Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek doktorantlarni ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga biriktirish hamda uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish orqali ularning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son hamda “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qarorlarida (keyingi oʻrinlarda dasturlar deb ataladi) nazarda tutilgan tartibda va mablagʻlar hisobidan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari (keyingi oʻrinlarda ipoteka krediti deb ataladi) berishning quyidagi shartlari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
shaharlarda koʻp kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini tashkil etadi;
qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagi miqdorni tashkil etadi:
ikki, uch qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun — 15 foiz;
ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun — 25 foiz.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, doktorantlar uchun ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan dasturlar doirasida shaharlarda koʻp kvartirali arzon uy-joylar hamda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun tijorat banklarining uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari 25 yil muddatga beriladi.
3. Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq doktorantlarni ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga biriktirilishini taʼminlasinlar;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M.R. Boltabayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-oktabr,
839-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 839-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qaroriga muvofiq doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tayanch doktorantura — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur oʻrganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
doktorantura — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur oʻrganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
doktorant — oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasiga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun izlanishlar olib borayotgan shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Idoralararo ilmiy-texnik kengashlar — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) tegishli fan tarmoqlari boʻyicha tashkil etilgan ilmiy-texnik kengashlar;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
ekspertlar guruhlari — Idoralararo ilmiy-texnik kengashlar huzurida fan yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilgan ekspertlar guruhlari.
2-bob. Doktorantlarni ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga biriktirish
3. Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish maqsadida muhim ilmiy yutuqlarga erishgan doktorantlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tasarrufidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda korxonalar va tashkilotlar deb ataladi) biriktiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Vazirlik tomonidan har yili 15-yanvargacha korxonalar va tashkilotlarga ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlariga boʻlgan ehtiyojlar roʻyxatini Vazirlikka taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuboriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
5. Agentlik soʻroviga asosan korxonalar va tashkilotlar oʻzlarining ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlariga boʻlgan ehtiyojlari roʻyxatini 1-fevralgacha Agentlikka taqdim etadi.
Korxonalar va tashkilotlarning ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlariga boʻlgan ehtiyojlari roʻyxatini shakllantirishda iqtisodiyotning tegishli tarmoq yoki sohasini respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar talablariga muvofiq yanada rivojlantirish istiqbollariga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
6. Agentlik tomonidan har yili 5-fevralgacha korxonalar va tashkilotlarning ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlariga boʻlgan ehtiyojlari roʻyxati shakllantiriladi.
Korxonalar va tashkilotlar kesimida shakllantirilgan ehtiyojlar roʻyxati 5-fevralgacha Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
7. Doktorantlarni korxonalar va tashkilotlarga biriktirish Agentlik tomonidan tashkil etiladigan tanlov natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tanlov har yili 10-fevraldan 28-fevralgacha tashkil etiladi. Tanlov toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tanlov boshlanishidan kamida bir oy oldin ommaviy axborot vositalari, shuningdek, internet-nashrlar, jumladan Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan doktorantlarning roʻyxati ular taʼlim olayotgan ilmiy-tadqiqot va/yoki oliy taʼlim muassasasi bevosita boʻysunuvchi vazirlik yoki idoralarning rasmiy xati asosida ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan talablarga muvofiq tegishli hujjatlarning nusxalari ilova qilingan holda Vazirlikka taqdim etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
10. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan doktorantlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
xorijiy tillardan birini yaxshi oʻzlashtirgan boʻlishi va buni tasdiqlovchi tegishli sertifikatlarning mavjudligi (IELTS (oʻrtacha 5,5 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan) hamda kamida V2 darajasidagi CEFR (Common European Framework of Reference), Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache fur auslandische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplome approfondi de langue francaise), Davlat test markazining malakaviy sertifikati);
doktorlik dissertatsiyasi mavzusi boʻyicha xorijiy nashrlarda kamida 1 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi roʻyxatida koʻrsatilgan sohaviy jurnallarda kamida 2 ta ilmiy maqolasi chop etilgan boʻlishi;
doktorantlar tomonidan bajarilayotgan doktorlik dissertatsiyasi mavzusi korxonalar va tashkilotlarning ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlariga boʻlgan ehtiyojlari roʻyxatiga mos boʻlishi. Bunda doktorant va uning ilmiy rahbari (maslahatchisi) tomonidan imzolangan asosnoma taqdim etiladi.
11. Tanlovga taqdim etilgan hujjatlar ekspertlar guruhlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Zarur hollarda ekspertlar guruhlari tarkibiga nufuzli olim va mutaxassislar hamda korxona va tashkilotlarning vakillari jalb etilishi mumkin. Bunda ekspert guruhlari tarkibining soni toq boʻlishi lozim.
12. Ekspert guruhlari 10-martgacha tanlovga taqdim etilgan hujjatlarni har tomonlama koʻrib chiqib, Idoralararo ilmiy-texnik kengashlarga tegishli xulosa taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Idoralararo ilmiy-texnik kengashlar ekspert guruhlari tomonidan taqdim etilgan xulosa asosida yakuniy xulosa ishlab chiqadi va 15-martgacha Vazirlikka kiritadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Idoralararo ilmiy-texnik kengashlarning xulosasi asosida 20-martgacha boʻlgan muddatda Vazirlik bosh direktori tomonidan doktorantni korxona yoki tashkilotga biriktirish toʻgʻrisidagi roʻyxat tasdiqlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan doktorantni tegishli korxona yoki tashkilotga biriktirish har yili 25-martgacha boʻlgan muddatda Vazirlik, manfaatdor korxona yoki tashkilot hamda oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Shartnoma uch nusxada imzolanadi, birinchi va ikkinchi nusxalar Vazirlik va manfaatdor korxona yoki tashkilotda saqlanadi, uning uchinchi nusxasi Vazirlik tomonidan doktorant taʼlim olayotgan ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasasiga yuboriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
16. Shartnomada doktorantga korxona yoki tashkilot tomonidan yaratib beriladigan shart-sharoitlar (ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun xona va zarur ofis jihozlari ajratish, ilmiy-tahliliy maʼlumotlardan foydalanish imkoniyati, moddiy ragʻbatlantirish miqdori), shuningdek doktorant tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi va undan kutilayotgan natijalar aniq belgilab olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Korxonalar yoki tashkilotlarga biriktirilgan hamda doktorlik dissertatsiyalarini oʻz muddatida muvaffaqiyatli himoya qilgan doktorantura bitiruvchilari Vazirlikning yoʻllanmasi asosida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirish uchun yuboriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
18. Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Doktorantlarni moddiy ragʻbatlantirish
19. Korxonalar va tashkilotlarga biriktirilgan doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishi uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida ularning oylik stipendiyasining 50 foizigacha miqdorida moddiy ragʻbatlantirish ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan uch tomonlama shartnoma asosida korxonalar va tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari doktorantlarning korxonalar va tashkilotlarga biriktirilgan davri mobaynida amalga oshiriladi.
20. Doktorantlarni korxonalar va tashkilotlarga biriktirish muddati yakunlanganidan soʻng ilmiy-tadqiqot ishlari xoʻjalik shartnomalari asosida amalga oshirilishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ushbu Nizom talablari buzilishiga aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish tartibi
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 839-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 22-son, 259-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ipoteka kreditlari uch yildan iborat imtiyozli davr bilan tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida tahsil olayotgan doktorantlar uchun 25 yil muddatga beriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 601-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/839/0131-son, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son)