O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tayyor dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishni tartibga solish bilan bog‘liq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli “O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2911-son qarorini bajarish yuzasidan hamda respublika farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirishni, ichki bozorni sifatli va samarali mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan to‘ldirishni, importning o‘rnini bosuvchi dori preparatlari ishlab chiqarishni kengaytirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-sentabr,
752-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2017-y., 09/17/752/0047)