Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-sentabrdagi PF-5811-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 06/19/5811/3691-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-sonli qarori bilan tuzilgan Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish Respublika va doimiy faoliyat yuritadigan hududiy komissiyalari narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rsin, shu jumladan, quyidagilar orqali:
 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, avvalo, amaldagi valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni qabul qilinishiga mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligi asosiy sabab bo‘ldi.

Jumladan, valyutani tartibga solishga haddan ziyod ma’muriy aralashuv, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun alohida imtiyoz va preferensiyalar mavjudligi oqibatida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida biznesni yuritishga doir teng bo‘lmagan shart-sharoitlar paydo bo‘ldi hamda parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kursi vujudga keldi.

Valyuta kursi siyosatining tashqi savdoni rag‘batlantirishdagi rolining susayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari narxlarining tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini pasaytirdi.

Mamlakatimizda faqatgina bozor mexanizmlari asosida faoliyat ko‘rsatadigan valyuta bozorini shakllantirish barcha banklarning mijozlar (yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar) ehtiyojlarini qondirish maqsadida chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun valyuta birjasi savdolarida erkin ishtirok etishini, shuningdek, mijozlarning chet el valyutasini sotib olish bo‘yicha amaldagi tartib va texnik reglamentlariga rioya etgan holda o‘z valyuta mablag‘larini hech qanday cheklovsiz tasarruf etishini taqozo etadi.

Mazkur Farmon bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasi joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun banklarda erkin sotib olinishi va sotilishi kafolatlanadi.

Xususan, yur�dik shaxslar o‘z mablag‘larini banklarda joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini, shu jumladan, tovar, ish va xizmatlar importi, foydani repatriatsiya qilish, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xarakteriga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirish uchun chet el valyutasiga cheklovlarsiz erkin konvertatsiya qilishlari mumkin.

Ta’kidlash joizki, joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni banklardagi hisobvaraqlar orqali amalga oshirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bozor kursida chet el valyutasini sotib olish imkoniyatining yaratilishi “yashirin” iqtisodiyotning qisqarishiga va pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb qilishga xizmat qiladi.

Jismoniy shaxslar ham tijorat banklarining konversion bo‘limlarida chet el valyutasini erkin sotib olishi, sotib olingan mablag‘larni xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazib, ulardan xorijda hech qanday cheklovlarsiz, shu jumladan, bank hisobvaraqlari orqali xorijda o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlardagi to‘lovlar uchun foydalanishi mumkin.

Xalq iste’mol tovarlarini import qilish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar banklardagi hisobvaraqlarida savdo tushumini va boshqa daromadlarini jamg‘arib borgan holda keyinchalik uni jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda, ya’ni sotib olingan valyuta mablag‘larini xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish va chet elda cheklovlarsiz, shu jumladan, tovarlarni import qilish uchun ishlatishi mumkin.

Aholidan naqd chet el valyutasini sotib olish tijorat banklarining barcha filial va minibanklari tomonidan cheklanmagan miqdorda va sarsongarchiliksiz amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, banklar tomonidan aholi bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:

jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini soddalashtirish;

bayram va dam olish kunlarida valyuta ayirboshlash shoxobchalarining uzaytirilgan ish tartibini joriy qilish;

tijorat banklarining filiallari va minibanklarida, ayniqsa, yirik savdo markazlari va bozorlarda qo‘shimcha valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ochish;

konversion bo‘limlar orqali chet el valyutasini sotishda olinadigan vositachilik haqi miqdorini imkon darajasida pasaytirish choralarini ko‘rish;

xalqaro to‘lov kartalaridan xorijda foydalanishda mavjud barcha cheklovlarni bekor qilish nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklarining eksport faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida ularga chet el valyutasidagi daromadlarini o‘z xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish, bunda bank hisobvaraqlaridan naqd chet el valyutasini echib olishgacha bo‘lgan huquq beriladi.

Keyingi yillarda eksportchilarni rag‘batlantirish uchun ko‘plab ishlar amalga oshirildi, ularga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar berildi, eksport faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qator tartibotlar bekor qilindi. Eksport borasida mavjud imtiyozlarga qaramasdan valyuta tushumini majburiy sotish talabi eksportni yanada rag‘batlantirish yo‘lida asosiy to‘siq bo‘lib, eksportchilar o‘z valyuta tushumini to‘liq tasarruf etish imkoniyatiga ega emas edi, bu esa eksportni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan siyosatga mos kelmaydi.

Shu sababli mazkur Farmon bilan tovarlar (ish, xizmatlar) eksportidan tushgan valyuta tushumini majburiy sotish tartibi mulkchilik shakli yoki eksport qilinayotgan mahsulot turidan qat’iy nazar, barcha eksportchi tashkilotlar uchun butunlay bekor qilindi.

Bozor tamoyillari asosida valyuta resurslari oqimining samaradorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, shuningdek, tashqi savdoda valyuta siyosatining rag‘batlantiruvchi rolini oshirish maqsadida milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan ayirboshlash kursi faqatgina valyuta birjasining banklararo elektron savdolarida valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Bunda ayirboshlash kursini bozor mexanizmlari asosida shakllantirish maqsadida banklararo savdolarda Markaziy bankning ishtiroki kamaytiriladi. Alohida hollarda Markaziy bank ayirboshlash kursining haddan ortiq tebranishini bartaraf etish uchun xorijiy valyutani sotish yoki sotib olish operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.

Ayirboshlash kursini egiluvchan holda tartibga solish respublikaga keladigan barcha valyuta resurslari (eksport tushumi, transchegaraviy pul o‘tkazmalari va boshqalar) oqimining rasmiy bozorga kelib tushishi orqali chet el valyutasiga bo‘lgan jami talab va taklif mutanosibligini ta’minlash va oltin-valyuta zaxiralari hajmlarini avvalgidek yuqori darajada saqlab qolish imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki, xorijiy valyutani erkin sotib olish va sotish imkoniyati va milliy valyuta ayirboshlash kursini bozor mexanizmlaridan foydalangan holda belgilash mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi raqobatdoshligi va rentabelligini oshirish bilan bir qatorda mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yangi texnologiyalar va bilimlarni jalb qilish, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, ayirboshlash kursining liberallashtirilishi eksport imkoniyatlarini oshirishda kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib, bu noan’anaviy soha va tarmoqlarda eksport hajmining ortishiga ko‘maklashadi va ayirboshlash kursiga ta’sirchan tovar eksportchilarining moliyaviy holatini nafaqat eksport hajmining oshishi, balki olingan daromadlarni milliy valyutaga qayta hisoblaganda vujudga keladigan foyda hisobidan ham tubdan yaxshilaydi.

Valyuta siyosatini isloh qilishga O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishdagi birinchi zaruriy qadam sifatida qaralmoqda va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan pul-kredit, soliq-budjet va iqtisodiy siyosatning boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning samarali muvofiqlashtirilishiga bog‘liq..

Ayirboshlash kursi barq�rorligini ta’minlashda pul-kredit ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda, Markaziy bankka monetar instrumentlardan faol va keng ravishda foydalanish orqali milliy valyutaning barqarorligini va inflatsiyaning past darajada bo‘lishini ta’minlash, pul massasi haddan ziyod va asoslanmagan holda o‘sishining oldini olish, davlat xarajatlari va daromadlarining mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar siyosat yuritish vazifasi yuklatilgan.

Farmonda ko‘zda tutilgan fiskal chora-tadbirlarni ko‘rish, ya’ni budjet xarajatlarini qat’iy ravishda Davlat budjetiga kelib tushgan daromadlar doirasida amalga oshirish, 2017-2018-yillarda Davlat budjetini profitsit bilan ijro etish imkonini beradi.

Bunda iqtisodiyotda narxlar o‘zgarishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash hamda monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan pul-kredit siyosatining yangi tamoyil va mexanizmlarini joriy qilish muhim o‘rin tutadi.

Valyuta siyosatini liberallashtirish sharoitida bank tizimi barqarorligini ta’minlash borasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni nazorat qilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Bank tizimining barqarorligi nafaqat mijozlarning xorijiy valyutaga bo‘lgan talabini qondirish nuqtai nazaridan, balki kredit portfeli, depozit bazasi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibida kutilayotgan sifatli o‘zgarishlar nuqtai nazaridan ham muhimdir.

Shu munosabat bilan bank tizimining barqarorligi tijorat banklarining kapitallashuv darajasini saqlash, prudensial nazoratni kuchaytirish, shuningdek, valyuta siyosatini liberallashtirishning sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi.

Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning dastlabki bosqichi sifatida davlat banklarining ustav kapitaliga 655 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ kiritilganini ta’kidlash joiz. Banklarning likvidligini ta’minlash uchun ularga qayta moliyalashtirish kreditlarini berish mexanizmi joriy qilindi.

Prezident Farmonida ilg‘or xalqaro standartlarni hisobga olgan holda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan bank xatarlari to‘g‘risida barvaqt ogohlantirish, ularni baholashni takomillashtirishni o‘z ichiga olgan qator bank nazorati va monitoringi instrumentlarini joriy qilish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.

Shuningdek, mazkur Farmonda:

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi mablag‘larini qayta baholash natijasida vujudga keladigan moliyaviy natija soliqqa tortish bazasiga kiritilmasligini ko‘zda tutuvchi vaqtinchalik tartib joriy etish;

iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda banklarning kreditlarini restrukturizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilangan.

Xalqaro valyuta fondining baholariga ko‘ra, valyuta siyosatini liberallashtirish o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Amalga oshirilayotgan islohotlarning qisqa muddatli istiqbolda aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlariga nisbatan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida aniq manzilli va shaffof ijtimoiy nafaqa va subsidiyalar joriy etish, kasanachilikka, tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishga keng jalb qilish orqali ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarning turmush sharoitlarini imtiyozli mikrokreditlar ajratish orqali yaxshilash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Band bo‘lmagan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ularni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish, jumladan, uy-joy fondi obyektlari va uy-joy kommunal infratuzilmasi, ko‘chalar, yo‘llar, mahallalar hududlari, ijtimoiy-madaniy ahamiyatdagi obyektlar, irrigatsiya tarmoqlarini obodonlashtirish va ta’mirlash, shuningdek, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari va imkoniyati cheklangan shaxslarga yordam berishga jalb qilish ko‘zda tutilgan yangi mexanizmi joriy qilinayotganini qayd etish lozim.

Valyuta ayirboshlash kursini liberallashtirishning tovar va xizmatlar, ayniqsa, xalq iste’moli tovarlariga ichki narx-navoning shakllanishiga ta’sirini kamaytirish maqsadida amaldagi bojxona me’yorlari va to‘lovlari stavkalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish vazifasi belgilandi.

Bundan tashqari, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish Respublika va doimiy faoliyat yuritadigan hududiy komissiyalarga narxlarning barqarorligini va bozorlarning iste’mol tovarlari bilan tezkor to‘ldirilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

Mazkur Farmon bilan milliy valyutaga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishga qaratilgan qator normalar belgilandi. Keyingi yillarda ayrim tovar va xizmatlarni (avtomobillar, aviachiptalar va boshqalar) respublika hududida chet el valyutasiga sotish amaliyoti tadbirkorlar va aholiga noqulayliklar yaratib, ularning e’tiroziga sabab bo‘layotgan edi.

Bundan tashqari, tovar va xizmatlar narxini chet el valyutasida o‘rnatish holatlari ham Markaziy bank rasmiy kursi o‘zgarishi oqibatida narxlarning milliy valyutaga hisoblanganda asossiz ravishda oshishiga olib kelayotgan edi.

Bundan buyon respublika hududida barcha tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar va to‘lovlar, davlat bojlarining undirilishi, tovar va xizmatlar narxlarining belgilanishi faqat milliy valyutada amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida mazkur Farmon bilan chet el valyutasida ajratilgan kreditlarni bankning kredit siyosati va tomonlarning kelishuvi asosida milliy yoki chet el valyutasida qaytarilishiga ruxsat berildi.

Valyuta bozorini liberallashtirish jarayonida davlat iqtisodiy siyosatining mazkur Farmonda belgilangan ustuvor yo‘nalishlarining to‘liq ijrosi ta’minlanishi barcha tashqi savdo faoliyati qatnashchilariga teng sharoit yaratadi hamda O‘zbekist�n Respublikasi milliy valyutasining mavqeyini kuchaytiradi, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishga, aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi