21.12.2017 yildagi 1009-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 25-sentabrdagi PQ–3286-son qarorini ijro qilish, shuningdek, daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini samarali tashkil etish va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 21-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1009-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom daryolar, soylar, jilgʻalar oʻzanlarini tozalash, shuningdek, ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash (keyingi oʻrinlarda daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash deb ataladi) boʻyicha ishlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Suv oqimlari oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlashdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlari — daryolar, soylar va jilgʻalar qirgʻoqlarini yuvilib ketish va oʻpirilishdan himoya qilish maqsadida mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv oqimi — oʻzanida umumiy nishablik yoʻnalishi boʻylab suvlar doimiy yoki vaqtinchalik oqadigan suv obyekti (daryolar, soylar, jilgʻalar). Suv oqimi doimiy — suv yil boʻyi yoki vaqtincha oqadigan (quriydigan, muzlaydigan) boʻlishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toshqin — qorlarning intensiv, qisqa vaqt erishi va koʻplab yomgʻirlar yogʻishi natijasida vujudga keladigan suv oqimining biror-bir tarmogʻida suv sathining jadal, nisbatan qisqa vaqtda va nodavriy koʻtarilishi va suv sarfining koʻpayishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toshqin suvlari — toshqinlar davrida suv oqimlari oʻzanida oqadigan suvlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sel — juda katta (umumiy oqim massasi 75 foizgacha) buzish kuchiga ega boʻlgan qisqa muddatli toshqin, uning tarkibida kichik togʻ va togʻoldi daryolari havzalarida hamda ancha (kamida 0,10) qiya yonbagʻirli quruq soylarda kuchli yomgʻirlar yoki qorlarning jadal erishi natijasida paydo boʻladigan mineral zarrachalar va togʻ jinslari parchalari mavjud boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sel oqimlari — sellar roʻy beradigan davrda suv oqimlari boʻylab oʻtadigan suvlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsiz oʻtkazish — suvlarni suv oqimlari boʻylab aholi punktlari, sugʻoriladigan yerlar, suv xoʻjaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlar uchun salbiy oqibatlarsiz oʻtkazib yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oqimni barqarorlashtirish — suvlarni suv oqimlari boʻylab xavfsiz oʻtkazib yuborish maqsadida toshqin suvlariga va sel oqimlariga texnogen taʼsir koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoyalash ishlari — himoyalash inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash ishlari, gidrotexnika inshootlari, koʻpriklar, suv quvurlari, gaz quvurlari va suv oqimlari joylashgan boshqa ijtimoiy obyektlardagi himoyalash ishlari, toshqin suvlarini va sel oqimlarini halokatsiz oʻtkazib yuborish, aholi punktlari, sugʻoriladigan yerlar, suv xoʻjaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni himoya qilish maqsadida suv toʻplagichlarda va suv oqimlari oʻzanlarida daraxtlar oʻtqazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoyalash inshootlari — dambalar, shporalar, shalolalar, chuqurlar, oʻyiqlar va oʻzanlarni tartibga soluvchi boshqa inshootlar, shuningdek, toshqin suvlarini va sel oqimlarini xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlaydigan nishabliklarni mustahkamlash boʻyicha konstruksiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoyalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish — himoyalash inshootlarini toʻliq yoki qisman qayta qurish va qurish. Himoyalash inshootlari rekonstruksiya qilingandan keyin ularning boshlangʻich loyiha parametrlari va tarkibi yangi loyihaga muvofiq qisman yoki toʻliq oʻzgarishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoyalash inshootlarini taʼmirlash va tiklash — himoyalash inshootlarining, suv xoʻjaligi va suv oqimlarida joylashgan boshqa ijtimoiy obyektlarning loyihadagi parametrlarini saqlash uchun moʻljallangan, shu jumladan, inshootlarni va ularning ayrim buzilgan joylarini choʻkindilardan tozalash, taʼmirlash ishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihasi — toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish maqsadida suv oqimlarida joylashgan himoya inshootlarini, suv xoʻjaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni rekonstruksiya qilish, qurish, taʼmirlash va tiklash tadbirlarini nazarda tutuvchi loyiha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv oqimlari oʻzanlarini tozalash — daryolar, soylar va jilgʻalar oʻzanlarini toʻplanib qolgan qum-shagʻalli materiallar va suv ostidagi choʻkmalardan mexanik yoki gidromexanik usulda tozalash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi deb ataladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-426-son qarori bilan tashkil etilgan Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) qarorlariga asosan boshqa tashkilotlar tomonidan faqat toshqin suvlari va sel oqimlarini oʻtkazib yuborishning imkoniyati yoʻqligi bilan bogʻliq salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv oqimlarida suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha ishlar belgilangan tartibda ushbu obyektlar tasarrufida boʻlgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisida Komissiya qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda FVV deb ataladi), Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Tabiat resurslari vazirligining daryolar, soylar, jilgʻalar oʻzanlarini tekshirish va suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz oʻtkazish imkoniyatlarini baholash natijalari boʻyicha birgalikdagi xulosalari asosida qabul qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlari suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha har yilgi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan Yigʻma manzilli dastur (keyingi oʻrinlarda Yigʻma manzilli dastur deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daryolar oʻzanlarini toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallaridan tozalash FVV, Tabiat resurslari vazirligi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha loyihalar quyidagi asosiy talablarga muvofiq tuziladi va amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishi aholi yashaydigan joylar, sugʻoriladigan yerlar, suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlar himoya qilinishini nazarda tutishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha chora-tadbirlar majmui texnik-muhandislik izlanishlar va tadqiqotlar (geologik-muhandislik, topogeodeziya, gidrometeorologik, laboratoriya, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy), shuningdek, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha texnik-muhandislik izlanishlar va tadqiqotlar majmui, shu jumladan, suv oqimlari oʻzanlari, himoya inshootlari, suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlar holatini oʻrganish ularning oʻzanlarida oʻtkazilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha himoyalash ishlari suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlari, suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor tajriba natijalari tatbiq etilishini nazarda tutishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha chora-tadbirlarga haqiqiy suv xoʻjaligi va gidrometeorologik vaziyat hisobga olingan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhofazalash chora-tadbirlarini amalga oshirish ustuvorligi va ketma-ketligi ularning ijtimoiy ahamiyatliligi, shuningdek, gidrometeorologik prognozlar hamda suv oqimlari va ulardagi inshootlarning haqiqiy holati hisobga olingan holda belgilanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yigʻma manzilli dastur quyidagilar boʻyicha loyihalarning prognoz koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyiha-tadqiqot ishlarini, shuningdek, suv oqimlarida boshqa himoyalash ishlarini bajarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yigʻma manzilli dastur suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlardan (keyingi oʻrinlarda hududiy manzilli dasturlar deb ataladi) shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hududiy manzilli dasturlar suv oqimlarining amaldagi suv xoʻjaligi, gidrologik va boshqa tabiiy-xoʻjalik sharoitlari hisobga olingan holda suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha vazifalarni hal etishga kompleks va tizimli yondashuv asosida ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlarini taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalar, shuningdek, boshqa himoyalash ishlarining manzilli roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyiha-tadqiqot ishlari, shuningdek, boshqa himoyalash ishlarining manzilli roʻyxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Hududiy manzilli dasturlarni tuzish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qarorlari bilan hududiy ishchi guruhlar tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari va viloyatlar hokimlarining sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hududiy ishchi guruhlar rahbarlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Hududiy ishchi guruh tarkibiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi (keyingi oʻrinlarda — Gidrometeorologiya xizmati agentligi), Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi) hududiy boshqarmalari;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimlik organlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda hududiy ishchi guruhlar tarkibiga boshqa manfaatdor vazirliklar, muassasalar va tashkilotlar vakillari kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda hududiy ishchi guruhlar tomonidan koʻrib chiqilishi uchun quyidagi materiallarni tayyorlaydi va taqdim etadi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha asosiy suv obyektlari qayd etilgan sxematik xaritalar, shuningdek, suv obyektlari va ulardagi inshootlarning texnik tavsiflari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp yillik gidrologik maʼlumotlar, shuningdek, toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz oʻtkazish boʻyicha boshqa maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Hududiy ishchi guruhlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 1-martgacha boʻlgan muddatda joylarga chiqish orqali gidrografik tamoyil asosida suv oqimlari va boshqa suv obyektlari, suv oqimlari boʻylab joylashgan suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlar, aholi yashaydigan joylar va sugʻoriladigan yerlarning batafsil tekshiruvini oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshiruvlar yakunlari boʻyicha himoya inshootlari buzilishlari, suv oqimlari oʻzanlari yuvilib ketishi va loyqa bilan toʻlib qolishi, suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlardagi buzilishlar, aholi yashaydigan joylar va boshqa ijtimoiy obyektlarni suv bosishi xavfi mavjudligining asosiy sabablarini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv oqimlari boʻylab joylashgan suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha ustuvor himoyalash ishlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz oʻtkazish imkoniyatlarini baholaydi hamda daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish joyini, hajmini va boshqa shart-sharoitlarini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 1-aprelgacha muddatda kelgusi yil uchun hududlarning suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazishni taʼminlash boʻyicha hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqadi va hududiy komissiyalarga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar tegishli hududiy komissiyaning qarori bilan 10-aprelgacha muddatda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha tasdiqlangan hududiy manzilli dastur belgilangan tartibda har yili 15-aprelgacha muddatda FVVga koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. FVV Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va boshqa manfaatdor vazirliklar va muassasalar bilan birgalikda hududiy manzilli dasturlar asosida kelgusi yil uchun Yigʻma manzilli dasturni ishlab chiqadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. FVV kelgusi yil uchun Yigʻma manzilli dasturni 1-maygacha muddatda tegishli xulosalar bilan birga belgilangan tartibda Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Komissiya 15-maygacha muddatda Yigʻma manzilli dasturni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi hamda uni manfaatdor vazirliklar va muassasalarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga belgilangan tartibda amalga oshirish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Suv oqimlarining suv xoʻjaligi, gidrometeorologik va boshqa tabiiy-xoʻjalik sharoitlarining boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlari, himoyalash ishlari asoslanishi va ustuvorligi hisobga olingan holda Komissiya qaroriga muvofiq Yigʻma manzilli dasturga tegishli oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tegishli himoyalash ishlarini bajarish buyurtmachilari hisoblangan, tasarrufida suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlar boʻlgan vazirliklar va muassasalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Yigʻma manzilli dastur va tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida belgilangan tartibda qurilish, taʼmirlash, oʻzanlarni tozalash, qirgʻoqlarni mustahkamlash va loyiha-tadqiqot ishlarining alohida manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Yigʻma manzilli dasturni amalga oshirish doirasida buyurtmachilar tomonidan inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tiklash, shu jumladan, suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha loyiha hujjatlari (keyingi oʻrinlarda loyiha hujjatlari deb ataladi)ni ishlab chiqish amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun vazifalar belgilangan tartibda “Suvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilishi zarur.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Loyiha hujjatlari qayd etilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Loyiha hujjatlari belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va Tabiat resurslari vazirligi organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha pudrat ishlari loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq tender savdolari oʻtkazilmasdan Komissiya qarori asosida Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu ishlarni bajarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda (moddiy-texnik baza imkoniyatlari yoʻqligi yoxud yetarli emasligi, moliya mablagʻlari yetishmasligi va shu kabilar) ushbu ishlar Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda tanlov asosidagi savdolar tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori bilan belgilangan tartibda boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv oqimlari boʻylab joylashgan suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalar ular tasarrufida boʻlgan vazirliklar va muassasalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daryo oʻzanlari barqarorligini hamda irrigatsiya va boshqa inshootlarga barqaror suv olishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tutash aholi punktlarini suv bosishiga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv xoʻjaligi inshootlari, koʻpriklar, ichimlik suv tarmoqlari va boshqa ijtimoiy obyektlarning xavfsiz faoliyat yuritishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlashda loyiha koʻrsatkichlariga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilarni vaqtincha saqlash, texnikaning toʻxtab turishi va ularga xizmat koʻrsatish joylarini joylashtirish, shuningdek, foydalaniladigan texnikaga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashni daryolarning suvni qoʻriqlash zonalaridan tashqarida amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlar yakuniga yetkazilgandan keyin daryolar boʻyini maishiy va ishlab chiqarish chiqindilaridan, shuningdek oʻzan tozalash ishlari koʻrsatkichlarini nazorat qilish uchun kapital balandlik jihozlari, uchastka chegaralari joylaridagi ajratish belgilaridan tozalashni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni innovatsion usullar va texnologiyalardan keng foydalanish orqali amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish belgilangan tartibda quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining oʻz tasarrufidagi obyektlar boʻyicha xarajatlar smetasida nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital quyilmalar va ekspluatatsion xarajatlar limitlari;
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari;
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(30-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Yuridik shaxslar oʻz balansidagi ijtimoiy obyektlarni himoya qilish maqsadida suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazishni taʼminlash chora-tadbirlarini belgilangan tartibda oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash yer uchastkalari ajratilmasdan amalga oshiriladi. Bunda Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va boshqa tashkilotlarga oʻzan tozalash ishlarini amalga oshirish joylarida yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar olish talab etilmaydi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror va xavfsiz oʻtkazishni taʼminlash boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pudratchi tomonidan qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnoma bilan oldindan kelishib olingan boshqa funksiyalarga rioya etilishi ustidan nazorat, obyekt qurilishi ustidan texnik kuzatuv va texnik nazorat yuzasidan — buyurtmachilar tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlar qurilishi va yakunlangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olishning butun davri mobaynida bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining loyiha qarorlariga muvofiqligi ustidan mualliflik nazorati yuzasidan — loyiha tashkilotlari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati hamda qurilish meʼyorlari va qoidalariga, normativ-texnik va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, qurilish obyektida pudrat tashkilotlari tomonidan ijro hujjatlari yuritilishi ustidan nazorat yuzasidan — “Davarxitekqurilish” qoʻmitasi hududiy organlari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. FVV Suv xoʻjaligi vazirligi va Tabiat resurslari vazirligi bilan birgalikda obyektlar boʻyicha Yigʻma manzilli dasturga kiritilgan loyihalar amalga oshirilish jarayonining monitoringi oʻtkazilishini taʼminlaydi va har oyda Komissiyaga tegishli axborotni kiritadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Oʻzanlarni tozalash boʻyicha ishlar amalga oshirilishi natijasida hosil boʻladigan materiallardan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son qarori bilan tashkil etilgan idoralararo guruh bilan oʻzaro kelishgan holda suv oqimlari oʻzanlarini tozalashda hosil boʻlgan noruda materiallar hajmini aniqlash uchun joylarda ularning uskunalar yordamida oʻlchovlari amalga oshiriladi, suvni muhofazalash qonunchilik talablariga muvofiq ularni alohida joylashtiriladi, shuningdek, zarur hollarda, ularning realizatsiya qilinishini tashkil etiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Noruda foydali qazilmalar qayta ishlangan va realizatsiya qilingan taqdirda Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va boshqa tashkilotlar belgilangan tartibda yer osti boyliklaridan foydalanilganlik uchun soliq toʻlaydi. Bunda daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish noruda foydali qazilmalar realizatsiya qilinishidan olingan daromadlar summasiga kamaytiriladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Realizatsiya qilinadigan noruda foydali qazilmalar materiallariga narxlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har yili 1-martgacha belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Suv oqimlari oʻzanlarini tozalash uchun Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va jalb etiladigan boshqa tashkilotlar hosil boʻlgan noruda materiallar miqdori toʻgʻrisida yilning har choragida idoralararo guruhga hisobot taqdim etishlari shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishi FVV tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat idoralararo guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Suv oqimlari oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish jarayonida Tabiat resurslari vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan oʻtkaziladigan tizimli tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, shuningdek, suv oqimlarida suv xoʻjaligi va boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha ishlar natijalarini qabul qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ochiq suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha loyihalarni tuzish, ishlab chiqish, ekspertiza oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 29-maydagi 135-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 53-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof qilish toʻgʻrisida” 2016-yil 4-maydagi 138-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 36-modda) 1-ilovaning 5-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofazalash sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofazalash qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 46-son, 1134-modda) 1-ilovaning 52-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1009/0455-son, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)