Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.12.2017 05.08.2000 yildagi 304-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.12.2017
Hujjat 05.08.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli ““Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining huquqiy madaniyatini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning meʼyoriy-huquqiy hujjatlardan keng foydalanishini taʼminlash, jamiyatni huquqiy axborotlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish va amaldagi qonun hujjatlarini bosqichma-bosqich turkumlashni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2000-yil 1-sentabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining barcha meʼyoriy-huquqiy hujjatlari davlat hisobi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarining davlat hisobini yuritish funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari majmuasini nashr etishni tashkil qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya 2000-yil 1-noyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari majmuasi sxemasi, uning materiallarini shakllantirishning asosiy prinsiplari va tayyorlangan boʻlimlarni koʻrib chiqishga taqdim etish tartibi toʻgʻrisida takliflarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari majmuasini tayyorlash va nashr etishning Majmua boʻlimlarini chop etish muddatlari nazarda tutilgan rejasini kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari majmuasini tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda qatnashish uchun vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarni jalb etish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi va “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining hamda Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlari axborotnomasining davriy ravishda, har oyda ikki marta nashr etilishini, shuningdek ularning ochiq obuna yoʻli bilan tarqatilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlarining turkumlangan yagona elektron bazasi)ning shakllantirilishi va ishlashini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi bilan birgalikda 2000-yil 1-noyabrgacha Adliya vazirligi markaziy apparatining mahalliy kompyuter tarmogʻini ishga tushirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2000-2001-yillar mobaynida Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini shakllantirishga doir ishlarni amalga oshirsin, shuningdek tender asosida tegishli axborot-qidirish tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda vazirlik meʼyoriy-huquqiy hujjatlar matnlarini elektron pochta tizimi orqali tegishli organlardan olishini 2000-yil 1-sentabrgacha tashkil etsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaratilayotgan maʼlumotlar elektron bazasidan davlat hokimiyati respublika va mahalliy organlari, boshqa bazadan foydalanuvchilarning tarmoq orqali foydalana olishlarini 2000-yil 1-noyabrgacha taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yordam koʻrsatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligining Meʼyoriy hujjatlarni hisobga olish va turkumlash boʻlimi negizida Vazirlik markaziy apparati xodimlarining mavjud soni doirasida Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligining Axborot-yuridik markazini Adliya vazirligi huzuridagi xoʻjalik hisobidagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markaziga aylantirish, mavjud shtatlarni Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasiga berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, uning faoliyatiga doir tashkiliy masalalarni hal etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni nashr etish, Qonun hujjatlari milliy bazasini shakllantirish va mahalliy hisoblash tarmogʻini barpo etish uchun zarur materiallar va asbob-anjomlar sotib olish, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi faoliyatini tashkil etish uchun grant mablagʻlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi masalani xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi olib kelinayotgan asbob-uskunalar va materiallardan daromad (foyda) soligʻi, mol-mulk soligʻi va bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirilganligi uchun olinadigan toʻlovlar bundan mustasno) toʻlashdan, boʻshab qolgan mablagʻlar Markazning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, mahalliy hisoblash tarmogʻi va Qonun hujjatlari milliy bazasini barpo etishga yoʻnaltirgan holda, istisno tariqasida uch yil muddatga ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 5-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
304-son

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 304-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tarqatish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlarining turkumlangan davlat yagona elektron bazasi) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplamida, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasida, shuningdek norasmiy tartibda tarqatishning asosiy shartlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Meʼyoriy-huquqiy hujjatlar rasmiy va norasmiy nashrlarda, shu jumladan, elektron maʼlumotlar bazasi orqali ularni eʼlon qilish yoʻli bilan tarqatiladi, maxfiy tusga ega boʻlgan yoki eʼlon qilinmaydigan hujjatlar matnlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilanadigan rasmiy matbuot nashrlarida meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning nashr etilishi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning rasmiy nashrlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami va Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining rasmiy davriy nashrlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplamiga yangidan qabul qilinadigan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis qarorlari;

Konstitutsiyaviy sud qarorlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining meʼyoriy tusdagi barcha matnlari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplamida eʼlon qilinadigan hujjatlar tegishli tartib raqamlari boʻlgan moddalarga joylashtiriladi. Hujjatlarga ilovalar ham hujjatlar joylashtirilgan moddalarga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan umumiy majburiy tusdagi idoraviy meʼyoriy hujjatlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Meʼyoriy hujjatlar matnlari Axborotnomada ularning tartib raqamlari va Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasiga muvofiq izchil tadrijiy tartibda joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Katta hajmdagi meʼyoriy hujjatlar matnlari Axborotnomaga kiritilmasligi mumkin. Bunda matnlar ularni qabul qilgan organlar tomonidan alohida nashr holida eʼlon qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami va Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi har oyda ikki marta, oʻzbek va rus tillarida chiqadi hamda ochiq obuna yoʻli bilan tarqatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga meʼyoriy tusdagi quyidagi hujjatlar matnlari kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konstitutsiyaviy sud qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy meʼyoriy hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi shakllanishiga qarab unga joylardagi davlat hokimiyati organlarining meʼyoriy-huquqiy hujjatlari bosqichma-bosqich kiritib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashkil etilayotgan maʼlumotlar elektron bazasidan davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan davlat hokimiyati va boshqaruvining respublika va mahalliy organlari tekin foydalanadilar, boshqa foydalanuvchilar maʼlumotlarni uzatish idoralararo tarmogʻi, Internet global tarmogʻi, shuningdek boshqa kanallar orqali belgilangan tartibda foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-oktabrdagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori asosida shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida qoʻllangan qonunchilik klassifikatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida qonun hujjatlarini turkumlashda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatorini tijorat maqsadlari uchun maʼlumotlarning turkumlangan bazasida qoʻllashda etalon hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplamining oʻz vaqtida nashr etilishini taʼminlash va Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini toʻldirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida ularning matnlarini qogʻoz va elektron matnlarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga joʻnatadilar. Bunda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning elektron matnlari elektron pochta tizimi orqali Adliya vazirligiga joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning kelib tushgan matnlaridan ularning davlat hisobini yuritish va Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari majmuasini shakllantirish uchun ham foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi oʻz vaqtida nashr etilishini taʼminlash, shuningdek Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini toʻldirish uchun tegishli organlar oʻz meʼyoriy hujjatlarini Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazishda vazirlikka ushbu hujjatlarning elektron matnlarini elektron matnlarda yoki elektron pochta tizimi orqali taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashr etish, shuningdek yaratilayotgan qonun hujjatlari maʼlumotlari elektron bazasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi barcha organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin va ularda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning barcha rekvizitlari, shuningdek ular eʼlon qilingan rasmiy manbalar va kuchga kirish sanasi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilishning rasmiy manbalaridan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida ularni qoʻllashda majburiy ravishda foydalanadilar. Bunda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning oʻz markaziy apparatlariga, tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga oʻz vaqtida kelib tushishini, shuningdek meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobi yuritilishini taʼminlashga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlar toʻplamini va Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasini nashr etishni tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini tashkil etish va uning ishlashiga umumiy rahbarlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish, maʼlumotlar bazasini saqlash, maʼlumotlar elektron bazasidan belgilangan tartibda foydalanishni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi tomonidan amalga oshiriladi.