03.08.2000 yildagi 303-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.11.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VILOYATLAR, SHAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLIKLARI TASHKILIY-KADRLAR XIZMATI MAQOMINI OʻZGARTIRISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tashkiliy-kadrlar xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish, mahalliy ijro hokimiyati organlarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va yangilash ishlarini tubdan yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining eʼtiborlari joylarda tashkiliy-kadrlar xizmati faoliyatini tashkil etish masalalari boʻshashtirib yuborilganligiga, ularni bu sohada davlat siyosati tamoyillarini joriy etishga qodir boʻlgan tajribali va layoqatli mutaxassislar bilan toʻldirishga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-martdagi 147-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 13-son, 149-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Hokimliklarning tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari boʻyicha guruhlari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rahbarlik lavozimlariga kadrlar tayyorlash va joy-joyiga qoʻyish tizimini yaratish va muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda kadrlarga boʻlgan ehtiyoj asosida amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich moʻljallangan lavozimlarga tayyorlab borish, qayta oʻqitish va pirovard natijada zamonaviy rahbar tayyorlash tizimini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda muntazam ravishda kadrlar bilan ishlashning ahvolini tahlil qilish, yosh isteʼdodli, mustaqilligimiz gʻoyalariga sodiq boʻlgan vatanparvar, fidoiy kadrlarni tanlash va ular toʻgʻrisida hokimiyat rahbariyatiga axborot va takliflar berib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rahbar kadrlar almashinuvi (rotatsiya) ehtiyojlarini oʻrganib borish va takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasalalari va oʻquv yurtlari bilan kadrlarga boʻlgan ehtiyoj yuzasidan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlardagi kadrlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida jamlagan yagona kompyuter maʼlumotlar bazasini yaratish va undan doimiy ravishda samarali foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari kadrlar boʻyicha davlat siyosati tamoyillarining amalga oshirilishi, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, oʻqitish va tarbiyalash uchun shaxsan javobgardirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikki oy muddat ichida ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati bilan birgalikda hokimliklarning tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari boʻyicha guruhlarini maxsus bilim va tayyorgarlikka, kasbiy va hayotiy tajribaga ega boʻlgan, oʻz bilimi va ishchanlik malakasi boʻyicha davlatning kadrlarni tayyorlash va joy-joyiga qoʻyish siyosatini amalga oshirilishini taʼminlovchi kadrlar bilan yangilash va toʻldirish yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli hokimliklar xodimlarining cheklangan shtatlari soni doirasida, mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi va boshqaruv organlari xodimlariga mehnat haqi toʻlash boʻyicha guruhlar jadvalidan kelib chiqib:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparati tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari boʻyicha guruh rahbarlari ish haqini Axborot-tahlil guruhlari rahbarlarinikiga tenglashtirilgan holda moliyalashtirishni taʼminlasin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-noyabrdagi 531-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-noyabrdagi 531-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 45-46-son, 470-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 1997-yil 17-iyundagi 301-son qarorining 1, 2, 5-ilovalariga, “Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qarorining 1, 2, 3, 4, 9, 10, 11, 12-ilovalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov va Prezidentning Tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha davlat maslahatchisi zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 3-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
303-son