1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul bajaruvchilar |
|
I. Davlat teatrlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish | ||||
|
1. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish: |
Davlat buyurtmasi asosida spektakllarni sahnalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, teatrlarning o‘z mablag‘lari, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar �isobidan qoplanadi |
Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar | |
|
Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida namunaviy nizom; |
2018-yil mart | |||
|
Davlat teatrlari toifalarini belgilash tartibi to‘g‘risida nizom; |
2018-yil aprel | |||
|
Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislariga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risida nizom; |
2018-yil may | |||
|
Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining chipta narxlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom; |
2018-yil iyun | |||
|
Davlat teatrlarida sahnalashtiriladigan sahna asarlarini yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risi�a nizom. |
2018-yil iyul | |||
|
2. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash: davlat teatrlari ijodiy xodimlari tomonidan spektakl sahnalashtirish va artistlarning ijro etish me’yorlari; chiptalarni maxsus tartibda kodlashtirish va uning elektron dasturiy majmua orqali hisobini yuritish tartibi; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari va konsert-tomosha muassasalari xodimlarining lavozim maoshiga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli to‘lash tartibi; Davlat teatrlar va konsert-tomosha muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislarining malaka talablari. |
2018-yil sentyabr |
- |
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
3. |
Jahon tajribasi va zamon talablarid�n kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi teatrlar va konsert-tomosha muassasalarining namunaviy shtatlarini qayta ko‘rib chiqish. |
2018-yil iyun |
- |
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
4. |
Navoiy, Namangan, Toshkent viloyatlarida qo‘g‘irchoq teatrlarini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
2020-yil iyun |
- |
Madaniyat vazirligi, Navoiy, Namangan, Toshkent viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
II. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va ularning ijodiy faoliyatini yanada rag‘batlantirish | ||||
|
5. |
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat �nstituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida madaniyat va san’at sohasi pedagog, rahbar, ijodiy, ovoz va yoritish xodimlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha to‘lov asosida maxsus o‘quv kurslari tashkil etish. |
2018-yil mart |
Madaniyat va san’at muassasalariga yil davomida ajratilgan mablag‘lar doirasida |
Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
6. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar teatrlaridagi pedagog, rahbar, ijodiy, ovoz va yoritish xodimlarining Toshkent shahridagi teatrlarda amaliyot o‘tashi va malakasini oshirishini tashkil etish. |
2018-yil mart |
- |
Madaniyat vazirligi |
|
7. |
Jahonning mashhur teatrlari bilan hamkorlikda respublikada xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va mahorat darslari o‘tkazish. Teatrlarning texnik va ijodiy kadrlar faoliyatini kengaytirish maqsadida oliy malakali, ilmiy salohiyatli kadrlarni xorijda tajriba almashish va malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish. Teatr sohasidagi xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar, festival, ko‘rik-tanlovlarda ijodiy jamoalar va sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokini ta’minlash. |
2018 — 2022-yillar |
Teatrlarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, San’atshunoslik instituti, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
8. |
Teatrlarda ilg‘or zamondoshlarimiz obrazlarini yaratishga harakatlarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va targ‘ib qilish maqsadida: mamlakatimiz tarixi, buyuk allomalari va bebaho ne’matlari; bunyodkorlik ishlari; zamon qahramoni va yoshlar obrazi; oila munosabatlari va qadriyatlari; ijtimoiy muammolar va tadbirkorlik masalalari va boshqa obrazlar aks etgan dolzarb mavzulardagi spektakllarni sahnalashtirish; |
Doimiy reja asosida |
Madaniyat vazirligiga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Teatr arboblari uyushmasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
“Seni kuylaymiz, zamondosh!” O‘zbekiston teatrlarining V Respublika ko‘rik-festivalini o‘tkazish. |
2019-yil iyun | |||
|
9. |
Bolalarda estetik didning shakllanishi, yosh avlod ongida vatanparvarlik, milliy va madaniy qadriyatlarimizga ehtirom tuyg‘ularining kamol topishiga teatr san’ati orqali ta’sir o‘tkazish maqsadida Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining an’anaviy XI ko‘rik-festivalini o‘tkazish. |
2018-yil may |
Madaniyat vazirligiga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
10. |
Yosh rejissorlar, yosh aktyor, dramaturg va sahna rassomi sohalari bo‘yicha ijodkorlarni aniqlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratishlari uchun yosh ijodkorlarda tajriba va professional mahoratning shakllanishiga ko‘maklashish maqsadida yosh ijodkorlarning “Debyut-2018” Respublika ko‘rik-festivalini o‘tkazish. |
2018-yil oktyabr |
Madaniyat vazirligiga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
11. |
Badiiy barkamol sahna asarlari yaratish hamda dramaturglar bilan teatrlarning hamkorligini kuchaytirish maqsadida “Sahnada zamonaviy qahramon obrazi” mavzusida dramaturglarning Respublika seminar-kengashini o‘tkazish. |
2019-yil iyun |
- |
Madaniyat vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
12. |
Aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi badiiy-g‘oyaviy barkamol sahna asarlari yaratish maqsadida buyuk siymolar, zamonamiz qahramonlari obrazi, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini aks ettirgan, badiiy yuksak sahna asarlarini yaratish uchun sahna asarlari tanlovini o‘tkazish. |
2018-yildan boshlab har yili |
Madaniyat vazirligiga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
13. |
Yoshlarga ma’naviy ibrat bo‘ladigan yosh avlodni milliy g‘oya, jasorat va matonat ruhida tarbiyalashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan faol zamondoshlarimiz timsolini yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan “Bizning teatr” mavzularida ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish. |
2018 — 2022-yillarda reja asosida |
Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, teatrlarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
14. |
Teatrlar xodimlarini siyosiy jarayonlar, dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar bilan tanishtirib borish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy davra suhbatlari, uchrashuv tadbirlari tashkil etish. |
Doimiy reja asosida |
- |
Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
III. Davlat teatrlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda interaktiv xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, aholining davlat teatrlari faoliyatidan xabardorligini oshirish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish hamda amaliyotga tizimli joriy etish | ||||
|
15. |
Davlat teatrlarining veb-saytlarini yangilash, mobil elektron dasturini yaratish va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi veb-saytiga birlashtirish. Sayyohlik yo‘nalishdagi teatr saytlarini 2 ta (rus, ingliz) jahon tilida yuritilishini ta’minlash hamda doimiy yangilab borish. |
Doimiy |
Teatrlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
16. |
Respublika teatrlariga chet ellik sayohatchilarning tashrifini tizimli tashkil etish. Bunda sayohatchilarning respublika teatrlariga tashriflarini ta’minlash va tashriflardan ijobiy taassurot qoldirish maqsadida: respublika teatrlarining chet ellik sayyohlar uchun tushunarli evakuatsion belgilari hamda boshqa yordamchi ko‘rsatkichlar bilan to‘liq jihozlanganligini xatlovdan o‘tkazib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish; teatr namoyishlari mazmunini xorijiy sayohatchilarga to‘liq yetkazish maqsadida sahnalarni subtitrlar ko‘rsatuvchi displey-panellari bilan jihozlash; respublika teatrlarining Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan shaklda qo‘yiladigan teatr namoyishlarining yillik taqvimini (namoyish janri bo‘yicha) yil yakunidan 3 oy oldin ishlab chiqish va keng targ‘ib qilish. |
Doimiy |
Teatrlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
|
17. |
Teatrlar sohasidagi elektron davlat xizmatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, ularni takomillashtirish va yangi xizmatlarni joriy etish, xususan, birinchi navbatda: teatrlarga tashrif buyurish va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun elektron chipta sotish, xususan, xorijiy valyutaga chet elda turib Internet-do‘kon yoki mobil telefon orqali elektron chipta sotib olinishini ta’minlashni joriy etish; teatrlarning faoliyati va spektakllari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. |
2018-yildan doimiy |
- |
Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
18. |
Teatrlarga aholini jalb etish maqsadida sahnalashtiriladigan spektakllar namoyishini ikki hafta oldin quyidagilar orqali keng yoritish: internet veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlar (telegram, feysbuk va h.k.) orqali zarur ma’lumotlarni (spektakllarning muallifi, rejissori, aktyorlari va sahnalashtiriladigan teatrlarning qisqacha mazmuni, teatrlarga kirish narxlari va boshqa ma’lumotlar) joylashtirish; ijtimoiy roliklarni yaratish va ularni televideniye va internet tarmog‘ida joylashtirish. |
2018-yildan doimiy |
Teatrga budjetdan ajratilgan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
19. |
Respublikadagi tashkiliy-huquqiy maqomidan qat’i nazar barcha teatrlarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish, yangilab borish hamda pasportlarini yangilash. |
2019-yildan boshlab doimiy |
- |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
20. |
Teatrlar faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida har bir teatrga afisha va reklamalarini joylashtirish uchun shaharlarning markaziy ko‘chalari, teatrlarga yaqin atrofdan joylar ajratish. |
2018-2019-yillar |
- |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
21. |
Teatrlarda namoyish etiladigan eng sara spektakllarni, premyeralar va gastrol safarlarini hamda teatrlarning faoliyatini respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda teleradiodasturlar orqali keng yoritib borishni tashkil etish. |
Doimiy |
- |
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
IV. Davlat teatrlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, aholi, ayniqsa, bolalar, keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish | ||||
|
22. |
Dastur asosida respublika teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda jihozlash. |
2018 — 2022-yillar |
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida, Davlat budjeti mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
23. |
2018 — 2022-yillarda Respublika teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturiga muvofiq teatrlar binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda jihozlash bo‘yicha hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqish. Hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqishda teatrlar uchun yangi binolarni qurish uchun shaharning markazidan yer uchastkalari tanlash, aholi uchun qulay joyga joylashtirishni nazarda tutish. |
har yili yanvar oyida |
- |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
|
24. |
Teatrlarning avtotransport (avtobus, yuk tashuvchi) vositalarini bosqichma-bosqich yangilab borish. |
2018 — 2022-yillarda reja asosida |
Davlat budjeti mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
25. |
Teatrlarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv moslamalari, signalizatsiya tizimlarini o‘rnatish va yangilash. |
2018 — 2022-yillarda reja asosida |
Madaniyat vazirligiga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, teatrlarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
26. |
Davlat teatrlarining spektakllarini reklama sifatida elektron repertuarlarini shakllantirish, sahnalashtirilgan spektakllar namoyishini sifatli tashkil etish maqsadida: davlat teatrlarini yuqori aniqlikdagi fotoapparat, kamera, proyektorlar va kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash; davlat teatrlarini zamonaviy ovoz kuchaytirish, sahna yoritish moslamalari, grim mahsulotlari, sahna liboslari, ishlab chiqarish sexlari uskunalari, musiqa asboblari va mebel jihozlari bilan ta’minlash. |
2018 — 2022-yillar |
Madaniyat vazirligiga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, teatrlarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
27. |
O‘quvchi va talaba yoshlarni teatr san’atidan yanada kengroq bahramand etish va ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida ularning respublika teatrlariga tizimli ravishda tashrif buyurishlari bo‘yicha alohida reja-jadval ishlab chiqish hamda izchil amalga oshirish. |
Doimiy |
- |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi |
2-ILOVA
|
|
(mln.so‘mda) | ||||||||
|
t/r |
Teatrlar nomi |
Amalga oshirish muddati |
Obyektning dastlabki loyiha qiymati* |
shu jumladan yillar bo‘yicha: |
Moliyalashtirish manbai | ||||
|
2018-yil |
2019-yil |
2020-yil |
2021-yil |
2022-yil | |||||
|
|
Respublika bo‘yicha jami |
|
189 293 |
5 350 |
39 092 |
48 283 |
44 625 |
51 942 |
|
|
shundan: |
|||||||||
|
Yangi qurilish |
63 310 |
500 |
10 340 |
17 069 |
17 500 |
17 900 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | ||
|
Rekonstruksiya |
62 776 |
3 250 |
10 232 |
11 981 |
18 177 |
19 136 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | ||
|
Mukammal ta’mirlash |
50 277 |
1 600 |
12 020 |
16 983 |
7 168 |
12 506 |
Davlat budjeti | ||
|
Jihozlash |
12 930 |
6 500 |
2 250 |
1 780 |
2 400 |
Davlat budjeti, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi | |||
|
Yangi qurilish | |||||||||
|
1. |
Andijon viloyati yoshlar teatri binosi qurish ** |
2019-2020-yillar |
11 591 |
591 |
11 000 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | |||
|
2. |
Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri binosi qurish ** |
2020 — 2022-yillar |
14 541 |
591 |
5 000 |
8 950 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | ||
|
3. |
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri binosi qurish ** |
2019 — 2021-yillar |
12 979 |
591 |
4 888 |
7 500 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | ||
|
4. |
Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri binosi qurish ** |
2018-2019-yillar |
9 659 |
500 |
9 159 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | |||
|
5. |
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri binosi qurish ** |
2020 — 2022-yillar |
14 541 |
591 |
5 000 |
8 950 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | ||
|
Jami |
|
63 310 |
500 |
10 340 |
17 069 |
17 500 |
17 900 |
| |
|
Rekonstruksiya | |||||||||
|
1. |
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri binosi |
2018-2019-yillar |
7 300 |
2 750 |
4 550 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | |||
|
2. |
O‘zbekiston davlat drama teatri binosi |
2019 — 2021-yillar |
12 255 |
500 |
5 755 |
6 000 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | ||
|
3. |
O‘zbekiston davlat satira teatri binosi |
2019-2020-yillar |
5 726 |
500 |
5 226 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | |||
|
4. |
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri binosi |
2021-2022-yillar |
8 712 |
500 |
8 212 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | |||
|
5. |
Jizzax viloyati musiqali drama teatri binosi |
2018-2019-yillar |
5 182 |
500 |
4 682 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | |||
|
6. |
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri binosi |
2022-yil |
3 102 |
3 102 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | ||||
|
7. |
Samarqand viloyati musiqali drama teatri binosi |
2021-2022-yillar |
13 822 |
500 |
5 500 |
7 822 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | ||
|
8. |
O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri binosi |
2020-2021-yillar |
6 677 |
500 |
6 177 |
Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti | |||
|
Jami |
|
62 776 |
3 250 |
10 232 |
11 981 |
18 177 |
19 136 |
| |
|
Mukammal ta’mirlash | |||||||||
|
1. |
Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri binosi |
2019-yil |
1 141 |
1 141 |
Davlat budjeti | ||||
|
2. |
Andijon viloyati musiqali drama teatri binosi |
2020-yil |
1 666 |
1 666 |
Davlat budjeti | ||||
|
3. |
Buxoro viloyati musiqali drama teatri binosi |
2020-yil |
8 051 |
8 051 |
Davlat budjeti | ||||
|
4. |
Namangan viloyati musiqali drama teatri binosi |
2021-yil |
3 362 |
3 362 |
Davlat budjeti | ||||
|
5. |
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri binosi |
2020-yil |
7 267 |
7 267 |
Davlat budjeti | ||||
|
6. |
Samarqand viloyati rus drama teatri binosi |
2019-yil |
3 165 |
3 165 |
Davlat budjeti | ||||
|
7. |
O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri binosi |
2022-yil |
9 341 |
9 341 |
Davlat budjeti | ||||
|
8. |
O‘zbekiston davlat yoshlar teatri binosi |
2021-yil |
3 806 |
3 806 |
Davlat budjeti | ||||
|
9. |
O‘zbekiston davlat qo‘g‘irchoq teatri binosi |
2018-yil |
11 465 |
1 600 |
9 865 |
Davlat budjeti | |||
|
10. |
“Diydor” teatr-studiyasi binosi |
2019-yil |
1 015 |
1 015 |
Davlat budjeti | ||||
|
Jami |
|
50 277 |
1 600 |
12 020 |
16 983 |
7 168 |
12 506 |
| |
|
Jihozlash | |||||||||
|
1. |
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri |
2019-yil |
2 250 |
2 250 |
Davlat budjeti, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi | ||||
|
2. |
Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri |
2020-yil |
1 780 |
1 780 |
Davlat budjeti, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi | ||||
|
3. |
Farg‘ona viloyati rus drama teatri |
2021-yil |
2 400 |
2 400 |
Davlat budjeti, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi | ||||
|
4. |
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri |
2018-yil |
2 800 |
2 800 |
Davlat budjeti, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi | ||||
|
5. |
Xorazm viloyati musiqali drama teatri |
2019-yil |
3 700 |
3 700 |
Davlat budjeti, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi | ||||
|
Jami |
|
12 930 |
0 |
6 500 |
2 250 |
1 780 |
2 400 |
| |
3-ILOVA
|
Tadbirning nomi |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul bajaruvchilar | |
|
1. |
Teatrda sahnalashtirilayotgan asarlarning badiiy va g‘oyaviy mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ularni yangilash va boyitish orqali quyidagilarni ifoda etuvchi spektakllarni yaratish: mamlakatimiz tarixi, buyuk allomalari va bebaho ne’matlari; bunyodkorlik ishlari; zamon qahramoni va yoshlar obrazi; oila munosabatlari va qadriyatlari; ijtimoiy muammolar va tadbirkorlik masalalari va boshqalar. |
2018-yildan boshlab |
Mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lar, homiylik xayriyalari |
Madaniyat v�zirligi, Xorazm viloyati hokimligi, |
|
2. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining musiqali drama teatriga yaqin joyda bo‘sh yer ajratish; arzon turar-joy binosini ipoteka kreditlari asosida teatr xodimlariga imtiyozli tarzda taqdim etish; qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng binoning |
2018 — 2020 yillar |
Dastur doirasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida |
Xorazm viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
3. |
Xorazm viloyatidagi teatrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat hokimligi bilan teatr o‘rtasida “Do‘stlik klubi”ni tashkil etish, bunda tashkil etiladigan klub doirasida besh yillik aniq chora-tadbirlar rej�sini tasdiqlash. |
2018-yil yanvar |
homiylik xayriyalari |
Xorazm viloyati hokimligi, |
|
4. |
Teatr repertuarini muntazam ravishda yangilab borish, mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik ishlarini to‘laqonli ochib beruvchi, yoshlarning izlanishlarini ifoda etuvchi zamon qahramoni aks etgan har yili kamida 4 ta yangi spektakllarni sahnalashtirish. Bu borada, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, dramaturgiya kengashi va dramaturglar bilan ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
2018-yildan boshlab doimiy |
Mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lar, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi, |
|
5. |
Viloyatdagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktablari sahnalarida bir oyda kamida besh marotaba o‘z spektakllarini namoyish etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni, teatr rejissorlarining besh yillik ish rejasini tasdiqlash. |
2018-yil yanvar, doimiy |
- |
Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, |
|
6. |
Viloyatning barcha hududlaridan iste’dodli va istiqbolli yoshlarni jalb qilish choralarini ko‘rish. |
2018 — 2022-yillarda |
- |
Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, |
|
7. |
Viloyat teatrining rasmiy veb-saytini yaratish va undagi ma’lumotlarn� doimiy yangilab borish, chiptalarning onlayn buyurtma berish va xarid qilish tizimi va chiptalar hisobini yuritishning elektron dasturini yaratish. |
2018-yil II chorak doimiy |
Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lar, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, |
|
8. |
Teatrga aholini jalb etish maqsadida sahnalashtiriladigan spektakllar namoyishini ikki hafta oldin quyidagilar orqali keng yoritish: internet veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali zarur ma’lumotlarni (spektakllarning muallifi, rejissori, aktyorlari va sahnalashtiriladigan teatrlarning qisqacha mazmuni, teatrlarga kirish narxlari va boshqa ma’lumotlarni) joylashtirish; viloyat va shahar (tuman)larning markaziy ko‘chalarida reklama bannerlarini joylashtirish; ijtimoiy roliklar yaratish va ularni televideniye va internet tarmog‘ida joylashtirish. |
2018-yildan boshlab |
Mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lar, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
9. |
Soha yo‘nalishi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari va seminarlarda teatr ijodiy va texnik xodimlari malakasini oshirish; ijodiy xodimlarning respublika teatrlarida tajriba almashish reja-jadvalini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; shuningdek, ijodiy xodimlarni xorijiy mamlakatlar teatrlarida tajriba orttirish va almashishini hamda ijodiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish; Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan festivallarda teatr jamoasining munosib ishtirokini ta’minlash. |
Doimiy Tasdiqlangan reja asosida 2018-yil yanvar
|
Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablag‘lar, mahalliy budjet, budjetdan tashqari mablag‘lar, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
10. |
Teatr san’ati ustalari va namoyondalari, yuqori malakali mutaxassislar — so�ist-vokalistlar, xoreograflar, baletmeysterlar, dirijyorlar ishtirokida “Mahorat darslari”, o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha aniq rejani ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil fevral, har yili reja asosida |
- |
Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
11. |
Viloyatning shahar va tumanlarida havaskorlik teatr jamoalari faoliyatini tashkil qilish hamda ushbu jamoalarga teatrning yetuk aktyorlarini biriktirish va ular o‘rtasida “ustoz-shogird” an’analarini yo‘lga qo‘yish. |
2018-yildan boshlab |
- |
Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
12. |
Respublika teatrlaridan malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, aktyorlarning sahna harakatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq rejani ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil yanvar aniq reja asosida |
Mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lar, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
13. |
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida teatr aktyorlarining sahna nutqi madaniyati bo‘yicha malakalarini oshirish. |
Belgilangan reja asosida |
- |
Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
14. |
Taniqli yozuvchi, dramaturg, shoir va bastakorlarni kelishuv asosida jalb qilgan holda xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishga xizmat qiladigan g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk va mukammal sahna asarlari yaratish. |
2018 — 2020-yillar |
Xayriya mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
15. |
Bugungi globallashuv jarayonida jamiyat hayotida teatrning o‘rni va ta’sirini kuchaytirish maqsadida teatr tomoshalariga tomoshabinlar tashriflarini uyushtirish bo‘yicha reja ishlab chiqish. |
2018-yil yanvar, muntazam ravishda |
- |
Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
16. |
Teatr jamoasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘ylab gastrol safarlarini uyushtirish bo‘yicha aniq reja-jadval ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yildan boshlab muntazam ravishda |
Mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lar, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
17. |
Viloyatning chekka va chegaraoldi hududlarida uyushmagan yoshlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularni iqtidorlarini namoyish qilishga sharoit yaratish maqsadida “Sayyor” yoshlar truppasi tashkil qilish. |
2018-yil mart |
- |
Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
18. |
Teatrning sahna liboslari, dekoratsiyalar grim pardoz ashyolari, anjomlari hamda orkestr bo‘limini milliy-zamonaviy cholg‘u asboblari bilan ta’minlash. |
Doimiy |
Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablag‘lar, mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lar, homiylik xayriyalari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
19. |
Teatr tarkibida teatr sahnalari uchun maxsus anjomlar, jihozlar (ayollar taqinchoqlari, butoforlar) tayyorlaydigan sex faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
2018-yil davomida |
Mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lar, homiylik xayriyalari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari |
Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
20. |
Teatrda namoyish etilayotgan spektakllar hamda gastrol safarlarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish. |
2018-yildan boshlab muntazam ravishda |
- |
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi |
4-ILOVA
|
1. |
A. Ramatov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi, Komissiya raisi |
|
2. |
B. Sayfullayev |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari |
|
3. |
B. Zakirov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi, ko�issiya raisining o‘rinbosari |
|
4. |
O. Nazarbekov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
5. |
A. Qodirov |
— |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari |
|
6. |
A. Ortiqov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari |
|
7. |
A. Karimov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari |
|
8. |
O. Umarov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
9. |
Sh. Burnashev |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari |
|
10. |
Sh. Sharaxmetov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari |
|
11. |
B. G‘aniyev |
— |
O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri direktori |
|
12. |
K. Sabirdjanov |
— |
A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh muhandisi |
|
13. |
�. Axmetjanova |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining boshqarma boshlig‘i, komissiya kotibi |