Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2005 12.07.2001 yildagi 298-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2005
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

YUQORI LIKVIDLI MAHSULOTLARNI KIMOShDI SAVDOSIDA SOTIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tugatish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 11-yanvardagi 13-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qaroriga muvofiq hamda yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini xorijiy kompaniyalar va firmalarga erkin almashtiriladigan valyutaga kafolatli hajmlarda kimoshdi savdosi orqali sotishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tuzilmasida yuqori likvidli mahsulotlarni muqobil kimoshdi savdosida sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzauksionsavdo” tashkilotiga quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori likvidli mahsulotlarni sotishga doir muqobil kimoshdi savdolari oʻtkazilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdolari oʻtkazilishi, kimoshdi savdolariga qoʻyiladigan yuqori likvidli mahsulotlarning turlari va hajmlari toʻgʻrisida keng axborot berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdolari gʻoliblari tomonidan sotib olinadigan yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlariga oldi-sotdi shartnomalarini tayyorlash, rasmiylashtirish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimoshdi savdosida qatnashish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzauksionsavdo” tashkiloti Oʻzbekiston respublika tovar xomashyo birjasining yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan shuʼba korxonasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori likvidli mahsulotlarni sotish boʻyicha kimoshdi savdolari “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining savdo maydonida oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzauksionsavdo” tashkilotining kimoshdi savdolari oʻtkazishga doir faoliyatini Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasini boshqarish kengashi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi vakillaridan iborat tarkibda tuziladigan Kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashi muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzauksionsavdo” tashkilotining xodimlarning cheklangan soni 10 nafar boʻlgan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi joriy faoliyat uchun boshlangʻich aylanma mablagʻlar, hisoblash texnikasi va asbob-uskunalar bilan taʼminlashda “Oʻzauksionsavdo” tashkilotiga koʻmaklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzauksionsavdo” shuʼba korxonasi direktoriga, zarur hollarda, ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotining xodimlari soniga yuqori likvidli mahsulotlarning ayrim turlarini sotish boʻyicha kimoshdi savdolarini tashkil etish kengashi bilan kelishgan holda oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(4-band uchinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-apreldagi 193-sonli qarori bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 16-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-apreldagi 193-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 16-son, 187-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi shakllanayotgan talabni hisobga olgan holda har chorakda Vazirlar Mahkamasiga kimoshdi savdosida sotishga moʻljallangan yuqori likvidli tovarlar hajmlari va turlarini kengaytirishga doir takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 12-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
298-son

Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 12-iyuldagi 298-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori likvidli mahsulotlarni kimoshdi savdosida sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkiloti apparatining tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning cheklangan soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 10 kishi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-apreldagi 193-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 16-son, 187-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 92-modda; 2004-y., 16-son, 187-modda)