10.11.2017 yildagi 901-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kollejida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish, uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash, jismonan sogʻlom, maʼnaviy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy qarashlarga ega va Vatanga sadoqatli yoshlarni tarbiyalash, shuningdek demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida keng koʻlamli islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, taʼlim sohasiga oid islohotlarda ayrim oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining taʼlim jarayoni toʻliq qamrab olinmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kolleji (keyingi oʻrinlarda kollej deb ataladi) faoliyatini monitoring qilish natijasida qonun hujjatlarining doimiy ravishda buzilishiga yoʻl qoʻyilgani va buning oqibatida kollejdagi muhit va oʻquv-tarbiya jarayoni izdan chiqqani, jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlarni tanlash va ular bilan ishlash amaliyoti notoʻgʻri tashkil etilgani, xususan, oshna-ogʻaynigarchilik, urugʻ-aymoqchilik va mansabni suiisteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilgani, shuningdek, pedagoglar qoʻnimsizligining yuqoriligi va ularning kasb darajasi keskin pasayib ketgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro intizomining pasaygani, yuqori idoralarning topshiriqlari va koʻrsatmalarini ochiqchasiga rad etish, ish yuritishga masʼuliyatsizlik bilan yondashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha belgilangan tartibning qoʻpol buzilishi, oʻquvchilarning darslarga qatnashishini nazorat qilishdagi loqaydlik, darslarda uzilishlar boʻlishiga oʻqituvchilarning oʻzlari sabab boʻlayotgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turli “foydali” tadbirlar oʻtkazish bahonasida nohaq yigʻimlar yigʻilishi, rahbariyat, pedagoglar, oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida oʻzaro munosabatlar yomonlashgani, oʻquvchilarning bilim darajasi asossiz ravishda oshirib baholangani, bitiruvchilarga diplomni rasmiylashtirish va topshirishda belgilangan normalarning buzilishi holatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xulqi buzuq oʻquvchilar bilan alohida ishlashga yuzaki yondashilgani, oʻquvchilarning maʼnaviy va intellektual fazilatlarini, ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha ota-onalar bilan nomigagina suhbat oʻtkazilayotgani, oʻquvchilarning maʼnaviy va intellektual sifatlarini mustahkamlashda, ularning ijtimoiy faolligini oshirishda ota-onalar tomonidan kollejlar maʼmuriyatiga va pedagoglar jamoasiga yordamni tashkil etish borasida oʻzaro amaliy hamkorlikning yoʻqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kollejning dolzarb muammolarini hal etishda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida kollej, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda vakolatli organlar oʻrtasida samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kollej boʻlinmalari rahbarlari va pedagoglar tarkibining malakasini, kasbiy va maʼnaviy-axloqiy sifatlarini oshirish masalalari yuzasidan tizimli monitoring olib borilmayotganligi aniqlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kollej rahbariyatining oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiya ishlariga, shuningdek, oʻquvchilarning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, vatanparvarlik, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish hamda rivojlantirishga masʼuliyatsiz munosabat oqibatida kollejning ayrim oʻquvchilari tomonidan sodir etilgan ogʻir jinoyat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kollejda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kollej va uning rahbariyatining faoliyati oʻta qoniqarsiz deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kollej direktori N.S. Temirova xizmat burchini qoʻpol ravishda buzgani va xizmat vazifalarini tegishli ravishda muntazam bajarmagani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgani va maxsus unvon — Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining “2-darajali adliya maslahatchisi” martaba darajasidan mahrum etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kolleji faoliyatini oʻrganish va uni takomillashtirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus professional yuridik maʼlumotga ega mutaxassislar tayyorlash boʻyicha kollej faoliyatini har tomonlama, tanqidiy tahlil qilish, oʻquv jarayoniga pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtini samarali tashkil etish, ularda namunali huquqiy madaniyat va ongni, yuksak maʼnaviy fazilatlarni shakllantirish ishlarining holatini tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kollejning tovar-moddiy boyliklarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni va moliya-xoʻjalik faoliyatini oʻrganishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kollejda taʼlim jarayonini zamonaviy shakl va uslublar, pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari asosida yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kollejda yuzaga kelgan vaziyatni sogʻlomlashtirish va oʻrganish davomida aniqlangan xato hamda kamchiliklarning kelgusida oldini olish borasida kollej rahbariyati va pedagog kadrlariga zarur uslubiy yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yilda kollej rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha metodik tavsiyalar va zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Komissiya (E. Kanyazov) bir oy muddatda kollejning rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda kollejni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boshqaruv va pedagog kadrlar bilan toʻldirishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, kollej oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan mutaxassisliklar va kasblarni oʻz ichiga olgan “yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yuridik kadrlari tayyorlaydigan davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Toshkent yuridik kollejida oʻquv jarayonini tubdan yaxshilash, oʻquvchilarni oʻqitish sifatini, maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, shuningdek, kollejning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha Tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda TDYU deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda bir oy muddatda:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarda tizimli fikrlash, ish yuritish koʻnikmalarini rivojlantirish, protsessual hujjatlar tuzish qobiliyatini shakllantirish, chet tillar boʻyicha oʻquv yuklamasini oshirish nazarda tutilgan holda va ish beruvchilarning zamonaviy tendensiyalari hamda ehtiyojlarini hisobga olib, malaka talablari, kollej oʻquv rejalari va dasturlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin hamda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini, ularning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiri va kelajagiga masʼullik hamda daxldorlik tuygʻusini shakllantirish va rivojlantirish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TDYU, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda Toshkent yuridik kolleji oʻquvchilari bilimlarini baholash toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, Toshkent yuridik kollejining yangilangan Ustavini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, sud va huquqni muhofaza qilish organlarida, shuningdek, boshqa tashkilotlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yuridik kadrlariga boʻlgan ehtiyojning chuqur oʻrganilishini taʼminlasin hamda shu asosda kelgusi oʻquv yillarida oʻquvchilar qabul qilishning istiqbolli rejasi toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻrta maxsus, professional yuridik maʼlumoti boʻlishini talab etadigan mutaxassisliklar roʻyxatini kengaytirishni nazarda tutgan holda, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini ikki oy muddatda qayta koʻrib chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Toshkent yuridik kollejiga ushbu kollej oʻquvchilarining amaliyot oʻtashini tashkil etishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilansinki, oʻquvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartib bilan bir qatorda, oʻquv intizomi va kollej ichki tartib-qoidalarini buzganligi, shu jumladan semestr davomida uzrsiz sabablarga koʻra darslarni 74 soatdan ortiq vaqt qoldirgani, shuningdek, odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun ham kollejdan chetlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kollejga 2 ta yengil, jumladan, bitta biriktirilgan va bitta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning 11-bandining amal qilishi TDYU huzuridagi akademik litseyga, TDYUga quyidagi huquqlar taqdim qilingan holda, tatbiq etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TDYUning budjetdan tashqari mablagʻlari (faqat oʻqitishning bazaviy qiymati miqdoridan oshadigan qismida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishdan tushadigan tushumlar) hisobidan litsey uchun oʻquv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, yengil avtotransport vositalari sotib olish, shuningdek, litsey oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan tashqari mablagʻlar (toʻlov-kontrakt mablagʻlari) hisobidan litseyga uning xodimlariga tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar belgilash uchun moddiy yordam koʻrsatish.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.K. Davletov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 10-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
901-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-noyabrdagi 901-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kolleji faoliyatini oʻrganish va uni takomillashtirish boʻyicha komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

E.S. Kanyazov

Adliya vazirining oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, Komissiya raisi

F.X. Rizayev

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktorining birinchi oʻrinbosari — Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi, Komissiya raisining oʻrinbosari

B.R. Boliyev

Adliya vazirligining Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi

M.M. Mahmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining masʼul xodimi (kelishuv asosida)

J.M. Tursagatov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi boshqarma boshligʻi

D.M. Umarov

Toshkent davlat yuridik universitetining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori

V.E. Ergashev

Toshkent yuridik kolleji direktori vazifasini bajaruvchi

Sh.O. Boboqulov

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktori

M.R. Toshov

Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasining boʻlimi boshligʻi, Komissiya kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-noyabrdagi 901-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent yuridik kollejida oʻquv jarayonini tubdan yaxshilash, oʻquvchilarni oʻqitish sifatini, maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, shuningdek kollej moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TADBIRLAR REJASI

T/r

Tadbirlar nomi va ularni amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul bajaruvchilar

I. Oʻquv jarayonini tubdan yaxshilash, oʻqitish sifatini oshirish chora-tadbirlari

1.

Kollejning rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish:

attestatsiyadan oʻtolmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish;

kollejni malakali boshqaruv va pedagog kadrlar bilan toʻldirish.

2017-yil noyabr

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji

2.

Toshkent yuridik kollejining yangilangan ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil noyabr

Adliya vazirligi

3.

Kollejning “yurisprudensiya” yoʻnalishi doirasida mutaxassisliklar va kasblarni belgilash.

2017-yil noyabr

Adliya vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

4.

2017/2018 oʻquv yilining ikkinchi semestridan boshlab Toshkent yuridik kolleji oʻquvchilarining bilimini baholash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish.

2017-yil noyabr-dekabr

TDYU, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

5.

Oʻrta maxsus yuridik maʼlumot boʻlishini talab etadigan mutaxassisliklar roʻyxatini kengaytirish nazarda tutilgan holda, Asosiy xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining klassifikatorini qayta koʻrib chiqish.

2017-yil noyabr-dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Toshkent davlat yuridik universiteti

6.

Tegishli mutaxassisliklar va kasblarni hisobga olgan holda, “yurisprudensiya” yoʻnalishi doirasida oʻquv rejalari, dasturlari va malaka talablarini ishlab chiqish.

2017-yil dekabr

Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Toshkent yuridik kolleji

P. Oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash darajasi, huquqiy madaniyati va ongini oshirish chora-tadbirlari

7.

Toshkent yuridik kollejida Odob-axloq qoidalari, shuningdek, Ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil noyabr

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji

8.

Kollejda kuratorlik tizimini tanqidiy tahlil qilish va qayta koʻrib chiqish, kuratorlarning oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan ishlash boʻyicha samarali mexanizmini yaratish.

2017-yil noyabr

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji

9.

Oʻquvchilarning elektron oʻquv resurslaridan onlayn rejimida foydalanishi va kollej faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida kollejning zamonaviy veb-saytini va ijtimoiy tarmoqlarda sahifasini yaratish.

2017-yil dekabr

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji

10.

Kollejning taʼlim va sport toʻgaraklari, axborot-resurs markazida oʻquvchilarning bilim olishi va madaniyati darajasini yuksaltirish boʻyicha doimiy monitoring tizimini taʼminlash.

muntazam

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji

11.

Kollejda oʻquvchilar muloqot qilishining zamonaviy shakllarini yaratish (bahs-munozaralar klublari, oʻquvchilarni qiziqtirgan mavzular boʻyicha kollokviumlar, shu jumladan tegishli mutaxassislarni taklif etgan holda).

muntazam

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji

12.

Kollej binolari va hududining koʻrinarli joylarida bilim olishga intilish, oʻz intellektual darajasini oshirish, adabiy kitoblar oʻqishga qiziqish va turli yoshlar tadbirlarini oʻtkazishga daʼvat etadigan targʻibot, shu jumladan xorijiy tillardagi materiallarini (videoroliklar, plakatlar, bukletlar, flayerlar va boshqalarni) tayyorlash va joylashtirish.

muntazam

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda

13.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi TDYU boshlangʻich tashkilotining faollarini kollej oʻquvchilarining huquqiy madaniyati va ongini, ijtimoiy faolligini oshirish, adabiy kitoblar oʻqishga qiziqtirish va turli yoshlar tadbirlarini oʻtkazish maqsadida ular bilan ishlashga jalb qilish.

muntazam

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda

14.

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti rahbariyatining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda muhim masalalarni muhokama etish uchun oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuvlarini muntazam oʻtkazish.

har chorakda

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda

III. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash chora-tadbirlari

15.

adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan kollej uchun oʻquv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, yengil avtotransport vositalari sotib olish, shuningdek kollej oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash.

zaruratga koʻra

Adliya vazirligi, Toshkent yuridik kolleji

16.

Kollejga 2 ta yengil, jumladan, bitta biriktirilgan va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratish.

2017-yil noyabr

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

17.

Kollej xodimlariga har oylik ustamalar belgilash uchun TDYUning budjetdan tashqari (reja-kontrakt) mablagʻlari hisobidan, shuningdek TDYUning budjetdan tashqari (faqat oʻqitishning bazaviy qiymatidan oshadigan miqdori qismi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlar mablagʻlari hisobidan kollej oʻquvchilarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil dekabr

TDYU, Adliya vazirligi

18.

“Yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha yangi mutaxassisliklar va kasblar ochilishi munosabati bilan kollej shtat jadvalini qayta koʻrib chiqish.

2018-yil yanvar

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji, Moliya vazirligi

19.

Toshkent yuridik kollejini uning talabnomasiga binoan Internet tarmogʻiga belgilangan tartibda ulashni taʼminlash.

2018-yildan boshlab

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/901/0242-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son; 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)