Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 7-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2467-2]
2017-yil 18-sentabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Lyuksemburg Buyuk Gersogligi Hukumati oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida 1997-yil 2-iyulda Lyuksemburg shahrida imzolangan Konvensiyaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomaga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22, 7/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasi 22-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-oktabr,
2017-56-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 30-oktabr,
01-02/19-38-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-oktabr,
323-V-2-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2017-yil 30-oktabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2017-yil 30-oktabr
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DUSANOV
2017-yil 30-oktabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2467-2/0230-son)