O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Taxiatosh tumani hamda Toshkent viloyatining Toshkent tumani tashkil etilishi munosabati bilan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.