Kimoshdi savdosi gʻolibi keyinchalik oldi-sotdi shartnomasini tuzish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi protokolni savdo oʻtkazilgan kunda imzolashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kimoshdi savdosi gʻolibi yuqorida qayd etilgan protokolni imzolashdan bosh tortgan taqdirda, Agent kimoshdi savdosi natijalarini bekor qilishi mumkin. Bunda gʻolib toʻlagan zakalat summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protokol ikki nusxada xaridor va Agent tomonidan imzolanadi. Protokolda sotuvchi va xaridor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, sotilayotgan obyektning nomi, uzil-kesil baho, shuningdek tomonlarning oldi-sotdi shartnomasini imzolash boʻyicha majburiyatlari koʻrsatiladi. Kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi protokolning bir nusxasi xaridorga beriladi va xaridorning oldi-sotdi shartnomasini tuzish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Agar lot boʻyicha kimoshdi savdosi, ishtirokchilardan hech biri mazkur lotni boshlangʻich bahosi boʻyicha xarid qilish istagini bildirmaganligi yoki uning kimoshdi savdosidan chiqarilganligi yohud boshqa sabablarga koʻra oʻtkazilmagan deb eʼlon qilingan boʻlsa, oʻtkazilmagan kimoshdi savdosining protokoli tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Shartnomani rasmiylashtirish va kimoshdi savdosi qatnashchilari bilan hisob-kitob qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oldi-sotdi shartnomasi tovar egasi va kimoshdi savdosi gʻolibi oʻrtasida kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi protokolga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq kimoshdi savdosi tugagan va protokol rasmiylashtirilgandan keyin ikki haftadan kechikmay tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kimoshdi savdosi gʻolibi tegishli kim oshdi savdosi oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran ikki hafta muddat ichida shartnomani imzolamagan boʻlsa, kimoshdi savdosi natijalari bekor qilinadi va toʻlangan zakalat summasi unga qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlardan biri shartnomani tuzishdan bosh tortgan taqdirda ikkinchi tomon shartnomani tuzishga majbur qilish, shuningdek shartnoma tuzishdan boʻyin tovlash tufayli yetkazilgan zarar toʻgʻrisidagi talabnoma bilan sudga murojaat etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Kimoshdi savdosi gʻolibi (keyingi oʻrinlarda “xaridor” deb yuritiladi) bilan shartnoma tuzish chogʻida u toʻlagan zakalat summasi tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi sifatida hisobga olinadi. Kimoshdi savdosining qolgan ishtirokchilariga zakalat summasi kimoshdi savdosi natijalari eʼlon qilingan vaqtdan eʼtiboran 3 ish kuni mobaynida qaytarib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Oldi-sotdi shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotilgan tovarning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotilgan tovarning bahosi va miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchi, xaridor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tovarni yetkazib berish shartlari, toʻlov shakli va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlar masʼuliyati yuzaga kelish shartlari va doirasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomaning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Kimoshdi savdosi natijalari boʻyicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori likvidli mahsulotni oldindan toʻlov asosida mahsulot yetkazib berish muddatini keyinga surish, shuningdek kontraktning tuzilganligi fakti boʻyicha yetkazib berish shartlarida sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldindan toʻlov xaridorning talabi bilan tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi tomonidan beriladigan bankning muqobil kafolatnomasi yoki sugʻurta polisi ostida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosi shartlaridan farq qiluvchi mahsulot yetkazib berishga doir qoʻshimcha shartlarni nazarda tutishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Xaridor shartnomaga muvofiq toʻlovlarni u imzolangan vaqtdan eʼtiboran ikki haftadan kechiktirmay amalga oshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Agar xaridor belgilangan muddatda hisob-kitob qilmasa, Agent kimoshdi savdosi natijalarini bekor qilish huquqiga ega. Ushbu hollarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zakalat qaytarilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosi gʻolibi Agent tomonidan oʻtkaziladigan boshqa kimoshdi savdolarida ishtirok etish huquqidan mahrum boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Kimoshdi savdosida sotilmay qolgan lotlar keyingi kimoshdi savdolariga (shu jumladan oxirgi kimoshdi savdosida eʼlon qilinganidan boshqa baholar boʻyicha) qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Kimoshdi savdosi jarayonida paydo boʻlgan daʼvolar kimoshdi savdosi yopilgunga qadar Agent tomonidan koʻrib chiqiladi. Agentning qarorlari ustidan vakolatli organlarga yoki sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Kimoshdi savdosi natijalariga oid toʻliq maʼlumotlar kiritilgan hisobot kimoshdi savdosi oʻtkazilgandan keyin ikki hafta muddatda kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Yuqori likvidli tovarlar kimoshdi savdolarida sotilganligi uchun hisob-kitob qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi protokolga muvofiq kimoshdi savdosi gʻolibi yuqori likvidli tovar egasi bilan kafolatlangan miqdorlarda xarid qilinayotgan tovar uchun toʻlanadigan mablagʻlarning Agentning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Operatsiyalar boshqarmasida ochilgan maxsus tranzit valyuta hisob raqamiga tushishini nazarda tutuvchi oldi-sotdi shartnomasini toʻlov muddatini keyinga surish sharti bilan tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Agent yuqori likvidli mahsulotni sotish va kimoshdi savdosini tashkil etishdan olingan valyuta tushumining hammasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga birjadan tashqari bozorning erkin kursi boʻyicha, uni Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasiga maqsadli yoʻnaltirgan holda sotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Agentga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan milliy valyuta – “soʻm”da tushgan tushum tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq holda yuqori likvidli tovar egasining hisobiga (kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashi tomonidan belgilangan Agentning vositachilik haqi chegirilgan holda) oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori likvidli tovar kimoshdi savdosida markazlashtirilgan eksportning belgilangan miqdorlari hisobiga sotilgan hollarda, Agentga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan milliy valyuta – “soʻm”da tushgan tushum tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq holda yuqori likvidli tovarni yetkazib beruvchining hisobiga (kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashi tomonidan belgilangan Agentning vositachilik haqi chegirilgan holda) oʻtkaziladi, tovarning mahsulot yetkazib beruvchidan xarid qilingan bahosi bilan kimoshdi savdosidagi sotuv bahosi oʻrtasidagi farq esa — davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Kimoshdi savdosida bitishuvlarni amalga oshirish chogʻida tomonlarning javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Yuqori likvidli tovarni oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda, nomenklaturada, sifat va muddatlarda yetkazib berish boʻyicha javobgarlik tovar yetkazib beruvchining zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Agent va kimoshdi savdosi ishtirokchilarining javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Agar toʻlovdan keyin kimoshdi savdosini oʻtkazish rad etilgan boʻlsa, Agent oʻzi taklif etgan ishtirokchilar tomonidan toʻlangan toʻlovlarni 3 kun mobaynida ularga qaytarib beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 92-modda; 2004-y., 16-son, 187-modda)