07.11.2017 yildagi 894-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 7-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
894-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 894-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu erda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibining 12-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining turistik vizasida koʻrsatilgan muddatdan oldin kelgan taqdirda turistik vizalarga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik byurolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtish punktlarida tegishli oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat etiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻluvchi xorijiy fuqarolar oʻzlarini qabul qiluvchi tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllari va faoliyat turidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar, xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi), shuningdek, xususiy ishlar boʻyicha ularni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda, xohishlariga koʻra mehmonxona xizmatlari — vaqtinchalik yashash boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladigan joylashtirish vositalarida (mehmonxonalar, turizm bazalari va komplekslari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmonxona uylari, oʻtov va palatkali lagerlar, sanatoriylar va boshqa obyektlarda, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti avtotransportida), boshqa turar joylarda, shuningdek, davolash muassasalarida yashaydilar”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining masʼul shaxslari tomonidan ushbu talabning buzilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xorijiy fuqarolarning amalda hisobga qoʻyilganligi ichki ishlar organlari tomonidan avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur yordamida tekshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 171-band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“171. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sayyohlik operatori tomonidan tashkil etiladigan tur doirasida ekskursovod, gid va/yoki yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi hamrohligida aholi punktlari tashqarisiga sayohat amalga oshirilganda, agar bunday tur muddati yoki uning bir qismi 10 kundan oshmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy fuqarolar tomonidan sayyohlik operatorining avtoturini xarid qilgan holda shaxsiy avtomobilda, mototsiklda, velosipedda, piyoda yoki guruh tarkibida avtobusda sayohat amalga oshirilganda, sayyohlik operatorlari tomonidan ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur yordamida sayyohlarning pasport maʼlumotlari, harakatlanish yoʻnalishlari sxemasi, sayohat paytida toʻxtash (tunash) joylari koʻrsatilgan elektron shakldagi roʻyxati taqdim etilishi vaqtinchalik propiskaga tenglashtiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)