23.10.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2939
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining qarori, 23.10.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2939
Дата вступления в силу
23.10.2017
Hujjat 23.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 25-martdagi 31-son “Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2776, 2016-yil 8-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 140-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais R. KURBANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 9-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 9-oktabrdagi 11-mh-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini (bundan buyon matnda Reyestr deb yuritiladi) yuritish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport federatsiyasi (uyushmasi) — bir yoki bir nechta sport turini rivojlantirish, ommalashtirish, shuningdek sport tadbirlarini oʻtkazishni tashkil etish hamda sportchilarni — Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari aʼzolarini sportning tegishli turi boʻyicha tayyorlash uchun aʼzolik asosida tashkil etilgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkiloti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sport federatsiyalari (uyushmalari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin Reyestrga kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Reyestrni yuritish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Reyestrni shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Reyestrni shakllantirish va tizimli yuritish maxsus vakolatli davlat organi rahbarining buyrugʻi bilan belgilangan masʼul xodim (bundan buyon matnda masʼul xodim deb yuritiladi) tomonidan sport federatsiyalari (uyushmalari) taqdim etadigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sport federatsiyalari (uyushmalari) davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin oʻn besh kun ichida sport federatsiyasini (uyushmasini) Reyestrga kiritish haqida maxsus vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Reyestrga kiritish haqidagi arizaga (sport federatsiyasining (uyushmasining) nomi koʻrsatilgan holda) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport federatsiyasining (uyushmasining) davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport federatsiyalari (uyushmalari) qaysi sport turini yoki sport turlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan va oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha sport turi yoki sport turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport federatsiyalarining (uyushmalarining) xalqaro sport tashkilotlariga aʼzoligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar xalqaro sport tashkilotlariga aʼzo boʻlsa.

7. Sport federatsiyasi (uyushmasi) taqdim etgan hujjatlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarda kamchiliklar mavjud boʻlmagan taqdirda, masʼul xodim tomonidan imzolangan hamda maxsus vakolatli davlat organi rahbarining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan xulosaga asosan sport federatsiyasi (uyushmasi) Reyestrga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tegishli sport federatsiyasini (uyushmasini) Reyestrga kiritish rad etilmasdan kamchiliklarni darhol bartaraf qilish choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sport federatsiyasini (uyushmasini) Reyestrga kiritish boʻyicha xulosa tasdiqlangandan soʻng uch ish kuni ichida bu haqda tegishli sport federatsiyasiga (uyushmasiga) uning Reyestrga kiritilganligi haqida xabarnoma yuboriladi. Mazkur xabarnomada tegishli sport federatsiyasining (uyushmasining) Reyestrdagi tartib raqami koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Reyestrni yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Reyestr mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq elektron shaklda yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli sport federatsiyalarining (uyushmalarining) nomlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) qaysi sport turini yoki sport turlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan va oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha sport turi yoki sport turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport federatsiyalarining (uyushmalarining) xalqaro sport tashkilotlariga aʼzoligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar xalqaro sport tashkilotlariga aʼzo boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan ushbu oʻzgarishlar haqida oʻn kun ichida maxsus vakolatli davlat organiga oʻzgarishlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar taqdim etilishi lozim. Bunday maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilganda, besh kun ichida masʼul xodim tomonidan imzolangan hamda maxsus vakolatli davlat organi rahbarining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan xulosa asosida Reyestrga oʻzgartirishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sport federatsiyasining (uyushmasining) vakolatli (yuqori) organi tomonidan sport federatsiyasi (uyushmasi) faoliyatini tugatish haqida qaror (ixtiyoriy tugatish) qabul qilinganda, mazkur qaror qabul qilingandan soʻng besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organiga sport federatsiyasining (uyushmasining) faoliyatini tugatish haqidagi qaror nusxasi arizaga ilova qilingan holda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport federatsiyasi (uyushmasi) sud tomonidan tugatilganda (majburiy tugatish), tugatuvchi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tugatish haqidagi qaror nusxasini maxsus vakolatli davlat organiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilganda, sport federatsiyasi (uyushmasi) besh kun ichida masʼul xodim tomonidan imzolangan hamda maxsus vakolatli davlat organi rahbarining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan xulosa asosida Reyestrdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Reyestrni yuritish davomida toʻplangan barcha hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Reyestrdan maʼlumotlar taqdim etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Barcha maʼlumotlar, ular Reyestrga kiritilgandan soʻng, besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Reyestrda koʻrsatilgan maʼlumotlar ochiq boʻladi va ulardan hamma foydalanishi mumkin, bundan tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar bu maʼlumotlar qonun hujjatlariga muvofiq ochiq boʻlmasa va undan hamma foydalanishi mumkin boʻlmasa, mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Reyestrdan maʼlumotlar manfaatdor shaxslarning murojaatlariga asosan ham berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Maxsus vakolatli davlat organi mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sport federatsiyalarining (uyushmalarining) ushbu Nizomda belgilangan tartibda Reyestrga kiritilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbarlari Reyestrga kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida, toʻgʻri va toʻliq taqdim etilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Maxsus vakolatli davlat organi maʼlumotlarning Reyestrga toʻgʻri va oʻz vaqtida kiritilishi hamda undan doimiy ravishda maʼlumotlar olish imkoniyatining yaratilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport federatsiyalari (uyushmalari)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REYESTRI

Sport federatsiyasiga (uyushmasiga) berilgan

tartib raqami

Sport federatsiyasining (uyushmasining)nomi

Sport federatsiyasi (uyushmasi) qaysi sport turini yoki sport turlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan va oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan sport turi yoki sport turlari

Sport federatsiyasi (uyushmasi) rahbar organlarining

shaxsiy tarkibi*

Sport federatsiyasining (uyushmasining) xalqaro sport tashkilotlariga aʼzoligi**

Maxsus vakolatli davlat organining Reyestrga maʼlumot kiritgan masʼul xodimi (F.I.O., lavozimi)

000

000

000

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:

* tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar bu maʼlumotlar qonun hujjatlariga muvofiq ochiq boʻlmasa va undan hamma foydalanishi mumkin boʻlmasa ushbu grafa toʻldirilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** sport federatsiyasi (uyushmasi) xalqaro sport tashkilotlariga aʼzo boʻlsa, toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.