20.12.2017 yildagi 1003-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mustaqillik yillarida tiklangan Oʻzbekistonning koʻhna va boy milliy hunarmandchilik tarixi, bugungi kungacha saqlanib qolgan oʻziga xos maktablarining anʼanalari hamda amaliy sanʼat va hunarmandchilik asarlarini asrash, xalqaro miqyosda keng targʻib etish, ilmiy oʻrganish va kelajak avlodga yetkazish, shuningdek, bu borada yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Hunarmand” uyushmasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyi negizida Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2019-yillarda Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi binosini rekonstruksiya qilish, yangi koʻrgazma zali va maʼmuriy bino qurish, obodonlashtirish va jihozlash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi (keyingi oʻrinlarda muzey deb yuritiladi) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliy sanʼat va milliy hunarmandchilikning bugungi kungacha saqlanib qolgan oʻziga xos maktablarining anʼanalari hamda amaliy sanʼat va hunarmandchilik asarlarini asrash, xalqaro miqyosda keng targʻib etish, ilmiy oʻrganish hamda kelajak avlodga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqimizning amaliy sanʼat va milliy hunarmandchilik tarixi hamda boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizning madaniyat, sanʼat va boshqa sohalarda erishilgan yutuqlarini keng targʻib qilishga qaratilgan muzey ekspozitsiyalarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqimizning madaniy boyligi hisoblangan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini asrab-avaylash, oʻrganish, boyitib borish, namoyish etish, dunyo jamoatchiligiga tanitish va targʻib etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noyob eksponatlarni namoyish etish orqali fuqarolarda, ayniqsa yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, gʻurur va iftixor, Vatanga sadoqat va muhabbat tuygʻularini tarbiyalash va kuchaytirish; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini eʼlon qilib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini eʼlon qilib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, muzeyni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, pullik xizmatlardan tushadigan mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri hokimligining muzey binosini rekonstruksiya qilish, yangi koʻrgazma zali va maʼmuriy bino qurish, obodonlashtirish va jihozlash ishlarini bajarish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi — buyurtmachi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Meros chashmasi” unitar korxonasi — istisno tariqasida bosh loyiha tashkiloti etib;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh pudrat tashkiloti qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov savdolari asosida muzey binosining moddiy madaniy meros obyekti hisoblanishini eʼtiborga olgan holda aniqlanishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Toshkent shahri hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining taklifiga binoan ikki oy muddatda muzeyning yangi koʻrgazma zali va maʼmuriy binosini qurish uchun zarur yer uchastkasini ajratsin, shuningdek, ushbu yer uchastkasidagi jismoniy shaxslarning bino va inshootlarni buzish va tozalash ishlarini buyurtmachi mablagʻlari hisobidan hamda jismoniy shaxslarning buzishga tushgan bino va inshootlariga belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlarini homiylik xayriyalari hisobiga amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda yangi quriladigan binolarni muhandislik kommunikatsiyalariga ulash boʻyicha arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (ART-1, ART-2)ni loyihalashtirish topshiriqnomalarini tayyorlasin hamda loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki va Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning muzey binosini rekonstruksiya qilish, yangi koʻrgazma zali va maʼmuriy bino qurish, obodonlashtirish va jihozlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish hamda qurilish-taʼmirlash ishlarini bajarish uchun 12 mlrd. soʻm miqdoridagi mablagʻlarni teng ulushlarda homiylik asosida 2017-2018-yillar davomida ajratishi toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Madaniyat vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq muzey binosini rekonstruksiya qilish, yangi koʻrgazma zali va maʼmuriy binoni qurish, obodonlashtirish va jihozlash ishlarining ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan aniqlangan mablagʻni mazkur qarorning 7-bandiga asosan hamda ekspertiza xulosasiga binoan yoʻnaltirilgan homiylik mablagʻlariga yetmagan qismini Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bajarilayotgan rekonstruksiya va qurilish-montaj ishlari ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda milliy merosimiz, qadimiy tariximiz va madaniyatimizni targʻib qilish maqsadida muzeyga xorijiy sayyohlarni keng jalb etish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda muzeyda quriladigan yangi koʻrgazmalar zali uchun Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida milliy hunarmandchilikning rivoji va erishgan yutuqlariga bagʻishlangan ekspozitsiya yaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda muzeyda muntazam ravishda turli mavzulardagi davra suhbatlari, uchrashuvlar, mahorat darslari kabi maʼnaviy tadbirlar, shuningdek, maktab dasturiga oid ochiq darslar oʻtkazilishini taʼminlasin va ularga taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarini belgilangan tartibda keng jalb etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 20-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1003-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1003/0449-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)