Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2018 14.08.2000 yildagi 318-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ALOQA SOHASIDAGI ME’YORIY HUJJATLAR, DAVLAT VA TARMOQ STANDARTLARI TALABLARINI, KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATINI BUZGANLIK UChUN MOLIYAVIY SANKSIYALAR (JARIMALAR) TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 185-sonli “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-iyundan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan standartlar va me’yorlarga muvofiq aloqa xizmati sifatini oshirish, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalar xizmati iste’molchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) miqdori 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 14-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
318-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-avgustdagi 318-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MIQDORLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) Aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibiga muvofiq hisoblanadi. Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasida amaldagi eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r‎ Ko‘rsatkichlarning nomi‎ Moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ning miqdori (eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan baravar)‎

1. Pochta aloqasi, har bir holat uchun

1.1.‎ Pul o‘tkazish operatsiyalari bo‘yicha korxonaning aybi bilan paydo bo‘lgan jarimalar‎

‎2‎

1.2.‎ O‘tkazilgan pul va pensiya summalarining korxonaning aybi bilan kamomadi va o‘g‘irilanishi‎

11‎

1.3.‎ Pochta jo‘natmalarining korxonaning aybi bilan yo‘qolishi va o‘g‘irlanishi‎

10‎

1.4.‎ Viloyatlar ichkarisidagi (Toshkent shahrida shahar yo‘nalishi bo‘yicha) yo‘nalishlar bo‘yicha pochta almashilmasligi‎

1‎

1.5.‎ Magistral yo‘nalishlar bo‘yicha pochta almashilmasligi‎

2‎

1.6.‎ Jo‘natuvchidan oluvchiga yozma xat-xabarlar borishida nazorat muddatlarining buzilishi (respublika va viloyat markazlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida)‎

0,1‎

‎‎2. Telegraf aloqasi, har bir telegramma uchun

2.1.‎ Nazorat muddatlaridan o‘tkazib yuborilgan holda berilgan telegrammalar‎

0,1‎

2.2.‎ Nazorat muddatlaridan o‘tkazib yuborilgan holda yetkazilgan telegrammalar‎

0,1‎

2.3.‎ Xizmat yoz�shmalari va shikoyatlar bo‘yicha aniqlangan, yaroqsiz holda tayyorlangan telegrammalar (jo‘natilgan, kelgan, tranzit)‎

0,1‎

3. Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi, har foiz va buyurtma uchun

3.1.‎ Xalqaro telefon avtomat aloqasi bo‘yicha tushgan, so‘zlashuv bilan yakunlanmagan chaqiriqlarning har foizi‎

0,5‎

3.2.‎ Shaharlararo avtomat telefon aloqasi bo‘yicha tushgan, so‘zlashuv bilan yakunlanmagan chaqiriqlarning har foizi‎

0,2‎

3.3.‎ Shaharlararo telefon so‘zlashuviga berilgan har bir buyurtmaning korxonaning aybi bilan bajarilmasligi‎

0,1‎

4. Aloqa tarmoqlarining magistral va ichki zona uzatish liniyalari, kanallari, traktlari

4.1.‎ Kabel, havo, radiorele va yo‘ldosh aloqasi liniyalari tonal chastotasi kanallarining korxonaning aybi bilan bekor turish muddati (kanal/soat)‎

0,1‎

4.2.‎ Televizion stvollar harakatining korxonaning aybi bilan bekor turish muddati, 100 km stvol orasida (bir minut uchun)‎

0,1‎

4.3.‎ Boshlang‘ich uzatish tarmoq tizimining normalarga muvofiq bo‘lmagan liniya traktlari soni (har bir trakt uchun)‎:

kabel va radiorele aloqa liniyalarida‎

2‎

havo aloqa liniyalarida‎

1‎

yo‘ldosh aloqa liniyalarida‎

10‎

‎‎5. Mahalliy (shahar va qishloq) telefon aloqasi

5.1.‎ Buzilishlarni nazorat muddatlaridan ortiq muddatlarda bartaraf etish (har 1000 telefon-soat uchun)‎

0,1‎

5.2.‎ Ishlamaydigan taksofonlar (taksofon)‎

0,1‎

‎‎6. Simli radioeshittirish, har bir 1000 radionuqta/soat uchun

6.1.‎ Radiotranslatsiya uzellari stansiyalari va podstansiyalarining korxonaning aybi bilan bekor turishi‎

0,1‎

‎‎7. Televideniye, har bir minut uchun

7.1.‎ Quvvati 1 Vtdan 1000 Vtgacha bo‘lgan uzatuvchilar harakatining korxonaning aybi bilan uzilish muddati shu jumladan me’yordan ortiq muddatlarda ‎

0,5

‎1‎

7.2.‎ Quvvati 1Vt dan 1000 Vtgacha bo‘lgan televizion uzatuvchilar ishlashining korxonaning aybi bilan belgilangan texnik me’yorlarga nisbatan uzilish muddati‎

0,25‎

7.3.‎ Quvvati 1kVtgacha bo‘lgan televizion uzatkichlar ishlashining korxonaning aybi bilan belgilangan texnik me’yorlarga nisbatan uzilish muddati‎

0,5‎

7.4.‎ Quvvati 1000 Vt dan ortiq bo‘lgan uzatkichlar harakatining korxonaning aybi bilan uzilish muddati‎

1‎

shu jumladan me’yordan ortiq muddatlarda‎

2‎

‎‎8. Yo‘ldosh aloqasi, har bir minut uchun

8.1.‎ Yo‘ldosh aloqasining yerdagi qabul qilish va qabul qiluvchi-uzatuvchi stansiyalari ishlashidagi uzilishlar‎

a) televizion stvolda (qabul qiluvchi)‎

2‎

b) telefon stvolida (qabul qiluvchi-uzatuvchi)‎

1‎

8.2.‎ Yo‘ldosh aloqasining yerdagi stansiyalari ishidagi mazkur korxonaga bog‘liq sabablarga ko‘ra belgilangan texnik me’yorlarga nisbatan uzilishlar,‎

a) televizion stvolda (uzatuvchi va qabul qiluvchi)‎

2‎

b) telefon stvolida (qabul qiluvchi-uzatuvchi)‎

1‎

‎‎9. Radioeshittirish, har bir minut uchun

9.1.‎ Radioeshittirish uzatkichlari ishlashida korxonaning aybi bilan uzilishlar muddati‎

1‎

shu jumladan nazorat muddatlaridan ortiq muddatlarda‎

2‎

9.2.‎ Radioeshittirish uzatkichlari ishida korxonaning aybi bilan belgilangan texnik me’yorlarga nisbatan uzilishlar muddati‎

0,5‎

‎‎10. Radioaloqa, har bir minut uchun

10.1.‎ Radioaloqa uzatkichlari ishlashida korxonaning aybi bilan uzilishlar muddati‎

0,5‎

shu jumladan me’yoriy muddatlardan ortiq muddatlarda‎

1‎

10.2.‎ Radioaloqa uzatkichlari ishida korxonaning aybi bilan belgilangan texnik me’yorlarga nisbatan uzilishlar muddati‎

0,1‎

10.3.‎ Korxonaning aybi bilan radio qabul qilish qurilmalarining ishlashidagi (barcha ish turlarida) uzilishlar muddati‎

1‎

11. Davriy matbuot

11.1.‎ Obuna va chakana summalarining kamomadi va o‘g‘irlanishi (holat)‎

11‎

11.2.‎ Obuna va chakana nashrlarning kamomadi va o‘g‘irlanishi (nusxa)‎

0,1‎

11.3‎ Respublika gazetalarini iste’molchilarga matbuot tarqatuvchi xodimlarning aybi bilan yetkazib berish muddatlarining buzilishi (10 nusxa)‎

0,1‎

‎‎12. Shikoyatlar

12.‎ Korxonaning aybi bilan pochta va telekommunikatsiyalar ishi ustidan shikoyatlar‎

1‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-avgustdagi 318-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni hisoblash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan hamda pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik subyektlariga joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Moliyaviy sanksiyalar O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati o‘rnatish bo‘yicha Davlat aloqa inspeksiyasi (Davlat aloqa inspeksiyasi) tomonidan texnik parametrlar, texnik foydalanish qoidalari, pochta va telekommunikatsiyalar vositalari ishlarining va xizmat ko‘rsatish sifati buzilganligi uchun ko‘rsatkichlarning yagona tizimi bo‘yicha hisoblanadi, tabiiy ofatlar yoki favqulodda vaziyatlar oqibatida paydo bo‘lgan buzilishlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar sud tartibida qo‘llanadi, ular tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va iqtisodiy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langan hollarda esa — O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati o‘rnatish bo‘yicha Davlat aloqa inspeksiyasi (Davlat aloqa inspeksiyasi) tomonidan qo‘llanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Moliyaviy sanksiyalarni hisoblash uchun davlat va idoraviy statistika ma’lumotlari asos bo‘lib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har chorakdagi ish natijalari bo‘yicha moliyaviy sanksiyalarni hisoblash moliyaviy sanksiyalarning tasdiqlangan ko‘rsatkichlari va miqdorlariga muvofiq maxsus hisob-kitob bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Moliyaviy sanksiyalar sifatidagi undirib olinadigan mablag‘lar xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan har chorakda, hisobot davridan keyin 30 kun muddatda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun solinadigan jarimalar bundan mustasno.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Taqdim etilgan statistika hisobotlarining ishonchliligi va moliyaviy sanksiyalarning o‘z vaqtida to‘lanishi Davlat aloqa inspeksiyasi tomonidan tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sanksiyalarning to‘liq miqdorda o‘tkazilmaganligi aniqlangan taqdirda tegishli summa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Davlat aloqa inspeksiyasining qarori olingan paytdan boshlab ikki hafta muddatda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Pul jo‘natmalari va pensiya summalari, pochta jo‘natmalarining tadbirkorlik subyektlari tomonidan birinchi marta va ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan, shuningdek zarar yetkazmaydigan obuna va chakana savdo summalari va nashrlarining korxona aybi bilan o‘g‘irlanishidan tashqari, normativ hujjatlarni, davlat va tarmoq standartlarini buzganlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarni javobgarlikka tortish ularning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash bilan cheklanadi. Ushbu holatda xo‘jalik yurituvchiga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan iqtisodiy sanksiyalarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni hisoblash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlarini abonentlar (mijozlar)ga pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki ular sifatining pastligi uchun amaldagi qoidalarga muvofiq ularga yetkazilgan zararni qoplash yoki qayta hisob-kitob qilishdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mansabdor shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat aloqa inspeksiyasining moliyaviy sanksiyalarni hisoblash to‘g‘risidagi qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.