Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2936]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
1. Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-sentabr,
11-2017-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 5-sentabrdagi 11-2017-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini (bundan buyon matnda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomda nazarda tutilgan hollarda oʻtkaziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish onlayn (videomaʼruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida oʻtkazish) va offlayn (masofaviy taʼlim tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) shaklda amalga oshiriladi.
2-bob. Masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayonlari boshlanishidan 3 kun oldin tinglovchiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi (bundan buyon matnda Bosh ilmiy-metodik markaz deb yuritiladi) tomonidan elektron portfolio logini va paroli beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tinglovchi oʻziga berilgan login va parol yordamida Bosh ilmiy-metodik markazning rasmiy veb-sayti orqali Masofaviy kurslar boʻlimiga kiradi va tizimda oʻzining shaxsiy kabinetiga ega boʻladi hamda tinglovchiga tizimdagi elektron shakldagi resurslardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tinglovchi elektron portfolioda soʻnggi 3 yil davomidagi oʻquv va oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot hamda tashkiliy-metodik yoʻnalishlardagi kasbiy faoliyat natijalarini elektron shaklda joylashtiradi.
5. Tinglovchiga berilgan login va parolni hamda shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi. Tinglovchining shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslar foydalanishini oldini olish maqsadida himoya usullaridan foydalaniladi.
6. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqitishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish jadvalida tinglovchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishining nomi hamda tinglovchi yakuniy attestatsiyadan oʻtadigan tegishli tayanch oliy taʼlim muassasasi huzuridagi attestatsiya komissiyasi va tinglovchining attestatsiyadan oʻtish muddati koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish jadvali Bosh ilmiy-metodik markazning rasmiy veb-saytidagi Masofaviy kurslar boʻlimida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Tinglovchi Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarni tashkil etish va oʻtkazish jadvaliga qatʼiy amal qilishi hamda oʻquv jarayonida shaxsan oʻzi ishtirok etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish davomiyligi 2 oydan oshmasligi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
9. Tinglovchining tegishli qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishi boʻyicha dastlabki bilim, koʻnikma va malakasining shakllanganlik darajasini aniqlash uchun onlayn shaklda kirish test sinovi oʻtkaziladi.
Mazkur test sinovining natijalari tinglovchining oʻqish davomidagi oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga taʼsir qilmaydi va ularning reyting ballini jamlashda hisobga olinmaydi.
10. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Tegishli qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishining oʻquv rejasidagi oʻquv modullar boʻyicha onlayn maʼruzalar, shuningdek tinglovchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha maslahatlar tashkil etiladi.
12. Onlayn maʼruzalar oʻtkazilishidan 5 kun oldin tizimda Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan onlayn maʼruza oʻtkaziladigan sana, vaqt, maʼruza mavzusi hamda maʼruzachining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan eʼlon beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tinglovchilarining oʻquv dasturini oʻzlashtirish darajasini aniqlashda rahbar va pedagog kadrlarning oxirgi 3 yillik kasbiy, oʻquv-metodik va ilmiy-metodik faoliyati natijalari (elektron portfolioda qayd etilgan koʻrsatkichlari asosida), pedagogik (malakaviy) amaliyot, kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlari natijalari, bitiruv (loyiha) ishini himoya qilish natijalari hisobga olinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tinglovchining pedagogik (malakaviy) amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2938, 2017-yil 23-oktabr) hamda bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2937, 2017-yil 23-oktabr) muvofiq amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini toʻliq oʻzlashtirgan tinglovchilarga kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Test savollari tegishli qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishining oʻquv dasturi doirasida tuziladi.
Tinglovchiga test topshiriqlarini bajarish uchun 100 ta test savoli beriladi. Onlayn test sinovlarining natijalari shu vaqtning oʻzida eʼlon qilinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining oʻzlashtirishi reyting baholash tizimi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq nazorat qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlari, pedagogik (malakaviy) amaliyot hamda pedagog kadrlarning oxirgi 3 yillik kasbiy, oʻquv-metodik va ilmiy-metodik faoliyati natijalariga (elektron portfolioda qayd etilgan koʻrsatkichlari asosida) koʻra attestatsiyaga qoʻyish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Tinglovchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlariga oʻz vaqtida kelmaganlikning hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablari boʻlganda tinglovchiga navbatdagi onlayn test sinovlariga kiritilishiga bir marta imkoniyat beriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlariga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan tinglovchi yakuniy attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
3-bob. Yakuniy qoida
22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2936/0162-son; 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)