Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli “Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy reglament hamda obyektlarning xavf-xatarlar toifalari tasnifini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 12-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
820-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 820-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish xususiyatlarini tasniflashni belgilaydi, shuningdek obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishni davlat tomonidan arxitektura-qurilish nazorat qilish tartibi va tartib-taomillarini tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom yakka tartibdagi uy-joy qurish obyektlari (Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish dasturiga kiritilgan obyektlardan tashqari), turar-joy toifasidan noturar-joy toifasiga o‘tkaziladigan binolar, mavsumiy ishlar va yaylovdagi chorvachilik uchun vaqtinchalik uylar hamda maishiy binolar, mobil aloqa stansiyalarni montaj qilish, kichik hajmdagi (300 kub metrdan katta bo‘lmagan) alohida quriladigan va foydalanilayotgan muhandislik tarmoqlarini o‘zgartirishni talab qilmaydigan obyektlar, tog‘ kavlash ishlari, texnologik resurslari ishlatib bo‘lingan va obyektni rekonstruksiya qilish talab etilmaydigan texnologik hamda muhandislik uskunalarini ta’mirlash va almashtirishga joriy etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Respublika hududida qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish talab etadigan qurilish va rekonstruksiya obyektlari davlat tomonidan majburiy tartibda arxitektura-qurilish nazoratiga olinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat arxitektura-qurilish nazorati qurilish obyektlarining xavfsizligi, sifati, zilzilabardoshligi va foydalanishda ishonchliligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘rta va yuqori xavflilik omillariga ega obyektlarni nazorat qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharsozlik faoliyati — davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq ko‘chmas obyektlarni loyihalashtirish, qurish hamda rekonstruksiya qilish sohasidagi faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharsozlik faoliyati subyekti — davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lib, ular shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar, obyektlarni qurish bo‘yicha pudratchilar va shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharsozlik faoliyati subyektining vakolatli shaxslari — shaharsozlik faoliyati subyekti tomonidan texnik va mualliflik nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan mas’ul shaxslar, shuningdek obyekt qurilishi ishlarini amalga oshiruvchilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish bosqichi — qurilish obyektining sifati, mustahkamligi, zilzilabardoshligi va foydalanishda ishonchliligini ta’minlash borasida nihoyasiga yetkazilgan qurilish-montaj ishlarining xavfga uchrashi mumkinligi yuqori bo‘lgan bosqichi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavf — shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda salbiy oqibatlarning paydo bo‘lish ehtimolini hisobga oladigan xavflilik choralari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va uning qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi deb ataladi) mansabdor shaxslari — inspektorlarining belgilangan muddatlar bajarilishi shart bo‘lgan yozma talablari. Ko‘rsatmalar shaharsozlik faoliyati subyektlariga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni nazarda tutmaydi. Ko‘rsatma tekshiruvni amalga oshirgan organ mansabdor shaxsi tomonidan beriladi va imzolanadi.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi.
(II-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Davlat arxitektura-qurilish nazoratiga olinadigan qurilish obyektlarining (obyektlar toifalari) murakkablik toifalari tasnifi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Hayot va faoliyat uchun maqbul xavflar ahamiyati inobatga olingan holda, barcha qurilish obyektlari uch toifaga — xavflilikning past, o‘rta va yuqori omillariga ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qurilish obyektlarining murakkablik toifalarining tasnifi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) I-toifa — xavflilik omili past obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) II-toifa — xavflilik omili o‘rtacha obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) III-toifa — xavflilik omili yuqori obyektlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Obyektlar toifalari qurilish obyektlarining murakkablik toifasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha murakkablik toifalari klassifikatoriga muvofiq tasniflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qurilish obyektlari bir qancha toifalar xususiyatlariga ega bo‘lsa, ular III — xavflilik omillari yuqori obyektlar toifasi bo‘yicha tasniflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Obyektlarning murakkablik toifalari tasniflanishiga qarab, davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish davriyligining quyidagi muddatlari belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I-toifa — nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organining nazorat funksiyalari ko‘zda tutilmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II-toifa — bir oyda to‘rt martadan ko‘p emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III-toifa — bir oyda besh martadan ko‘p emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tekshirishlar turlari va prinsiplari, ularni o‘tkazishni asoslash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat arxitektura-qurilish nazorati quyidagi turdagi tekshiruvlar shaklida amalga oshiriladi: rejali, qisqa muddatli (subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) inspektorlik va nazorat tartibidagi tekshiruvlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Rejali, qisqa muddatli inspektorlik va nazorat tartibidagi tekshiruvlar nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rejali tekshiruvlarni o‘tkazishning umumiy muddati bir yilda o‘n kalendar kunidan oshmasligi darkor.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Rejali, qisqa muddatli inspektorlik va nazorat tartibidagi tekshiruvlarni o‘tkazishda quyidagilar davlat arxitektura-qurilish nazoratining predmetlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarni rivojlantirish va qurishni loyihalashtirish to‘g‘risida shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishiga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish jarayonida loyiha hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha va pudrat tashkiloti — ishlar va xizmatlar ijrochilarida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan loyihalashtirish va qurilish faoliyatining litsenziyalashtiriladigan turlarini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bajariladigan qurilish-montaj ishlarining sifati hamda shaharsozlik normalari hamda qoidalariga, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va loyiha hujjatlariga mosligi, shuningdek pudrat tashkilotining qurilish sohasiga oid ijro hujjatini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish obyektida texnik tartibga solish sohasiga oid normativ hujjatlar va loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan sinovlar, suratga olish va o‘lchash ishlari o‘tkazilishi yuzasidan tanlash asosida nazoratni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Nazorat tartibidagi tekshiruv avvalgi rejali tekshiruvlar yoki qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi davomida aniqlangan hamda qoidabuzarlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarda qayd etilgan qoidabuzarliklarga barham berish maqsadida nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan o‘tkaziladi va ushbu vazifa doirasidan chetga chiqishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat tartibidagi tekshiruvlar faqat shaharsozlik faoliyati subyektiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish ko‘rsatmasida berilgan muddat tugagandan so‘ng o‘tkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda (subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan loyiha hujjati, ijobiy ekspertiza xulosasi va nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma mavjud bo‘lmagan holda obyektni qurish yoki rekonstruksiya qilishda;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharsozlik faoliyati subyekti texnologik jarayonni buzganda, inshootlar, uskunalar ishdan chiqqanda, odamlar hayoti va salomatligi, mol-mulki, atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari yuzaga kelganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy yoki yuridik shaxsning shaharsozlik faoliyati subyekt tomonidan murojaat qiluvchining huquqlari hamda manfaatlari buzilganini tasdiqlovchi hujjatlar, materiallar hamda boshqa ma’lumotlar ilova qilingan yozma ravishdagi arizasi mavjud bo‘lganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvini o‘tkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Obyekt qurilishi bo‘yicha davlat arxitektura-qurilish inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ommaviy oferta va invoys asosida o‘tkaziladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik subyektlari faoliyatini rejali, qisqa muddatli inspektorlik va nazorat tartibida tekshirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq Respublikada qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish sxemasi asosida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Quyidagilar rejali, qisqa muddatli inspektorlik va nazorat tartibida tekshiruvlarni o‘tkazishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat organlari faoliyatining qonuniyligi, xolisligi va oshkoraligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xo‘jalik subyektlari, jumladan, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Davlat arxitektura-qurilish nazoratiga olinadigan qurilish bosqichlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat arxitektura-qurilish nazorati obyekt qurilishining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan holatlardan tashqari, obyektlarni batafsil rejalashtirishning belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejasi va loyihalari mavjud bo‘lmaganda shahar va tuman markazlarida joylashtirish hamda qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, loyiha hujjatlari, ijobiy ekspertiza xulosasi va nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organining qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma bo‘lmaganda, obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish qat’iyan man etiladi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Quyidagilar davlat arxitektura-qurilish nazoratiga olinadigan obyektlarni yangidan qurishning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshoot poydevorini qurish (xandak va chuqurliklar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
poydevor qurish (erosti, yerusti qismi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarni qurish (bino va inshootlar sinchi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
devorlar va to‘sib turuvchi konstruksiyalarni qurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus ishlarni bajarish (santexnika, isitish, shamollatish, elektrlashtirish va gazlashtirish tizimlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar va fasadni pardozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tom yopish ishlarini amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Quyidagilar davlat arxitektura-qurilish nazoratiga olinadigan obyektlarni rekonstruksiya qilishning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshootlar zamin-poydevorini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
poydevor, ko‘tarib turuvchi va o‘rab turuvchi konstruksiyalarni (devorlarni) mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi konstruksiyalar qurish (shu jumladan, taqab va ustiga quriladigan binolar va boshqa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar fasadini o‘zgartirish yoki xonalarning pardozini yaxshilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus ishlarni bajarish (santexnika, isitish, shamollatish, elektrlashtirish va gazlashtirish tizimlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tom yopish ishlarini amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Binolarning ko‘tarib turuvchi va o‘rab turuvchi konstruksiyalarni (devorlarni) mustahkamlash obyektlarning hajmi va rejalashtirish hamda konstruktiv yechimlarini o‘zgartirgan holda rekonstruksiya qilish deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Binolar, inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi barcha bosqichlarda bajariladigan qurilish-montaj ishlarining loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek, obyektning mustahkamligi, xavfsizligi, sifati, zilzilabardoshligi va foydalanishda ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha majburiy talablar belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan tanlash asosida davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Shaharsozlik faoliyati subyektlari qurilish-montaj ishlarining bosqichlari yakunlanishidan ikki kun avval nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organiga yozma xabarnoma yuborishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ommaviy oferta qabul qilingan va qurilish buyurtmachilari yoki pudrat qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan bo‘lsa, qurilish obyektida shaharsozlik subyekti tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ishlari sifatining qurilish normalari va qoidalari, respublika standartlari, DAST hamda texnik shartlarga muvofiqligi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar, shu jumladan nihoyasiga yetkazilgan qurilish bosqichini qabul qilish ishlari shaharsozlik faoliyati subyekti vakolat bergan, texnik hamda mualliflik nazoratini o‘tkazadigan, shuningdek obyekt qurilishi bo‘yicha ishlarni bajaruvchining javobgar shaxslari ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bajarilgan ishlar loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar, normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelgan hollarda, shuningdek qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini laboratoriyada sinovdan o‘tkazishning ijobiy natijalari asosida shaharsozlik faoliyati subyekti vakolat bergan javobgar shaxslar ishtirokida muvofiqlik hujjati tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Bajarilgan ishlar loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar, normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelmasligi aniqlangan hollarda, shuningdek qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini laboratoriyada sinovdan o‘tkazishning salbiy natijalariga hamda talablari buzilgan hujjatga asoslangan holda qurilishi nihoyasiga yetkazilgan bosqichda bajarilgan ishlarning nomuvofiqligi to‘g‘risida yozma ko‘rsatma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma ko‘rsatma nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori tomonidan shaharsozlik faoliyati subyektining vakolatli shaxsiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Shaharsozlik faoliyati subyektining vakolatli shaxsi yozma ko‘rsatmada qayd etilgan qoidabuzarliklarni rad etsa, nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektorining xatti-harakatlari yuzasidan yuqori organ — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma qoidabuzarlikni tuzatish mumkin bo‘lgan holatlarda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish obyektining konstruktiv va boshqa xususiyatlari inobatga olinib, kamchiliklarni bartaraf etishning quyidagi muddatlari va nazorat tartibida tekshirish sanasi belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan qoidabuzarlikni bartaraf etish uchun — besh ish kuni davomida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishni to‘xtatish (taqiqlash) — ikki ish kuni davomida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ruxsat berish xususiyatiga boshqa hujjatlarni berish uchun — uch ish kuni davomida.
(30-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Nazorat natijalariga ko‘ra, avval aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etilganida nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori qurilishi yakunlangan bosqichning muvofiqligi to‘g‘risidagi dalolatnomada “Qoidabuzarlikni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar” ustunida tegishli yozuvi qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi hollarda qurilish obyektlaridagi ishlarni to‘xtatadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar, inshootlar, ularning ayrim qismlari va muhandislik kommunikatsiyalarining o‘zgarishi yoki qulab tushishi xavfini yuzaga keltiradigan kamchiliklar (yoxud) qoidabuzarliklar aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish loyihasi o‘zgartirilganda yoki qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha hujjatlariga rioya etmasdan amalga oshirilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori shaharsozlik normalari va qoidalari buzilgan holda bajarilgan konstruktiv elementlarni buzish (yoki demontaj qilish) to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Shaharsozlik faoliyati subyekti davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish chog‘ida aniqlangan qonun hujjatlari talablari, shaharsozlik normalari va qoidalarining buzilish holatlarini bartaraf etishga doir ko‘rsatmalarni bajarmasa, unga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan tashkilotning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalarining amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Tekshirishlarni o‘tkazishda sinovlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirishda qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarning bajarilishi majburiy bo‘lgan talablariga muvofiqligi yuzasidan sinovdan o‘tkazishni tayinlash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Sinovlar shaharsozlik faoliyati subyekti tomonidan obyekt joylashgan joyda yoki tanlangan namunalarni laboratoriyalarda (sinov qurilish laboratoriyalari) laboratoriya tahlili hamda sinovidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Mavjud binolar va inshootlarning texnik holati ularni qayta tiklash yoki rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha shartnomaga muvofiq tekshiruvdan o‘tkaziladi va bu haqida tegishli xulosa beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori zarur hollarda, shaharsozlik faoliyati subyektlarining loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya etganini aniqlash maqsadida laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish uchun foydalanilgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalaridan namunalar olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Foydalaniladigan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari namunalarini tanlash uslubi va miqdori loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga mos kelishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Qurilishda foydalaniladigan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi bo‘yicha tanlash, yetkazib berish hamda sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar shaharsozlik faoliyati subyekti hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Sinovlar nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi laboratoriyalarida nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori hamda shaharsozlik faoliyati subyekti ishtirokida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, mahsulotni nazorat va sinovdan o‘tkazish uslubi yordamida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Sinovlarni o‘tkazish muddati o‘ttiz ish kunidan oshmasligi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Qurilish mahsulotining laboratoriya sinovlari natijalari xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Obyekt qurilishida foydalaniladigan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining sifati loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelmasligi aniqlangan holatlarda demontaj qilinishi lozim. Sinovlarni o‘tkazish va sifatsiz qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini demontaj qilish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar shaharsozlik faoliyati subyekti hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Shaharsozlik faoliyati subyekti sinov natijalaridan rozi bo‘lmagan holatlarda o‘z ixtiyori bilan va o‘z hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan mustaqil laboratoriyaga yoki ekspertga qo‘yilgan masalalar yuzasidan laboratoriya xulosasini olish uchun murojaat qilish huquqiga ega. Bunda olingan laboratoriya xulosasi shaharsozlik faoliyati subyektining shikoyat materiallari va tekshirish hujjatlariga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Qoidabuzarlik uchun javobgarlik va nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organining harakatlari hamda qarorlari yuzasidan shikoyat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Nazorat bo‘yicha vakolati davlat organi va uning mansabdor shaxslari davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirishda o‘z funksiyalari hamda xizmat majburiyatlarini tegishli ravishda bajarmagan holatlarda qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Shaharsozlik faoliyati subyektlari shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari, shuningdek ushbu Nizom talablarini buzsa, qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Subyektlar
Amalga oshiriladigan ishlar turlari
Muddatlar
Nazorat bo‘yicha davlat organi
1. Rejali tekshiruvlar
Rejali tekshiruvlarni o‘tkazishning umumiy muddati yil davomida o‘n kalendar kundan oshmasligi zarur.
2. Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlari (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan)
Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvini o‘tkazish muddati bir ish kunini tashkil etadi.
3. Nazorat tartibidagi tekshiruvlar
Nazorat tartibidagi tekshiruvlar faqat shaharsozlik faoliyati subyektiga ko‘rsatmada aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun berilgan muddat nihoyasiga yetgandan so‘ng o‘tkazilishi mumkin.
Shaharsozlik faoliyati subyektlari
4. Qurilish obyektlari uch toifaga — xavfliligi past, o‘rta va yuqori omillarga ajratiladi:
I-toifa — xavflilik omili past obyektlar;
II-toifa — xavflilik omili o‘rtacha obyektlar;
III-toifa — xavflilik omili yuqori obyektlar
5. I-toifa — xavflilik omili past obyektlar.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish nazarda tutilmagan.
Nazorat ishlari olib borilmaydi.
Shaharsozlik faoliyati subyektlari
6. II-toifa — xavflilik omili o‘rtacha obyektlar.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish talab etiladi.
Qurilish obyektida tanlash asosida nazoratni amalga oshirish davriyligi muddatlari bir oyda to‘rt martadan oshmasligi darkor.
7. III-toifa — xavflilik omili yuqori obyektlar.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish talab etiladi.
Qurilish obyektida tanlash asosida nazoratni amalga oshirish davriyligi muddatlari bir oyda besh martadan oshmasligi darkor.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/820/0105-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)