30.10.2017 yildagi 882-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari tomonidan qoʻrilayotgan kompleks chora-tadbirlar hamda yuzaga kelgan vaziyat haqida aholini oʻz vaqtida xabardor qilishning amaliy tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining uning tuzilmasida xodimlarning belgilangan soni doirasida matbuot xizmatini tashkil etish, uning faoliyatini quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmalari matbuot guruhlari negizida tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Matbuot xizmati tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tuzilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari faoliyatini axborot kuzatuvi ishlarini muvofiqlashtirish, ular mansabdor shaxslarining fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv va brifinglarini, jamoat xavfsizligini taʼminlash va mamlakatda huquq-tartibotni mustahkamlash masalalari boʻyicha fuqarolar bilan ochiq, toʻgʻridan toʻgʻri muloqotlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi ichki ishlar organlari faoliyati toʻgʻrisida aholiga oʻz vaqtida va ishonchli axborot yetkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish va zarur shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy ichki ishlar organlarining matbuot xizmatlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatish, ularni respublikaning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mustahkam hamkorlik oʻrnatishlarini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmogʻi materiallarini tunu-kun monitoring va tahlil qilishni taʼminlash, notoʻgʻri xabar yoki ichki ishlar organlari obroʻsiga putur yetkazuvchi materiallarga zudlik bilan munosabat bildirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy veb-saytining samarali faoliyatini tashkil etish, unga doimiy ravishda axborot materiallarini joylash hamda ichki ishlar organlari tarkibiy boʻlinmalarining veb-resurslarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga koʻra, bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi huzurida mediamarkaz tashkil etilsin, quyidagilar uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb masalalari haqida aholini muntazam ravishda xabardor qilish boʻyicha medialoyihalarni tayyorlash va amalga oshirish, ularni bajarishda hamkorlik oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatdagi kriminal vaziyat, ichki ishlar organlari faoliyati toʻgʻrisida notoʻgʻri va boshqa axborotlar tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida telekanallarda oʻz vaqtida, keng va ishonchli obyektiv baho berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari mansabdor xodimlarining aholi bilan ochiq, toʻgʻridan toʻgʻri muloqotini amalga oshirishda koʻmaklashish, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning muhim masalalarini va fuqarolarning dolzarb muammolarini muhokama qilish va hal etish uchun jamoatchilikni keng jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Quyidagi birlamchi yoʻnalishlarni koʻzda tutuvchi ichki ishlar organlarining axborot kuzatuvi sohasidagi faoliyatini isloh qilish boʻyicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, Dasturda quyidagi ustuvor vazifalar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari faoliyati toʻgʻrisida jismoniy va yuridik shaxslarning maʼlumot olishi uchun taʼsirchan mexanizmi va multimediy imkoniyatlarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlarining ommaviy axborot vositalari va veb-resurslarini, noshirlik, televizion va studiya faoliyatini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlarining matbuot xizmati faoliyatini takomillashtirish, uning kadrlar va kasbiy salohiyatini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan samarali hamkorligini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari matbuot xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, uning moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” — “Na postu” gazetalari va “Qalqon” — “Shit” jurnallari birlashgan tahririyati” davlat unitar korxonasining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda ichki ishlar organlari matbuot xizmatlarining respublika va hududiy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi qoʻshma qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatini jurnalistika sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash mexanizmini nazarda tutuvchi shtat jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari mansabdor xodimlarining uchrashuv va brifinglarini efirga uzatish shartlarida doimiy ravishda jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda huquq-tartibotni mustahkamlash masalalari boʻyicha fuqarolar bilan ochiq, toʻgʻridan toʻgʻri muloqotlar tashkil etish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda — jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻlgan jinoyat va voqealarni oʻz vaqtida va ishonchli yoritish tartibini tasdiqlasin, shu jumladan, ichki ishlar organlarining mazkur masalalar boʻyicha vakolatli masʼul xodimlarining efirga chiqishlarini tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 30-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
882-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 882-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda IIV deb ataladi) markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, ichki ishlar organlari matbuot xizmati ishini tashkil etish va muvofiqlashtirishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi va boshqa Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Boshqarma oʻz faoliyati masalalari boʻyicha belgilangan tartibda ichki ishlar boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari hamda davlat boshqa organlari, tashkilotlar, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ichki ishlar organlari matbuot xizmati tizimiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” — “Na postu” gazetalari va “Qalqon” — “Shit” jurnallari birlashgan tahririyati” davlat unitar korxonasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining matbuot guruhlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari tarmoq xizmatlari va taʼlim muassasalarining matbuot guruhlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtampga ega hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tasdiqlagan boshqarma faoliyati spetsifikasi tasvirlangan ramzga ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari faoliyatini axborot kuzatuvi ishlarini muvofiqlashtirish, ular mansabdor shaxslarining fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv va brifinglarini, jamoat xavfsizligini taʼminlash va mamlakatda huquq-tartibotni mustahkamlash masalalari boʻyicha fuqarolar bilan ochiq, toʻgʻridan toʻgʻri muloqotlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi ichki ishlar organlari faoliyati toʻgʻrisida aholiga oʻz vaqtida va ishonchli axborot yetkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish va zarur shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy ichki ishlar organlarining matbuot xizmatlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatish, ularni respublikaning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mustahkam hamkorlik oʻrnatishlarini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmogʻi materiallarini tunu-kun monitoring va tahlil qilishni taʼminlash, notoʻgʻri xabar yoki ichki ishlar organlari obroʻsiga putur yetkazuvchi materiallarga zudlik bilan munosabat bildirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy veb-saytining samarali faoliyatini tashkil etish, unga doimiy ravishda axborot materiallarini joylash hamda ichki ishlar organlari tarkibiy boʻlinmalarining veb-resurslarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ichki ishlar organlari mansabdor xodimlarining uchrashuv va brifinglarini efirga uzatish shartlari bilan doimiy ravishda jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquq-tartibotni mustahkamlash masalalari boʻyicha fuqarolar bilan ochiq, toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari axborot kuzatuvi ishlari tizimida tahlil va rejalashtirish, ushbu yoʻnalishda tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish va oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari oʻtkazadigan tadbirlar, chiqishlar va uchrashuvlarni belgilangan tartibda keng yoritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining vakolati doirasidagi qonunchilik va huquq-tartibot, ichki ishlar organlariga jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini taʼminlashda koʻmaklashish masalalari boʻyicha fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari mansabdor xodimlarining jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuv va brifinglarini tashkil etish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari mansabdor xodimlarining aholi bilan ochiq, toʻgʻridan toʻgʻri muloqotini amalga oshirishda koʻmaklashish, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb masalalarini va fuqarolarning kundalik muammolarini muhokama etish va hal qilish uchun keng jamoatchilikni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va unda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) aholini ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati haqida oʻz vaqtida va ishonchli xabardor qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish va zarur shart-sharoitlar yaratish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmogʻi orqali ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati boʻyicha dolzarb masalalarni aholiga doimiy ravishda yetkazib turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari faoliyati toʻgʻrisida notoʻgʻri va boshqa axborotlar tarqalishining oldini olish maqsadida,mamlakatdagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi vaziyatning oʻz vaqtida va haqqoniy yoritilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” — “Na postu” gazetalari va “Qalqon” — “Shit” jurnallari birlashgan tahririyati” davlat unitar korxonasi faoliyatini muvofiqlashtirish, tizimli takliflar asosida uning ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish, tarmoq bosma nashrlarini chop etishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholini jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda ichki ishlar organlari xodimlarining obroʻsini koʻtarish, ularning namunali obrazini shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan tashviqot va axborot-tushuntirish tusidagi tadbirlarni oʻtkazishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) hududiy ichki ishlar organlari matbuot xizmatlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy koʻmaklashish, respublika jamoatchiligi va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari tarmoq xizmatlari, oʻquv muassasalari va hududiy boʻlinmalari matbuot guruhlari faoliyatini tahlil va monitoring qilish ishlarini tashkil etish boʻyicha tavsiya va uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari faoliyatini axborot kuzatuvi sohasida “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” — “Na postu” gazetalari va “Qalqon” — “Shit” jurnallari birlashgan tahririyati” davlat unitar korxonasi faoliyatiga baho berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlarining ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, jamoat birlashmalari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash kompleks chora-tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari faoliyati axborot taʼminotida fuqarolik jamiyati institutlarining samarali ishtiroki uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari matbuot xizmati xodimlarining mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha malakalarini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmogʻi materiallarini tunu-kun monitoring va tahlil qilib borishni taʼminlash, ichki ishlar organlari xodimlari obroʻsiga putur yetkazuvchi, notoʻgʻri axborotga ega materiallarga darhol munosabat bildirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tizimi materiallarini tunu-kun monitoring va tahlil qilishni taʼminlash, notoʻgʻri xabar yoki ichki ishlar organlari obroʻsiga putur yetkazuvchi materiallarga zudlik bilan munosabat bildirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari faoliyatining axborot taʼminotiga xavf tugʻdirishini aniqlash, baholash va koʻra bilish, mazkur xavflarga qarshi kurashish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmogʻida ichki ishlar organlari faoliyatiga berilgan baho haqida axborot berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Oʻzbekiston Respublikasi IIV rasmiy veb-saytining samarali ishlashini tashkil etish, tizimli ravishda unda axborot materiallar, shuningdek ichki ishlar organlari tarkibiy boʻlinmalari veb-resurslarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish sohasida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlarida oʻtkaziladigan uchrashuv va chiqishlar haqidagi materiallarni doimiy ravishda toʻplab borish va umumlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi IIV rasmiy veb-saytida ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi natijalar haqidagi maʼlumotlarni muntazam joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari tarkibiy boʻlinmalari rasmiy veb-saytlari faoliyatini nazorat qilish va uslubiy kuzatib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Boshqarmaning huquqlari, vazifalari va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat idoralari boʻlinmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, boshqa tashkilotlardan hamda fuqarolardan — axborot, maʼlumot va boshqa boshqarmalar faoliyatiga doir masalalar boʻyicha materiallarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaga yuklangan vazifalarni bajarishda ichki ishlar organlari boʻlinmalari maʼlumotlar bazasidan belgilangan tartibda foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari rasmiy vakili sifatida ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmogʻida chiqishlar qilish, shuningdek, ular orqali ichki ishlar organlari faoliyati haqida axborot va videomateriallar tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari tomonidan berilgan axborot va materiallardan kelib chiqib ommaviy axborot vositalariga va butunjahon Internet axborot tarmogʻiga joylashtirishga moʻljallangan maʼlumotlarning zarurligi va hajmini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari tomonidan taqdim etilgan axborot va materiallarni tahrir qilish va ommaviy axborot vositalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV rasmiy veb-saytida oxirgi tahrirda joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida ichki ishlar organlari matbuot xizmati boʻlinmalari tomonidan bajarish uchun majburiy boʻlgan yozma va ogʻzaki koʻrsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari matbuot xizmati rahbarlari va xodimlarining xizmat tayyorgarligini oshirish doirasida oʻquv-uslubiy yigʻinlarni belgilangan tartibda tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari matbuot xizmati moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Boshqarma quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida ichki ishlar organi faoliyatining ochiqligini taʼminlash, oʻtkazilayotgan tadbirlarining har taraflama axborot kuzatuvini, shu jumladan, Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni, Yongʻinlar profilaktikasi kuni doirasida zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga ichki ishlar organlari matbuot xizmati ishlari toʻgʻrisida zarur maʼlumotlarni tayyorlash va taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Boshqarma zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Boshqarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma boshligʻi lavozimiga koʻra bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi hisoblanadi va belgilangan tartibda tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Boshqarma boshligʻi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarni tashkillashtiradi va boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishga shaxsan javob beradi, oʻz oʻrinbosari va ichki ishlar organlari tarmoq xizmatlari, taʼlim muassasalari va hududiy boʻlinmalar matbuot guruhlarining funksional vazifalarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaning ish rejasini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida koʻrsatmalar beradi va Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga ichki ishlar organlari barcha shaxsiy tarkibi bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar loyihalarini kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari matbuot xizmatiga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish ishlari bajarilishini nazorat qiladi, ularning kasbiy darajasini oshirish, qayta tayyorlash, xizmat va mehnat intizomiga rioya qilishiga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma shaxsiy tarkibi oʻrtasida profilaktik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga oʻzining oʻrinbosari, matbuot xizmati boshliqlari va shaxsiy tarkibini tayinlash, ish joyini oʻzgartirish, egallab turgan lavozimidan ozod qilish va boʻshatish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga boshqarma xodimlariga maxsus unvonlar berish, ularni ragʻbatlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash haqida taqdimnoma kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma xodimlarini (ishchilarini) belgilangan tartibda xizmat safarlariga yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarma xodimlariga (ishchilariga) oʻz vakolati doirasida mehnat taʼtili beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, taʼlim muassasalari va hududiy boʻlinmalari matbuot guruhlari rahbarlari hisobotini eshitadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmaning safarbarlik tayyorgarligini belgilangan tartibda tashkil etadi va taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqarmada maxfiylik tartibotiga rioya etilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Boshqarma boshligʻi yoʻqligida uning vazifalarini oʻrinbosar bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Boshqarma xodimlari (ishchilari) belgilangan tartibda Boshqarma boshligʻi tavsiyasiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ichki ishlar organlari sohaviy xizmat, oʻquv muassasalari va hududiy boʻlinmalari matbuot guruhlari rahbarlari va xodimlari (ishchilari) ushbu boʻlinmalar boshliqlari tomonidan Boshqarma boshligʻi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ish yuritish va maxfiylik tartibining tashkil etilishi va taʼminlanishi Boshqarma tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ichki ishlar organlari matbuot xizmatini texnika, jihozlar va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 882-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlarining axborot kuzatuvi sohasidagi faoliyatini isloh qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Masʼul bajaruvchilar

I. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishning taʼsirchan mexanizmi va multimedia imkoniyatlarini joriy etish

1.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoatchilik nazariga tushgan jinoyatlar tafsiloti borasidagi ichki ishlar organlari faoliyatini tizimli ravishda yoritib beruvchi axborot-tahliliy teleradiokoʻrsatuvlarni tayyorlash, tasdiqlash va tatbiq etish, ular uchun efir vaqtini har haftada ajratishni koʻzda tutish.

Qoʻshma qaror

2017-yil 10-dekabr

IIV (Bobojonov P.),

MTRK (Xadjayev A.)

2.

Ichki ishlar organlari faoliyatini yorituvchi mediakontent, ular tomonidan tashkil etiladigan tadbir, uchrashuv va chiqishlarning bosma, televizion va elektron ommaviy axborot vositalarida doimiy eʼlon qilib borilishini taʼminlash tartibini belgilash.

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi

2017-yil 10-dekabr

IIV (Bobojonov P.)

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlar (facebook, twitter va boshqalar) va mobil ilovalar (telegram, whatsAPP va boshqalar) dan foydalangan holda maqsadli auditoriyani kengaytirish orqali joylashtirilga� kontentni kanallar sifatida oʻtkazish.

Rasmiy sahifalarni tashkil etish, kontentni takrorlash

2017-yil 15-dekabr

IIV (Ergashev R.)

4.

Sodir etilgan jinoyatlar va jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻlgan voqealarni, shuningdek, mazkur masalalar boʻyicha ichki ishlar organlari masʼul xodimlarining efirda chiqishlarini tashkil etish, oʻz vaqtida va ishonchli yoritish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi

2017-yil 20-dekabr

IIV (Bobojonov P.)

5.

Ichki ishlar organlari masʼul xodimlarini jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan televizion uchrashuv va brifinglar, jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquq-tartibotni mustahkamlash masalalari boʻyicha fuqarolar bilan ochiq “jonli” muloqotlarini tizimli tashkil etish.

Qoʻshma qaror

2018-yil 5-yanvar

IIV (Bobojonov P.),

MTRK (Xadjayev A.)

II. Ichki ishlar organlarining tarmoq OAV veb-resurslari, nashriyot, televizion va studiya faoliyatini rivojlantirish

6.

Quyidagilarni nazarda tutib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy-veb saytini takomillashtirish:

ichki ishlar organlari faoliyati sohasini yoʻnaltiruvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bazasini tizimli yangilash;

ichki ishlar organlari masʼul xodimlarining jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida yuzaga kelgan vaziyat va ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar boʻyicha chiqishlarini joylashtirish;

fuqarolarni �uquqbuzarliklar profilaktikasi, qidiruvda boʻlgan jinoyatchilar va bedarak yoʻqolgan shaxslarni topishda faol yordam berishga daʼvat etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Tasdiqlash — 2017-yil 10-dekabr, amalga oshirish — chora-tadbirlar rejasiga koʻra

IIV (Ergashev R.), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov Sh.)

7.

Ichki ishlar organlari sohasida reklama tusidagi materiallarni “Postda” va “Na postu” gazetalarida belgilangan tartibda joylashtirish imkoniyatlarini belgilash (tenderlarni oʻtkazish, qoʻriqlash va yongʻinga qarshi vositalarni oʻrnatish va boshqalar).

Ichki ishlar vazirining farmoyishi

2017-yil 17-dekabr

IIV (Ergashev R.)

8.

Ichki ishlar organlari haqidagi ommaviy axborot vositalarida chiqqan materiallarni monitoring va tahlil qilib borish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash, notoʻgʻri maʼlumot va ichki ishlar organlari nufuziga putur yetkazuvchi materiallarni aniqlash va zudlik bilan munosabat bildirish (rad etish).

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi

2017-yil 20-dekabr

IIV (Bobojonov P.)

9.

Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy veb-saytida xabarlarning tezkor yoritilishini rivojlantirish uchun “Postda”, “Na postu” gazetalari va “Qalqon”, “Shit” jurnallari veb-boʻlimlarini;

xabarlarning tezkor yoritilishini rivojlantirish uchun mobil ilovani va foydalanuvchilar yetakchi kontentini ishlab chiqish va yoʻlga qoʻyish.

Texnik topshiriq

Tasdiqlash — 2017-yil 25-dekabr, amalga oshirish — texnik topshiriqqa koʻra

IIV (Ergashev R.),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov Sh.)

III. Ichki ishlar organlarining matbuot xizmati faoliyatini takomillashtirish, uning kadrlar va professional salohiyatini mustahkamlash

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xodimlari (ishchilari)ning funksional vazifalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ichki ishlar organlarining axborot kuzatuvi samarasini oshirish muhimligini inobatga olgan holda ularning faoliyatini monitoring qilish va baholash.

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi

2017-yil 15-noyabr

IIV (Mirzayev A.)

11.

Ichki ishlar organlari matbuo� guruhlari rahbarlari bir vaqtning oʻzida sohaviy xizmat va hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining matbuot kotibi hisoblanishini nazarda tutib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati shtat jadvalini tasdiqlash.

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi

2017-yil 30-noyabr

IIV (Mirzayev A.)

12.

Ichki ishlar organlari matbuot xizmatlarini jurnalistika, filologiya va yurisprudensiya sohalari malakali mutaxassislari bilan taʼminlash.

Chora-tadbirlar rejasi

Tasdiqlash — 2017-yil 30-noyabr, amalga oshirish — chora-tadbirlar rejasiga koʻra

IIV (Mirzayev A.),

MTRK (Xadjayev A.),

EOAVMA (Abduxalikov F.)

13.

Ichki ishlar organlari matbuot xizmati xodimlarining (ishchilarining) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan chet el safariga chiqqan delegatsiya tarkibida Respublika ommaviy axborot vositalarida tashrif natijalarini keng qamrovli va obyektiv yoritishni tartibga keltirish.

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi

2017-yil 10-dekabr

IIV (Bobojonov P.)

14.

Har yili oʻtkaziladigan “Ichki ishlar organlari matbuot xizmatining eng faol xodimi” tanlovini taʼsis etish, oʻz ishida yuqori natijalarga erishgan matbuot xizmati xodimlari (ishchilari)ni ragʻbatlantirish, shuningdek, targʻibot-tashviqot faoliyatida faol ishtirok etayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini ragʻbatlantirish.

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi

2017-yil 20-dekabr

IIV (Mirzayev A.)

15.

Respublika ixtisoslashgan oʻquv muassasalari bazasida ichki ishlar organlari matbuot xizmatlari jurnalist va texnik xodimlarining malakasini doimiy ravishda oshirish tizimini joriy etish.

Qoʻshma qaror

2017-yil 15-dekabr

IIV (Mirzayev A.),

Oliy taʼlim vazirligi (Nabiyev D.), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Ichki ishlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorligini tashkil etish

16.

Ichki ishlar organlari matbuot xizmatlarining respublika va hududiy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qoʻshma qaror

2018-yil 5-yanvar

IIV (Bobojonov P.),

OʻzMAA (Tangriyev L.),

MTRK (Xadjayev A.),

EOAVMA (Abduxalikov F.)

17.

Ichki ishlar organlari matbuot xizmatlarining jurnalist kadrlarini shakllantirish, bunda ichki ishlar organlari axborot kuzatuvi doirasida faoliyat yuritayotganligini inobatga olgan holda muayyan ommaviy axborot vositalari bilan aloqa oʻrnatish.

Qoʻshma qaror

2018-yil 10-yanvar

IIV (Bobojonov P.),

OʻzMAA (Tangriyev L.),

MTRK (Xadjayev A.),

EOAVMA (Abduxalikov F.)

18.

Ichki ishlar organlari matbuot xizmati bilan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi teleradiokanallari va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasiga aʼzo nodavlat teleradiokanallari oʻrtasida yaqin hamkorlik oʻrnatish.

Qoʻshma reja

Tasdiqlash — 2018-yil 10-yanvar, amalga oshirish — tadbirlar rejasiga muvofiq

IIV (Bobojonov P.),

MTRK (Xadjayev A.),

EOAVMA (Abduxalikov F.)

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi media-markazi bazasida Matbuot klubi faoliyatini tashkil etish.

Tadbirlar rejasi

Tasdiqlash — 2018-yil 10-yanvar, amalga oshirish — tadbirlar rejasiga muvofiq

IIV (Bobojonov P.)

V. Ichki ishlar organlari matbuot xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, uning moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish

20.


Faoliyat yoʻnalishini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining toʻlaqonli faoliyatini taʼminlash maqsadida uni joylashtirish, sharoit yaratish va boshqa tashkiliy masalalarini hal etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Tasdiqlash — 2017-yil 20-noyabr, amalga oshirish — chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

IIV (Ergashev R.)

21.




Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasini avtotransport vositalari, jumladan, avtobus, mediamarkazning tasvirga olish ishlarini samarali tashkil etish, ichki ishlar organlarida oʻtkaziladigan tadbirlar, uchrashuvlar va chiqishlarda joylarga jadal yetib borish uchun barcha zarur vositalar bilan taʼminlash.

Ichki ishlar vazirining farmoyishi

2017-yil 1-dekabr

IIV (Ergashev R.)

22.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatini zamonaviy televizion, bosma va boshqa zarur texnik vositalar bilan taʼminlash dasturi loyihasini moliyalashtirish aniq manbalarini koʻrsatgan holda ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Hukumat qarori loyihasi

2017-yil 15-dekabr

IIV (Ergashev R.),

Moliya vazirligi (Tursunov Y.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar esa — huquqiy munosabatlar predmeti va yoʻnalishidan kelib chiqqan holda birlashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 882-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” — “Na postu” gazetalari va “Qalqon” — “Shit” jurnallari birlashgan tahririyati” davlat unitar korxonasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAShKILIY TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 09/17/882/0196)