1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.10 Asalarichilik. Baliqchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda respublikada chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarini rivojlantirishga, naslchilik ishini takomillashtirishga, ularda yetishtirilayotgan mahsulotlarni ko‘paytirishga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 6 mingdan ortiq chorvachilik va 3 mingta baliqchilik xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yakunlari bo‘yicha 2319 ming tonna go‘sht, sun’iy hovuzlarda 60 ming tonna baliq yetishtirish kutilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini rivojlantirishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Chorvachilik, baliqchilik fermer xo‘jaliklari hamda tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan ta’minlash borasidagi uzilishlar tufayli chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarining o‘sish sur’atlari pastligicha qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarmoqlarning ozuqa bazasini tizimli asosda mustahkamlash, chorvachilik, baliqchilik xo‘jaliklari va tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan barqaror ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2017-yilgi hosildan boshlab ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doy chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ tomonidan o‘tkaziladigan birja savdolarida sotiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun 2017-yilning II yarim yili va 2018-yilning I yarim yilida beriladigan va davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doy kvotalari hajmlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” AJ rahbarlariga ushbu qarorda belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablarining amalga oshirilishi, ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doydan maqsadli foydalanish, shuningdek, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari o‘rnatilgan narxlar bo‘yicha belgilangan hajmlarga muvofiq sotilishi shartlari bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha Maxsus komissiya tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga uch oyda bir marta Maxsus komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot va chorvachilik hamda baliqchilik xo‘jaliklarini ozuqa bilan ta’minlash mexanizmini yanada takomillashtirish, ichki bozorni barqaror narxlarda go‘sht va baliq bilan to‘ldirishga doir takliflarni taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 18-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
845-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 845-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari — chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtiradigan chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari hamda tashkilotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridorlar — o‘z ehtiyojlari uchun va chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtirishda ishlatiladigan ozuqa ishlab chiqaradigan chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari hamda tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchilar — “O‘zdonmahsulot” AJning bug‘doyni birja savdolariga qo‘yadigan va sotadigan hududiy tashkilotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridorlar reyestri — ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doyni sotib olish huquqiga ega bo‘lgan chorvachilik, baliqchilik fermer xo‘jaliklari va tashkilotlari ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rnatilgan narx — balans bo‘yicha davlat resurslari hisobidan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqib belgilangan chorvachilik va baliqchilik mahsulotining narx birligi;
(2-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat resurslaridan bug‘doy chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun birja savdolari orqali sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sotuvchilar davlat resurslaridan bug‘doy tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun ushbu Nizomga muvofiq sotilishini ta’minlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu Nizomga muvofiq chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ularga mo‘ljallangan bug‘doyni xaridorlarning tasdiqlangan reyestriga binoan, ularning chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan hajmlar va narxlarda sotishi sharti bilan xarid qiladilar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat resurslaridan bug‘doy chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doyni sotish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zdonmahsulot” AJ bilan birgalikda har yili davlat resurslaridan oziq-ovqat bug‘doyining balansini shakllantirishda chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun bug‘doy hajmlari birja savdolari orqali ajratilishini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AJ va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotiladigan bug‘doy hajmlarining har oylik jadvallarini hududlar bo‘yicha ishlab chiqadi va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun yetkazib berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tumanlar hokimliklari, tumanlardagi qishloq xo‘jaligi bo‘limlari g‘alla qabul qilish tashkilotlari, tumanlardagi fermerlar kengashlari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa uchastkalari egalari, hududiy “Baliqsanoat” MCHJlar bilan birgalikda har oyda oyning beshinchi kunigacha xaridorlar reyestrini shakllantiradi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga umumlashtirish va tasdiqlash uchun yuboradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tumanlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan xaridorlar reyestrini ikki ish kuni mobaynida umumlashtiradi va tasdiqlaydi hamda “O‘zdonmahsulot” AJga yuboradi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “O‘zdonmahsulot” AJ xaridorlar reyestrini bug‘doyni birja savdolariga qo‘yish uchun o‘z hududiy tashkilotlariga va “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga birja savdolarini tashkil etish uchun ikki ish kunida yuboradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Birja savdolari “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va birja savdolari qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Savdolar haftaning ish kunlarida muntazam o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mahsulotni birja savdolariga qo‘yishda boshlang‘ich narx O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “O‘zdonmahsulot” AJ tomonidan har yili tasdiqlanadigan davlat resurslaridan g‘alla, qo‘shimcha mahsulotlar hamda g‘allani birlamchi qayta ishlashdan olinadigan chiqindilarning erkin ulgurji-sotish narxlarini kelishish bayonnomasiga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oldi-sotdi shartnomasi bitishuv bayonnomasi olingan kunda bayonnomada nazarda tutilgan shartlarga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitishuv bayonnomasi shartlarini bajarish tomonlar uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “O‘zdonmahsulot” AJ bug‘doyni sotish va yuklab jo‘natish yakunlariga asosan xaridorlar reyestrini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga hamda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga davlat resurslari hisobidan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqqan holda, chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining hajmlari va ularni sotish narxlarini belgilash uchun yuboradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslari hisobidan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining hajmlari va ularni sotish narxlari bo‘yicha takliflarni ikki ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari hajmlari hamda sotish narxlari bo‘yicha qaror qabul qilishadi va ushbu qarorni uch ish kuni mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuboradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari chorvachilik va baliqchilik mahsulotlarining yarmarkalarda hamda boshqa tashkilotlarga belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishini ta’minlaydilar.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishi nazorat qilinishini ta’minladi hamda har oy yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sotilgan mahsulotlar hajmlari bo‘yicha axborot kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ushbu Nizom bajarilishining monitoringini olib borish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga har oyda 1 va 16-kunlari:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zdonmahsulot” AJ hududiy tashkilotlari rahbarlari — chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha davlat resurslaridan ozuqa maqsadlari uchun foydalaniladigan bug‘doyni sotish hajmlari to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilik va baliqchilik tashkilotlari rahbarlari — chorvachilik va baliqchilik tashkilotlari bo‘yicha yarmarkalarda va boshqa tashkilotlarga o‘rnatilgan narxlarda sotish uchun mo‘ljallangan, balans bo‘yicha davlat resurslari hisobidan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini sotish hajmlari to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har oyning 5-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga quyidagi axborotni taqdim etadilar:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar bo‘yicha ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan bug‘doyni sotish hajmlari to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun tumanlar bo‘yicha yarmarkalarda va boshqa tashkilotlarga o‘rnatilgan narxlarda sotish uchun mo‘ljallangan davlat resurslaridan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini sotish hajmlari to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishi nazorat qilinishini ta’minlaydi va har oy yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik tashkilotlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar
Tadbirlar
Mas’ullar
Muddatlar
I bosqich
Chorvachilik va baliqchilik tashkilotlariga keyinchalik ozuqa maqsadlarida foydalanish uchun sotishga mo‘ljallangan bug‘doy hajmlarini birja savdolari orqali ajratishni nazarda tutadigan davlat resurslaridagi oziq-ovqat bug‘doyi balansini shakllantirish
Iqtisodiyot vazirligi
“O‘zdonmahsulot” AJ
har yili
(yanvar, avgust)
II bosqich
Chorvachilik va baliqchilik tashkilotlariga keyinchalik ozuqa maqsadlarida foydalanish uchun sotiladigan bug‘doy hajmlarining xar oylik jadvalini hududlar bo‘yicha ishlab chiqish va unn Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish
Iqtisodiyot vazirligi,
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi
Balans tasdiqlangandan so‘ng besh ish kunida
III bosqich
Tasdiqlangan jadval hajmlaridan kelib chiqib chorvachilik va baliqchilik tashkilotlari reyestrini shakllantirish va hududiy komissiyalarga yuborish
Tumanlar hokimliklari, tumanlardagi qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari
g‘alla qabul qilish tashkilotlari,
tumanlardagi fermerlar kengashlari,
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa uchastkalari egalari,
hududiy “Baliqsanoat” MCHJlar bilan birgalikda
har oyda oyning 5-kunigacha
IV bosqich
Chorvachilik va baliqchilik tashkilotlari reyestrini umumlashtirish xamda tasdiqlash va “O‘zdonmahsulot” AJga yuborish
Hududiy komissiyalar
ikki ish kunida
V bosqich
Kelishilgan reyestrni bug‘doyni birja savdolariga qo‘yish uchun g‘alla qabul qilish tashkilotlariga va “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga birja savdolarini tashkil etish uchun yuborish
“O‘zdonmahsulot” AJ,
“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ
ikki ish kunida
VI bosqich
Davlat resurslari hisobidan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqib chorvachilik xamda baliqchilik mahsulotlarining hajmlari va ularni sotish narxlarini belgilash xamda ularni tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga takliflar kiritish
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi
uch ish kunida
VII bosqich
Chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari hajmlari hamda ularni sotish narxlarini tasdiqlash va ijro etish uchun hududiy komissiyalarga yuborish
Respublika komissiyasi,
hududiy komissiyalar
uch ish kunida
VIII bosqich
Chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari belgilangan hajmlar va narxlarda sotilishini hamda Respublika komissiyasiga har oy tegishli axborot kiritilishini ta’minlash
Hududiy komissiyalar
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi,
chorvachilik va baliqchilik tashkilotlari
har oyda axborot kiritgan holda doimo
IX bosqich
Chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishini nazorat qilishni hamda har oyda Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot kiritilishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
har oyda
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 845-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun 2017-yilning II yarim yili va 2018-yilning I yarim yilida beriladigan va davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doy kvotalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HAJMLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlar nomi
Hammasi
shu jumladan:
chorvachilik tashkilotlari
baliqchilik tashkilotlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
4313
2696
1617
viloyatlar:
Andijon viloyati
5118
2609
2509
Buxoro viloyati
4435
3008
1427
Jizzax viloyati
4477
2382
2095
Qashqadaryo viloyati
6191
3751
2441
Navoiy viloyati
1838
988
850
Namangan viloyati
4409
1764
2645
Samarqand viloyati
5035
3171
1864
Surxondaryo viloyati
3452
2131
1321
Sirdaryo viloyati
2881
1066
1864
Toshkent viloyati
11967
1928
10039
Farg‘ona viloyati
5958
2470
3488
Xorazm viloyati
4525
2035
2490
Jami:
64600
30000
34600
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/845/0132-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)