10.01.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2961
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 10.01.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2961
Дата вступления в силу
10.01.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2961]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni va 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-son “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I. MADJIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 27-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-2017-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 27-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
186-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 27-dekabrdagi 30-2017 va 186-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni va 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-son “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (bundan buyon matnda Ittifoq deb yuritiladi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom qoidalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishning kunduzgi bo‘limida (ikkinchi mutaxassislik, sirtqi va kechki ta’lim bundan mustasno) tahsil olayotgan talabalarga qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar Ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moddiy qo‘llab-quvvatlash Ittifoq tomonidan talabaning o‘qishi uchun to‘lanadigan yillik to‘lov-kontrakt miqdorining 35 foizini to‘lab berish orqali amalga oshiriladi. Bunda talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori asosida qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan talabalar ikkinchi bosqichdan boshlab moddiy qo‘llab-quvvatlanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism Qo‘mondonligining tavsiyanomasi asosida oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan va Ittifoq tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilayotgan talabalarga mazkur Nizomda belgilangan moddiy qo‘llab-quvvatlash imtiyozlari tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Moddiy qo‘llab-quvvatlanadigan da’vogarlarga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etilayotgan talabaning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi o‘rganilayotgan davrda (birinchi bosqich talabalari uchun o‘quv yilining birinchi semestr natijalarini) 86 foiz va undan yuqori bo‘lishi lozim. Bunda talabaning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi o‘rganilayotgan davrdagi o‘quv fanlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yig‘indisini o‘tilgan har bir semestrdagi o‘quv fanlarining umumiy soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ittifoqning oliy ta’lim muassasasidagi Yoshlar Kengashi (bundan buyon matnda Yoshlar Kengashi deb yuritiladi) da’vogar talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda da’vogar talabalarning quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarini (birinchi bosqichdagi da’vogar talabalar uchun o‘quv yilining birinchi semestr natijalarini) inobatga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
da’vogar talabaning Ittifoq va oliy ta’lim muassasasi faoliyatidagi ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlarida Ittifoqning boshlang‘ich tashkiloti, mahalliy va hududiy Kengashlari, Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etiladigan loyiha va tadbirlaridagi faol ishtiroki;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
da’vogar talabaning fan olimpiadalari va sport musobaqalaridagi natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
da’vogar talabaning tashkilotchilik va yetakchilik qobiliyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
da’vogar talabaning ilmiy va ijodiy faoliyati natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
da’vogar talabaning oliy ta’lim muassasasida belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etishi (talabaning oliy ta’lim muassasasida belgilangan ichki tartib-qoidalariga rioya etmaganligi yuzasidan faqat oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i asosida berilgan hayfsan Ittifoqning Yoshlar Kengashi tomonidan da’vogar talabani moddiy qo‘llab-quvvatlashni rad etish uchun asos sifatida qabul qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Da’vogar talabalarning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Moddiy qo‘llab-quvvatlanadigan da’vogar talabalarni saralash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Har yili 1-fevral kunidan kechikmagan holda Yoshlar Kengashi oliy ta’lim muassasasida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z faoliyatini boshlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Har yili 10-fevral kuniga qadar mazkur Nizomning 2-bandida ko‘zda tutilgan talabalar Yoshlar Kengashiga Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Har yili 10-fevraldan 15-fevralga qadar Yoshlar Kengashi da’vogar talabalarning arizalarini ko‘rib chiqadi hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ittifoqning Yoshlar Kengashi talabani moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etish yoki rad etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Da’vogar talabani moddiy qo‘llab-quvvatlash rad etilgan hollarda, Yoshlar Kengashining tegishli majlisi bayonida uning sabablari ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yoshlar Kengashining moddiy qo‘llab-quvvatlashga talabalarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori joriy o‘quv yili mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Yoshlar Kengashining tegishli majlisi bayoni nusxalari uch ish kuni mobaynida oliy ta’lim muassasasiga va Ittifoqning Markaziy Kengashiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ittifoqning Markaziy Kengashiga yuboriladigan majlis bayonnomasining nusxasiga moddiy yordam ko‘rsatishga tavsiya etilgan talabalarning ro‘yxati ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom asosida taqdim etilgan barcha hujjatlarning to‘g‘riligi va haqiqiyligi uchun oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) hamda Yoshlar Kengashi javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ittifoqning Markaziy Kengashi Yoshlar Kengashlari qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani Yoshlar Kengashining tegishli hujjatlar taqdim qilingandan so‘ng, o‘n ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Moddiy qo‘llab-quvvatlash jarayoni Ittifoq Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qarori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ittifoq Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qarorining bir nusxasi uch ish kuni ichida tegishli oliy ta’lim muassasasiga, yana bir nusxasi Yoshlar Kengashiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ittifoq Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin besh bank kuni mobaynida, lekin yilning 1-martidan kechiktirilmay oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga moddiy yordam ko‘rsatish puli o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda da’vogar talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etish bilan bog‘liq masalani ko‘rib chiqish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Moddiy yordam ko‘rsatish pulining qaytarilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Talabalar safidan chiqarilgan yoki akademik ta’tilga chiqqan talaba Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 28 va 29-bandlariga muvofiq o‘zining to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazilgan moddiy yordam ko‘rsatish puli qayta hisob-kitob qilinishi va Ittifoqning Markaziy Kengashiga qaytarilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan chiqarilgan talaba Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 27-bandiga muvofiq o‘zining to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lmagan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi to‘langan moddiy yordam ko‘rsatish pulini talabadan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiradi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Talaba moddiy qo‘llab-quvvatlanish huquqidan voz kechsa, oliy ta’lim muassasasi talaba uchun to‘langan mablag‘ni Ittifoqning Markaziy Kengashiga o‘n bank kuni ichida qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur Nizomning 19 — 21-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar yuz bergan taqdirda Yoshlar Kengashi Ittifoqning Markaziy Kengashini o‘n kalendar kuni mobaynida xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur Nizom qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlangan talabalarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki, o‘zlashtirishi, intizomi va Ittifoq faoliyatidagi ishtiroki ustidan nazorat qilish tegishli oliy ta’lim muassasasi hamda Yoshlar Kengashi zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ushbu Nizom O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q. QURANBAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 27-dekabr
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/2961/0544-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)