Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.01.1998 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HAZORASP QAND-ShAKAR ZAVODINI XOM AShYo BILAN TAʼMINLASh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorazm viloyatidagi Hazorasp qand-shakar zavodining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining qand lavlagi ekin maydonlari va uning yalpi hosili toʻgʻrisidagi taklifi 1-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi va “Oziqovqatsanoat” uyushmasi bilan birgalikda MDHning lavlagi ekiladigan mintaqalarida va uzoq xorijiy mamlakatlarda qand lavlagi yetishtirish tajribasini oʻrgansin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining agroiqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qand lavlagi yetishtirish boʻyicha tavsiyanomalar hamda texnologik xaritalar ishlab chiqilsin va xoʻjaliklarga yetkazilsin. Qandliligi kamida 17 foiz boʻlgan qand lavlagi olinishi taʼminlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi (Qosimxoʻjayev):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 1998-yil 1-fevralgacha 1998-yil hosilidan qand lavlagi xarid qilish yuzasidan xoʻjaliklar bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzishni tugallasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 1-martgacha xoʻjaliklarga shartnomaviy narx boʻyicha xarid qilinadigan xomashyo qiymatining kamida 40 foizi miqdorida avans toʻlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyor (qand-shakar) va qoʻshimcha mahsulot (jom)ning bir qismini xomashyo uchun toʻlov hisobiga xoʻjaliklarga ajratishni nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qand lavlagini qabul qilib olish va saqlash uchun qand-shakar zavodi hududida 50 ming tonna qand lavlagi gʻaramlab saqlanadigan maydonni, shuningdek respublikaning qayd etilgan mintaqalarida 4 ta qand lavlagi qabul qilish punktlarini tayyorlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov) lavlagi ekadigan xoʻjaliklarga 2-ilovaga* muvofiq miqdorda mineral oʻgʻitlar va gerbitsidlar yetkazib berishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*2-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov) 1998-yil 1-martgacha mashina-traktor parklari uchun 3-ilovaga* muvofiq qand lavlagi yetishtirish va hosilini yigʻishtirib olish texnikasini yetkazib berish masalasini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*3-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov) 1998-1999-yillarda respublika sanoat korxonalarida “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan qand lavlagi yetishtirish va lavlagichilik texnikasi parkini yangilash uchun shunday texnika ishlab chiqarishni tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi lavlagi yetishtirish tajribasini oʻrganish asosida bir kurtakli qand lavlagi urugʻini yetkazib berishi mumkin boʻlgan tashkilotlarni aniqlasin, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi (Otayev) esa kontraktlar tuzishni va 4-ilovaga* muvofiq urugʻlik yetkazib berishni ikki oy muddatda taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Paxta-bank” va “Gʻalla-bank” “Oziqovqatsanoat” uyushmasiga yetishtiriladigan qand lavlagi uchun xoʻjaliklarga avans berish uchun 761 mln. soʻm miqdorida va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasiga navli (bir kurtakli) lavlagi urugʻlari sotib olish uchun 1200 ming AQSh dollariga teng miqdorda qayta moliyalash stavkasi boʻyicha bir yilgacha muddatga kreditlar ajratsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi “Oziqovqatsanoat” uyushmasiga qand lavlagi tashish uchun zarur miqdorda avtotransport vositalari va temir yoʻl vagonlari ajratsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mavsum oraligʻida shakar xomashyosini qayta ishlash hisobiga Hazorasp qand-shakar zavodining yillik ishlab chiqarish quvvatlarini 125 ming tonnagacha oshirish masalasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov va Bosh vazir oʻrinbosari M. Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 5-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-son