29.09.2017 yildagi PQ-3295-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-son Farmoni bilan valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish va valyuta siyosatini liberallashtirish, narxlar shakllanishining bozor mexanizmlarini joriy etish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlar yaratish bo‘yicha ta’sirchan choralar belgilandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, o‘tkazilgan o‘rganishlarda birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida o‘zaro hisob-kitoblarni huquqiy tartibga solishda norasmiy xorijiy valyuta bozorining faoliyat ko‘rsatishiga sharoit yaratayotgan hamda valyuta va moliyaviy tartibga solish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim bo‘shliqlar aniqlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Valyutani tartibga solish sohasida davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek, birja va ko‘rgazma-yarmarka bitimlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishning shaffof mexanizmlarini shakllantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagi tartib o‘rnatilsin, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari orqali hisob-kitoblar va o‘zaro hisob-kitoblar faqatgina birjalar va yarmarkalarda ro‘yxatdan o‘tgan bitimlar bo‘yicha amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari hisob raqamlarida bo‘lgan mablag‘lardan foydalangan holda, pul talabnomasidan voz kechish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import shartnomalari bo‘yicha tovar-xom ashyo birjalari yoki yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalarida norezident-sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lar faqatgina birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport shartnomalari, bojxona bojlari, sud xarajatlari hamda birja shartnomalarini tuzish va ijro etish bilan bevosita bog‘liq xizmatlar (vositachilik yig‘imlari, brokerlik haqlari, transportirovka va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar) to‘lovlari uchun ishlatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birja brokerlari tijorat banklariga mijoz — norezident nomidan tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‘lar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ga talabnoma berish, norezident — yuridik shaxslar esa O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlari ochish va tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‘lar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka birja va yarmarka savdolarining aniq chegarasini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha takliflarni, shuningdek, Birjalarda hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalari loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birjalar tomonidan birja savdolari qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 29-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3295-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3295/0031-son; 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)